Falsafa tarbiyaviy vazifani bajaradi. Insonning ma’naviy barkamollikka etishishida falsafaning o’rni va
ahamiyati kattadir. Xususan, «Axloq falsafasi» kishida yuksak axloqiy me’yorlar — vatanparvarlik,
mehnatsevarlik, g’oyaviylik, e’tiqod, ijtimoiy-siyosiy faollik va mas’uliyatni his etish tuyg’ularini tarbiyalaydi.
«Huquq falsafasi» huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni, ijtimoiy nazoratning boshqa xuquqiy usul va
vositalarini nazariy-amaliy jihatlardan ishlab chiqadi. «Tabiatshunoslik falsafasi» ta’lim-tarbiya sohasida o’ziga
xos ahamiyatga ega. Insonning tabiatni bilish borasidagi intilishlari mohiyatini yoritadi, tabiatga nisbatan oqilona
munosabatni shakllantirib, uni muhofaza qilishning nazariy asoslarini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |