3-Mavzu: TOK ZARARKUNANDALARI. TUT ZARARKUNANDALARI. (2SOAT)
Maqsad. Tokning zararkunandalari va tut zararkunandalari qarshi uyg’unlashgan kurash usullarini o’rganish.
Darsning borishi: Tokning zararkunandalari va tut zararkunandalari bilan tanishish..
Tok kanasi Eriophyes vitis Nal.
Zarari. Bu kana ba’zan juda ko’payib ketadi, tok barglarini so’rib, uning novdasini ancha quvvatdan ketkazadi, natijada uzum hosili kamayadi va sifati pasayadi. Odatda bu hasharot kam bo’lib, ikkinchi darajali ahamiyatga egadir.
Tarqalishi. Tok kanasi Markaziy Osiyo, Kavkazda, Ukrainaning janubiy viloyatlarida, O’rta va Janubiy yevropada, YAqin SHarq mamlakatlarida, Kaliforniyada uchraydi.
Hayot kechirishi. Kana tok kurtaklari yonida qishlab, ko’klamda bu kurtaklar barg yozishi bilanoq unga o’rmalab chiqadi. 1960 yil avgustda Venada bo’lib o’tgan XI Xalqaro entomologik kongressning qishloq xo’jaligi entomologiyasi sektsiyasida ko’rsatib o’tilganidek (Xarpats va Bernshteyn), tok kanasining maxsus biologik turi ham bor ekan. U tokning barglariga emas, balki kurtaklariga yopishib, eng ahamiyatli birlamchi kurtaklarni nobud qiladi, shundan keyin ikkilamchi va uchlamchi kurtaklar rivojlanadi.
Qarovsiz qoldirilgan tokzorlarda, begona o’tlar bosgan, ayniqsa yog’ochga yoki ishkomga olinmay yerda qoldirilgan, yoki aymoqi tokda kana hammadan ko’proq bo’ladi. YOg’ochga yoki ishkomga olingan tok kananing rivojlanishi uchun noqulaydir.
Kana uzumning Kavkaz va yevropa navlariga qaraganda Osiyo navlariga ko’proq zarar yetkazadi.
Tok kanasi yoz bo’yi bir necha nasl beradi va o’suv davrining oxirigacha barglarda turaveradi.
Akatsiya soxta qalqondori - Rarthenolecanium sorni Voshe
Zarari. Akatsiya soxta qalqondori tokni so’rib, quvvatdan ketkazadi, uzum boshlarini yopishqoq tezagi bilan ifloslantiradi va shirasini kamaytiradi.
Tarqalishi. Akatsiya soxta qalqondori Markaziy Osiyo, Qozog’iston, Kavkaz, Uzoq SHarqda, Rossiyaning yevropa qismida, G’arbiy yevropa mamlakatlarida va SHimoliy Amerikada tarqalgan.
Hayot kechirishi. Akatsiya soxta qalqondori Markaziy Osiyoda yiliga ikkita nasl beradi. Lichinkalari tokda, ko’pgina daraxt, butalarning tana va shoxlarida va o’tsimon o’simliklarda qishlaydi. Aprelda lichinkalar qishlagan joylarida oziqlana boshlaydi. Ular oq akatsiyada ayniqsa ko’p bo’ladi, bu hasharotning nomi ham shundan olingan. Soxta qalqondorning zarari tokda va qisman olmada yaqqolroq seziladi. Tokda birinchi nasl soxta qalqondor eski va bulturgi novdalarni so’radi.
Lichinkalar may oxirida voyaga yetgan qalqondorlarga aylanadi; iyun boshlarida urg’ochisi 1000 tacha tuxum qo’yib, keyin nobud bo’ladi. Tez orada tuxumlardan ikkinchi nasl lichinkalari paydo bo’lib, ular tokka o’rmalab chiqadi. Birinchi yoshdagi lichinkalari shamol yordamida ham tarqalishi mumkin; hasharot tokka yon-veridagi akatsiya daraxtlaridan ba’zan shu yo’l bilan o’tadi,
Soxta qalqondorning lichinkalari yopishqoq tezak chiqaradi, bu hasharot ko’p bo’lsa, butun tok tezak bilan qoplanadi, shu bilan birga tezak uzumga tushsa uning shirasini kamaytiradi. Lichinkalar ko’pincha uzumning o’zini ham so’radi. Ular kuzda oziqlanishni tugallab, soxta qalqondorning maydaroq formasiga aylanadi (mavsumiy dimorfizm). Markaziy Osiyoda akatsiya soxta qalqondorining erkaklari topilgan emas. Bu hasharot partenogenez yo’li bilan ko’payadi.
Tut daraxtini uzoq davrlardan buyon ekin dalalari atrofi, yo’l va zovur yoqalariga hamda maxsus plantatsiyalar shaklida ekilib o’stiriladi. Bunda dala atrofida joylashgan daraxtlar baland bo’yli bo’lib, pilla qurti uchun barg manbai bo’lishidan tashqari, tuproq eroziyasiga qarshi kurashda samarali to’siq vazifasini ham bajarib keladi.
Bularga kuydagi bo’g’imoyoqli jonivorlarni kiritish mumkin: O’rgimchakkana, trips, komstok qurti, kemiruvchi odimchisi hamda kemiruvchi tut odimchisi hamda nisbatan yaqinda paydo bo’lgan tut parvonasi. Tut ko’chatlari dastlab maxsus ko’chatzorlarda urug’dan undirib yoki chillaki novdalarni yerga qadash uchullari bilan yetishtiriladi. Ko’chatlari o’stirish davrida ularning ildiz qismiga ayniqsa tunlamlar va buzoqbosh qo’ng’izining qurtlari, barg va novdalariga esa o’rgimchakkana va tamaki tripsi zarar keltirishi mumkin.
Tut odimchisi - Apocheima cinerarius Ersch
Bu zarakunanda O’zbekistonning tog’ oldi tumanlarida joylashagan yerlarda uchraydi. Past tekistliklarda ham uchratish mumkin. Zararkunanda asosan tutga ixtisoslashgan, lekin o’rik, bexi shaftoliga ham zarar yetkazishi mumkin. Bu xashorat asosan tut daraxtining tanasiga yaqin joydagi yerda g’umbak shaklida qishlaydi.
Juda ham erta fevral-mart oylarida g’umbakdan chiqqan qanotsiz urg’ochi zot juftlashish hamda tuxum qo’yish uchun sudralib daraxtga chiqaga xarakat qiladi va uddasidan chiqqani to’p-to’p qilib jami 600-700 tagacha tuxum qo’yadi.
Tut barglarini yemirib , daraxtni butunlay bargsiz qilishi mumkin.
Tut odimchisiga qarshi kurash choralari.
1.Daraxt atrofidagi yerlarni chopib ag’darish har tomonlama yuqori samara berish mumkin.
2. YAnvar oylarida tutning pastki qismiga yelimli belbog’ bog’labb qo’yish fevralda odimchining daraxtga sudralib chiqishiga yo’l qo’ymaslik.
3. Brakon kushandasini odimchi qurtlarga qarshi 1:10:15 nisbatda 2 marta qo’yish.
4. Kimyoviy kurash. Avaunt, 15% s.k.0,3 l/ga; 1-6 yoshli qurtlanga Nurell-D(tsiperfost)55% e.k.0,2 l/ga; Bi-58(rogor, fosfamid, danodim) 40% e.k 2.5l/ga.
Do'stlaringiz bilan baham: |