O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni


Falsafada  milliylik  va  umuminsoniylik  tamoyili



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/246
Sana27.03.2021
Hajmi1,61 Mb.
#62197
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   246
Bog'liq
16586 Falsafa asoslari.doc

Falsafada  milliylik  va  umuminsoniylik  tamoyili.  Albatta,  falsafa  umuminsoniy  fan  sifatida  bashariyatga 
doir umumiy muammolarni qamrab oladi. Ma’lumki, olam va odam munosabatlari, jamiyat  va tabiatni asrash, 
umrni mazmunli o’tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog’liq masalalarning barchasi insoniyat 
uchun  umumiy.  Ammo  falsafada  muayyan  milliy  xususiyat,  maqsad  va  intilishlar  ham  o’z  ifodasini  topadi. 
Aslida,  yuqorida  zikr  etilgan  umuminsoniy  mavzu,  masala  va  muammolarning  barchasi  avval-boshda  xususiy, 
milliy,  mintaqaviy  ahamiyatga  molik  masalalar  tarzida  namoyon  bo’ladi.  O’z  yurti,  millati,  ota-onasi  va  yor-
birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg’uradi, ularni o’ylaydi, ularga 
xizmat  qilishni  oliy  saodat  deb  biladi.  Bunday  shaxs  dunyoqarashida  ana  shu  jihat  va  xususiyatlar  albatta  aks 
etadi.  Bu  esa,  o’z  navbatida,  umuminsoniy  fan  bo’lgan  falsafada  milliylikning  aks  etishiga  asos  bo’ladi. 
Umuminsoniylik  —  vatansizlik  (kosmopolitizm)  bo’lmagani  singari,  milliylik  ham  —  milliy  qobiqqa  o’ralish, 
milliy mahdudlik degani emas.  
Lekin  sizning  xayolingizda  beixtiyor  «Milliy  falsafa  bo’lishi  mumkinmi?  Axir,  yuqorida  falsafaga  o’z 
mohiyati  bilan  umuminsoniy  fandir,  degan  ta’rif  berildi-ku?»  –  degan  savollar  charx  urishi  mumkin.  Bu  — 
o’ziga xos milliy taraqqiyot yo’lidan ketayotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bo’lgan savollardir. Agar 
biz  yuqorida  qayd  etilgan  muammolarga  milliy  manfaatlarimiz  nuqtai  nazaridan  qaraydigan  bo’lsak, 
O’zbekistonda bu yo’nalishni rivojlantirish zarurati etilganini anglaymiz.  
Falsafiy  adabiyotlarda  milliy  falsafa  mavzuida  turlicha  fikrlar  mavjud.  Ayrim  faylasuflar,  aslida  milliy  falsafa 
bo’lishi  mumkin emas, bunday  yondashuvning o’zi etnik  mahdudlikka olib keladi,  deb hisoblaydi.  Boshqalari 
esa,  modomiki,  milliy  falsafa  milliy  g’oya  va  mafkurani  shakllantirishnig  nazariy  asosi  ekan,  har  qanday 
umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy makon va tarixiy zamonda xususiy holda namoyon bo’ladi, deya  milliy 
falsafani yoqlab chiqadi.  
Biz  millat  bor  ekan,  milliy  madaniyat,  til  va  adabiyot  ham  mavjud  degan  fikrga  o’rganib  qolganmiz.  Aslida, 
ularning barchasi nafaqat bir millatga, balki butun insoniyatga xos-ku! Bizning nazarimizda, milliy falsafa millat 
mentalitetini  belgilaydigan  muhim  omildir.  Umumbashariy  tsivilizatsiyaga  uzviy  qo’shilish  jarayoni  milliy 
falsafani yaratish orqali sodir bo’ladi. Eng muhimi — falsafadagi milliylik umuminsoniylikni rad qilish evaziga 
emas, balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib boradi.  
Falsafa  tarixiga  nazar  tashlaydigan  bo’lsak,  ayrim  milliy  falsafalarning  umuminsoniy  ma’naviyat  xazinasiga 
munosib hissa bo’lib qo’shilganini ko’ramiz. Masalan, Rim imperiyasi zavolga yuz tutganidan keyin o’z milliy 
davlatchiligiga ega bo’lgan Evropa  mamlakatlarida, o’rta asrlarga  kelib,  milliy  falsafa  yaratish  imkoni tug’ildi. 
(O’rta  asr  Evropa  madaniyatiga  bag’ishlangan  mavzuda  bu  haqda  atroflicha  fikr  yuritamiz).  To’g’ri,  ular 
umumevropa hududida, qadimgi Yunoniston va  Rim  madaniyati negizida  shakllandi. Ularda Evropa xalqlariga 
xos umumiy jihat va xususiyatlar, umumetnik mentalitet aks etgan edi. Bu jarayon avvalo, Italiya va Angliyada, 
so’ngra Frantsiyada yuz berdi. Bu falsafiy maktablarning F. Bekon va R. Dekart, B. Spinoza va J.J. Russo kabi 
atoqli namoyandalari nafaqat o’z mamlakatlari, balki Evropa va jahon falsafasi tarixida o’chmas nom qoldirdi. 
Ular, avvalambor, o’z yurti, o’z millati sha’nu sharafini yuksaklikka ko’tarish, taraqqiyotga olib chiqish uchun 
ilg’or g’oyalarni o’rtaga tashlagan, davr taqozo etgan mafkuraning shakllanishiga hissa qo’shgan.  
Xuddi  shunday,  XV111-X1X  asrlarda  milliylik  va  jahon  falsafasining  taraqqiyotiga  nihoyatda  katta  ta’sir 
ko’rsatgan  hudud  Prussiya  bo’ldi.  Uzoq  vaqt  Avstriya-Vengriya  imperiyasi  tarkibida  bo’lgan  bu  o’lka 
mustaqillikka  erishib,  milliy  davlatchiligini  tiklaganidan  keyin,  milliy  ozodlikning  falsafiy  in’ikosi  o’laroq  I. 
Kant, I. Hegel, Fixte, Shelling, Feyerbax kabi donishmandlar tomonidan asoslangan nemis falsafasi shakllandi. 
Keyinchalik  bu  falsafa  Nichshe,  Freyd  kabi  ko’plab  faylasuflar  tomonidan  rivojlantirildi.  Ushbu  falsafa 
maktabining  atoqli  namoyandasi  hisoblangan  Hegel  ta’limoti  esa,  Pruss  monarxiyasining  davlat  mafkurasi 
maqomini  oldi.  Hamma  narsaning  o’tkinchi  ekanligini  nihoyatda  yaxshi  biladigan,  yangi  zamonning  Arastusi 
nomini olgan Hegel Pruss monarxiyasining o’tkinchi ekanligini bilmasmidi? Nima sababdan u dialektik ta’limoti 
emas,  balki  monarxiyaga  xizmat  qilgan  falsafiy  sistemasining  mukammalroq  bo’lishi  uchun  ko’proq  kuch 
sarfladi? degan savollar haligacha faylasuflarni o’ylantirib keladi.  
Xo’sh,  nima  sababdan  Hegel  bu  yo’ldan  bordi?  Chunki,  Hegel  o’z  davrining,  o’z  xalqining  farzandi  edi.  U 
mustaqil nemis milliy davlati — Pruss monarxiyasi davrining mahsuli, o’sha davr falsafasining namoyandasi edi. 
U  «Faylasuflar  osmondan  yomg’ir  kabi  yog’ilmaydilar  yoki  yomg’irdan  keyingi  qo’ziqorinlardek  erdan  o’sib 
chiqmaydilar,  balki  ularni  xalq  yaratadi»  deganida  aynan  ana  shuni  nazarda  tutgan  edi.  Hegel  o’z  ijodi  va 
faoliyati  bilan  Pruss  monarxiyasi,  garchand  monarxiya  shaklida  bo’lsada,  nemis  davlati  ekanligini  o’z 
millatining  ongi  va  dunyoqarashini  tarkibiy  qismiga  aylantirib  keta  olgan  buyuk  faylasuf  edi.  Uning  «Aqlga 
muvofiq narsalarning barchasi voqedir, voqe bo’lgan  


narsalarning barchasi esa aqlga muvofiqdir», degan so’zlarini ham ana shu ma’noda tushunish lozim. Hegelning 
bu masalada dialektik emas, balki metafizik usulga ko’proq e’tibor berganligining sababi ham ana shunda.  
O’sha  davrgacha,  Rim  imperiyasi  qulaganidan  keyin  ko’proq  tarqoq  hududlarga  bo’linib,  Avstriya-Vengriya 
imsperiyasi tarkibida  yashab kelgan  nemis  millati  uchun Pruss  monarxiyasi  —  milliy davlat edi. Uning shakli-
shamoyili  kelajakda  o’zgarishi  boshqa  masala  bo’lgani  holda,  bu  davlatning  Evropada  nemis  milliy  davlati 
tarzida  saqlanib  qolishi,  uning  millat  falsafasiga  aylanishi  bilan  bog’liq  edi.  Millat  falsafasiga,  uning 
dunyoqarashiga  aylangan  milliy  davlatchilik  g’oyasi  hech  qachon  so’nmaydi,  garchand  yurtni  yovlar  asrlar 
davomida  bosib  tursalarda,  qachondir  baribir  qad  rostlaydi  va  millatning  davlati  tarzida  yana  qayta  namoyon 
bo’ladi.  Hegel  o’z  millatining  falsafasi  va  dunyoqashiga  o’sha  davlatning  shakli-shamoyilini  va  mazmun-
mohiyatini singdirib keta olgan faylasuf darajasiga ko’tarilgani uchun ham  bu millat tarixida va u orqali, jahon 
falsafasi tarixida  abadiy qoladi.  Milliylik  va  umumevropa  madaniyatidan bahra  olgan bu falsafa  haligacha  o’z 
jozibasini yo’qotmaganligining sabablaridan biri ham ana shunda.  
Shunga o’xshash vazifani, o’z davrida, millatimizning asl farzandi Alisher Navoiy ham bajargan. U ozodlikka 
erishgan millat falsafasini adabiyot falsafasiga, mustaqil davlat tilini adabiyot tiliga aylantira olgan, o’z xalqining 
bu sohadagi dahosi buyuk ekanligiga, nafaqat zamondoshlari, balki kelajak avlodlarni ham ishontirib keta olgan 
edi. Navoiy va uning zamoniga, o’sha davrga xos o’zgarishlarning boshida turgan Amir Temur faoliyatiga qayta-
qayta  murojaat  etilishining  sabablaridan  biri  ham  ana  shunda.  Zero,  har  bir  xalq,  avvalo,  o’zining  tarixidan 
bugungi kun uchun tashbehlar izlaydi va ijtimoiy taraqqiyoti uchun asos bo’ladigan ma’naviy tamoyil, an’ana va 
qadriyatlarga murojaat qiladi.  
Vatanimiz  mustaqillikka  erishganidan  keyin  milliy  falsafani  shakllantirish  uchun  imkoniyatlar  ochildi.  Bugun 
ulug’ ajdodlarimiz tamal toshini qo’ygan o’zbek milliy falsafasini rivojlantirishning ob’ektiv va sub’ektiv shart-
sharoitlari  mavjud.  Bu  borada,  avvalo,  Prezident  Islom  Karimov  asarlarida  o’zbek  falsafasining  taraqqiyot 
qonuniyatlari  ochib  berilayotganini  alohida  ta’kidlash  lozim.  Prezidentimiz  falsafa  oldidagi  bugungi 
muammolarning mohiyati, ularni hal qilish yo’llariga alohida e’tibor bermoqda.  
Shu bilan birga, bugungi o’zbek falsafasining rivojini ta’minlashda quyidagi jihatlar alohida o’rin tutadi:  
- xalqimizning o’z milliy an’analariga sodiqligi;  
- mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;  
- muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;  
- mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar.  
O’zbek  falsafasini  yanada  taraqqiy  ettirish  vazifalarini  amalga  oshirish  quyidagi  muammolarning  echimini 
topishga bog’liq:  
-  birinchidan,  mustamlakachilik  sharoitida  soxtalashtirilgan  tariximizni  haqqoniy  yoritish  falsafiy  g’oyalar, 
qarashlar  tarixini  ham  xolis  ko’rsatib  berishni  taqozo  qiladi.  O’z  davrida  qimmatli  tarixiy  manbalarning  yo’q 
qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda;  
- ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali 
tarjimonlarning  kamligi  umuminsoniy  ma’naviy  merosdan  bahramand  bo’lish  va  ulardan  ijodiy  foydalanishga 
to’siq bo’lmoqda;  
- uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g’oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, 
mafkuraviy bo’shliqni yangi g’oyalar bilan to’ldirish, istiqlol mafkurasini shakllantirish muayyan vaqtni taqozo 
qiladi.  
Ushbu  vazifalarni  amalga  oshirish  bugungi  falsafa  masalalari  bilan  shug’ullanuvchi  olim  va  tadqiqotchilar 
zimmasiga  nihoyatda  katta  mas’uliyat  yuklaydi.  Bunda,  eng  avvalo,  mazkur  sohaga  aloqador  har  bir 
yurtdoshimiz  dunyoqarashining  milliy  manfaatlarimiz  nuqtai  nazaridan  o’zgarishi  nihoyatda  muhimdir. 
Mamlakatimizda  huquqiy  demokratik  jamiyat  barpo  etilayotgan  hozirgi  davrda  bu  jarayonning  qanday  borishi 
yangi falsafiy ongning shakllanishiga muayyan darajada ta’sir ko’rsatadi.  

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish