Ijtimoiy-siyosiy asoslar. Falsafaning siyosiy asoslari mustahkam bo’lishi zarurligi tarixiy taraqqiyot
jarayonida ko’p bor isbotlangan ijtimoiy haqiqatdir. Har qanday jamiyat va mamlakatda davlat xalqning turli
qatlamlari, partiyalar, milliy-etnik birliklarning ijtimoiy ongini o’zgartira olmasa, o’zining pirovard maqsadlarini
amalga oshirishi qiyin. Bugungi kunda jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylangan O’zbekistonda
yangi mazmun va shakldagi siyosiy tizim va tuzulmalar vujudga keldi. Ana shularning barchasi yangi
mazmundagi falsafani shakllantirishning ijtimoiy-siyosiy asoslarini yaratish imkoniyatini ochdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |