- urf-odatlar, an’analar. O’z urf-odat va an’analarga ega bo’lmagan millat yo’q. Ma’naviy hayotning mana
shu jihatlari orqali millatning o’zligi namoyon bo’ladi. Urf-odat va an’analarda millatning tarixi, o’tmishi,
madaniy merosi o’z aksini topadi. Ana shu xususiyatlarini yo’qotgan millat etnoijtimoiy birlik sifatida yo’qoladi.
- qadriyatlar. Millatning madaniyat va tsivilizatsiya jihatidan yaratgan barcha boylik va ma’naviy merosini
ifodalaydi. Shu bilan birga ular muayyan millatning qadr-qimmati, dunyodagi o’rni va salohiyatini ham
namoyon qiladi. O’z qadriyatlarini ko’z qorachig’idek saqlash, asrab-avaylash va kelajak avlodlarga etkazish
millatga mansub har bir kishi va avlod uchun ham qarz, ham farzdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |