- millatning vatani — millat tarqalgan va u azal-azaldan yashab kelayotgan hudud. Milliy madaniyatning
kamol topishi, rivoji va saqlanishi uchun eng asosiy tabiiy omil bu Vatandir. Uning sajdagoh kabi
muqaddasligining sabablaridan biri ham ana shunda. Vatansiz milliy madaniyatning takomili, uning avlodlardan-
avlodlarga to’la holda meros qolishi to’g’risida gapirish qiyin. Faqat o’z vatanidagina millat madaniyatini
cheksiz rivojlantirish, ma’naviy kamolotning yuksak cho’qqilariga tomon etish imkoniga to’la-to’kis ega bo’lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |