Falsafaning praksiologik funktsiyasi falsafiy g’oya va nazariyaning ijtimoiy hayotga amaliy tatbiq etilishi
bilan izohlanadi.
Har qanday amaliy faoliyat mustahkam ilmiy nazariyaga asoslanmasa, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, falsafaning bu funktsiyasi nazariyaning amaliyotga joriy etish uslub va vositalarini aniqlashni ham
o’z ichiga oladi.
Yuqorida ko’rsatilgan funktsiyalarning o’zaro ichki bog’liqligi falsafaning mushtarak umumnazariy va uslubiy
ahamiyatini belgilab beradi. Ularning o’ziga xos xususiyatlari hamda ahamiyatini har tomonlama o’rganish inson
va jamiyatning ma’naviy kamolotiga nihoyatda katta ta’sir ko’rsatadi. Bu esa o’z navbatida, falsafiy bilimlar
tizimini takomillashtirish yo’llarini topish imkonini beradi. Masalaning bu tarzda hal etilishi umuminsoniy
tsivilizatsiya tamoyillariga ham mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |