BUXORO VILOYATIDA (NYCTICORAX NYCTICORAX )
HAQQUSHNING UYA BIOLOGIYASI VA ETOLOGYASIGA DOIR
AYRIM MA’LUMOTLAR
Fundukchiyev S.E., Dehqonov Sh.I. (SamDU),
Raxmonov R.R. (BuxDU)
Orol dengizining qurishi va irrigatsiya tizimidagi qator o’zgarishlar suv va suv
oldi qushlarining havzalar bo’ylab qayta taqsimlanishiga, suv biosenozlarini
muhofaza qilish masalalari dolzarbligining yanada oshishiga sabab bo’lmoqda.
O’zbekistonda qariyb bir million gektar maydonni egallagan katta- kichik 500 ta
279
ko’llar bo’lib, shundan 6 tasi (Sudoch’e, Qora-qir, Arnasoy, Dengizko’l (Ramsar
ro’yxatiga ham kiritilgan), Xadicha,Qumsulton) davlat buyurtmaxonasi maqomiga
ega. Muhofaza etiladigan tabiiy hudud sifatida suv havzalarining salmog’i juda kam,
ya’ni buyurtmaxona maqomiga ega bo’lgan ko’llar respublikamizda muhofaza
etiladigan tabiiy hudud sifatida suv havzalarining salmog’i juda kam, ya’ni
buyurtmaxona maqomiga ega bo’lgan ko’llar respublikamizda muhofaza etiladigan
tabiiy hududlar umumiy maydonining atigi 7,5% ni tashkil etadi.
Buxoro viloyatida joylashgan ko’llar, shu jumladan davlat buyurtmaxonasi
maqomiga ega bo’lgan ko’llar Qora-qir, Dengizko’l, Xadicha va Qumsulton ko’llari
Buxoro viloyatida joylashgan bo’lib, ular viloyat bo’ylab uchib o’tuvchi va
qishlovchi qush turlarining hayotida muhim ahamiyatga ega.
Qushlarning muhim ekologik xususiyatlaridan biri, bu qushlarning uya qurish
(manbalarini) joylarini tanlashi hisoblanadi. Adabiyotlarda haqqushlarning uya
qurishi harakatlari aprel oyining birinchi o’n kunlidan boshlanib, aprelning so’nggi
kunlarida (26.04) to’liq polaponlar ochish kuzatilganligi aytiladi [1]. To’rayevning
Buxoro viloyatidagi kuzatuvlarida eng erta tuxum qo’yish va polapon ochish
harakatlari aprel oyining ikkinchi o’n kunlidan boshlanib may oyigacha davom
etgan. Buxoro viloyati Romitan tumanidagi koloniya ko’zdan kechirilganda
uyalarning 77,2 % da polaponlar ochilgan va qolgan 22,8 % uyalarda turli darajada
tuxumlar borligi qayd etilgan, Buxoro shahridagi koloniyalarda esa ilk polapon
22.04.08 da qayd etilgan [2]. Haqqushning Qoraqalpog’iston sharoitida tuxum
qoyishi aprel oyining ikkinchi o’n kunligidan bohlanadi yoppasiga tuxum qo’yish
aprelning oxirgi kunlarida may oylarining boshida kechadi, polaponlarning
tuxumdan chiqishi may oyining boshidan boshlanadi, ommaviy poloponlarning
tuxumdan chiqishi may oyining ikkinchi qismidan boshlab iyun oyining boshigacha
davom etadi [3]. Buxoro viloyati sharoitida ushbu muddat biroz mos kelganligi
bizning kuzatuvlarimizda qayd etildi, ammo kuzatilgan polaponlarning barchasida
ham bu harakatlar bir vaqtda boshlanmaganligi sababli polapon ochish kaloniyalarda
turlicha ko’rinishni namoyon etdi. Eng erta tuxum qo’yish va polapon ochish
harakatlari Buxoro shahardagi Shirbudin mahalla guzarida boshlandi.
Haqqushlar har yili uya quradigan joylarini o’rganish dastlabki
kuzatishlarimiz 2018-yilning 26-dekabridan boshlandi bu vaqtda qushlarning eski
uyalari sanaldi va ularning joylashish sxemasi o’rganildi. Mazkur vaqtda Shirbuddin
guzarida faqat bir dona zarang daraxtiga 8 ta bo’sh uyalar bor edi. Haqqushlar bu
uyalardan oldingi yillari ham foydalangan. 02.03 19 da mazkur hududda borib qayta
kuzatuv ishlari olib borilganda hali qushlar bu joylarga kelmaganligini kuzatdik.
2019 yil 13-aprelda Shirbuddin mahalla guzarida12 ta haqqushlarning uyalari borligi
zarang daraxtida sanaldi va uyalar ko’zdan kechirildi. 12 ta uyadan 8 tasi eski uyalar
bo’lib, ularning 6 tasini qushlar tomonidan qayta tamirlanib ularga tuxum qo’yilgan
bu inlar yangi inlarga nisbatan ancha qalin va diametri katta, uya latogi uncha chuqur
emas (2-3) uya materiallarini ingichka novdalardan qurilgan. Qolgan 2 ta eski uyalar
hali qushlar tomonidan egallanmagan bo’lishiga qaramasdan, yana 4 ta yangi
uyalarni qurib ulgurgan. Shu hududda yashovchi aholi bilan suhbatlashganimizda
so’zlariga qaraganda haqqushlar mart oyining birinchi o’n kunligida uchib kelgan
280
ekan. Uyalarning yerdan balandligi, ichki va tashqi diametri, uyaning balandligi,
latogining chuqirligi va uyalar orasidagi masofa o’lchandi. Uyalar raqamlandi va
undagi tuxum va polaponlarning o’lchamlari olindi va ularga belgilar qo’yildi.
Daraxtlarning baland shoxlarida qurilgan 4 ta inni o’lchashni imkoni bo’lmadi.
Chunki uyalar daraxtning uchki ingichka shoxlarida qurilgan edi. Yaqinda
tuxumdan chiqqan polaponlarning og’irligi 27,6 – 38,4 (o’rtacha 33) gr keladi. 1-
Jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |