O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
FALSAFA
Ma’ruzalar matni
O’quv dasturlari, darsliklar va o’quv qo’llanmalarini qayta ko’rib chiqish va yangilarini yaratish
bo’yicha Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi tavsiya etgan
Toshkent – 2000
Mas’ul muharrir: f.f.d. Q. Nazarov
Taqrizchilar: f.f.d., prof. B. To’ychiev, f.f.d., prof. B. Karimov, f.f.d. A. Mo’minov.
Mazkur kitobdan falsafa kursi bo’yicha yangi dastur asosida yozilgan ma’ruzalarning qisqa matnlari o’rin olgan. Ushbu
to’plamda falsafaning asosiy masalalari, baxs mavzulari, falsafiy maktablar, atoqli faylasuflarning ta’limotlari, hozirgi zamon
falsafasining oqimlari to’g’risidagi ma’lumotlar milliy g’oya va istiqlol mafkurasi talablari asosida bayon qilingan.
Ma’ruza matnlari O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining quyidagi a’zolari tomonidan tayyorlangan: Q. Nazarov (Kirish,
I bo’lim 1,4; V bo’lim 5,8-mavzular), S. Mamashokirov (I bo’lim 2,3; III bo’lim 5-mavzu), Yo. Toirov (V bo’lim 1,2-
mavzu), S. Yo’ldoshev (II bo’lim 1,2-mavzu), H. Aliqulov (II bo’lim 4,6-mavzu), R. Nosirov (II bo’lim 3-mavzu), M.
Usmonov (II bo’lim 5-mavzu), A. O’tamurodov va D. Po’latova (II bo’lim 7-mavzu), B. To’raev (III bo’lim 1,2,3-mavzu), J.
Ramatov (III bo’lim 4-mavzu), A. Ochildiev (IV bo’lim 1,2,3-mavzu), Q. Ro’zmatzoda (IV bo’lim 4; V bo’lim 6-mavzu), A.
Begmatov (V bo’lim 3-mavzu), A. Ortiqov va S. Choriev (V bo’lim 4-mavzu), I. Soifnazarov va T. Karimov (V bo’lim 7-
mavzu). Kursiv bilan berilgan joylar mas’ul muharrir tomonidan yozilgan.
Ma’ruza matnlari falsafani o’rganishga kirishayotgan talabalar uchun mo’ljallangan.
Bosishga ruxsat etildi ________ Bichimi 60X84
1
/
16
. «TimesUZ» harfida terilib, ofset usulida bosildi. Bosma tabog’i 19,5. Nashr hisob
tabog’i 18,5. Adadi 5000. Buyurtma № ___ Bahosi shartnoma asosida.
Qo’lyozma maket oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi O’AJBNT markazida tayyorlandi
«DITAF» bosmaxonasida chop etildi. Toshkent, Olmazor ko’chasi, 171 uy.
KIRISh
Hurmatli talabalar!
Mana, siz falsafa fanini o’rganishga kirishdingiz. «Bu qanday fan?», «Uni nima uchun o’rganish lozim?» degan
savollar bilan kitobni ochdingiz. Haqiqatan ham, falsafa qanday fan? Keling, birgalikda bu savolga javob
topishga harakat qilaylik.
Inson bor ekan, olam va odam nima, ular qanday paydo bo’lgan, voqelik qanday qonuniyatlar asosida yashaydi,
o’zgaradi va taraqqiy etadi, umrning mazmuni nimadan iborat, avlodlar ortidan avlodlar kelib-ketaverishida
qanday ma’no bor kabi masalalar barchani o’ylantiradi. Ehtimol, o’zingiz ham shu singari bir-biridan murakkab
savollarga javob topa olmay qiynalgandirsiz?
Bu masalalar haqida kim bilandir fikr almashib, bahslashgingiz ham kelar? Falsafa ana shunday masalalar bilan
shug’ullanadi. U nihoyatda qadimiy fan. Olam va odamlar o’rtasidagi munosabatlar, inson qadri va umrning
mazmuni, dunyodagi o’zgarishlar, o’zaro aloqadorlik va bog’liqlik hamda taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari
falsafaning asosiy mavzulari hisoblanadi.
Biz yashayotgan dunyo so’nggi yillarda nihoyatda o’zgarib ketdi. Xususan, Vatanimiz tarixida XX aspning 80-
yillarida olamshumul voqealar yuz berdi: mamlakatimiz mustaqillikka eri3hib, o’ziga xos taraqqiyot yo’lini
tanladi, rivojlanishling o’zbek modelini amalga oshirishga kirishdi. Xalq)mizning huquqiy demokratik jamiyat
barpo epish zarurati dunyoqarashni tubdan o’zgartirish, eski aqidalardan tamoman voz kechish, istiqlol
mafkurasini shakllantirish, xalq ma’naviyatini yuksalti`ishni taqozo etmopda. Bufda ijtimoiy fanlar rivnji ulkan
ah`miyat kasb etadi. Prezidenthmiz Islom Jarimov to’g’ri takidlaganlari kabi: «Ko’p asrlik tariximiz rhuni
ko’rsatadiki, inson dunyoparashi shakllanishida ma’rifatning, xususal, ijtimoiy fanlarning o’rni beqiyos. Bu
jamiyatsh5noslik bo’ladimi, tarix, fa,safa, sixosatshunoslik bo’ladimi, psixologiYa yoki iqtismd bo’ladili —
ularning barchasi odamning intellektual kamolotga erishuvida k`tta ta’sir kuahiga ega»
1
.
Falsafa esa — barcha fanlar rivojlanishiga asor bo’ladigal va ulardan oziqlanadigan, ayni paytda ularning
rivojlanish yo’llarini belgilab beradigan umuminsoniy va universah fan. U qadim zamonlardayoq «barcha
ilmlarning otasi» deb ta’riflangan. Uning (ayotiyligi xalq tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga nechog’liq mos
ekani, jamiyat ianfaatlari va ezgu iftilishlarini qay darajada aks ettira olishiga Bog’liq.
Dunyoda o’z milliy falsafa maktabini yaradgan xalqlar bor. Chunonchi, hind va xitoy falsafasi, nemis falsafasi,
ingliz f!hsafasi kabilar shular jumlasidandir. Milliy adabiyot, milliy madaniyat, san’at va hokazolar bo’lgani
kabi, milliy falsafaning ham bo’lishi tabiiy. Ammo bu — falsafa milliy qobiqqa o’ralib qoladi, degani emas. U
umuminsoniy fan sifatida, bir tomondan, umumbashariy muammolarni qamrab olsa, ikkinchi tomondan, shu
masalalar bilan shug’ullanayotgan aniq shaxs – faylasuf mansub millatning muayyan manfaatlarini ham
ifodalaydi. Millat ozod bo’lsa, o’z turmush tarziga mos fikrlasa, olamni, uning muammolarini dunyoqarashiga
xos holda idrok eta olsa, uning o’z falsafasi shakllanadi. Bunday falsafa xalq manfaatlarini aql-idrok, mafkura
yo’li bilan himoya qilishga, uning ongi, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Shu bois Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so’ng falsafani rivojlantirish g’oyat muhim ahamiyat kasb etdi.
Busiz millatning haqiqiy farzandi bo’lgan, uning kamolini o’ylaydigan chinakam ozod, hur fikrli, barkamol
insonni tarbiyalab bo’lmaydi. Shu sababli biz o’rganadigan falsafa umumbashariy muammolar bilan birga,
Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, huquqiy demokratik jamiyat barpo etish jarayonidagi ma’naviyatning
tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy tamoyillarini aks ettirmog’i lozim.
Sobiq Ittifoq davrida so’z va vijdon erkinligi turli yo’llar bilan bo’g’ib kelingani, biryoqlama dunyoqarash
zo’rlik bilan singdirilgani tufayli falsafa quruq safsata va zerikarli aqidaga aylanib qolgani – achchiq haqiqatdir.
Chunki u kommunistik g’oyalardan tashqariga chiqolmas, hayotga taraqqiyot nuqtai nazaridan baho berolmas
edi. Shuning uchun u yoshlar va talabalar uchun kamolot vositasi, intilish omili emas, teskari tarbiya quroli,
zararli dunyoqarash manbai bo’lib qolgan edi. Shu bois u o’z davri mafkurasi bilan birga o’tmishga aylandi. Bu
borada oddiy tilda yozilgan qo’llanmalar, xalqchil kitoblar, afsuski, hali ham etarli emas.
Odatda, mutaxassis bo’lmagan ba’zi kishilar falsafani eng qiyin va eng mavhum fan deb hisoblaydilar. Buning
sababi nimada? Buning boisi shuki, falsafa ko’p yillar mobaynida oddiy va ravon tilda tushuntirilmas, aksincha,
turli qonun va qoidalar, xilma-xil ta’limot va g’oyalar majmuidan iborat murakkab bir fan sifatida talqin etilar
edi. U yoki bu falsafiy qoida nega kerak, ularni o’rganishning qanday ahamiyati bor, muayyan faylasuf aynan
biror bir g’oya yoki ta’limotga ko’proq ahamiyat berganining sababi nimada, nima uchun uning qarashlarida
aynan ana shu muammo ustuvor bo’ldi, degan masalalar ko’p hollarda nazardan chetda qolar edi. Falsafa tarixiy
voqelik bilan bog’lab tushuntirilmas, falsafiy ta’limotlar o’z asoschilari hayotining uzviy qismi ekani yoddan
chiqarilar edi.
Oqibatda nima bo’lar edi? Falsafa mutaxasqisi bo’lmagan talabalarning nihoyatda oz qhsmigina bu fanning asl
mohiyatini tushunib ol`rdi, xolos. Aksariyat yoshlar esa, falsafa glamiga khrib bora olmasdan, go’yoki
katta shahar
1
Ислом Каримов. Миллий истиқлок мафкураси - халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир: «Фидокор» газетаси мухбири
саволларига жавоблар. - Т.: «Ўзбекистон», 2000. 33-бет.
boshlanadigan joyda qolib ketardi. Kun sayin chuqurlashib, fan sirlarini bor murakkabligicha tushuntirishda
davom etayotgan o’qituvchi sanoqli talabalar bilan birga o’sha shaharga kirardi, ko’chalar, mahallalarni – falsafa
dunyosini kezishda davom e4ardi. Lekif qnlgan talabalar esa bu xazinadan bebahra bo’lib, shaharga kirmasdan
o’tadigan aylanma yo’ldan borishga majbur bo’lar va shu tariqa falsafaning mo`iyatini durustroq tushunmay,
diplom olardi hamda amaliyotga ketardi.
Bundaxlar nazarida fadsaba tushunarriz, mavhum va /rtiqcha fan bo’lib qnladh, faqat baho olirh uchun yodlang`n
qonun va qoidalar tez orada unutiladi. Ularda falsafa qonunlarini haxotga tatbiq etib bo’lmaydi, bu — foydasiz
bilim sohasi, binobarin uni o’rg`nishga ketgan vaqt bekorga o’tdi, degan alamli qarash shakllanib qoladi. Agar
falsafadan bilim beruvchi /’qituvchining o’zi ham bu sohani bir mahallar chetlab o’tgan sobiq talabalardan biri
bo’lsa, masala yanada chigallashadi.
Hurmatli talabal`r, ushbu so’zlarni falsafa bo’yicha tahsil tugab, imtihonlar yaqinlashgan onlarda diqqat bilan
yana bir -arta o’qib chiqing. Fals`fani o’qigan davringizga, dem`kki, siz mansub bo’lgan falsafiy voqelikka shu
nuqtai nazardan baho berishga harakat qiling. Ana shunda masala nihoyatda oydinlashgan va barchaning, u
o’qituvchimi yoki talabami, bundan qat’i nazar, qanday baho olgani aniq bo’lib qoladi.
Aslida, falsafaning asosiy vazifasi inson ongida sog’lom aqlga mos dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.
Bunday dunyoqarash biron-bir g’oyani zo’rlab singdirish yoki quruq yod oldirish orqali emas, balki ishontirish,
xilma-xil fikrlarni o’rtaga tashlash, muhokama qilish, zarur tushuncha, tamoyillarni aniqlash jarayonida
shakllanadi va rivojlanadi.
Ana shularni hisobga olgan holda, mazkur ma’ruza matnlarida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
— falsafani jahon madaniyati va tsivilizatsiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida o’rganish;
- falsafiy g’oyalar, muammolar, oqim va yo’nalishlarni tavsiflashda umuminsoniy va milliy qadriyatlarning
uyg’unligi tamoyiliga amal qilish;
- xilma-xil falsafiy ta’limot va turli qarashlarni bir butun jarayonning ifodasi bo’lgan ilmiy bilimlar tizimi
sifatida talqin etish;
- mavzularni aniq sharoit va jarayonlar bilan bog’lab tavsiflash, ularni izohlashda umumbashariy va milliy
miqyosdagi dalil va misollarga tayanish;
- har bir mavzuni istiqlol va O’zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o’zgarishlar bilan uzviy bog’liq holda
tushuntirish.
Biz bu jarayonda biror bir g’oya, oqim, yo’nalish yoki falsafiy ta’limotni mutlaqlashtirib, boshqalarining
ahamiyatini kamsitish fikridan yiroqmiz. Aksincha, bizning maqsadimiz ularning barchasini xolis talqin etish,
talabalarda falsafa fani, xilma-xil falsafiy oqimlar, ularga mansub faylasuflar va ularning ta’limotlari haqida
to’g’ri va xolisona tasavvurni shakllantirishdan iborat.
Respublika Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyurtmasiga binoan, O’zbekiston faylasuflari milliy
jamiyatining bir guruh a’zolari tomonidan nashrga tayyorlangan ushbu ma’ruza matnlari falsafani yangi
tamoyillar asosida tavsiflash borasidagi ilk tajribalardan biridir. Shu sababli unda ayrim xato va kamchiliklarga
yo’l qo’yilgan bo’lishi mumkin. Matnlar, asosan, ijtimoiy fan sohalari uchun mutaxassis tayyorlamaydigan oliy
o’quv yurtlari talabalariga mo’ljallangan. Mazkur to’plamni qo’llash jarayonida bildirilgan fikr-mulohazalar
asosida ana shu talabalar uchun yangi darslikni tayyorlash ko’zda tutilgan.
Ushbu ma’ruza matnlari turlicha fikr uyg’otishi shubhasiz. Bu boradagi taklif va mulohazalar uchun oldindan
minnatdorlik bildirgan holda, ularni respublika Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi yoki O’zbekiston
faylasuflari milliy jamiyatiga yuborilishini so’raymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |