- millatning tili. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, dunyoda 2000 dan ortiqroq tillar mavjud.
Kichik lahjalarni qo’shib hisoblansa, bu ko’rsatkich yanada ortadi. Til millatning ruhi, unga mansub kishilarning
bir-biriga va dunyoga aytadigan so’zi; millatning o’tmishi va merosini ifoda qilish, maqsad va istaklarini bayon
etish uslubidir. Hatto millat ishlatayotgan so’zlarni tahlil qilib ham, shu millatning tarixiy taqdiri va uning o’ziga
xos xususiyatlari to’g’risida xulosa chiqarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |