Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/183
Sana01.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#624787
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   183
Bog'liq
50996 ТДПУ-ТЎПЛАМ -14.04.2020 (7)

(Echinococcus granulosus)
 
mahsuldor hayvonlarga va odamlarga 
juda katta zarar keltiradi. Voyaga yetgan exinokokkning shakli tasmasimon bo‘lib, 
uzunligi 2-6 mm atrofida, tanasi skoleks va 3-4 bo‘g‘imdan iborat. Skoleksida 4 ta 
so‘rg‘ichi va xartumi bor. Xartumi ikki qator joylashgan, 28 tacha xitinli ilmoqchalar 
bilan qurollangan. Skoleksdan keyingi birinchi va ikkinchi bo‘g‘imlari germafrodit 
bo‘lib, unda 50 ga yaqin urug‘doni bor va oxirgi yetilgan bo‘g‘imi 400-800 ta tuxum 
bilan to‘lgan.
Voyaga yetgan tasmasimon exinokokk it va boshqa go‘shtxo‘r yirtqich 
hayvonlarning ichagida 6 oy, ba’zan 1 yilgacha yashashi mumkin. Exinokokkning 
yetilgan oxirgi bo‘g‘imlari asosiy xo‘jayini axlati bilan tashqariga chiqariladi va bu 
bo‘g‘imlar faol harakat qilib, 5-25 sm gacha bo‘lgan masofani bosib o‘tib, yem-
xashak hamda boshqa narsalarga o‘z tuxumlarini sochadi.
Oraliq xo‘jayinlar, ya’ni qo‘y, echki, qoramol, tuya, cho‘chqa va boshqa 
o‘txo‘r hayvonlar exinokokk tuxumlarini yem-xashak bilan yutib, bu parazitni 
o‘zlariga yuqtiradi.
Mazkur hayvonlar ichagida tuxumdan ajralgan 6 ilmoqli lichinka - onkosfera 
tezda ichakni teshib qonga o‘tadi, so‘ng hayvonlarning o‘pkasi, jigari, buyragi va 
boshqa organlariga borib joylashadi. Bu organlarda exinokokk pufagi hosil bo‘ladi. 
U juda sekin va uzoq o‘sib, tobora kattalashib boradi. 
Exinokokkning pufakli shakli 10-30 yilgacha ham o‘sishi mumkin. Pufak 
ichida exinokokk lichinkasi taraqqiy etadi va bosh qismi ichkarisiga qayrilgan 
ilmoqchali shakllar hosil bo‘ladi. Exinokokk pufaklari bilan zararlangan 
organlarning hajmi kattalashib, shakllari o‘zgarib ketadi. 


278 
Exinokokk pufaklari no‘xatdek, yong‘oqdek, olmadek, yosh bola boshiga 
teng keladiganlari va undan ham katta bo‘ladi.
Demak, exinokokk pufagi, birinchidan, hajmining katta bo‘lishi, ikkinchidan, 
birinchi pufak ichida ko‘p miqdorda ikkinchi tartibdagi mayda pufakchalarining 
bo‘lishi va har qaysi pufakchaning ichida bir nechtadan bo‘lajak tasmasimon 
exinokokkning boshlari - skolekslari bo‘lishi bilan boshqa tasmasimonlarning 
finnasidan farq qiladi.
Xullas, pufak va pufak ichidagi qiz pufakchalarda lichinkalarning soni 10 
tadan. 1000 tagacha bo‘ladi. Asosiy xo‘jayinlari exinokokk pufagi bilan zararlangan 
organlarni iste’mol qilish natijasida ularning ichaklarida exinokokk 
pufakchalaridagi skolekslardan jinsiy voyaga yetgan tasmasimon exinokokk hosil 
bo‘ladi. 
Exinokokk asosiy xo‘jayini ichagiga tushgandan 70-100 kundan keyin jinsiy 
voyaga yetadi va tuxumlarini chiqaradi. Exinokokk keltirib chiqaradigan kasallik 
exinokokkoz deb ataladi. Bu kasaliik yer yuzining turli mintaqalarida keng 
tarqalgan. MDH mamlakatlarida chorvachilik xo‘jaliklarida keng tarqalgan va 
chorvachilikka hamda inson sog‘ligiga katta zarar yetkazadi.
Exinokokkning lichinkali (pufakli) shakli odamlarda ham ko‘plab uchraydi. 
Masalan, Urugvayda 10 yil mobaynida 3780 odam exinokokkoz bilan kasallangan. 
MDHda exinokokkoz Ukraina, Gruziya, Ozarbayjonda va O‘rta Osiyo 
mamlakatlarida odamlarda uchrab turadi. Exinokokkning pufakli shakli faqat 
jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanib davolanadi. Shuning uchun ham bu kasallikka 
qarshi kurashishning yagona choralaridan biri - profilaktika tadbirlari, ya’ni 
kasallikning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Buning uchun daydi va qarovsiz 
itlarning sonini kamaytirish kerak. Chorvachilik xo‘jaligidagi hamda ov itlarini 
muntazam ravishda degelmintizatsiya qilish, ya’ni gijjaga qarshi dorilar berib turish 
kerak. So‘yilgan mollarning exinokokk pufaklari bilan kasallangan organlarini itga 
bermasdan, yo‘qotish hamda zararsizlantirish lozim.
Odamlar aksariyat hollarda itlarga yaqinlashganda, ularni silaganda, boshqa 
go‘shtxo‘r hayvonlarni ovlaganda, terisini shilganda exinokokk tuxumini o‘ziga 
yuqtirib oladi. Chunki itlarning va boshqa go‘shtxo‘r hayvonlarning junida ko‘plab 
exinokokk tuxumlari bo‘ladi. Shuning uchun ham odamlar sanitariya-gigiyena 
qoidalariga qattiq rioya qilishlari hamda itga ehtiyot bo‘lib muomala qilishlari kerak.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish