287
Ostertagia
4
Pseudaliida
Protostrongylidae
Protostrongylus
2
Cystocaulus
1
Dictyocaulidae
Dictyocaulus
1
Oxyurida
Syphaciidae
Skrjabinema
1
Spirurida
Gongylonematida
e
Gongylonema
1
Habronematidae
Parabronema
1
Trichocephalid
a
Trichocephalidae
Trichocephalus
2
3
9
15
22
38
Олиб борилган тадқиқотлар ва адабиёт маълумотлари асосида [1-3, 5]
қайд этилган турлар ичида эчкилар учун ўта патоген турларга қуйидагиларни
киритиш мумкин:
Fasciola hepatica, F.gigantica, Dicrocoelium dendriticum,
Moniezia expansa, M.benedeni, Thysaniezia giardi, Echinococcus granulosus,
Dictyocaulus filaria, Protostrongylus raillieti, P.skrjabini, Haemonchus contortus
ва
Nematodirus
авлоди вакиллари. Қайд
этилган турлар ичида
Skrjabinema
caprae
нематодаси эчкилар учун специфик гельминт ҳисобланади [1, 3].
Хулоса сифатида шуни айтиш мумкинки, Навоий вилоятининг Кармана,
Навбаҳор, Нурота ва Хатирчи туманларида эчкилар маълум даражада паразит
чувалчанглар билан зарарланган. Қайд этилган турлар ичида ўта патоген
турлар
ҳам
учрайди.
Яйловлар
эчкилар
гельминтофаунистик
комплексларининг шаклланишида гельминтозлар эпизоотологияси нуқтаи
назаридан муҳим аҳамиятга эга.
Адабиётлар рўйхати:
1.Азимов Д.А., Дадаев С.Д., Акрамова Ф.Д., Сапаров К.А. Гельминты
жвачных животных Узбекистана. –Ташкент: Фан, 2015. -224 с.
2.Боев С.Н., Соколова И.Б., Панин В.Я. Гельминты копытных животных
Казахстана. –Алма-Ата: Изд.АН КазССР, 1962. – 370 с.
3.Дадаев С. Гельминты позвоночных подотряда Ruminantia Scopoli, 1777
фауны Узбекистана.: Автореф.дис. … докт.биол.наук. –Ташкент: ИЗ АН РУз,
1997а. -54 с.
4.Скрябин К.И. Методы полных гельминтологических вскрытий
позвоночных, включая и человека. – М.: Изд.1-го МГУ, 1928. – 45 с.
5.Султанов М.А., Азимов Д.А., Гехтин В.И., Муминов П.А. Гельминты
домашних млекопитающих Узбекистана. – Ташкент: Фан, 1975. – 186 с.
288
JIZZAX VILOYATI AHOLI PUNKTLARINING HUDUDIY JOYLASHUV
HUSUSIYATLARIGA TABIIY SHAROITNING TA’SIRI
Shamuratova O.B. (JDPI), Shamuratov Z.E. (Sh. Rashidov t. 23-
maktab)
Ma’lumki, aholi joylashuvi tuzilmasi mamlakat xalq xo’jaligi
kompleksi
asosida shakllanadi. Viloyatimiz hududining aholi joylashuvi tuzilmasi shahar,
shahar tipidagi pasyolkalar va qishloqlar rivojlanishida davlat siyosatini amalga
oshirish yo’llari va usullarini aniqlaydi hamda muhim xalq xo’jaligi masalalarini
tezlikda yechish, jamoat ishlab chiqarish effektivligini
oshirish va xalq turmush
sharoitini
yaxshilash
maqsadida
viloyatda
aholi
joylashuvini
yanada
takomillashtirishning prinspial yo’nalishlarini belgilab berishga hizmat qiladi.
Muxtaram yurtboshimiz Sh. Mirziyoyev 2019 yil 3 yanvardagi “
Jizzax v
iloyatini
kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning
samarali modelini ishlab chiqish to‘g‘risida” gi farmonida 2019 yil 1 martdan
boshlab Ilg‘or hudud sinov loyihasi doirasida normativ-huquqiy bazani
takomillashtirish, davlat tomonidan tartibga solish va
boshqarish sohasini tahlil
qilish va baholash, hududni jadal rivojlantirish uchun ilg‘or qarorlarni aniqlash
belgilangandi.
1
Bu esa ayni vaqtda Jizzax viloyatidagi aholi punktlari
infratuzilmasining tabiiy sharoit bilan uyg’unlikdagi zamonaviy qiyofasini yanada
yangi bosqichga olib chiqish masalasini ko’ndalang qo’yadi.
Aholining hududiy
joylashuvini aholi manzillari nuqtaiy nazardan tahlil qilar ekanmiz, avvalo tabiiy
sharoitning ta’sirini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Jizzax viloyati aholi punktlarining hududiy joylashuvi ham o’ziga hosligi
bilan ajralib turadi. Aholining hududiy joylashuvi muayyan hududning inson
yashashi uchun qulay yoki noqulayligi bilan belgilanadi. Viloyat miqyosida tog’ va
tog’ oldi mintaqalarida yashash uchun qulay sharoit mavjudligi sababli aholining
aksariyati shu hududlarda joylashgan. Cho’l zonalarida
yaqingacha deyarli odam
yashamagan, faqat o’tgan asrning 50- 60- yillaridan boshlab bu joylarga suv
keltirilgandan keyin aholi cho’lni o’zlashtirib obod qilish uchun viloyatning tog’li
va tog’ oldi aholi punktlari va qo’shni viloyatlardan ham ko’chib kela boshlagan.
Shu tariqa Jizzax viloyatining aholi manzillari shakllanib ma’lum bir geografik
ko’rinishga ega bo’lgan.
Tabiiy geografik jihatdan qaralganda Jizzax viloyati hududi O’rta Osiyo va
O’zbekistonni tabiiy geografik rayonlashtirish sxemalarining tarkibiy qismi bolib
kelgan. O’rta Osiyoning tabiiy rayonlashtirish sxemasida Jizzax viloyati hududida
tog’ va tog’ oldi provinsiyasiga kiruvchi O’rta
Zarafshon, Nurota va Sangzor-
G’allaorol, Mirzacho’l okrugiga tegishli Mirzacho’l, Zomin, Forish tabiiy geografik
rayonlariga ajratilgan (L.N. Babushkin, N.A. Kogay, 1975).
2
Jizzax viloyati aholi
punktlarining hududiy joylashuvi nuqtai nazardan tahlil qilganimizda Viloyatni
relefi jihatdan ikki qismga, tog’ va tog’ oldi hamda cho’l va tekislik qismlarga bo’lib
o’rganish maqsadga muvofiq.
Viloyatda jami 572 ta katta-kichiklikdagi aholi punktlari mavjud bo’lib,
shuning 47 tasi shahar tipidagi, 525 tasi qishloq tipidagi aholi punktlari hisoblanadi.
289
Aholi punktlarining 474 tasi tog’ va tog’ oldi mintaqasida, 98 tasi tekislik mintaqaga
to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: