- millatga mansub kishilarning ma’naviyati, axloqi va nafosati. Jahon millatni ana shu jihatlar orqali
taniydi, baholaydi. Kishilar o’zaro munosabatga kirishayotganida ham millatning mentaliteti, axloqiy va
ma’naviy xususiyatlarini hisobga oladi. Biror kishi bilan munosabatga kirishilayotganida ana shu xususiyatlar
hisobga olingani kabi, xalqaro munosabatlarning ham ma’naviyat bilan bog’liq yozilmagan qonunlari,
aytilmaydigan qoidalari bor. Gohida madaniyat deyilganida, aynan ana shunday aytilmaydigan va yozilmaydigan
qonuniyatlar nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |