262
1-rasm. Zararli xasva:
chapda-yetuk xasva, o‘rtada-zararlangan boshoq,
o‘ngda-yetuk xasva va tuxumlari.
Ba’zi yillari zararli xasva O‘zbekistonda juda ko‘payib ketib,
arpa va
bug‘doydan tashqari, sholiga ham zarar yеtkazadi.
Zararli xasvaning bug‘doyga yеtkazadigan zarari hosildorlik va g‘alla sifati
bilan belgilanadi. Bu esa zararkunandaning zichligiga bog‘liq bo‘ladi. Qishlovdan
chiqqan xasva bug‘duyning hamma yеr ustki qisimlariga, ayniqsa poya va boshoqqa
zarar keltiradi. Xasva asosan o‘simlikning yuqori qismini va boshoqning o‘sayotgan
mayin to‘qimalariga tumshug‘ini sanchib, unga kelayotgan oziq moddalarni so‘rib
oziqlanadi. Agarda o‘simlik rivojlanishining erta fazalarida (tuplanish-naycha
chiqarish) zarar keltirgan bo‘lsa, poyaning sanchilgan yеridan yuqoriga qing‘ir-
qiyshiq bo‘lib, barglari sarg‘ayib ketadi. Boshoq asosini yoki biror qismini sanchsa,
hosil bo‘layotgan don rivojlanishdan to‘xtab, boshoq qisman yoki butunlay oqarib
qoladi. Xasva bilan zararlangan o‘simlik hasharot zichligiga ko‘ra, 30-40% gacha
hosildorlikni kamaytiradi, yangi don urug‘ning unuvchanligi esa 50% gacha
pasayishi qayd qilingan.
Zararli
xasvaga qarshi agrotexnik, biologik, kimkoviy va boshqa kurash
choralari tavsiya etiladi. Yuqorida keltirib o‘tlgan ma’lumotlardan ko‘rinib
turibdiki, zararli xasva dala ekinlarining asosiy
zararkunandalaridan biri
hisoblanadi. Unga qarshi kurashdagi usullardan biri erta kuzda yoki qish vaqtida
qishlaydigan joylarini aniqlab, qurib qolgan begona o‘tlarni yo‘q qilib tashlashdan
iborat. Shuningdek, xasvaga qarshi kurashda agrotexnik tadbirlar alohida o‘rin
tutadi. Buning uchun eng avvalo hosil yig‘ilganidan keyin birinchi galda xasva bilan
zararlangan dalalarni shudgorlash kiradi. Zudlik bilan o‘tkazilgan
bu tadbir
natijasida xasva uchun qo‘shimcha yеm bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘kilgan don va
qo‘shimcha oziqlanayotgan xasvavar yеrga ko‘milib nobut bo‘ladi. Erta bahorda
kuzda ekilgan g‘alla ekinlarini mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish va suspenziya
qo‘llash; bahorgi donli ekinlarni ekishdan oldin
yuqori savyada agrotexnik
tadbirlarni o‘tkazish-yerga ishlov berish, o‘g‘itlash, yuqori sifatli urug‘larni erta
muddatlarda ekish ham xasva zararini birmuncha kamaytradi.
Chidamli navlarni tanlash ham muhim ahamiyatga ega. Erta pishar navlar
ekilganda xasva ulardan to‘liq rivojlanib ulgirmaydi. Hozirgi davrda
xasva zarariga
bardosh beradigan hamda zararkunanda rivojlanishi uchun yoqimsiz navlar
263
yaratilganki, bularni ekish qo‘shimcha mablag‘ sarfisiz ekinlarni himoya qilishni
ta`minlaydi.
Shunday navlar ham borki, ular xasva so‘lagidagi ferment ta`sriga
uchramaydi.
Kechiktirmay yig‘im-terimni o‘tkazish ham foydali hisoblanadi, ya’ni oldin
o‘rib keyin yanchilsa, zararkunanda to‘liq oziqlanishga ulgirmaydi va fiziolagik zaif
bo‘lib ko‘plab qiriladi. Bundan tashqari, ko‘pgina xasva lichinkalari mexanik
ravishda ezilib o‘ladi. Xasvaga qarshi kurasda tuxumxo‘r
telenomuslarning ham
ahamyati nihoyatda katta. Shuning uchun bularning rivojlanishi uchun kuzda dala
atrofida to‘p-to‘p poxol qoldirb sharoit yaratishi kerak. Don ekiladigan xo‘jaliklarda
biolaboratoriyalar tashkil etishi lozim. Iqtisodiy zarar miqdori mezoni sifatida
xasvaning qishlab chiqqan avlodiga qarshi kimyoviy kurash bug‘doy tuplanish
paytida har 1 m
2
maydonga o‘rtacha 1-2 va undan ko‘p yеtuk zot to‘g‘ri
kelsa
o‘tkaziladi. Yangi avlod zotlariga qarshi kurash esa, g‘alla boshoqlashi bilan har 1m
2
yеrga 5-10 xasva lichinkalari to‘g‘ri kelsa o‘tkaziladi.
Kimyoviy kurashda quyidagi pestitsidlardan foydalanish mumkin: BI-58
(danadim) 40% em.k. - 0,5l/ga; buldok 2,5 % em.k.-0,5 l/ga; karate 5 % em.k.-0,15
l/ga; desis 2,5 % em.k.-0,25 l/ga; kinmiks 5 % em.k.-0,2 l/ga; sumi- alfa 5 % em.k.-
0,2-0,25 l/ga; sumi-alfa 20 % em.k.- 0,07 l/ga; sumition 50 % em.k.-0,6-1,0 l/ga; sipi
25 % em.k.- 0,2 l/ga; seraks 25 % em.k.-0,2 l/ga, sipermetrin 25% em.k. - 0,2 l/ga.
Ushbu preparatlar o‘simliklar vegetatsiyasi davrida 2 marta purkaladi.
Zararkunandalarning zichligi yuqori bo‘ladigan dalalarni kimyoviy usulda
himoya qilishni rejalashtirib qo‘yish lozim. Zararli xasva va bir qator boshqa
hasharotlarning asosiy qishlab chiqadigan joyi dala chetidagi uvatlar bo‘lganligi
sababli, hasharotlar aniqlangan uvatlarda havo harorati 10-12
o
dan oshganidan keyin
(mart oyining I-II-o‘n kunligi), g‘alla ekilgan paykalning 20-30 m chetiga uvatlarga,
har ikkala tomonidan quydagi birorta dori bilan OVX
traktor purkagichini bir
taraflama ishlatib yoki matorli qo‘l apparati bilan ishlov berish zarur:
Yuqoridagi dorilarni bug‘doyzorlarga ishlatilgan muddat bilan dala atrofidagi
tutlarning bargini kesib olishgacha bo‘lgan vaqt 45-50 kunni tashkil etishi lozim.
Keyinchalik, bug‘doy boshoqlab, gullab hosilga kirganida xasva ko‘payib
hosilga xavf tug‘dirsa, yuqorida qayd etib o‘tilgan insektisidlarni har birini ishlatish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: