81
Sobiq
ittifoq tugab, mustaqil davlatlar yuzaga kelganida, ayniqsa, yangi
musulmon mamlakatlar duch kelgan eng katta xatar xalqaro missionerlik
tashkilotlarining bu yurtlarga yopirilib kelishlari va keng miqyosda ish boshlashlari
bo„ldi. Ular jumladan O„zbekistonda ham juda qisqa muddatda, g„oyat
yaxshi
tashkil qilingan tarmoqlarini vujudga keltirishdi. Nasroniylikning, hatto
umumnasroniylarning o„zlari e‟tirof etmaydigan, balki hatto inkor qiladigan
ko„plab va turli-tuman mazhablari mustaqilligimizning
dastlabki yillari
demokratiya niqobi ostida hamda davlatimizning bu borada hali tajribasizligidan
foydalanib, adliya ro„yxatlaridan o„tib oldi, rasmiy tashkilot sifatida joylarda
o„nlab ibodatxonalarini qurdi va respublikani kelgusida har jihatdan notinch
qiladigan kir, g„arazli faoliyatlarini boshladi. Albatta, bu ishlar katta mablag„siz,
siyosiy va informasion tayanchsiz amalga oshmaydi. Amerika boshliq butun G„arb
davlatlaridagi missionerlik tashkilotlari,
yirik boylar, hatto siyosiy doiralar bu
harakat uchun juda katta mablag„ tikdi. Chunki bundan ko„zlagan natijalari tez
orada bu sarf-xarajatlarini bir necha o„n, yuz, hatto ming barobar qoplab ketishiga
ular ishonishar edi.
Missionerlarning maqsadlari asosan uch nuqtada jamlanadi:
1. Xalqlarni xristianlashtirish. Shu orqali ularni iqtisodiy, siyosiy, ma‟naviy
jihatdan G„arb davlatlari ta‟sir doirasiga olish.
2. Xalqlarda o„z diniga nisbatan shubha uyg„otish, ularni o„z dinidan
chiqarish va dinsiz qoldirish.
3. Qadimdan xristian bo„lganlarni o„z dinlarida
mustahkamroq turishga
chorlash va ular safini “yangi xristianlar” bilan to„ldirish.
Ular maqsadlari yo„lida hech qanday vositani ayamaydilar, usul-
nayranglari doimo takomillashib boradi. Mana ulardan bir nechtasi:
1. Insoniy yordamlar ko„rsatish. Bunga, albatta, moddiy yordamlar (tibbiyot,
oziq-ovqat) va so„zsiz, “ruhiy” yordamlar kiradi.
2. Mahalliy xalq tilida o„sha xalqning urf-odatlarini hisobga olgan holda,
sifatli, rangli, rasmli xristian da‟vat kitobchalarini bepul tarqatish. Ko„pincha bu
kitoblar Qur‟on oyatlari bilan “bezaladi”.
3. Xristianlikni targ„ib qiluvchi gazeta-jurnallar chiqarish.
4. Xristianlikka qiziqtiruvchi audio-video kassetalar tarqatish.
5. Radio-televidenie orqali jonli ko„rsatuvlar tayyorlash. Bu ko„rsatuvlar
orqali aholini muloqotga chorlash, adreslar almashish.
6. Turli mavzularda tadbirlar va anjumanlar uyushtirish.
7. Yakka shaxslarga da‟vat xatlar jo„natish.
8. Yoshlar jamiyatlari bilan hamkorlik qilish.
9. Ingliz tili, kompyuter o„rgatish niqobi ostida missionerlik kutubxonalarini,
klublarini tashkil etish.
Ibodatxonalari ochiqcha ishlagani bilan missionerlar o„zlari asosan
yashirincha ishlashadi va makkorona uslublardan foydalanishadi. Ular yurtimizga
til o„rgatish, kompyuter o„rgatish, har xil sohalar bo„yicha malakali mutaxassislar
tayyorlash va hokazo kabi ishlar uchun turli-tuman o„quv
markazlari tashkil etib,
yoki bo„lmasa, har xil yo„nalishlarda xayriya ishlari bilan shug„ullanadigan
nodavlat tashkilotlari qiyofasida kirib kelishdi. Uzoq yillik siquv ostida yashagan,
82
ammo o„zi ilmga chanqoq, dunyo bilan muloqotga kirishishga ishtiyoqmand
xalqimiz, tabiiy, bunday o„quv markazlariga murojaat qildi. Lekin o„qish
jarayonida, “o„qituvchi”lari asosan missionerlardan iborat ekani ma‟lum bo„ldi.
Iso alayhissalomning hurmat ila nomlanishi O„zbekiston hududida yashovchi
turli millat va din vakillarining totuvlik an‟analarida ham o„z aksini topgan. Ming
yillarni qamrab oluvchi tariximizda dinlararo birorta nizo yuzaga kelib
chiqmaganligining o„zi tinchlikparvar o„zbek xalqining diniy e‟tiqodi, urf-odatlari
va an‟analaridan dalolatdir.
Lekin ittifoqlik va o„zaro hurmat bilan yashash boshqa narsa, musulmonlarni,
ayniqsa yoshlarni o„z e‟tiqodidan boshqa tomonga burish butkul boshqa narsa,
g„arazli niyat bilan diyorimizga kirib keladigan va o„rtadagi
ittifoqlikka rahna
soladigan
missionerlarga,
ekstremistlarga
qarshi
kurash
hammamizning
vazifamizdir. Maqsadimiz hamyurtlarimizni to„g„ri yo„lga da‟vat qilish,
diyorimizda mavjud bo„lgan nasroniy dini ahllariga samimiylik bilan munosabatda
bo„lish odobini o„rgatish, shu bilan birga nasroniy dinini ko„r-ko„ronalik bilan
qabul qilmaslik, aldov va pul tuzog„iga ilinmaslikni tushuntirishdir.
Ongli musulmon kishining subutsizlik qilishi qiyin. Chunki Kur‟oni karim
bilan Injilni o„qir ekan, har bir insonning Islomga ixlosi va e‟tiqodi yanada oshadi.
Bu qandaydir zo„ravonlikka emas, balki ilm, mantiq va adolatga asoslangan din
ekanligiga iymon keltiradi. Bu jihatdan biz
musulmonlarning Injil, Tavrot va Zabur
bilan tanishuvimiz joizdir...
Ammo bu yerda alohida diqqat qilinishi lozim bo„lgan shunday muammo
borki, buni aslo unutib bo„lmaydi. Chunonchi, ba‟zi-bir savodsiz yoki chalasavod
kishilar da‟vo qilayotgani singari Qur‟on, Tavrot, Injil va Zabur aynan bir kitob
emas. Garchi ular orasida mushtarak fikr, talqin, da‟vat, o„git va tarixiy rivoyatlar
bo„lsa ham. Bosh tafovut shundaki, Qur‟oni karim tavhidga, ya‟ni Xudoning biru
borligiga asoslanadi. Bas, Qur‟oni karimni dilga jo qilmay turib, bo„lak g„ayridiniy
ishlar bilan tanishish kishini chalg„itib qo„yishi mumkin. Bir talay odamlar orasida
milliy mansublikdan ko„ra nasroniy madaniyatiga moyillik hech kimga sir emas.
Ro„y-rost aytish kerak, Injilni zahmat chekib o„zbekchalashtirgan xorijiy
vatandoshlarimizning bosh maqsadi mana shu (moyillikdan unumli foydalanish) va
bundan ming marotaba xushyor bo„lishimiz darkor. Biri-biri bilan o„zaro
murosa
qila olmaydigan, murosa qilishi mumkin bo„lmagan moddiyunchilik bilan
nasroniylikning maqsadi bir-biriga yaqin: turli yo„llar bilan mahalliy xalqlarning
nafsoniyatini yerga urib, ularni xristianlashtirishdan iborat. Ularda e‟tiqod
birligi
emas, maqsad birligi bor. Shuning uchun biz har ikkalasining ham niyatidan hazar
qilmog„imiz va ehtiyot bo„lmog„imiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: