O’zbekiston va global muammolar. Mamlakatimizning kelajagi to’g’risidagi ilmiy-falsafiy bashorat
Prezidentimiz I. Karimov tomonidan «O’zbekiston kelajagi buyuk davlat», «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» va
boshqa bir qator asarlarida asosli ravishda bayon qilib berilgan. Bu asarlarda O’zbekistonning mintaqamizdagi
o’ziga xos o’rni, ulkan tabiiy resurslari, demografik omil va inson salohiyatini inobatga olib, boy ma’naviy
merosimiz, tarixiy tajriba, milliy qadriyatlarimizga asoslanib, yaqin kelajakda mamlakatimiz, shubhasiz
rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o’ringa ega bo’lishi kerakligi bashorat qilingan. Islom Karimov to’g’ri
ta’kidlagani kabi: «Jahon tsivilizatsiyasi xazinasiga ulkan hissa qo’shgan boy tariximiz, buyuk madaniyatmiz,
ko’p avlodlar hayoti davomida vujudga kelgan beqiyos tabiiy va aqliy imkoniyatlarimiz, xalqimizning yuksak
madaniyati va axloqiy qadriyatlarimiz, zaminimizda yashayotgan odamlarning mehnatsevarligi, saxovatliligi,
bag’rikengligi va jahon hamjamiyatida o’ziga munosib o’rinni egallashga bo’lgan istagi buning garovidir».
Albatta, mamlakatimizda sobiq Ittifoqdan meros qolgan eng global muammo — Orol fojiasi ekanligini bilamiz.
Bu borada respublikamiz mintaqadagi davlatlar orasida ko’pdan-ko’p tashabbuslarni o’rtaga tashlab kelmoqda.
Shu bilan birga mamlakatimiz aholisi ham muttasil o’sib bormoqda.
Respublikamizda «demografik portlash» asosan, XX asrning ikkinchi yarmida ro’y berib, bu jarayon (boshqa
biror jiddiy omillar ta’sir etmasa) XXI asrning dastlabki o’n yilliklari oxirigacha davom etishi bashorat
qilinmoqda. Respublikamizda hozirgi vaziyatda vujudga kelgan o’ziga xos «demografik vaziyat g’oyat muhim
xususiyatlardan biridir, — deb qayd qilgan edi Prezident I.A. Karimov, — Jumhuriyatimizda aholi va mehnat
resurslari har yili yuksak sur’atlar bilan ortib bormoqda». Jumladan, 1980 yilda aholining bir yillik tabiiy o’sishi
421161 kishini tashkil etdi, bu ko’rsatkich 1989 yilda 480621 kishini; 1997 yilda 580673 kishini tashkil etdi.
O’zbekiston o’z aholisi o’sish bilan bog’liq masalalarni, aytish mumkinki, muvaffaqiyatli hal qilishga kirishdi.
Prezidentimizning bozor munosabatlariga o’tishda aholini kuchli ijtimoiy muhofaza qilish siyosati,
respublikamizda bo’lishi mumkin bo’lgan ijtimoiy tengsizlikning oldini olishga xizmat qildi.
Keyingi paytlarda respublika hukumati onalarning sog’lig’ini muhofaza qilish, tug’ilgan xar bir chaqaloq oldida
ota va onaning, qolaversa, jamiyatning javobgarlik hissini oshirish borasida, shuningdek farzandning ota-ona va
Vatan hamda xalqi oldidagi burchlarini chuqur anglashlari uchun juda katta ma’naviy rag’batlantiruvchi tadbirlar
ishlab chiqqanligi o’ta muhim ahamiyat kasb etdi. Shu maqsadda «Sog’lom avlod» jamg’armasining tuzilishi,
«Sog’lom avlod uchun» ordenining ta’sis etilishi fikrimizning dalili bo’ladi.
Bugungi kunda o’zbek xalqining qadriyatlari asosida yosh avlod dunyoqarashi shakllantirilganda, shubhasiz
ajdodlarimizning o’z Vatani, tabiiy muhitga bo’lgan mehr-muhabbatli bo’lish kabi muqqadas tuyg’usining
avloddan-avlodga meros bo’lib o’tayotganligini va bu meros oldida chuqur mas’uliyat hissi bo’lishi zarur
ekanligini hisobga olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |