Fanning ma‟ruza matni


Xristian dinida missionerlik harakatining paydo bo„lishi



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/57
Sana30.05.2022
Hajmi0,87 Mb.
#620568
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Диншунслик маърузалар матни

Xristian dinida missionerlik harakatining paydo bo„lishi

Ilk missionerlik tashkilotlari. 
“Missionerlik (lotincha “yuborish” va “topshiriq” ma‟nolarida bo„lib), biror 
dinni o„z yurtidagi yoki o„zga yurtlardagi boshqa dindagilar o„rtasida tarqatish 
sohasidagi cherkov (ya‟ni, katolik va protestantlar kabi yo„nalish) tashkilotlarining 
faoliyatidir. 
Missionerlik 
bosqinchilik 
urushlari 
davrida 
mustamlakachi 
imperiyalarni barpo etish va mustahkamlashda ideologik ekspansiya turlaridan biri 
bo„lgan. Missionerlar oshkora yoki maxfiy ravishda Amerika, Osiyo, Afrika 
xalqlarini zabt etishda qatnashganlar...”
1
Missionerlik – bu boshqa diniy e‟tiqodga ega bo„lgan aholini o„z diniga 
og„dirib olishlik bo„yicha diniy tashkilotlar vakillari tomonidan amalga 
oshirilayotgan faoliyat”.
2
Sodda qilib aytganda, missionerlik xristianlashtirishdir. 
Shu o„rinda bir narsani ta‟kidlash zarur: da‟vat boshqa, missionerlik boshqa. Bir 
din vakilining o„z qavmiga xitobi da‟vat bo„lib, har bir inson bu ishni emin-erkin 
qilishi mumkin. Ammo, bir din vakilining boshqa dindagilarni o„z diniga og„dirish 
uchun qiladigan harakati esa, missionerlik deyiladi va O„zbekiston qonunlari mana 
shu ishni ta‟qiqlaydi. 
Missionerlik davlatlararo urushlar paytida mustamlakachi imperiyalarni barpo 
etish va mustahkamlashda mafkuraviy hujum qurollaridan biri sifatida ishlatilgan. 
Missionerlar maxfiy ravishda Osiyo xalqlarini zabt etishda qatnashganlar va 
hozirda bu nayranglar boshqacha usulda davom etmoqda. 1962 – 1965 yillardagi II 
Vatikan soborida missionerlik masalalari muhokama qilinib, u haqda qonun 
tasdiqlangan.
Ilk missionerlik tashkilotlari quyidagilardir: 
1. London missionerlik jamiyati (1795).
1
Ensiklopedik lug„at
2
Zuhriddin Husniddinov va Ortiqbek Yusupov, “O„zbekiston Respublikasida diniy munosabatlar”


80 
2. Anglikan cherkovi missionerlik jamiyati (1797). 
3. Niderland missionerlik jamiyati (1792). 
4. Parij Injilni tarqatish missionerlik jamiyati (1823). 
5. Bazel Injilni tarqatish missionerlik jamiyati (1815). 
6. Berlin missionerlik jamiyati (1824). 
Ibodatxonalari ochiqcha ishlagani bilan missionerlar o„zlari asosan 
yashirincha ishlashadi va makkorona uslublardan foydalanishadi. Ular yurtimizga 
til o„rgatish, kampyuter o„rgatish, har xil sohalar bo„yicha malakali mutaxassislar 
tayyorlash va hokazo kabi ishlar uchun turli-tuman o„quv markazlari tashkil etib, 
yoki bo„lmasa, har xil yo„nalishlarda xayriya ishlari bilan shug„ullanadigan 
nodavlat tashkilotlari qiyofasida kirib kelishdi. Uzoq yillik siquv ostida yashagan, 
ammo o„zi ilmga chanqoq, dunyo bilan muloqotga kirishishga ishtiyoqmand 
xalqimiz, tabiiy, bunday o„quv markazlariga murojaat qildi. Lekin o„qish 
jarayonida, “o„qituvchi”lari asosan missionerlardan iborat ekani ma‟lum bo„ldi... 
SSSR tugab, mustaqil davlatlar yuzaga kelganida, ayniqsa, yangi musulmon 
mamlakatlar duch kelgan eng katta xatar xalqaro missionerlik tashkilotlarining bu 
yurtlarga yopirilib kelishlari va keng miqyosda ish boshlashlari bo„ldi. Ular 
jumladan O„zbekistonda ham juda qisqa muddatda, g„oyat yaxshi tashkil qilingan 
tarmoqlarini vujudga keltirishdi. Nasroniylikning, hatto umumnasroniylarning 
o„zlari e‟tirof etmaydigan, balki hatto inkor qiladigan ko„plab va turli-tuman 
mazhablari mustaqilligimizning dastlabki yillari demokratiya niqobi ostida hamda 
davlatimizning bu borada hali tajribasizligidan foydalanib, adliya ro„yxatlaridan 
o„tib oldi, rasmiy tashkilot sifatida joylarda o„nlab ibodatxonalarini qurdi va 
respublikani kelgusida har jihatdan notinch qiladigan kir, g„arazli faoliyatlarini 
boshladi. Albatta, bu ishlar katta mablag„siz, siyosiy va informatsion tayanchsiz 
amalga oshmaydi. Amerika boshliq butun G„arb davlatlaridagi missionerlik 
tashkilotlari, yirik boylar, hatto siyosiy doiralar bu harakat uchun juda katta 
mablag„ tikdi. Chunki bundan ko„zlagan natijalari tez orada bu sarf-xarajatlarini bir 
necha o„n, yuz, hatto ming barobar qoplab ketishiga ular ishonishar edi. 
Ibodatxonalari ochiqcha ishlagani bilan missionerlar o„zlari asosan yashirincha 
ishlashadi va makkorona uslublardan foydalanishadi. Ular yurtimizga til o„rgatish, 
kampyuter o„rgatish, har xil sohalar bo„yicha malakali mutaxassislar tayyorlash va 
hokazo kabi ishlar uchun turli-tuman o„quv markazlari tashkil etib, yoki bo„lmasa, 
har xil yo„nalishlarda xayriya ishlari bilan shug„ullanadigan nodavlat tashkilotlari 
qiyofasida kirib kelishdi. Uzoq yillik siquv ostida yashagan, ammo o„zi ilmga 
chanqoq, dunyo bilan muloqotga kirishishga ishtiyoqmand xalqimiz, tabiiy, 
bunday o„quv markazlariga murojaat qildi. Lekin o„qish jarayonida, 
“o„qituvchi”lari asosan missionerlardan iborat ekani ma‟lum bo„ldi.
Hozirda missionerlik “tabshir” (bashorat berish), “tansir” (nasroniylashtirish) 
kabi nomlar bilan ataladi. Ammo ular asl faoliyatlarini niqoblash uchun turfa 
chiroyli nomlardan foydalanadilar. Xususan, o„zlariga va saflariga qo„shilganlarga 
har xil ilohiy sifatlar berib (“Xudoning bolalari”, “muqaddas ruh bilan 
so„zlashuvchilar” kabi), boshqalardan ajralib turishlarini ta‟kidlab, shu tariqa ularni 
saflarida tutib turadilar. 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish