Fanning ma‟ruza matni


Missionerlik harakatining asosiy g„oya-maqsadlari



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/57
Sana30.05.2022
Hajmi0,87 Mb.
#620568
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Диншунслик маърузалар матни

Missionerlik harakatining asosiy g„oya-maqsadlari. 


81 
Sobiq ittifoq tugab, mustaqil davlatlar yuzaga kelganida, ayniqsa, yangi 
musulmon mamlakatlar duch kelgan eng katta xatar xalqaro missionerlik 
tashkilotlarining bu yurtlarga yopirilib kelishlari va keng miqyosda ish boshlashlari 
bo„ldi. Ular jumladan O„zbekistonda ham juda qisqa muddatda, g„oyat yaxshi 
tashkil qilingan tarmoqlarini vujudga keltirishdi. Nasroniylikning, hatto 
umumnasroniylarning o„zlari e‟tirof etmaydigan, balki hatto inkor qiladigan 
ko„plab va turli-tuman mazhablari mustaqilligimizning dastlabki yillari 
demokratiya niqobi ostida hamda davlatimizning bu borada hali tajribasizligidan 
foydalanib, adliya ro„yxatlaridan o„tib oldi, rasmiy tashkilot sifatida joylarda 
o„nlab ibodatxonalarini qurdi va respublikani kelgusida har jihatdan notinch 
qiladigan kir, g„arazli faoliyatlarini boshladi. Albatta, bu ishlar katta mablag„siz, 
siyosiy va informasion tayanchsiz amalga oshmaydi. Amerika boshliq butun G„arb 
davlatlaridagi missionerlik tashkilotlari, yirik boylar, hatto siyosiy doiralar bu 
harakat uchun juda katta mablag„ tikdi. Chunki bundan ko„zlagan natijalari tez 
orada bu sarf-xarajatlarini bir necha o„n, yuz, hatto ming barobar qoplab ketishiga 
ular ishonishar edi. 
Missionerlarning maqsadlari asosan uch nuqtada jamlanadi: 
1. Xalqlarni xristianlashtirish. Shu orqali ularni iqtisodiy, siyosiy, ma‟naviy 
jihatdan G„arb davlatlari ta‟sir doirasiga olish. 
2. Xalqlarda o„z diniga nisbatan shubha uyg„otish, ularni o„z dinidan 
chiqarish va dinsiz qoldirish. 
3. Qadimdan xristian bo„lganlarni o„z dinlarida mustahkamroq turishga 
chorlash va ular safini “yangi xristianlar” bilan to„ldirish. 
Ular maqsadlari yo„lida hech qanday vositani ayamaydilar, usul-
nayranglari doimo takomillashib boradi. Mana ulardan bir nechtasi: 
1. Insoniy yordamlar ko„rsatish. Bunga, albatta, moddiy yordamlar (tibbiyot, 
oziq-ovqat) va so„zsiz, “ruhiy” yordamlar kiradi. 
2. Mahalliy xalq tilida o„sha xalqning urf-odatlarini hisobga olgan holda, 
sifatli, rangli, rasmli xristian da‟vat kitobchalarini bepul tarqatish. Ko„pincha bu 
kitoblar Qur‟on oyatlari bilan “bezaladi”. 
3. Xristianlikni targ„ib qiluvchi gazeta-jurnallar chiqarish. 
4. Xristianlikka qiziqtiruvchi audio-video kassetalar tarqatish.
5. Radio-televidenie orqali jonli ko„rsatuvlar tayyorlash. Bu ko„rsatuvlar 
orqali aholini muloqotga chorlash, adreslar almashish. 
6. Turli mavzularda tadbirlar va anjumanlar uyushtirish. 
7. Yakka shaxslarga da‟vat xatlar jo„natish. 
8. Yoshlar jamiyatlari bilan hamkorlik qilish. 
9. Ingliz tili, kompyuter o„rgatish niqobi ostida missionerlik kutubxonalarini, 
klublarini tashkil etish. 
Ibodatxonalari ochiqcha ishlagani bilan missionerlar o„zlari asosan 
yashirincha ishlashadi va makkorona uslublardan foydalanishadi. Ular yurtimizga 
til o„rgatish, kompyuter o„rgatish, har xil sohalar bo„yicha malakali mutaxassislar 
tayyorlash va hokazo kabi ishlar uchun turli-tuman o„quv markazlari tashkil etib, 
yoki bo„lmasa, har xil yo„nalishlarda xayriya ishlari bilan shug„ullanadigan 
nodavlat tashkilotlari qiyofasida kirib kelishdi. Uzoq yillik siquv ostida yashagan, 


82 
ammo o„zi ilmga chanqoq, dunyo bilan muloqotga kirishishga ishtiyoqmand 
xalqimiz, tabiiy, bunday o„quv markazlariga murojaat qildi. Lekin o„qish 
jarayonida, “o„qituvchi”lari asosan missionerlardan iborat ekani ma‟lum bo„ldi. 
Iso alayhissalomning hurmat ila nomlanishi O„zbekiston hududida yashovchi 
turli millat va din vakillarining totuvlik an‟analarida ham o„z aksini topgan. Ming 
yillarni qamrab oluvchi tariximizda dinlararo birorta nizo yuzaga kelib 
chiqmaganligining o„zi tinchlikparvar o„zbek xalqining diniy e‟tiqodi, urf-odatlari 
va an‟analaridan dalolatdir. 
Lekin ittifoqlik va o„zaro hurmat bilan yashash boshqa narsa, musulmonlarni, 
ayniqsa yoshlarni o„z e‟tiqodidan boshqa tomonga burish butkul boshqa narsa, 
g„arazli niyat bilan diyorimizga kirib keladigan va o„rtadagi ittifoqlikka rahna 
soladigan 
missionerlarga, 
ekstremistlarga 
qarshi 
kurash 
hammamizning 
vazifamizdir. Maqsadimiz hamyurtlarimizni to„g„ri yo„lga da‟vat qilish, 
diyorimizda mavjud bo„lgan nasroniy dini ahllariga samimiylik bilan munosabatda 
bo„lish odobini o„rgatish, shu bilan birga nasroniy dinini ko„r-ko„ronalik bilan 
qabul qilmaslik, aldov va pul tuzog„iga ilinmaslikni tushuntirishdir.
Ongli musulmon kishining subutsizlik qilishi qiyin. Chunki Kur‟oni karim 
bilan Injilni o„qir ekan, har bir insonning Islomga ixlosi va e‟tiqodi yanada oshadi. 
Bu qandaydir zo„ravonlikka emas, balki ilm, mantiq va adolatga asoslangan din 
ekanligiga iymon keltiradi. Bu jihatdan biz musulmonlarning Injil, Tavrot va Zabur 
bilan tanishuvimiz joizdir...
Ammo bu yerda alohida diqqat qilinishi lozim bo„lgan shunday muammo 
borki, buni aslo unutib bo„lmaydi. Chunonchi, ba‟zi-bir savodsiz yoki chalasavod 
kishilar da‟vo qilayotgani singari Qur‟on, Tavrot, Injil va Zabur aynan bir kitob 
emas. Garchi ular orasida mushtarak fikr, talqin, da‟vat, o„git va tarixiy rivoyatlar 
bo„lsa ham. Bosh tafovut shundaki, Qur‟oni karim tavhidga, ya‟ni Xudoning biru 
borligiga asoslanadi. Bas, Qur‟oni karimni dilga jo qilmay turib, bo„lak g„ayridiniy 
ishlar bilan tanishish kishini chalg„itib qo„yishi mumkin. Bir talay odamlar orasida 
milliy mansublikdan ko„ra nasroniy madaniyatiga moyillik hech kimga sir emas. 
Ro„y-rost aytish kerak, Injilni zahmat chekib o„zbekchalashtirgan xorijiy 
vatandoshlarimizning bosh maqsadi mana shu (moyillikdan unumli foydalanish) va 
bundan ming marotaba xushyor bo„lishimiz darkor. Biri-biri bilan o„zaro murosa 
qila olmaydigan, murosa qilishi mumkin bo„lmagan moddiyunchilik bilan 
nasroniylikning maqsadi bir-biriga yaqin: turli yo„llar bilan mahalliy xalqlarning 
nafsoniyatini yerga urib, ularni xristianlashtirishdan iborat. Ularda e‟tiqod birligi 
emas, maqsad birligi bor. Shuning uchun biz har ikkalasining ham niyatidan hazar 
qilmog„imiz va ehtiyot bo„lmog„imiz zarur. 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish