Tarix falsafasi. Insonning ongli faoliyati ijtimoiy munosabatlar majmuidan iborat.
Bu munosabatlarning eng umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi falsafiy bilimlar o’z tarixiga ega. Haqqoniy
yoritilgan tarix milliy falsafani, mafkurani shakllantirishdagi asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. «Tarixni bilmay
turib, mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo’lmaydi. Chunki mafkuraning falsafiy asoslari o’z davrida
tarixiy haqiqat tufayli tug’ilgan... Tarix va falsafa mantiqiy ravishda bir-birini taqozo etadigan, kerak bo’lsa,
to’ldiradigan, taraqqiyot jarayonlari haqida yaxlit tasavvur beradigan, oq-qorani farqlashda asos bo’ladigan
fanlardir»
8
. Afsuski, ko’pgina qo’llanmalarda u yoki bu faylasufning ta’limotiga alohida e’tibor beriladi, u haqda
chuqur fikr yuritiladi. Ammo o’sha davr qanday edi, nima sababdan muayyan olim aynan shu g’oyani ilgari
surgan, nega umrini biror-bir ta’limotni targ’ib etish bilan o’tkazgan, degan masalalarga kam e’tibor beriladi.
Aslida, davr olim va faylasuf kamolotida muhim o’rin tutadi. Uning g’oyalari tug’ilishi uchun asos bo’ladi, bu
g’oyalar qo’llanadigan ijtimoiy amaliyot bo’lib hisoblanadi.
Agar masala bu tarzda qo’yilmasa, falsafiy ta’limotning o’z davrini aks ettiradigan mohiyat-mazmuniga putur
etadi, ayniqsa o’sha davr muammolarini ijtimoiy makon va tarixiy zamondan ajratib tahlil qilish natijasida
falsafaning milliylik ruhi, xususiyatlari xiralashadi.
Albatta, biz har bir falsafiy bilimlarning o’ziga xos muammolari va ularni hal qilishning nazariy-amaliy usul va
vositalari borligini inkor etmaymiz. Lekin, falsafaning o’rni, ahamiyati va vazifasiga milliy mafkurani
shakllantirish nuqtai nazaridan yondashadigan bo’lsak, unga ta’sir qiladigan omillarni mushtarak-mujassam
tarzda olib qarash zarurati paydo bo’ladi. Shuning uchun, bir tomondan, har bir falsafiy bilim yo’nalishlari
tarixini millatning umumiy tarixi bilan birgalikda olib tahlil qilganda, yaxlit falsafiy dunyoqarash vujudga keladi.
Ikkinchi tomondan, bu jarayonni millat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan, istiqbol manfaatlariga mos bo’lgan
milliy istiqlol g’oyasidan ajratish mumkin emas.
O’zbek milliy falsafasining genezisiga nazar tashlaydigan bo’lsak, bir-biri bilan bog’liq ikki omilni ko’ramiz:
birinchisi, qadimgi zardo’shtiylikning muqaddas kitobi - Avesto va islom dinining bosh asosi — Qur’oni karim
va hadisi sharifdagi insonparvarlik g’oyalari bo’lsa, ikkinchisi — dunyoviy bilimlardir. Hozirgi kunda har
qanday ijtimoiy fan sohasining, shu jumladan falsafaning eng muhim vazifasi diniy va dunyoviy bilimlar
o’rtasida mo’’tadil munosabat bo’lishini ilmiy izohlash, uning qonuniyat va xususiyatlarini ochib berishdir.
Buning uchun din va dunyoviy fanlarning o’zaro munosabatlarini umuminsoniy maqsad va manfaatlar doirasida
uyg’unlashtirish imkoniyatlarini topish maqsadga muvofiq. Zero, huquq, axloq, siyosat, madaniyat
falsafalarining g’oyaviy-nazariy yo’nalishlarini shu masalani hal qilishga qaratishni umuminsoniy
tsivilizatsiyaning o’zi taqozo qilmoqda.
XXI asrga kelib, insoniyat g’oyat murakkab, olamshumul muammolar qarshisida turganligini anglay boshladi.
Xususan, yadro urushi xavfi, keskinlashayotgan ekologik muammolar, xom-ashyo va energetika resurslari, Er
shari aholisining shiddat bilan o’sib borayotgani, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, sog’liqni saqlash, maorif va
madaniyatni, fan-texnika va texnologiyani rivojlantirish muammolari yangicha tafakkurni taqozo qilmoqda. Bu
masalani milliy va umuminsoniy falsafiy g’oyalarni, nazariyalarni ishlab chiqmasdan hal qilish mumkin emasligi
esa tobora aniq bo’lib bormoqda.
Falsafa ijtimoiy hayotda insonning mohiyati, yashashdan ko’zlagan maqsadi, oliy qadriyat ekani, ma’naviy
omillari (ideallari), borliqdagi o’rni, munosabatlari sabablari, ruhiy va moddiy ehtiyojlarini qondirish usul va
vositalari — barcha-barchasini ko’rsatib beradi.
Jamiyat taraqqiyoti va falsafaning rivojlanishi dialektikasi ana shu xususiyatlarga asoslanib, o’ziga xos tarzda
namoyon bo’ladi. Bir tomondan, jamiyatning o’zgarib borish tamoyili falsafiy g’oya, nazariya va ta’limotlar
o’zgarishini taqozo qiladi. Ikkinchi tomondan, o’zgarayotgan falsafa jamiyat moddiy-ma’naviy hayot tarzini
ilg’ab olib, uning istiqbollarini belgilash, mafkurasini shakllantirishda nazariy, uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi.
Ayniqsa, mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tayotgan bugungi kunda kishilar tafakkuri va
ongida saqlanib qolayotgan eskicha fikrlash qoliplarini bartaraf etish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni
rag’batlantirish, milliy o’zlikni anglash, istiqlol mafkurasini shakllantirishda shoshilmay, behuda his-
hayajonlarga berilmasdan, aql-zakovat bilan ish tutishda falsafaning o’rni va ahamiyati g’oyatda ulkandir.
Falsafa har qanday murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyatda ham kishilarni yuksak g’oyaviylik,
mustahkam e’tiqod, kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash bilan birga, ularga murosa va hamkorlik qilish, chigal
muammolarni ham
umummilliy, umuminsoniy manfaatlarni nazarda tutgan holda madaniy va ma’rifiy hal etish imkoniyatlarini
topishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |