276
Umuman,
odamlardagi
teniarinxoz
va
qoramollardagi
sistiserkoz
kasalliklarining oldini olish uchun, avvalo, odamlardagi teniarinxoz kasalligini
tugatish kerak. Buning uchun aholi o‘rtasida vaqti-vaqti bilan ommaviy tekshirishlar
olib borish, kasallikning bor-yo‘qligini aniqlash lozim. Bemorlarni tezda davolash
kerak. Teniarinxoz bilan
kasallangan odamlarni fenasal, oshqovoq urug‘ini berib
davolashadi. Kasallik odamlardan qoramollarga yuqmasligi uchun aholi
yashaydigan joylarda yopiq tipdagi hojatxonalar bo‘lishi va ular toza holda
saqlanishi lozim. Qoramol go‘shti veterinariya nazoratidan o‘tkazilishi kerak. Xom
yoki chala pishgan qoramol go‘shtini yemaslik, xom qiymani tatib ko‘rmaslik kerak.
Qoramollarda finnozni davolash uchun prazikvantel qo‘llanilmoqda.
Qo‘y miya qurti
(Multiceps muiticeps)
ning jinsiy voyaga yetgani uzunligi 40-
100 sm atrofida bo‘lib, it, tulki, bo‘ri, chiya bo‘ri
va boshqa yirtqich
sutemizuvchilarning ingichka ichagida yashaydi. Bu chuvalchangning lichinkalik
davri
(Coenirus cerebralis )
qo‘y, echki, ba’zan qoramollar, tuya, ot, chochqa hamda
bug‘ularning bosh va orqa miyalarida o‘rnashib, senuroz deb ataluvchi kasallikni
keltirib chiqaradi. Bu kasallik, ba’zan odamlarda ham uchrab turadi.
Voyaga yetgan tasmasimon chuvalchang
t
anasidagi bo‘g‘imlar soni 200-250
tagacha boradi. Uning boshchasida (skoleksida) 4 ta so‘rg‘ichi, xartumchasida esa
ikki qator har xil kattalikdagi 22-32 tagacha ilmoqchalari bo‘ladi.
Yetilgan oxirgi bo‘gimlarida bachadon 16-26 tagacha yon shoxchalar
chiqaradi va ular tuxum bilan to‘lgan bo‘ladi. Parazitning yetilgan proglottidasida
20-60 ming va undan ham ko‘proq tuxumlari bo‘lishi mumkin. Tuxumlarga to‘la
yetilgan proglottidalari xo‘jayin axlati orqali tashqariga chiqariladi. So‘ngra bu
proglottidalar bir necha soat davomida yerda yoki o‘tlar orasida harakat qila
boshlaydi. Yetilgan bo‘g‘imlarning qisqarishi natijasida ulardan juda ham ko‘p
miqdorda tuxumlar chiqadi va ular yaylov hamda suvga tushadi.
Zararlangan it
axlati bilan har kuni 20-30 tagacha yetilgan bo‘g‘imlar tashqi muhitga chiqaziladi.
Ayrim itlar ichagida 200 va undan ham ortiq chuvalchang bo‘lishi mumkin. It
organizmida bu parazit bir necha oy va hatto 2 yilgacha yashashi mumkin. Qo‘y
miya qurti biogelmint bo‘lib, asosiy xo‘jayinlari yirtqich sutemizuvchilar va oraliq
xo‘jayinlari qo‘y va echkilar hamda boshqa chorva mollari hisoblanadi. Bu
chuvalchangning oraliq xo‘jayinlari qo‘y miya qurti tuxumlari bilan zararlangan
yaylovlarda boqilganda, o‘t va suv orqali ushbu parazitning tuxumlarini yutib
yuboradi. Qo‘ylarning ichagida tuxumdan onkosfera
lichinkasi chiqadi va qonga
o‘tib, qon oqimi bilan orqa va bosh miyalariga borib o‘rnashadi hamda rivojlanib,
kaptar tuxumidek, yong‘oqdek kattalikdagi senur pufagini, ya’ni finnani hosil qiladi.
Miyasidа finnа, ya’ni sеnur bo‘lgаn qo‘ylаr bеzоvtаlаnаdi, tipirchilаydi, bir
jоydа turib аylаnаvеrаdi. Ba’zi qo‘ylar boshini orqasiga tashlab yoki pastga egib
oldinga yuradi yoki orqasiga tisarila boradi. Bu kasalga uchragan hayvon oriqlaydi,
yotgan joyidan turolmaydi va oxir-oqibat darmonsizlanib o‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan belgilarga qarab kasallangan chorva mollar-ni osongina
aniqlash mumkin. Pufаk tiniq suv bilаn to‘lgаn bo‘lib, uning ichki pаrdаsidа 100-
250 tаgаchа pаrаzit bоshchаlаri, ya’ni skоlеkslаri to‘p-to‘p bo‘lib jоylаshgаn. Bu
277
chuvalchangning pufakchali, ya’ni finnali lichinkasi qo‘zg‘atadigan kasallik senuroz
deyiladi va unga chalingan mollar halok bo‘ladi yoki majburan go‘shtga topshiriladi.
Umuman, senur, ya’ni pufakli lichinka-finna juda sekin o‘sadi. Masalan:
qo‘ylar zararlangandan 2 hafta o‘tgach pufakning diametric 3-5 mm atrofida, 6 hafta
o‘tgach, 2-3 sm va 2-3 oy o‘tgach 3,5 sm atrofida bo‘ladi.
Shu davrdan boshlab
pufaklarning ichki pardasida parazitning boshchalari, ya’ni skolekslari yetishadi.
Аsоsiy хo‘jаyinlаri qo‘y miya qurti bilаn kаsаllаngаn qo‘ylаrning vа bоshqа
chоrvа mоllаrining bоsh vа оrqа miyalаridа jоylаshgаn pufаkli finnаni istе’mоl
qilishi оrqаli o‘zlаrigа yuqtirаdi. So‘ngra ularning ichaklarida 41-73 kundan keyin
jinsiy voyaga yetgan tasmasimon qo‘y miya qurti hosil bo‘ladi. Yuqorida
ta’kidlanganidek, qo‘ylarning miyasida uchraydigan pufakli finna senuroz
kasalligini vujudga keltiradi. Senuroz (gir aylanma yoki tentak kasal) - surunkali
gijja kasalligi bo‘lib, u bilan asosan yosh qo‘ylar va echkilar ko‘proq kasallanadi.
Senuroz bilan kasallangan hayvonlarni davolashning birdan-bir usuli jarrohlik yo‘li
bilan bosh miyadan parazitning pufakli finnasini olib tashlashdan iboratdir.
Senuroz kasalligi odamlarda ham uchrab turadi.
Uni davolash faqat jarroh
mahoratiga bog‘liq. Hozirgacha senuroz kasalligiga chalingan odamlarning soni 42
taga yetgani fanga ma’lum. Bu kasallik xorijiy mamlakatlarda, shuningdek, MDH
mamlakatlaridan - Rossiya Federatsiyasi, Kavkazorti davlatlarida, Qozog‘iston,
O‘rta Osiyo, shu jumladan O‘zbekistonda ham uchrab turadi.
Exinokokk
Do'stlaringiz bilan baham: