O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/246
Sana27.03.2021
Hajmi1,61 Mb.
#62197
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   246
Bog'liq
16586 Falsafa asoslari.doc

Tayanch tushunchalar  
Tsivilizatsiya,  jahon  tsivilizatsiyasi,  jahon  hamjamiyati,  tsivilizatsiyali  rivojlanish,  iqtisodiy  rivojlanish,  mulk, 
mehnat, mehnatga munosabat.  
Takrorlash uchun savollar  
1. Jahon tsivilizatsiyasining asosiy xususiyatlari nimalarda namoyon bo’ladi?  
2. Taraqqiyotning o’zbek modeli kontseptsiyasini qanday tushunasiz?  
3. Jahon tsivilizatsiyasiga kirishda iqtisodiy sohadagi o’zgarishlarning ahamiyati qanday?  
ADABIYoTLAR  
1. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.: O’zbekiston, 1995.  
2.  Karimov  I.A.  O’zbekiston  XXI  asr  bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot 
kafolatlari. - T.: «O’zbekiston», 1997.  
3. Karimov I.A. Barkamol avlod — O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. — T.: «O’zbekiston», 1997.  
4. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T., 1999.  
5. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. «Fidokor», 2000 yil 8 iyun.  
6. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: O’zbekiston, 2000.  


XULOSA  
Hurmatli talabalar!  
Siz  falsafa  bo’yicha  asosiy  mavzular  bilan  tanishdingiz.  Ushbu  ma’ruza  matnlarini  tayyorlagan  mutaxassislar  o’z  diqqat-
e’tiborlarini siz o’rgangan mavzularning ilmiy jihatiga emas, balki ko’proq masalalarning tushunarli bo’lishi, sodda va ravon 
tilda bayon etilishiga qaratdilar.  
Ma’ruza  matnlarida  mamlakatimizda  amalga  oshayotgan  tub  o’zgarishlar,  islohotlar  va  ma’naviy  sohadagi  yangilanish 
jarayonlari o’z ifodasini topgan. Ularda istiqlol yillarida odamlar ongi va tafakkurida ro’y berayotgan o’zgarishlar, jumladan 
falsafiy  dunyoqarashning  yangilanish  jarayonlarini  aks  ettirishga  harakat  qilindi.  Ana  shu  jihatdan  olganda  mualliflar  o’z 
oldilariga  sobiq  ittifoq  mafkurasidan  qolgan  falsafa  sohasidagi  asoratlardan  qutulish,  an’anaviy  mavzularni  hozirgi  zamon 
talablari  nuqtai  nazaridan  tavsiflash,  to’plamga  kiritilgan  yangi  mavzularni  esa  istiqlol  talablari  asosida  yoritishga  e’tibor 
berdilar.  
Siz falsafani o’rganish jarayonida yana bir yoshga ulg’aydingiz. Ushbu kitobning «So’z boshi»sida falsafani o’rganish bilan 
bog’liq bo’lgan jarayon to’g’risida fikr yuritgan va uni turlicha o’zlashtirish mumkinligini quyidagicha ko’rsatishga harakat 
qilgan  edik:  Mutaxassis  bo’lmagan  ba’zi  kishilar  falsafani  eng  qiyin  va  eng  mavhum  fan  deb  hisoblaydilar...  Falsafa 
mutaxassisi  bo’lmagan  talabalarning  nihoyatda  oz  qismigina  bu  fanning  asl  mohiyatini  tushunib  oladi,  xolos.  Aksariyat 
yoshlar  esa,  falsafa  olamiga  kirib  bora  olmasdan,  go’yoki  katta  shahar  boshlanadigan  joyda  qoladi,  shu  tariqa  falsafaning 
mohiyatini durustroq tushunmay, diplom oladi hamda amaliyotga ketadi. Bundaylar nazarida falsafa tushunarsiz, mavhum va 
ortiqcha fan bo’lib qoladi, faqat baho olish uchun yodlangan qonun va qoidalar tez orada unutiladi. Ularda falsafa qonunlarini 
hayotga tatbiq etib bo’lmaydi, bu — foydasiz bilim sohasi, binobarin uni o’rganishga ketgan vaqt bekorga o’tdi, degan alamli 
qarash shakllanib qoladi.  
Xo’sh sizchi? Siz falsafa to’g’risida qanday fikrga keldingiz? Bu fanni o’qitilishi jarayonida nimalarni 
o’rgandingiz? Ular kelajakda sizga qanday yordam berishi, asqotishi mumkin? Biz ana shunday savollar bilan 
ushbu kitobni tugallamoqdamiz. Agar sizning bu savollarga javoblaringiz ijobiy bo’lsa mualliflar guruhi o’z 
vazifasini bajargan bo’lib hisoblanadi. Kitob to’g’risidagi oxirgi xulosani siz chiqarasiz, uning ustida ishlash va 
to’plamni o’quv qo’llanmasi darajasiga etkazish esa navbatdagi vazifa bo’lib hisoblanadi.
 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish