261
keyin bahorgi g‘alla ekinlariga o‘tadi. Havo harorati pasayib ketganda, ular yеrdagi
kesaklar, har xil o‘simliklar ostiga yashirinib oladi.
Qaytib kelgan xasvalar erta
bahorda jadal oziqlanadi, o‘simliklar poyasida teshilgan joylar paydo bo‘ladi.
Bunday zararlangan poyalar qurib qoladi
Xasvalar tuxum qo‘yishga tayyor bo‘lishi uchun uning qo‘shimcha
oziqlanishi shart, shu sababli o‘simlikning shirasi bilan qo‘shimcha oziqlanadi.
Bahorda ob-havo keskin pasayganda yoki yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lsa,
xasvaning tarqalishi hamda oziqlanishi to‘xtab, ular o‘simlikning ostki qismiga
yashrinib oladi.
Bahorgi oziqlanishdan keyin urg‘ochi xasvalar, asosan, o‘simliklar bargiga,
poyasiga va ayrim hollarda, harorat pasayganda, tuproqqa ko‘p hollarda ikki qator
qilib tuxum qo‘yadi. Har bir qatorda 7 tadan tuxum bo‘ladi. Tuxum qo‘yish bir
oygacha davom etib, 380 tagacha tuxum qo‘yadi.
Tuxumlari bochkasimon bo‘lib, yashilroq rangda, kattaligi 1,0-1,1 mm keladi.
Xasvaning embrional rivojlanishi,
haroratga qarab, 9-16 kun davom etadi.
Tuxumdan chiqqan lichinkalarning hammasi avval birga bo‘ladi. Birinchi po‘st
tashlaguncha tuxum sarig‘i bilan oziqlanadi, 3-4 kun o‘tgach ular o‘simliklarga
tarqalib, ularning bargi, poyasi va keyinchalik boshog‘i bilan oziqlanadi.
Tuxumdan chiqqan lichinkalari dastavval deyarli yarim yumaloq shakilda,
sarg‘ish-qo‘ng‘ir tusda bo‘ladi, ammo kattalashgan sari bo‘yiga cho‘zilib rangi sal
oqaradi, qanoti bo‘lmaydi. Ikkinchi yoshidan lichinkalaridan sassiq hid chiqarish
bezlari rivojlana boshlaydi. Lichinkalarining 2-4 yoshiga o‘tshi bug‘doyning sut
pishish davriga to‘g‘ri keladi.
Shu sababli, ular boshoqqa chiqib uni so‘rib zarar
keltiradi. Kunning issiq vaqtlari hamda bir yoshda ikkinchi yoshga po‘st tashlab
o‘tishda, ular boshoqdan o‘simlikning ostki qismiga tushadi. Havo haroratiga qarab
lichinkalarining rivojlanishi 25 kundan 50 kungacha davom etishi mumkin,
beshinchi marta po‘st tashlagandan keyin yosh xasvadan еtuk zot paydo bo‘ladi. Bu
zotlar qishlovga ketish maqsadida tanasiga yеtarli miqdorda yog‘ moddasini to‘plash
uchun don shirasi bilan uzoq vaqt oziqlanadi. Beshinchi
yoshiga kelib xasvaning
uzunligi 8-10, kengligi 6-6,5 mm ni tashkil qiladi, qanotlari rivojlana boshlaydi.
Xasva o‘simlik shirasini so‘rishi natijasida o‘simliklarning bargi sarg‘ayib
qurib qoladi. Xasva zararlagan joydan shira chiqadi, shira qattiq jarohat tevaragida
to‘plangach, oqish modda paydo bo‘ladi. Lichinkaning 5 marta po‘st tashlab
rivojlanishi 35-40 kun davom etadi. Yaxshi oziqlangan xasvalar qanot chiqargandan
keyin qishlovga tayyorlanadi. Zararli xasva bir yilda bir marta nasl beradi.
Ular katta maydonlarda, bug‘doyzorlarda, ayniqsa, kuzgi bug‘doyga katta
zarar yеtkazadi. Masalan, 5 dona voyaga yеtgan xasva 0,25 m
2
maydondagi bug‘doy
yoki arpani boshoq chiqarishi davrida batamom nobud qilishi mumkin. Xasva
poyani kechroq zararlasa, don puch va oqsil kam bo‘lib qoladi, bunday bug‘doy uni
nonining sifati yomonlashadi. Xasva bilan zararlangan maydonlarda urug‘lik
donning 50 % unib chiqmaydi (1
Do'stlaringiz bilan baham: