Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
Aholningi hududiy joylashuviga ta‟sir etuvchi omillar.
Aholining dunyo hududlari bo‟ylab joylashuvi va uning omillari.
Jahon aholisining qit‟alar bo‟yicha joylashuviga hos hususiyatlar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Aholining hududiy joylanishi – yer yuzining kishilar tomonidan o‟zlashtirilishi bilan bog‟liq bo‟lgan juda uzoq tarixiy jarayonning natijasidir. Yer sharinig turli qisimlarida, turli mamlakatlarda aholining hududiy joylashishi va zichligi tarixiy, ijtimoiy – iqtisodiy va tabiyi omillar ta‟sirida vujudga keladi. Bu asosiy omillar dunyoning turli qisimlarida hududiy va davr nuqtai nazardan bir xil emas. Shuning uchun ham turli mintaqalarda, uning zichligida katta farqlar mavjud. Odatda aholining hududiy joylashuvini har bir kvadrat kilometrga to‟g‟ri keladigan aholi soni bilan ko‟rsatiladi. Yer sharida aholining o‟rtacha zichligi har kv km ga 48,5 kishi to‟g‟ri keladi.
Alohida e'tibor qaratish lozim bo'lgan navbatdagi eng muhim ustuvor vazifa - qishloqda turmush darajasini yuksaltirishga, qishloqlarimiz qiyofasini o'zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli va birbiri bilan chambarchas bog'liq keng ko'lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o'rni va ahamiyatini tubdan qayta ko'rib chiqish, fermer xo'jaliklari rivojini har tomonlama qo'llabquvvatlashdan iboratdir. Shu jihatdan mamlakatda qishloqlarga shahar turmush tarzini olib kirishda aholi joylashuvini hamda urbanizatsiya jarayonini butun jahon miqyosida o‟rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- Aholi joylashuviga ta‟sir etuvchi omillarni o‟rganish;
- Aholini dunyo hududlari bo‟yicha joylashuvini yoritish;
- Shaharlar va ularning rivojlanishini tahlil qilish;
- Shaharlar rivojlanishini hududiy tafovutlari va yuzaga kelish sabablarini aniqlash;
- Shaharlar rivojlanishi bilan bog‟liq ijtimoiy-ijtimoiy oqibatlarini ilmiy asosda o‟rganish.
Nazariy uslubiy asoslari- yoritish jarayonida demografik – statistik guruhlash, taqqoslash, bashoratlash uslublari qo‟llanildi. Yozishda mavjud ilmiy adabiyotlardan hamda internet ma‟lumotlaridan keng foydalanildi. Ilmiy yangiligi eng avvalo jahon aholisi joylashuvi va urbanizatsiya jarayoni darajasida ilk bor o‟rganilishida o‟z aksini topgan. Bundan tashqari ilmiy yangiligi quyidagi masalalarni o‟rganishda ham o‟z ifodasini topgan:
- jahon aholisi joylashuvi omillari yoritib berildi;
- jahon aholisini mintaqalar bo‟yicha joylashuvi hususiyatlari o‟rganildi;
- shaharlar va ularning rivojlanish qonuniyatlari ilmiy asosda tahlil qilindi;
-shaharlar rivojlanishi bilan yuzaga keluvchi muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |