Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


ZOOANTROPONOZ LARVAL SESTODOZLAR QO‘ZG‘ATUVCHI-



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/183
Sana01.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#624787
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   183
Bog'liq
50996 ТДПУ-ТЎПЛАМ -14.04.2020 (7)

ZOOANTROPONOZ LARVAL SESTODOZLAR QO‘ZG‘ATUVCHI-
LARINING MORFOLOGIYASI, BIOLOGIYASI VA ULARNI
OLDINI OLISH CHORALARI 
Toshpo‘latova M., Xudoyberganova G., Abdimuratova Sh., Dadayev S.D. 
(TDPU)
Tasmasimon chuvalchanglar yoki sestodalar endoparazitlar bo‘lib, jinsiy 
voyaga yetganlari ko‘plab umurtqali hayvonlarda, shu jumladan, odamlar ichagida, 
kamdan-kam turlari esa boshqa organlarda parazitlik qiladi.
Hozirgi vaqtda tasmasimon chuvalchanglar sinfiga 3000 dan ortiq tur va 9 ta 
turkum kiradi. Ulardan eng muhimlari Tasmasimonlar (Pseudophyllidea) va 
Zanjirsimonlar (Cyclophyllidea) turkumlarining vakillari hisoblanib, odam va 
mahsuldor hayvonlarning xavfli parazitlari hisoblanadi.
Zanjirsimonlar (
Cyclophyllidea
) turkumi vakillarida gavda to‘lig‘icha 
bo‘g‘imlashgan. Ularning yetilgan bo‘g‘imlardagi bachadoni yopiq holda tuzilgan, 
embrional taraqqiyoti bachadonda kechadi, tuxumda paydo bo‘lgan lichinka - 
onkosfera oraliq xo‘jayinlari iste’mol qilmaguncha tuxumdan tashqariga chiqmaydi.
Ularning skoleksida 4 tadan so‘rg‘ch, ba’zilarida so‘rg‘chlar bilan birga ikki 
qator xartumchalarda joylashgan ilmoqchalari bo‘ladi. Ushbu organlari yordamida 
parazit asosiy xo‘jayinining ichagiga yopishib turadi.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda odam va mahsuldor hayvonlarga katta zarar 
yetkazuvchi xavfli zooantroponoz larval sestodozlar qo‘zg‘atuvchilaridan - qoramol 
tasmasimon chuvalchangi 
(Taeniarhynchus saginatus),
qo‘y miya qurti 
(Multiceps 
muiticeps) 
va exinokokk 
(Echinococcus granulosus)
mutaxassis olimlar tomonidan 
chop etilhan adabiyotlar chuqur tahlil qilingan.
Qoramol tasmasimon chuvalchangi 
(Taeniarhynchus saginatus)
asosan, 
odamlarning ingichka ichagida parazitlik qilib hayot kechiradi.
Parazitning tana uzunligi 4-10 m gacha boradi. Eni esa 12-14 mm atrofida 
bo‘ladi. Gavdasi bosh (skoleks), bo‘yin va mingga yaqin proglottidalardan iborat. 
Skoleksida 4 ta so‘rg‘ichi bo‘ladi. So‘rg‘ichlari o‘rtasida rudiment ko‘rinishdagi 
xartumi bo‘lib, unda xitinli ilmoqchalar bo‘lmaydi. Shuning uchun ham qoramol 
tasmasimoni qurollanmagan tasmasimon deyiladi. 
Jinsiy organlari sistemasi taxminan 200-bo‘g‘imdan paydo bo‘la-boshlaydi. 
Germafrodit bo‘g‘imlarida avval erkaklik, so‘ngra urg‘ochilik jinsiy a’zolari 
yetiladi. Urug‘donlar soni har bir proglottidda 1000 ga yaqin, bir dona tuxumdoni 
esa ikki bo‘lakli.
Gavdasining oxiridagi yetuk bo‘g‘imlarda bachadon shoxlangan va asosiy 
bachadon o‘qidan yon tomonlariga 18-35 tadan o‘simtalar o‘sib chiqadi. Bu 
o‘simtalar o‘z navbatida yana shoxlanib, butun proglottida yu-zasini egallab oladi. 
Eng oxirgi yetilgan proglottidaning uzunligi 16-20 mm, eni esa 4-7 mm bo‘lib, ular 
strobiladan yakka-yakka ajralib, tashqi muhitga chiqadi. 
 
Qoramol tasmasimonining lichinkalik davri - sistiserk deyiladi va u ham 
parazitlik qilib hayot kechiradi. Sistiserkning shakli ovalsimon ko‘rinishda, no‘xat 
kattaligiday bo‘ladi. Uning ichida 4 ta so‘rg‘ichli skoleksi joylashgan. Sistiserk 


275 
qoramollarning go‘shti orasida yashaydi va u finna deyiladi. Demak, qoramol 
tasmasimoni biogelmint bo‘lib, odam bu parazitning yagona asosiy xo‘jayini 
hisoblanadi. Qoramol, buyvol, zebu va qo‘toslar esa oraliq xo‘jayinlardir. Odamlar 
asosan xom, chala pishirilgan yoki chala qovurilgan fmnali mol go‘shtini iste’mol 
qilganda, bu parazitni o‘zlariga yuqtiradi. 
Odam organizmiga tushgan sistiserkning po‘sti oshqozon shirasi hamda o‘t 
suyuqligi ta’sirida eriydi va undan chiqqan lichinka so‘rg‘ichlari yordamida ichak 
devoriga yopishib rivojlana boshlaydi hamda 2-3 oydan keyin jinsiy voyaga yetadi. 
Oxirgi yetilgan harakatchan bo‘g‘imlar bittadan uzilib tashqariga chiqadi. U odam 
organizmida 18-20 yil va undan ham ortiqroq yashashi mumkin va har yili 600 mln. 
gacha, umri davomida esa 1
 
mlrd. gacha tuxum qo‘yadi.
 
Bitta bo‘g‘imda 145-175 mingtagacha tuxum bo‘ladi. Qoramol 
tasmasimonining yetuk proglottidalari odam ekskrementi orqali tashqi muhitga 
chiqib, turli mexanik va fizik ta’sirlar natijasida yorilib, ichida 6 ilmoqli lichinkasi 
(onkosfera) bor tuxum atrof-muhitga tarqaladi.
Qoramollar yem-xashak, suv va ba’zan odamning najasini iste’mol qilishi 
orqali parazit tuxumini o‘ziga yuqtiradi. Mollar oshqozonida shiralar ta’sirida 
parazit tuxumining po‘sti erib ketadi va undan chiqqan lichinka - onkosfera 
ilmoqchalari yordamida me’da yoki ichak devorlarini teshib qon tomiriga o‘tadi. U 
qon bilan organizmga tarqaladi va skelet muskullari, yurak. ko‘z, bosh miya va 
boshqa organlarda o‘rnashib rivojlanadi. Ma’lum vaqtdan, ya’ni 4-6 oydan keyin 
no‘xat kattaligidagi pufaksimon shaklga aylanadi. Bu davr finna, u keltiradigan 
kasallik esa finnoz deyiladi. 
Umuman, qoramol tasmasimonining jinsiy voyaga yetgan davri teniarinxus 
(

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish