83
Oxirgi yillarda aksariyat diniy jamolarda shart-sharoitlar yaxshilanishiga
qaramay hisobot davrida diniy erkinliklarni hurmat
qilish darajasi bir necha
sohalarda pasayib ketdi. Ketma-ket kelgan ikki yil davomida Hizbut-tahrir (HT)
kabi ekstremist guruhda a‟zolik tufayli ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning
soni kamaygan ko„rinsa-da, hukumat diqqat-e‟tiborini Turk musulmon guruhi
“Nur”ga, qaratib kamida 42 nafar “Nur” guruhi a‟zisi deb gumon qilinganlarni
hibsga olib ulardan ko„plarini olti yildan 12 yilgacha muddatlarga ozodlikdan
mahrum qilishga hukm qildi. Hukumat ruxsat bilan faoliyat ko„rsatayotgan
masjidlarda ibodat qiladigan dindorlar ishlariga aralashmadi va asosiy yo„nalishda
hisoblangan boshqa guruhlar faoliyatiga ijozat berdi. Ozchilik tashkil qilgan ba‟zi
diniy guruhlar ro„yxatdan o„tmaganicha qoldi, chunki
ular qonunda belgilangan
ro„yxatdan o„tish qat‟iy talablariga javob bera olmadilar. Bu guruhlar, ayniqsa
prozelitizm bilan shug„ullanayotgan, deb qaralganlar ustiga reydlar uyushtirildi,
ta‟qib va yetakchilari va a‟zolarining hibsga
olinishini boshdan kechirdilar;
ba‟zilariga esa jinoiy ayblar qo„yildi.
Missionerlarning maqsadlari siyosiy bo„lgani uchun ham xatarli va
tashvishlanarlidir. Chunki natija bevosita mamlakat xavfsizligiga daxldordir.
Ularning kirdikorlari bu nuqtai nazardan baholanmog„i va chora-tadbir ham shunga
ko„ra olinmog„i lozim. Aks holda,
biz kelajak avlodga kuchli, ozod va obod
vatanni emas, balki xalqining ruhi-dili bir-biriga begona, shu tufayli qator
muammolarga botgan, parokanda, ma‟naviy
ziddiyatlar avj olgan, binobarin, zaif
va qaram bir o„lkani qoldirgan bo„lamiz.
Missionerlikning oshkora, quturgan ko„rinishi tarixdagi Birinchi va Ikkinchi
salb urushlari (krestoviy poxod) misolida yanada yaqqol ko„rinadi. Ibn Asiyr o„z
tarix kitoblarida xristian bosqinchilari bo„lmish salbchilarning salb yurishlari
vaqtida Quddusga kirishlarini shunday bayon qiladi: “Faranjlar (ya‟ni,
yevropaliklar) Quddusni bosib olgach, Sha‟bon oyining yettinchi kuni, juma kuni
ertalab, shaharga kirib kelishdi. Ular bir hafta davomida musulmonlarni qilichdan
o„tkazib, qirg„inbarot qilishdi...”.
Birinchi salb yurishi (1096-1099 yillar) davrida
xristianlarning ellik ming
nafar lashkari Quddusni qamal qilishdi. Shahar xalqi holdan toygan, dushman bilan
kurashishga ortiq madori yo„q edi. Qamaldan qutulish umidi butunlay uzilgach,
mol va jonlarining xavfsizligi ta‟minlanishi sharti bilan dushmanga taslim
bo„ldilar. Salbchi lashkarboshilar Masjidi Aqsoga kirganlarning omon qolajaklarini
bildirdi. Lekin ular so„zlarida turmadilar, jon
saqlash maqsadida masjidga
berkingan qariyalar, ayollar va bolalar ayovsiz bo„g„izlandi. Jome‟ tizza bo„yi
qonga botdi. Shaharning yosh-qari, erkak-ayol musulmon va yahudiylardan iborat
yuz mingga yaqin aholisi qatl etildi.
Salbchilar amiri Rim papasiga yozgan maktubida bunday degan edi:
“Quddusda birorta musulmon qolmadi, hammasi qatl etildi. Sulaymon masjididagi
musulmonlarning qoni esa otlarimiz tizzasiga yetdi...!”
Bu voqealardan sakson sakkiz yil o„tib, ya‟ni, 1187 yilda buyuk lashkar boshi
Salohiddin Ayyubiy (1138 – 1193 yillar orasida yashagan) Quddusi sharifni yana
qaytarib oldi. Lekin salbchilarga o„zlari qilgandek muomala qilmadi. Salohiddin
dushmanlarga qirq kun muhlat ichida shaharni tark etishga amr etdi.
84
“Rim papasi va boshqa diniy rahnamolar boshchiligida Islom olamiga qarshi
qayta-qayta salb yurishlari qildilar. Yuz yillar davomida fan-madaniyat va ilm
markazi bo„lib, Ovro„paga nur sochib turgan Andalus davlatini yer
yuzidan supurib
tashladilar. Ularning vahshiyligidan beshikdagi bolalar ham beomon bo„ldi.
Musulmon nomi bo„lsa bo„ldi, bitta qo„ymay qirdilar. Musulmonlarning qonini
daryo qilib oqizdilar. Ularning qonli yurishlari tufayli O„rta yer dengizining moviy
suvi qirmiziga aylandi. Salbchi nasorolar dengizdan o„tib musulmon yurtlarini
ishg„ol qildilar. Qon to„kdilar. Zulm o„tkazdilar. Keyinroq kelib esa,
barcha
musulmon davlatlarni masihiy davlatlar o„z mustamlakasiga aylantirdi. Jahonda
buyuk jug„rofiy kashfiyotchilar sifatida nomi mashhur bo„lgan ovro„palik shaxslar
aslida musulmon yurtlarni bosib olishga tayyorgarlik ko„rish ayg„oqchilari
ekanligi, ular safarga chiqishdan oldin Papaga xristian dini uchun yangi joylar va
yangi qavmlar topib berishni va‟da qilib, uning duosi va iznini olganliklari ma‟lum
va mashhurdir.