ᕼᗩyot ᐯᗩSFİ, [



Download 138,8 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi138,8 Kb.
#747712
Bog'liq
sakiyna hikoya pdf


ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [10.07.2021 17:35]
Qur'on birlashtirgan qalblar...
#1_qism
Kecha yoĝgan kuchli yomĝir tufayli tomlaridan oqqan suvlarni hovliga qarab supurib, peshonasidagi terlarni bilagi bilan artgancha, polga oqqan suvlarni latta bilan artib holdan toygancha ayvonda õtirgan Sakiyna ichida nimalardir deb pichirlardi.
"Qachon men ham odamga õxshab yashar ekanman-a" der edi. Yoshi endigina õn sakkizga tõlgan bu qizning "odamga õxshab yashar ekanman-a" deyishi biroz ğalati edi. Qizining xorĝin õtirganini kõrgan onasi uning yoniga kelib:
—Ishlaringni qilib bõldingmi?
Sakiyna:
—Ha, bõldim. Bilol tuproq olib kelsa tomga sepib qõysam bõlgani, dedi.
Onasi:
—Tomga õzim qarayman, sen masjidga borib otangga qarashib yubor, kecha yomĝir va kuchli shamolda masjid hovlisi tõzib ketibdi.
Sakiyna:
—Hõp, yana biror yumush bormi?
—Ha yõlda ukangni kõrsang uni ham õzing bilan olib ket dedi.
Sakiyna onasi aytgandek masjid tomon ravona bõldi. Kõchada ketayotib, õylardi:
Ishdan qochib ishga tutildim der edi achchiq ustida.
👉 https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [10.07.2021 17:40]


#2_Qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
***
Yõlda ukasi Bilolni kõrarkan, u ham Sakiynani korib, dar hol yirtilaverib yamalaverib ado bõlgan kiyimining changini qoqa ketdi. Sakiyna yana ham tezlashib, unga yaqin keldi:
—Nima bõldi senga, nega usting chang bõlib yotibdi, deb sõradi.
Bilol kulgancha:
—Eh sõramang, tuproq olish uchun tepalikka chiqqandim chelagim oĝirlik qilib yiqilib tushdim,
Sakiyna ozĝinligigan qovurĝalari sanalib yotgan Bilolning sochlaridan silab, yuzlarining changini rõmolining bir cheti bilan artib, uning yanoqlaridan õpib qõydi.
Bilol:
—Opa nima qilib yurubsiz kõchada?
Sakiyna:
—Uyni tozalab, endi masjidga dadamga yordam bergani ketayapman, dedi.
Va Bilolga:
—Tezroq uyga borib chelakni tashlab kel birga masjidga boramiz, sen ham yordam berasan, dedi.
Bilol shoshgancha uyga qarab yugurib ketdi. Sakiyna esa uni kutib turardi. Birdan shamol esdi. Sakiynaning kõylagi va rõmoli shamolda hilpirar edi. Yumushlardan toliqqan Sakiyna shabadada õzini yengil his qildi. Kuch va ĝayratga tõlgandek bõldi. Aslida Sakiyna hech qachon mehnatdan qochmasdi. Hamma ishlarni chin kõngildan bajarardi. Ayniqsa u masjiddek Allohning dargohida har qanday xizmatga tayyor edi. Lekin tinimsiz mehnat,faqirlik, yomĝir yoqqandagi uyning ahvoli Sakiynaning ba'zida nolib qolishiga sabab bõlardi. Buning ustiga ertalab nonushta ham qilmagan edi. Ochlik Sakinaning tinkasini qurtgan edi. "Masjidga borsam biror nima yeb olarman" degandi. Bilol ham keldi. Birga masjidga ketishdi. Masjid hovlisida dadasi yerga tõkilgan barglarni supurardi. Imom kelib qolmasdan masjidni tozalab qõyishi lozim edi. Bilol va Sakiyna hovli supurayotgan dadasiga salom berdilar. Ota ularni kõrib xursand bõldi va:
—Va aleykum kelinglar dedi. Ota ularni masjiddagi xonasiga olib kirdi:
—Shu yerda õtirib turing dedi. Õzi esa masjiddagi muzlatgichdan ovqat va mayda-chuydalar olib keldi. Bolalarining ochligini sezgan ota gazga choy qõydi. Bolalarning odobi ochlikdan ustun edi va ikkisi ham :
—Biz tõqmiz dadajon ovora bõlmang dedilar. Ota:
—Bilaman, ammo masjidda qiladigan ishimiz juda kõp, shuning uchun yaxshilab qorin tõyĝizib olishimiz kerak, dedi. Bolalar ovqatlanib bõlgach, fursat õtkazmay ishga tushib ketishdi. Sakiyna masjidni tozaladi, joynamozlarni taxladi, oynalarni artdi. Hamma ishni qilib bõlgach mushk sepdi. Mushkning ifori butun masjidga taraldi.
Masjidga yangi imom tayinlangan bõlib, masjidni kõzdan kechirish uchun kelishi kerak edi. Yarim soatlardan keyin imom masjidga keldi. Masjidning yaxshi holda ekanini kõrib, Sakiynaning dadasiga rahmat aytdi. Nur yuzli bu yigitni bir kõrgan kishi odam bolasiga õxshatmasdi, misoli hazrati Yusufdek gõzal, kelishgan, odobi va ilmi bilan har qanday kishini maftun qilib qõyardi. Õzi yosh bõlishiga qaramasdan taqvo,ilm va yaxshiliklarda birinchi bõlishga harakat qilardi. Uning ismi Usmon edi. Usmon Qur'on hofizi bõlishi bilan bir qatorda xadis ,fiqh, va aqoid bõyicha ham peshqadam edi. Usmonni kõpchilik hurmat qilar, hatto yoshi uluĝlar ham uni "ustoz" yoki "shayx" deb chaqirardi. Insonlarning muhabbatiga uning kamtarligi, axloqi sabab bõlardi. Usmonni odamlar "ikkinchi Usmon" deb atashardi. Xuddi tirik Qur'on kabi edi.
Sakiynaning otasi Usmonning masjidida qoravul bõlib ishlardi. Shuning uchun masjidda yashar, oilasidan esa xabar olib turar edi.
Usmon masjidga kelishidan yarim soat oldin Sakiyna uyga ketgan, Bilol esa otasi bilan yangi imomni kutib olish uchun qolgandi. Usmonni kõrgan Bilol uni juda yaxshi kõrib qoldi. Avval hech qachon bunday odamni kõrmagandi.

👉 https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [11.07.2021 16:04]
#3_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Bilol uyga xursand holda qaytdi. Onasi va Sakiyna Biloldan bu mamnunlikning sababini sõrashdi.
Bilol:
—Yangi imom juda mehribon odam ekanlar deb javob berdi. Onasi yangi imomning kimligi bilan qiziqib sõradi:
—Õzi kim ekan u imom dedi. Bilol kõzlari chaqnagancha onasining savoliga javob berdi:
— Imom janoblari rahmatli Shayx Usomaning õĝillari ekan, ular ham otalari singari olim ekanlar dedi.
Onasi:
—Ha, joylari jannatda bõlsin Shayx Usoma hazratlari juda yaxshi odam edilar. Farzandlari ham munosib õĝil bõlsa kerak dedi.
Sakiyna Shayx Usomani yaxshi kõrardi. Bolaligida u bilan erinmasdan õynar, ilk Qur'on tahsilini shu insondan olgandi. Shayxning vafotini eshitib rosa yiĝlagan edi. Endi esa uning õrniga uning õĝli kelganini eshitib Sakiyna ham qiziqib ukasidan u haqida sõradi:
—Qanday inson ekan õzi uni kõrdingmi? dedi. Bilol õtirib oldi va tõlqinlanib gapirib berdi:
—Oq chakmon kiygan bir baquvvat odam, juda ham gõzal va mehribon ekanlar, undan taraloyotgan iforni hali hech qayerda hidlamagandim. Meni tizzalariga õtirĝizdilar, men ularni yaxshi kõrib qoldim, men bilan birga ovqatlandilar. Keyin ismimni sõradilar. Ismim Bilol dedim.
Ular menga qarab:
—InshaAlloh kelajakda Bilol r.a.dek bõlib yetishasan dedilar.
Sakiyna ham bu tilakni eshitib "amiyn" deb qõydi.
—Aytchi yana nimalar dedi imom deb sõradi Sakiyna.
Bilol:
—Menga Qur'onni bilasanmi dedilar.
Men:
—InshaAlloh õrganaman dedim.
Ular:
—Xohlasang õrgatishim mumkin dedilar. Men ham rozi bõldim. Ishonasizmi opa ular masjidda asr namozini õqidilar. Qiroatlariga oshiq bõldim. Juda gõzal tilovat sohibi ekanlar dedi.
Sakiyna va onasi masjidga yangi kelgan imomning ta'rifini eshitib, Allohga hamdlar aytishdi.
Sakiyna juda ibodatli qiz edi. Besh vaqt namozni tõliq ado etishga harakat qilardi. Namozi qazo bõlib qolsa õzini ayblardi. U namoz vaqtlarini gõyo, urushga ketgan odamni kutgandek ,intizorlik bilan kutardi. Sakiyna ilm ahliga katta qiziqish bildirardi, ayniqsa Qur'on ahllariga muhabbati õzgacha edi. Qur'onni har kuni tilovat qilar, suralarni yodlashga kirishardi. Bolalik choĝlaridan qolgan edi bu odati. Ammo uy ishlari, oilaviy ahvolning yomonlashishi, Qur'on yodlashga xalaqit berardi. Shunday vaziyatda ham Sakiyna taslim bõlmasdi. Ota -onasiga moddiy yordam berish uchun joynamoz, rõmollar, kitob uchun jildlar tikib sotardi. Alloh ishlariga baraka berib qõygan edi. Tikkan joynamoz va rõmollari tez sotilib ketardi. Uning puliga gõsht ,yoĝ, piyoz , rõzĝor buyumlari olinardi. Sakiynaning birgina armoni Qur'onni tõliq yodlash edi. Ammo bu borada ustozi yõqligidan xafa bõlardi.
👉 https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [11.07.2021 16:09]


#4_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
***
Shanba kuni edi. Tong naqadar gõzal boshlandi. Sakiyna nonushta tayyorlab, onasi va Bilol bilan birga nonushta qildi. Uyni supurib, artib tozalab bõlgandan sõng tikuv mashinasining yoniga kelib yangi buyirtirilgan rõmollarni tika boshladi. Bilol opasining orqasidan kelib qõllari bilan Sakiynaning kõzlarini berkitdi:
—Toping kimman dedi Bilol. Sakiyna ingichka va nozik barmoqlari bilan Bilolning jajji qõllarini siladi. Va javob berdi:
— Bilolimsan jonim ukam õzimning dedi. Bilol qahqaha otib kuldi:
—Toppa tõĝri javob barakalla dedi.
Sakiyna tikuv mashinasiga bir ĝaltak ip õtkazayotgan, oyoĝi bilan pedalni bosib mashinaning chokini tekshirib kõrardi. Bilol opasining yoniga õtirdi. Va sekingina :
—Opa, sizdan bir narsa sõrasam maylimi?! dedi Bilol.
Sakiyna jilmaygancha:
—Sõra jonim dedi.
Bilol:
—Pulingiz bormi ? dedi ming bir istehola bilan. Sakiyna ukasining nimaga pulga ehtiyoji borligini sõradi.
Bilol:
—Qur'on sotib olmoqchiydim dedi xijolat bõlib.
Sakiyna:
— Qur'on uchun albatta pulim topiladi. Agar xohlasang menikini olishing mumkin dedi.
Bilol:
—Yõĝe , uni sizga Usoma hazratlari hadiya qilganlar-ku dedi. Dushanba kundan masjidda Qur'on darslarini boshlamoqchi edik , shunga mushaf bõlishi kerak ekan dedi barmoqlarini õynatib.
Sakiyna mamnun bõlgancha ukasining peshonasidan õpdi va:
— Nega shuni oldinroq aytmading, hozir buyurtmalarni bitirib, pul qõlimga tushsa õzim sen bilan birga borib Qur'on xarid qilamiz bõptimi?! dedi. Bilolning ham quvonchi ichiga siĝmasdi. Sakiyna buyurtmalarni bitirdi pulini ham oldi, Bilol bilan birga kitob dõkoniga yõl olishdi. Dõkonning ichiga kirishdi. U yerdagi xar xil kitoblarni tomosha qilishardi. "Qaniydi puling hamma kitoblarga yetsa edi" deb orzu qilishardi. Bilol Qur'onlar turadigan joyga qarab Qur'on tanlar edi.
—Qaysi birini olsam ekan deb qõli bilan boshini qashlab qõyardi. Va nihoyat bittasini tanladi:
—Mana shunisi dedi. Sakiyna Qur'onning narxini sõradi.
Sotuvchi yigit:
—Bu mushaf Madina mushafi, õsha yerdan keltirilgan, shuning uchun qimmatroq dedi. Sakiynaning puli esa ancha yetmasdi. Olib beraman deb vada bergandi. Sotuvchi yigitga narxini biroz tushurishini sõradi. Sotuvchi yigit Sakiynaning oĝir va viqor tõla yuzidan mushafga puli yetmasligini sezib qoldi. Va :
—Mayli sizlarga dõkonimiz nomidan sovĝa bõla qolsin dedi.
Bilol va Sakiyna juda xursand bõlishdi. Sotuvchi yigitga"Alloh rozi bõlsin " deb takror tashakkurlar aytishdi. Qur'onni olib uylariga ketishdi. Sotuvchi yigit esa Sakiynadan to eshikdan chiqib ketmaguncha kõzini uzolmadi. Sakiynadek iboli qizlar kamayib ketgan edi. Sotuvchi yigitning bir bor bõlsada kõzlariga qaramadi. Gaplashib bõlgunlaricha qõlidagi sumkasining naqshlaridan kõzini olmasdi. Sotuvchi yigitning qalbida Sakiynaga nisbatan "Mana haqiqiy soliha ayol" degan e'tirof bõldi.
Bolalar uyga kelishdi. Bilol darhol tahorot oldi. Yangi Qur'onini ochdi. Opasiga ba'zi suralardan õqib berdi. Sakiyna uning xatolarini tõĝirlab ketardi.
Dushanba kuni ham keldi. Bilol bomdod namozini õqib masjidga ketdi. Yõlda yana õsha gõzal inson bilan uchrashishini faraz etib chopib ketardi.
👉 https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [11.07.2021 16:14]


#5_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
*
Bilol masjidga kirib keldi. Usmon uni ochiq chehra bilan kutib oldi. Bilol va Usmon darsni boshlab ham olishdi. Bilol Fotiha surasini Usmonga qiroat qilib berdi. Deyarli xatolari yõq edi. Usmon kichik Bilolning Qur'onga bõlgan muhabbatidan hayratlandi va raĝbatlantirdi:
—MashaAlloh juda gõzal qiroat qilding , Alloh ziyoda qilsin , õzi oson qilib , hofizi Qur'on , homili Qur'on ,mutqin qorilardan qilsin ,ey Bilol dedi. Bilol ustozining maqtovlaridan xursand bõldi. Yangi darsni olib, ustozi bilan xayrlashdi. Uyga ketarkan tezroq Sakiynani quchib minnatdorchiligini aytishni xohlardi. Uyiga ham keldi. Apil-tapil oyoq kiyimini yechib opasinining xonasiga kirdi va :
—Opajonim, mehribonim , rahmat sizga õzimning qoriya opam deb qattiq quchoqlab oldi. Sakiyna Bilolning maqtovlaridan osmonlarda uchardi gõyo. Ayniqsa, Bilolning "qoriya opam" degan sõzlaridan tõlqinlanib ketdi. Biloldan dars qanday õtganligini sõradi.
Bilol:
—Ustozim Fotiha surasini õqitib kõrdilar . Deyarli xatolar chiqmadi, siz ham aynan Fotiha surasini õqishni õrgatgandingiz, foydali maslahatlar bergan edingiz , men bu maslahatlar tufayli darsimni qiynalmay topshirdim dedi. Sakiyna ham olgan bilimlari manfaat berganidan baxtli edi.
Bilol:
—Endi har doim siz bilan dars tayyorlayman , hõpmi dedi.
Sakiyna:
—Alloh xohlasa sen bilan har doim Qur'ondan dars qilaman, bir- birimizga ilm yõlida yordam beramiz dedi.
***
Kunlar shu zayilda õtardi. Bilol qisqa muddat ichida yigirma pora yodlab oldi. Usmon ham uni juda yaxshi kõrardi. Bilolning zehni, muhabbati, ilmga shijoati kun sayin ortib borishiga Sakiynaning mehnatlari katta edi. Juma kuni ham keldi. Bilol juma namoziga tahorot oldi. Sakiyna tikkan joynomozni olib masjidga ketdi. Masjidga odamlar tõplandi. Imom oppoq salla va chakmon kiygan holda jamoat bilan salomlashdi.i Usmonni kõrgan Bilol:
" subhanAlloh,Allohim bu insonmi yoki kõkdan tushgan farishtami?!" deb qõydi ichida. Masjidda odamlar tõlib toshib ketdi. Joynamozlar kõpchilikka yetmay qoldi.Xatto, imomga ham joynamoz yetmadi. Kimdir bilmay imomning joynamozini olib qõygan edi. Bilol ustoziga õzining joynamozini berib õzi uning orqasida otasi bilan bitta joynamozda namoz õqidi. Namoz ado etilib bõlgach xutba boshlandi. Imomning qalblarning tubigacha yetib boruvchi nasihatlari butun jamoatni õziga qaratgan edi. Masjiddagi odamlar xutba tamom bõlmaguncha õrinlaridan siljilamasdilar. Xutba tugab odamlar tarqalib ketardi. Yangi imom qalblarni zabt etgan, odamlar Usmon bilan quchoqlashib xayrlashardi.
Juma namozidan sõng Usmon Biloldan darsini oldi. Har doimgidek pishiq, tartil bilan yoddan õqirdi. Usmon:
—Har doimgidek meni lol qoldirding Bilol dedi kulib.
Bilol:
—Rahmat ustoz , bu darajaga erishishimda sizning õrningiz katta dedi, kamtarlik bilan.
Usmon Bilolni kuzatardi, uning qisqa vaqt mobaynida Qur'onni puxta õrganoyotganiga ajablanardi. Bilolning otasi oddiy qoravul, onasi uy bekasi edi. Ular ibodatli oila edi. Ammo Qur'onni bu darajada mukammal bilishmasdi. Usmon qiziqib sõradi:
—Ey Bilol aytchi Qur'ondan yolĝiz õzing dars qilasanmi, yoki biror biladigan tanishing bormi? dedi.
Bilol:
—Opam bilan birga shuĝullanaman dedi.
Usmon:
—Opang Qur'onni biladimi?! dedi hayratlanib.
Bilol:
—Ha biladilar ,boshlanĝich ta'limni ulardan õrganganman dedi.
Usmon:
—Opangga kim õrgatgatgan dedi.
Bilol:
—Rahmatli otangiz Usoma hazratlari deb javob berdi.
Usmon otasining shogirdlarini yaxshi tanirdi. Va Biloldan sõradi:
—Opangning ismi nima ? dedi.
Bilol:
— Sakiyna deb javob berdi. Sakiyna...bu ismni avval eshitmagandi. Õyga chõmdi Usmon.
Bilol Usmonning xayollarini buzdi:
—Ustoz, ketaveraymi dedi. Usmon ruxsat bergach uyiga ketdi. Usmon otasining umri shu masjidda õtganini õylab, u qizga ham masjidda dars bergan bõlsalar kerak deb bu mavzuni yopti.
👉 https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [11.07.2021 16:16]


#6_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
*
Bilol kelib, ayvonda ozgina xordiq chiqarish uchun õtirdi. Idishda turgan muzdek ayrondan ichdi. Sakiyna ukasining yoniga õtirdi. Dars qanday õtgani haqida sõradi.
Bilol:
—Alhamdulillah , bu safar ham xatolarim kam chiqdi dedi.
Sakiyna:
—Juda yaxshi, yana ham kõproq ustingda ishla, namozlaringga yanada xushyor bõl, eng muhimi mutakabbir bõlma deb nasihat qildi.
Bilol:
—Ustozim juda saxiy odam-da ,õn porani yoddan topshirganimda menga "Oltin silsila" kitobini sovĝau qilgandilar, bundan tashqari har juma kuni sovĝalar beradilar. Endi men ham ularga nimadir sovĝa qilishim kerak dedi opasiga. Sakiyna ham bu fikrini ma'qulladi.
Bilol:
—Nima sovĝa qilsam bõladi deb Sakiynaga qaradi.
Sakiyna:
—Ustozingning biror narsaga ehtiyoji bormi? dedi.
Bilol:
—Bilmasam, kitobdan ehtiyojlari bõlmasa kerak ,tõĝrisi ikkilanib qoldim dedi.Õylab kõrdi. Yodiga ustozining juma namozida yõqolgan joynamozi keldi.
Bilol:
—Topdim , joynamoz sovĝa qilaman dedi.
Sakiyna:
—Masjidda joynamozdan kõp narsa yõq-ku dedi.
Bilol:
—Tõĝri, lekin bugun juma namozida ustozimning joynamozlari yõqoldi dedi.
Sakiyna:
— Ha tushunarli , demak joynamozi yõq, mayli ustozing uchun joynamoz tikkanim bõlsin dedi.
Bilol:
—Opa ,eng sifatli matodan tiking iltimos , chunki ustozim namozda uzoq qoim turadilar, joynamozlarining kõpi chidamaydi dedi. Sakiyna Bilolning iltimosiga binoan eng sifatli matodan joynamoz tikdi, naqshlarini nozik va gõzal qilib bezadi. Bitgach sovĝalar solinadigan qoĝozga chiroyli qilib õrab berdi. Bilol uni masjidga olib bordi. Darsi tugagach Bilol:
—Ustoz qabul etsangiz sizga bir hadiya bersam dedi. Usmon rozi bõldi. Sovĝa egasiga topshirildi. Usmon uni ochib kõrdi. Joynamoz unga juda yoqdi. Joynamozini yana yõqotib qõymasligi uchun uni yonida olib yurardi.
***
Oradan bir haftalar õtib,Sakiynaning uyiga ikkita ayol sovchilikka keldi. Onasi ular bilan suhbatlashib õtirardi.
Sovchilar:
—Õĝlim kitob dõkonida ishlaydi. Qizingizni dõkonda kõrib qolib, surishtiribdi ,qizingiz Qur'on õqishini bilib õĝlim ham Qur'on õqishni õrgandi. Sõrab izlab oxiri uyingizni topdik. Õĝlim ibodatli yigit. Uning ismi Aliy. Ma'qul kelsa qizingiz bilan xõjayningiz bilan gaplashib kõring deyishdi.
Sakiynaning onasi:
—Qizimiz endigina õn sakkizga kirdi, hali yosh deb javob berdi.
Sovcchilar:
—Tenggi chiqsa tekin ber deyishgan ,yana õylab kõring biz yana kelarmiz deb ketishdi.
Onasi Sakiyna bilan ular haqida gaplashdi.
Onasi:
—Ma'qulga õxshayapti, õzimizga õxshagan kamtar oila ekan dedi.
Sakiyna:
—Onajon, hali orzularimni amalga oshirganimcha yõq, bu bilan bir qatorda oila qurish õyinchoq emas-da, keyin tõy qilishga tayyor emasmiz-ku. Sabr qilsak õzimizga mosi chiqib qolar dedi.
Onasi:
—Yigit yaxshi ekan , yaxshi bõlsa qadringga yetadimi degandim dedi.
Sakiyna:
—Tõĝri yigit yaxshidir , lekin menga va ilmimga hurmat bilan qaraydigan ,iloji bõlsa Qur'on yodlagan , menga ilm õrgatuvchi umr yõldosh kerak, Allohga olib boradigan yõlga faqat ibodatning õzi kamlik qiladi, ibodat bilan birga ilm ham bõlsa nur ustiga a'lo nur bõladi dedi yuzi qizargancha. Otasi ham rozi bõlmadi. Sovchilarga rad javobi berildi.
👉 https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [11.07.2021 16:17]


#7_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
***
Sakiyna kitob mutolaa qilishni yoqtirardi. Bõsh qoldi deguncha kitob õqishga tushardi. U har qanday turdagi kitoblarni mutolaa qilar, kitobdagi ibratli sõzlarni daftariga yozib qõyardi. Badiiy, diniy, ilmiy, hajviy kitoblarni har safar boshqatdan õqib chiqardi. Qayta-qayta õqib õziga yangicha xulosa chiqarar edi. Sakiyna ayniqsa Oisha onamiz haqidagi kitobni õqishni sevardi. Oisha onamizga muhabbatli edi. U kitobni õqiganida kõziga har gal shashqator yosh kelardi. Oisha onamiz va Rasulullohning muhabbatiga xavas qilar edi. Sakiyna Oisha onamiz kabi iffatli, iymonli, ilmli, faqiyha bõlishga harakat qilardi. Sakiyna Oisha onamizning matonatlariga qoyil qolardi. "Ifk" hodisasidan sõng Oisha onamiz ustiga otilgan tuhmat toshlariga sabr etganlari Sakiynaning kõz yoshlariga sabab bõlgan edi. Oisha onamiz " Menga hazrati Yusuf va Maryam onamizga qilingan pok fitna qilindi, buyoĝiga Ya'qub a.s. ning sabrlari kabi gõzal sabrlari bõlsin" degan ma'nodagi gaplari Sakiynani hayron qoldirgandi. Yana Payĝambar afandimiz(s.a.v.) qabrlari ham suyuklilari Oisha r.a.ning uylarida edi.
Sakiyna "bir -bor bõlsa-da Oisha onamizni kõrsam edi" deb duo qilardi. Bir kuni xufton namozini õqib, "Allohim tushlarimda jannat sayyidalarini mehmon qilgin "deb duo qildi. Va uyquga ketdi. Tushida bir hovlida turardi, hovlining õrtasida ayollar jamoasi õtirar edi. Unga ham õtir deyildi. Sakiyna õrta bõydan sal pastroq ayolning yoniga õtirdi. U ayoldan taralayotgan nur Sakiynaning kõzini qamashtirdi. U ayoldan kimligini sõradi Sakiyna.
U ayol:
—Hazrati Muhammad a.s.ning zavjalari, Abu Bakrning qizi Oishaman deb javob qildi.
Sakiyna Oisha onamizning yonida õtirganini his qildi. Hovliga keng yelkali bir odam kirib kelardi. Õtirgan ayollardan biri ana otam Muhammad (s.a.v.)kelmoqdalar dedi. Sakiyna mõminlarning onalari bilan bir hovlida õtirardi va dedi:
"Qanilar, men ham bir kõray" deb rosa tipirchilardi. Shu zahoti uyĝonib ketdi. Õrnidan turib, Allohga hamdlar aytdi. Tahorot olib ikki rakat " shukur" namozi õqidi. Uzundan uzoq duolar qilib, joynamozi hõl bõlguncha yiĝladi.
👉 https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [11.07.2021 16:19]


#8_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Ramazon oyi kelishiga ham õn kun qolgandi. Bilol Qur'oni Karimni yodlab bõlishiga ham oz qolgan edi. Bir kuni Bilol: " Ey voh uxlab qolibman" deb shosha pisha bomdodni õqib, stol ustida yonma - yon turgan Qur'onlardan birini olib ketdi. Ortidan Sakiyna:
—Shodhmasdan ket ,yana yiqilib tushma! degancha qolib ketdi. Masjidga kirdi Usmon uni kelmaydi deb endi ketmoqchi bõlib turgan ekan.
Bilol:
—Ma'zur tuting kech qoldim, ranjimadingizmi? dedi. Usmon kulib:
—Boshqa takrorlanmasin, bomdoddan oldin uyĝonishga odatlan dedi. Darsini topshirish uchun Qur'onini oldi va peshonasiga qõli bilan urib:
—Kallam qursin opamning Qur'onini olib kelibman-ku dedi. Ustoz Qur'onim almashib qolibdi, uyga borib õzimnikini olib kelaymi dedi.
Usmon:
—Vaqtni ketkazmaylik, qani boshla deb mus'hafni Bilolning qõlidan olib ochdi. Mus'hafdan taralgan mushk hidi uning dimoĝiga xush keldi. Bilol istioza basmala bilan darsini õqishni boshlayotgan edi Usmonning kõzi yoshlandi. Bilol xavotir olib:
—Nima bõldi ustoz yoki mendan ayb õtdimi? dedi. Usmon mus'hafning bir chetiga yozilgan bitiklarni õqigan edi. Unda " Shijoatli qizim Sakiynaga, har kuni tilovat qilish sharti bilan ustozidan hadiya " deb yozilgan, otasining imzosi qõyilgan edi. Otasiz qanchalar qiyin edi Usmonga. Hali undan õrganadigan qancha narsalari bor edi. Atigi yigirma uch yoshni qarshilagan Usmonning yelkasida bu ummatning imomi bõlishdek sharafli va oĝir vazifa turardi.
Usmon:
—Har kuni tilovat qilinadimi bu Qur'onda deb sõradi.
Bilol:
—Ha, albatta opam har kuni Qur'on õqiydi deb javob berdi.
Usmon :
—Opangdan ham sendan ham Alloh rozi bõlsin deya kõz yoshlarini artib Bilolning yuz kõzidan õpib qõydi.
👉 https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [11.07.2021 17:40]


#9_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
*
Bilol uyga õychan holda kirib keldi. Sakiyna undan xavotir oldi. Va unga:
—Tinchlikmi ukajonim , nima bõldi?, qayeringdir oĝriyaptimi?, yoki ustozing urushtimi?! deb sõradi.
Bilol:
—Yõq, hammasi joyida dedi javoban.
Sakiyna:
—Unda nega bunchalar mahzunsan dedi.
Bilol:
—Ustozim otalarini juda soĝinib yiĝladilar, ustozimning kõz yoshlarini kõrib men ham yiĝlab yuboray dedim opa. Bir kun kelib men ham otamni yõqotishimni õylab mahzunman. Ularsiz butun umr yashash u yoqda tursin, bir kun chidolmasligim yodimga tushdi deb yiĝladi Bilol. Sakiynaning ham kõngli bõshab ketdi.
Sakiyna:
—Yiĝlama ahmoqqinam, otam Alhamdulillah hayotlar-ku dedi.
Bilol:
—Barbir bir kun hammamiz Allohga qaytamiz. Otamiz ham, onamiz ham, õzimiz ham. Men doim Allohdan ota-onam mendan ,men ulardan rozi holda bu dunyodan õtishni sõrayman, duolarim qabul qilingan bõlsin deb yana yiĝladi. Sakiyna ukasini ovutish uchun:
—InshaAlloh yaqin orada hofizi Qur'on bõlasan. Ota-onamizning boshlariga sharaf tojini kiygizasan. Shunday baxt qarshisida turib ham yiĝlaydimi!?. Voyaga yetsang Hajga ham olib borasan InshaAlloh. Ota-onam sendek qori farzandlari borligidan faxrlanishadi. Balki Ka'baga imom ham bõlarsan. Ota-onamiz bizdanda uzoq umr kõrishadi inshaAlloh deb sõzlarini tamomladi.
Bilol:
—Ustozim ham menimcha sharaf tojini otalarining boshlariga kiygizsalar kerak. Ularning kõz yoshlarini ,soĝinchlarini kõrganingizda edi siz ham yiĝlar edingiz. Ular, siz bilan menga:"Alloh sizlardan rozi bõlsin" deb latif lablari bilan yuz-kõzimdan õpib qõydilar. Otasiz bizlarga qiyin-a dedi yuzlariga tushgan yoshlarini artib.
*
Ramozon ham keldi. Bilol ham hofizi Qur'on bõldi. Kechalari taroveh namozlarida xatm qilardi. Ramazon keldi hamki Sakiyna masjidga hech bõlmasa, tozalash uchun ham bormadi. Otasi masjiddagi yigitlarning Sakiynaga qarashlari tufayli qizini qizĝonib: "masjidda nima yumush bõlsa Bilolning õzi qiladi, Sakiyna darsini qilsin chalĝitmanglar " degandi. Sakiyna bu sõzlardan keyin masjidga qadamini bosmadi. Ramazonning uchinchi kuni masjidda iftorlik marosimi bõlib õtishi kerak edi. Sakiyna va onasi u yerni yasatishlari kerak edi. Otasi Sakiynaga onasi bõlgani uchun ruxsat berdi.
Onasi:
—Tezroq tayyorlan ,iftorlikka oz qoldi dedi. Sakiyna tõq kõk, tõpiĝigacha keladigan keng kõylagini kiydi, qora rõmolini katta qilib kõksini yopib õradi.
Onasi:
— Qiz bolaga õxshab chiroyli kiyinsang-chi, seni kõrgan odam yoshi katta ayolga õxshatadi dedi asabiylashib.
Sakiyna:
—Masjiddagi namozxonlarning menga qarab xayollari qochishini istamayman. Dadam ham masjidga yasanib borishimni xohlamaydilar dedi.
Onasi:
—Bilganingni qil deb xonadan chiqib ketdi. Masjidga borishdi. Rõzalar ochildi. Shom namozi õqildi. Sakiyna juda charchagandi. Kun ham issiq bõlgan, tinkasi ham qurigan edi. Taroveh namozi boshlandi. Imom Niso surasini tilovat qilar edi. Sakiyna Niso surasini yaxshi yodlab olgandi, imomning "Yaa ayyuhan nas" deb surani boshlashi Sakiynaning quloĝiga "alla"dek eshtildi. Ohista uyquga ketdi . Uzun kipriklari yumildi. Yarim soatdan keyin Sakiynani onasi uyĝotdi. Sakiyna õrnidan turib, barmoqlari bilan kõzlarini ishqaladi.
"Nima kerak?, nima bõldi "degandek qarab turardi.
Onasi:
—Hamma namoz õqigan paytda masjidning orqa hovlisida bir savat olma turibdi. Olib kelsang ,kelganlarga kesib tarqatamiz dedi.
Sakiyna
— Hozir deb uyqu aralash chiqib ketdi. Orqa hovliga bordi. Savatda turgan olmardan birini olib hidladi. Uyqusi sal ochildi. Va: "Õzingga hamdlar bõlsin, shu kunlarga yetkazding" deb olmalarni olib ortiga õgirildi. Hovliga bir erkak kishi kirib qolib:
—Kechirasiz singlim dedi. Sakiynaning õtakasi yorilib ketdi. Qõlidan savat tushib, olmalar har yoqqa sochilib ketdi.
👉 https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [11.07.2021 17:43]


#10_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
***
Sakiyna bu notanish kishidan qõrqib ketgan, tili aylanmay qolgan edi.
Yigit:
—Uzr qõrqitib yuborgan bõlsam, men bu yerga birinchi bor kelishim, dõstim shu masjidning imomi. Uni qidirib yurib adashib qoldim.Erkaklar qayerda namoz õqishyapti aytib yuborolmaysizmi dedi.
Sakiyna:
—Tõĝriga yurib chapga qayrilsangiz õsha yerdan chiqasiz dedi. Yigit Sakiynani qõrqitib yuborganidan uyaldi. Va tõkilgan olmalarni tera boshladi va:
—Uzr shunaqa sal dõvdirroqman, aslida bunday niyatim yõq edi dedi.
Sakiyna indamadi, olmalarni olib savatga soldi. Onasi Sakiyna qolib ketgani uchun hovliga õzi chiqdi.
—Sakiyna , anqayib nimaga ketganing yodingdan chiqdimi? deb qizini koyidi. Haligi yigit:
—Assalomu aleykum xolajon qizingizdan erkaklar masjidning qayerida namoz õqiyotganini sõragandim, õzim bu yerga endi kelgandim. Aksiga olib adashib qoldim dedi.
Onasi :
—Mayli endi, tezroq bõlishimiz kerak, hozir namoz tugab qoladi deb Sakiyna bilan ichkariga kirib ketishdi.
Ortilaridan yigit demak uning ismi "Sakiyna" deb qoldi.
👉 https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [11.07.2021 17:44]


#11_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
***
Usmon taroveh tasbehini õqir, jamoat gõzal qiroatini tinglab õtirar edi. Namoz ham tugadi. Odamlar sekin tarqala boshladi, orqaroq safdan kimdir Usmon tomon kelardi. Yaqiniga kelgandan keyin u odamni tanidi va mamnun bõlib:
—Assalomu aleykum, qadrdonim Anas deb quchoqlashib kõrishdi. Anas:
—Iya Usmon õzingmisan, kõrishmaganimizga ham ancha bõlibdi-ya dedi. Usmon va Anas bolaligidan dõst bõlishgan, birga tahsil olishgan edi. Ikkalasi uzoq suhbatlashib õtirishdi.
Anas:
—Bandalik ekan, Alloh sabr bersin, deb Usmonga hamdardlik bildirdi.
Janozalariga ham kela olmadim aybga buyurma dedi.
Usmon:
—Hech qisi yõq qanday qilib kela olarding Madina shahrida ilm olayotganding õsha vaqtda. Otam sendan rozi edilar, seni õz õĝillaridek ardoqlardilar, esingdami bolaligimizda tamoĝingga nõxot tiqilib qolganida dedi Usmon kulib.
Anas:
—Ha esimda, amakim qõllarini tanlayimga tiqib zõrĝa olgandilar õsha nõxotni deb u ham kuldi.
Usmon:
—Daraxtdan yiqilib boshing yorilganda ham zudlik bilan doktorga olib borgandilar dedi.
Anas:
—Endi ular bilan qayta kõrishish qiyomatga qoldi dedi.
Usmon:
—Ha oxiratlari obod bõlsin, visollarini takror kõrish bu dunyoda orzu bõlib qoldi dedi.
Anas:
—õzingda nima gaplar dedi Usmonga.
Usmon:
—Otamning vasiyatlariga binoan mana shu masjidning minbarida insonlarga islom ahkomlariga, buyruqlariga, qaytarganlaridan qaytarishga urinyapman dedi.
Anas:
—Foydasi bõlyaptimi ?! dedi.
Usmon:
—Alloh biladi Anas, ammo umrimda bunchalik mushkul vazifaga duch kelmagandim, odamlarga nasihat qilaman, islom diniga chaqiraman, keyin õzimga yuzlanaman, ilmimga amal qilyapmanmi õzi, riyokorlik qilmayapmanmikan degan savollar meni yeb qõyay deydi. Oson ish emas ekan, sen haqingda yaxshi ham, yomon ham gumon qilishar ekan deb javob berdi.
Usmon:
—Senda-chi, nima gaplar deb finjondagi qahvadan xõpladi.
Anas:
—E nimasini aytasan, ilmli olim bõldim deb xursand bõlgandim. Endi galdagi qilishim lozim bõlgan ish nikoh bõlib turibdi. Ustozlarim" Nikoh iymonni kuchaytiradi, faxshdan saqlaydi "deb nasihat qilishyapti. Bir - ikkta qiz bilan uchrashib kõrdim. Ammo hech biri yoqmadi. Hech birida bu ummatga nusrat bõla oladigan ayol siymosini kõrmadim. Juft tanlash murakkab ish ekan. Bekorga soliha ayol dinning yarmidir deyilmagan ekan.
Ba'zida hozirgi zamonda ham soliha qizlar bormikan deb qolaman. Bu ummatni munosib tarbiya qiloladigan Buxoriyning onalaridek onalar bõlarmikan, Alloh yana bu kunlarni bizga nasib etarmikan deb õylab qolaman dedi. Usmon ham" mening ham boshimda shu tashvish "degandek qarab qõydi Anasga.
Anas:
—Ammo bugun masjidda adashib qolib bir qizga kõzim tushdi dedi.
Usmon:
—Qanday qiz ekan deb sõradi.
Anas:
—Shar'iy hijob odoblari bõyicha kiyingan, iboli-hayoli qiz ekanligi bilinib turadigan qiz ekan dedi.
Usmon:
—Nomahramlarga e'tibor beradigan bõlib qoldingmi?! dedi kulib.
Anas:
—Yõĝe astaĝfirulloh unday emas, bu bir tasodif edi xolos, balki uylanish niyatida yurganim uchunmi... dedi hayajonlanib.
—Menimcha, shu atrofda yashasa kerak dedi. Keyin bir past oĝzini hõllab:
—Surishtirib kõrasanmi, balki menga mos qizdir?! dedi.
Usmon:
—Men sovchi emasman, bu ishda tajribam yõq dedi.
Anas:
—Ancha yildan beri endi senga ishim tushdi. Baxtimni topishimga sababchi bõlarsan balki dedi.
Usmon:
—Mayli sõrab kõrarman, lekin oldindan va'da berolmayman. Masjiddagi ishlarim kõp deb javob berdi.
Anas:
—Aytgancha qizning ismi" Sakiyna " ekan dedi. Usmon õylanib qoldi,va Anas bilan suhbatida yana davom etdi.
👉 https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [11.07.2021 17:48]


#12_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
***
Bilolning hofizi Qur'on bõlganligi munosabati bilan otasi uylarida kichik ziyofat qildi. Ziyofatga Usmonni ham taklif qildi. Usmon sevimli shogirdi uchun sõnggi rusumdagi velisoped sovĝa qilmoqchi bõlib, dõkonga bordi. U yerdagi eng zõr velisopedni oldi. Bilolning uylariga keldi. Rõzasini ochib, birgalikda ular bilan shom namozini õqidi. Usmon Bilol va uning otasi mehmonxonada gaplashib õtirishardi.
Usmon:
—Mana , Bilol qori ham bõlding deb Bilolning yelkasini erkalab siladi.
Bilol:
—Allohning inoyati, sizning va yaqinlarimning harakati duolari sabab bu unvonga erishdim dedi, tavoze bilan.
—Ustoz sifatida senga qiladigan nasihatim bor dedi Usmon. Bilol "aytavering" degandek bosh chayqadi.
Usmon:
—Olamlarning robbi Alloh bizga Qur'onni eslatma qilib yubordi. Alloh taolo Õz kalomida shunday marhamat qiladi: "Agar ushbu Qur'onni toqqa tushirganimizda edi, uning Allohdan qõrqqanidan titrab-qaqshab parchalanib ketganini kõrar eding. Ushbu misollarni odamlarga keltirurmiz, shoyadki,ular fikr yuritsalar" deb eslatadi.
Toĝlardek pirviqor, mustahkam narsa ham Allohdan qõrqqanidan parchalanib ketgan bõlardi. Sening qalbingga yozilgan bu eslatmani asrab avayla. Unga amal qil. Qur'on yodlab uni unutishdan va unga amal qilmaslikdan õzga oĝir gunoh yõq. Riyo qilma. Unga yaqinlashma. Alloh õz kalomi bilan maĝfirat ham, falokat ham berishi mumkin.—Dedi.
Bu nasihatlar Usmonning qalbidan chiqib, Bilolning qalbiga õrnashardi. Usmon:
—Endi men bora qolay, ruxsatingiz bilan deb ketmoqchi bõlgandi.
Bilolning otasi:
—Shoshmang õĝlim, ovqat pishay deb qoldi. Tanovul qilsangiz bizni xursand qilgan bõlasiz dedi. Usmon arang rozi bõldi. Keyin, bir laganda kabob keltirildi. Usmon kabobdan bir qoshiq yedi-yu hayratda qoldi. Umrida bunchalik tasbeh va tahlil ta'mi kelgan taomni yemagan edi-da. Xuddi ovqatning har bir qoshiĝi "Alhamdulillah", " Astaĝfirulloh", "Allohu akbar" deyayotgandek edi. Usmon õzini tiyib õtirmadi. Õzini gõyo ustozining uyidagi zikrlar bilan tayyorlangan taomin yegan- Imom Shofe'iy hazratlaridek tasavvur qildi. Vo ajabo...
👉 https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [11.07.2021 17:49]


#13_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
***
Usmon Bilolning uyida yegan huzurbaxsh taom bilan qalbi ham huzur topdi. Uning kuchi bilan nafl namozlarida bomdodga qadar qoim turdi.
Ramazon oyi ham tugab bormoqda edi. Ramazon kelib, shaytonlar kishanlansa ham yomonliklar davom etaveradi deganlaridek, Usmon imomlik qilayotgan masjidiga tegishli bõlgan ehson qutisidagi pullarni kimdir õĝirlab ketgan. Sakiynaning otasi ham vaqtincha ta'til olib ketganligi sabab, õrniga yangi qoravul kelgan, u esa õz ishiga mas'uliyat bilan yondashmaganligi uchun masjidga kelgan namozxonlarning puli yõqolib qolardi. Usmon asabiylashar, ĝazab qilar va: "otam imomlik qilgan paytlarda masjiddan hatto bir juft poyabzal yõqolmagandi" deb siqilardi. Oxiratda otasining omonatini saqlay olmaganligi uchun dõzaxga itarilishini õylab õzini ayblardi. Usmon: "Alloh õzing yordam ber, taĝin gunohkor bõlib qolmay deya " iltijo qilardi. Va masjidning devorlariga quyidagi sõzlar yozilgan e'lonni ilishlarini buyurdi: "Kimning nimaga ehtiyoji bõlsa qondiramiz. Pul kerak bõlsa pul beramiz. Hatto u õĝiri bõlsa ham, xohlaganini aytsin Alloh rizosi uchun bajaramiz. Kimga boshpana kerak, bõlsa uy ham topib beramiz. Faqat, Ramazon oyida vaqtincha bõlsa ham gunohlardan tiyilsalar bas " deb yozilgan edi.
👉 https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [11.07.2021 17:50]


#14_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
****
Usmon ham oddiy odam unda ham jahl, unda ham oĝriydigan qalb, hamma insonda uchraydigan kamchiliklar bor. U sababli dinini malomat qilmasliklari uchun har qanday vaziyatga sabr qiladi. Ammo hech qachon masjidga qilingan ehsonlarni õĝrilar talab ketishiga, mõminlarning zulm chekishiga sabr qilolmaydi.
Õsha kuni Anas ham masjidga kelib:
—Haligi ish nima bõldi?!deb sõradi. Usmonning jahli chiqib, kõzlari qizarib ketdi. Usmon unga:
—Kõrib turibsan masjidda ahvol yaxshi emas, yetmaganiga qaysidir Allohdan qõrqmagan bekatdagi ehson qutisidagi pullarni õĝirlab ketibdi. Yangi xodim ishini eplolmagani uchun, odamlarning shikoyatlari ustimga yoĝilyapti. Qanday qilib "sening ishing" kõnglimga siĝsin deb javob berdi Anasga. Anas Usmonni bolaligidan beri bilardi. Uning tushkunlikka tushib, jahl qilishini ham yaxshi bilardi. Ammo Anas ham Usmonning bu gaplaridan ranjigandek bõldi. Usmon bir past õziga kelib, Anasdan uzr sõradi.
Usmon:
—Kechir dõstim, ozgina qizishib ketdim. Nima qilay axir ikki õt orasida qolib ketdim. Hech qaysi ishim õngidan kelmayapti. Otamning vasiyatini amalga oshirish uchun yelib - yuguryapman, biroq hammasi foyda bermayapti. Ertaga qiyomatda otam"omonatimni saqlay olmading"deb yoqamga yopishsalar qanday javob beraman deya qõrquvdaman. Balki shu sabab sendan alamimni olgan bõlsam kerak dedi xijolat tortib.
Anas ham dõstining qanday mas'uliyatli ish bilan bandligini bila turib, unga tirgak bõlish õrniga bõyniga ish yuklaganidan uyalib ketdi:
—Hech qisi yõq, sen emas men kechirim sõrashib kerak. Shu ondan buyon senga qõlimdan kelgancha yordam beraman. Biz ikkimiz otangning omonatlarini birga qõriqlaymiz deb dõstiga tasalli berdi.
👉 https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [14.07.2021 22:07]


#15_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
ANAS QANDAY INSON.
Anas juda zakovatli, ilmli, notiq, hadisshunos mard yigit. Ilmida ham, amalida ham sobit turardi. Fe'li sal oĝirroq, arzimagan narsaga jahli chiqib ketardi. Balki shu fe'li tufayli islom dinida sobit turolgandir. Anas õz nafsi uchun ĝazab qilmasdi. U faqat Alloh yõlida ĝazab qilardi. Odamlarning u tõĝrisidagi notõĝri fikrlariga tupurib qõygan edi. Anas birovning kõngliga qattiq tegadi deb haqni gapirishdan uyalmasdi. Anas bid'at va xurofat, islom diniga putr yetkazuvchi barcha narsaga urush ochgan. Misoli hazrati Umar, hazrati Hamzadek qalblarni larzaga soladigan arslon. Usmon bilan qadrdon,qondoshlardanda yaqin edilar. Bolaligi Usmon bilan kechgan. Otasi besh yoshlarida vafot etgan. Usmonning otasi uni õz qarmoĝiga olib, tarbiyalagan. Anas Usmonning otasini õz otasidek kõrgan. Uning oldidagi qarzni butun umr unutmagan edi Anas. Doim otasini qõmsab qolganda Usmonning otasi Usomaning oldiga kelib, dardlashar edi. Anas Usomaning qistovi bilan Madinaga õqishga kirgan edi. Usomaning barcha qilgan yaxshiliklari Anasning qalbida muhrlangan, kun kelib yaxshiliklarini ziyodasi bilan qaytarishga bel boĝlagandi. Ammo Usomaning vafoti sabab orzusi amalga oshmay qoldi.
👉 https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [14.07.2021 22:08]


#16_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
***
Bilol ustozidan xabar olgani masjidga bordi. Usmonni kõrib kõngli tõlgan edi. Usmon undan hol-ahvol sõradi:
—Otang yaxshimilar Bilol. Dedi Usmon.
Bilol:
—Allohga shukr, yaxshilar dam olyaptilar dedi.
Usmon:
—Kõrgani borolmadim. InshaAlloh bugun kõrgani boraman dedi. Peshin namozidan keyin Usmon Bilolning otasini kõrgani bordi. Salomlashdi.
Usmon:
—Yõqligingiz bilindi, Anvar amaki dedi.
Bilolning otasi:
—Soĝligim yaxshi bõlib turganda masjiddan bir qadam ham yiroqlashmas edim. Qaridim shekilli kunaro tobib qochyapti. Allohga shukr ancha yaxshiman dedi.
Usmonning xayoliga Anasning iltimosi keldi.Va Anvar amakiga:
—Mening bir dõstim bor, balki tanirsiz ismi Anas. Rahmatli ustoz Abdullohning õĝli dedi. Anvar amaki bir oz õylanib:
—Anas....
—ha esladim anavi shõxbola uyimizga ham kelgandi daraxtga chiqaman deb qõli toyib yiqilib boshi yorilgandi. Umri uzoq bõlsin. Juda shõx bola edi. Doim bir balolar boshlab yurardi. Dedi kulib.
Usmon:
—Anas hozir shu yerga kelgan. Madinada õqirdi, u olim bõlgan bir nechta mutovotir qiroatlardan ham ijozasi bor dedi . Bundan tashqari chet ellik taniqli ulamolarning sevimli shogirdi dedi.
Anvar amaki:
—MashaAlloh, ilmi ziyoda bõlsin otasi hayot bõlganda uni kõrib xursand bõlgan bõlardi. Shayx Usoma va Shayx Abdulloh qadrdon dõstlar edilar. Abdulloh juda yaxshi olim, yaxshi inson edilar. Taqdir ekan yosh vafot topdilar dedi kõziga yosh olib.
Usmon:
—Joylari jannatdan bõlsin,-deb qõydi.
Anvar umri bõyi masjidda qoravul bõlib xizmat qildi. Masjid uning ikkinchi uyi edi. Vazifasini sidqi dildan bajardi.Yolĝiz Alloh rizosi uchun yoshligini kuchini shu masjidga sarfladi. Masjidning ehtiyojini oilasining ehriyojidan ustun qõygan edi, va shu sabab ham Anvarni masjiddagi hamma hurmat qilardi.
👉 https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [14.07.2021 22:09]


#17_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
****
Usmon nima deb gap boshlashni bilmas edi. Nima desa ekan "dõstim Sakiyna degan qizni sõrayapti, mabodo bu sizni qizingiz emasmi?!" -deb ham sõramoqchi bõldi. Ammo Anvar amakidan shapaloq yeyishini xayol qildi. Bu safar ham "Anasning ishi" chala qoldi. Birgina yõl Biloldan mahallada uning opasidan boshqa Sakiyna degan qiz bormi yõqmi surishtirish edi.
Ertasi kuni Bilolni masjidga chaqirib:
—Bilol, mahallangda opangdan tashqari Sakiyna degan qiz bormi?!,–deb sõradi.
Bilol õylanib qoldi va javob berdi:
—Menimcha yõq, õtgan yili bor edi, keyin narigi mahallaga kelin bõlib ketgan. Keyin yon qõshnimiz Sakiyna buvi bor bõldi boshqa yõq,– dedi.
Usmon Anas sõragan qiz Bilolning sirli Qur'on õrgatuvchisi ekanini gumon qilgandi. Chunki Anas uncha- muncha qizga e'tibor bermasligini yaxshi bilardi. Va gumoni tõĝriligiga ishonch hosil qildi.
Usmon:
—Opang nechchi yoshda?,–dedi.
Bilol:
— Õn sakkiz yoshdalar,–dedi.
Usmon:
—Qayerda õqiydi,–dedi.
Bilol:
—Dizayn kollejida, ikkinchi kursga õtdilar, –dedi.
Usmon bu savolni uyalib zõrĝa berdi:
— Bu yil turmushga bermaysizlarmi ?!–dedi tamoĝiga tiqilgan hayajonni yutib.
Bilol:
— Menimcha yõq, dadam yaxshilab õqib, bir kasbni egallasin keyin bir gap bõlar ,–deydilar–dedi.
Usmon õylanib qoldi. Bilol, ustozining nega opasi haqida sõraganiga hayron edi. Va Bilol:
—Ustoz, nega bularni sõrayapsiz?!,–dedi. Usmon hayajonlanib:
—Shunchaki õzim, –deb qutilib qoldi. Bilol bilan xayrlashdi:
—Kelganing uchun rahmat Bilol, katta yordam berding —dedi Usmon.
Bilol yõlda ketarkan:
— Bilardim, Allohim õzingga shukr– deya uyiga ketardi.
Uyga yetib kelgach onasi bilan gaplashib õtirgan opasiga:
—Xonaga kiring, muhim gapim bor–deb opasini xonaga olib kirdi.
Bilol:
—Hozir sizga bir narsa aytaman– dedi.
—Faqat õtirib oling –dedi.
Sakiyna ukasining gapiga kirib õtirdi.
Bilol:
—Sizga doim ustozimga juda mossiz der edim, – dedi.
Sakiyna:
—Xõsh nima bõlibdi, –dedi.
Bilol:
—Bugun ular masjidda siz haqingizda sõradilar, bu yil turmushga bermaysizlarmi deb sõradilar,–dedi quvonchi õziga siĝmay.
Sakiyna:
—Nima deding unga –dedi.
Bilol:
—Dadam hali õqishi bor deydilar–dedim. Sakiyna xursand bõldi.
Bilol:
—Agar sizga uylansalar zõr bõlardi–dedi.
Sakiyna:
—Ustozing Qur'onni yodlagan, hofizi Qur'on bõlsa, men esa hali ham yodlab bõlganim yõq, ustozingga õziga õxshagan olima qiz yarashadi, –dedi.
Bilol:
—Bu nima deganingiz, siz ham Qur'onni õqiysizku?! ,–dedi taajublanib.
Sakiyna:
—Õqigan bilan yod olganni farqi bor, ustozing ham men haqimda shunchaki sõragan bõlsa kerak, xulosa qilishga shoshilma, —dedi Bilolga.
👉 https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [16.07.2021 18:10]


#18_qism
( ✍️Fahriya_ Yaqub)
Sakiynaning kõnglidan Usmonni ayoli bõlish xayoli õtdi. Qanday gõzal xayol edi bu. Dini ham ilmi ham mukammal, hofizi Qur'onning ayoli bõlish qanday sharaf edi Sakiynaga. Ammo xayolining bir chekasiga keldiyu Sakiyna:"Yõq bõlishi mumkin emas" deb bu xayollarni yiĝishtirdi. " Men oddiy qiz bõlsam, Qur'onni ham yarmini yodlaganman, Usmon qayerda- yu, men qayerda " –dedi ichida. Ammo qalbining tubidan bir sõz:"Alloh bilguvchidir, Allohga oson" derdi.
*
Bilol opasining xonasiga kirib, Sakiynaning Qur'on oldida yiĝlab õtirganini kõrdi. Shoshgancha opasining yoniga kelib:
— Nima bõldi ,nega yiĝlayapsiz, –deb opasining kõz yoshlarini artdi.
Sakiyna:
—Yillar bõldi, hali ham Qur'onni yodlay olmadim, ertaga gunohim savobimdan oĝir chiqadigan qiyomat kunida Alloh meni jannatga kiritmasa nima qilaman,-deb yiĝlashda davom etdi.
Bilol:
—Unday demang opajon, siz albatta Qur'on hofizasi bõlasiz, birga jannatlarda yashaymiz, –dedi Bilol ham yiĝlab.
Sakiyna:
—Mening bir gunohim bõlsa kerak, balki shuning uchun Qur'oni yodlay olmagan bõlsam kerak,–dedi.
Bilol opasining qanchalar Allohni sevishiga qoyil qolgandi. Xolbuki opasi Qur'onni butun borliĝi deb bilar, ustozsiz ham yodlashga harakat qilardi. Hayot uni qanchalik sinamasin bu muhabbat yanada alangalanib borardi. Sakiyna Qur'on hofizlariga beriladigan dunyo va oxiratdagi mukofotlarga erishishni xohlardi. Ba'zida bu yõlda sustkashlik qilib qõyayardi. Sakiyna ham inson u ham xato va gunoh qiladi. Lekin tavbani ham kechiktirmasdi. Ammo qiyomat kunida: "Yumushim kõp edi, dunyoga õralashib qoldim. Shu vajdan Kalomingni yodlolmadim" demaydi-ku. Bõlishi muqarrar qitomat kunida barchamizning yukimiz oĝir, hech qaysi uzurimiz qabul etilmaydi, hech kim savobini nasiyaga bermaydi, hamma õzini õylaydi. Shu kunni kelishini bila turib, tayyorlanmaslik ahmoqning ishi emasmi?!.
Sakiyna Alloh unga yuzlanib, hisob-kitob qilganda õzini oqlaydigan sabab topolmadi. Dunyoda qilgan ibodati faqat Alloh uchunmidi deb yiĝlardi. Bilol opasini hech qachon bunday mahzun ahvolda kõrmagan, u ham mahzun edi. Qõllarini duoga ochib: " Ya Robbim, õzing opamga huzuringdagi eng martabasi uluĝ hofizi Qur'on bõlishni nasib et, huzuringga Qur'onni yod olib yuzlanishini nasib ayla, õzing unga mukammal Qur'on õqituvchisi yubor, kalomingni qalbida kõtarib borishini nasib et, amiyn" deya duolar qildi.

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [17.07.2021 13:30]


#19_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
*
Ramazon oyining sõnggi jumasi ham kirib kelishiga bir kun qolgandi. Usmon xutbaga tayyorlanardi. Usmonning onasi yarim kechagacha uxlamaganidan xavotir olib Usmonning eshigini taqillatdi. Usmon eshik tomonga qayrildi.
Usmon:
—Kiravering, ona deb ruxsat berdi. Onasi Usmonning xonasiga kirib, uning charchab qizarib ketgan kõzlarini kõrib:
—Bolam, ozgina dam ol, keyinroq tayyorlanarsan, bunaqada õzingni kasal qilib qõyasan,– dedi kuyunib.
Usmon:
— Men uchun qayĝurishingizni bilaman. Ammo yelkamdagi vazifani ado etishim kerak. Bu yõl õylaganimdan kõra qiyinroq ekan. Olgan ilmimni Allohning rizosi uchun sarflashni bilmas ekanman ona. Shu kungacha otam va sizdan kõp narsani õrgandim. Endi bularning barchasini õrgatmoĝim kerak. Qancha charchamay, yiqilmay islom ummati uchun kuchli bõlishim shart. Bilasizmi bu ishlar boshimga tushmasdan oldin, hammani õzimga qiyoslagan ekanman. Islom ummati tobora zaiflashayotganini endi sezibman. Alloh va uning hukmlariga insonlar itoatsiz ekanini kõrib ezilaman ona. Nahotki odamlar kufr va shirk botqoĝiga botyotganlarini sezmasa. Ular uchun pashsha qanotichalik arzimas dunyo ortidan yugurayotganlari, oxiratni õtkinchi mol-dunyoga almashtirayotgalari qiziq emasdek. Har yerda fahsh, ĝiybat, gunoh. Ba'zida Alloh qahr qilib Nuh va Samud qavmlariga kelgan balolarni yuborsa-chi deb õylab qolaman.
Eng yomoni bilasizmi nima?!–dedi Usmon. Odamlarga nahiy–munkar qilmaslik, ularni Alloh yõliga bila turib da'vat etmaslikdir. Ilmini õzgalarga õrgatmagan olimning qiyomatdagi jazosi qanchalar oĝir ekani. Shularni õylasam «qaniydi onam meni tuĝmaganida » deb qolaman –dedi Usmon.
Onasi:
—Oh bolam-a, Alloh mushkulingni yengil qilsin, ilohim olgan ilmingni Alloh yõlida tarqatishingni nasib qilsin –deb Usmonning boshini siladi. Usmon ancha yengil tortib:
—Amiyn, aytganingiz kelsin –deb onasining qõllarini õpdi.
Onasi:
—Õĝlim balki senga bu yõlda yordamchi bõladigan bir umr yõldoshi kerakdir-dedi. Usmon onasi uning yoniga nima maqsadda kelganini tushundi va:
—Albatta umr yõldosh kerak, biroq men hali tayyor emasman deb qõrqaman. Bu yil bizga sinovli bõldi, otamdan ayrildik, bundan tashqari masjiddagi ishlar chigal,u yerdagi odamlar menga , men ularga õrganishimizga biroz vaqt ketadi. Masjid ham ancha tamir talab ahvolga kelgan. Keyin õzimga mos qiz hali topilganicha yõq,–deb javob berdi.
Onasi:
—Ustozlaringni ham bõyi yetgan qizlari bor ekan. Hech bõlmasa bittasi bilan uchrashib kõrasanmi?!–dedi.
Usmon:
— Onajonim bu yil «uylanish » mavzusini ochmay turaylik, ishlarim maromiga tushib olsin, inshaAlloh keyingi yil Alloh nasib qilsa siz tanlagan qizga uylanaman–dedi onasiga qarab. Onasi ham bu mavzuni yopishga qaror qildi. Õĝlining ishlarida xayr sõrab, uluĝ mavloga duolar qildi
*
Juma kuni ham keldi. Masjidda odamlar har galgidanda kõproq edi. Juma namozi õqildi. Usmon xutba qilish uchun minbarga chiqdi.
«Assalamu aleykum va rohmatullohi va barokatu. Muhtaram jamoat Ramazon oyini oylarning sultoni qilgan, va bu oyda Qur'onni nozil qilgan Allohga munosib hamdlar bõlsin. Bu oyda shaytonlar kishanlanadi, Allohning rahmat eshiklari ochiladi. Bu oyni Alloh taolo buyurgani kabi õtkazdikmi?!.
Ba'zi birodarlarimiz faqat Ramazon oyida masjidlarga serqatnov bõlib qolishadi,faqat Ramazonda oĝizlarini, kõzlarini xaromdan saqlaydilar xolos. Undan keyinchi, yana eski holat, chekish, namozlarni tark qilish, ahliga beparvolik qilish, ma'ishat qilish va hokazo. Bunday yashashdan ne naf, musulmondek tõkis solih amal qilmaydilar-u, lekin musulmondek dafn qilinishni, jannatga kirishni u xohlaydilar. Alloh uning õzigagina ibodat qilishi uchun bizlarni yaratdi. Ammo hozir bizning barcha ibodatimiz dunyo bõlib qolgan. Ayollarimizni ham,õzimizni ham, bolalarimizni ham bu dunyo õz domiga tortmoqda. Hatto, muborak bu oyda ham ĝiybatga, fahshga, gunoh- masiyatlarga kõzimiz tushib qolyapti. Biz borgan sari dindan, ilmdan, Allohdan uzoqlashib bormoqdamiz. Qizlarimizda hayo, yigitlarimizda ĝurur kamayib ketgan. Rasululloh s.a.v. hayo haqda nima deganlarini bilasizmi?» deb jamoatga yuzlandi Usmon.

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [19.07.2021 15:16]


#20_qism.
( ✍️ Fahriya_Yaqub)
Masjidni sukunat qoplagach, õzi javob berdi. «Hayo—iymonning yarmidir». Biz Allohdan hayo qilishni unutib qõydik. Mana endi oqibatini kõrib turibmiz. Ayol-qizlarimizda sharm- hayo pardasi kõtarilib ketdi. Allohning barcha narsani bilib, kuzatib turishini anglamay, gunohlarimizda davom etyapmiz.
Tarixga nazar tashlasak diyorimizdan qancha ulamolar yetishib chiqqanini kõramiz. Sanab õtirishning xojati yõq. Hammamiz yaxshi taniymiz tõĝrimi?!. «Men Buxoriyning yurtidanman» deb kerilishni bilamiz. Ammo uyimizda, ahlimiz orasida bitta bõlsa ham Rasululloh s.a.v.ning sunnatlarini tiriltirmaymiz. Gunohligini bila turib har xil urf- odatlar, bid'atlarni qilamiz. Hisobga uchramasimizdan oldin õzimizni hisob- kitob qilmaymiz. Biz faqat sõzimizda kuchlimiz, amalimizda esa aksi. Allohni Robbim, islomni dinim, Muhammad s.a.v. ni payĝambarim degan ekanmiz, unda nega Alloh, islom dini, payĝambar janobimizning sunnatlariga ergashmayapmiz?! Hozirgi kunda bizning dinimiz ham, amalimiz ham dunyo uchun odamlar kõrishi uchun xolos. Bir bechoraga ehson qilganimizni butun dunyo bilishi kerak, ijtimoiy tarmoqqa joylab, õzimizni qanchalik saxovatpesha ekanimizni namoyish etishimiz kerak. Bu qanaqasi?!...
Avvalari sohobiylar, solihlar bergan ehsonlarini yashirincha berardilar. Ular Allohdan chinakamiga xavf qilgan insonlar edi. Hatto tunlari miskinlarning eshigi yoniga bir xalta pul tashlab, õzlarini hech kim kõrmasligi uchun berkinib olishgan. Bilasizmi nega? chunki riyodan qõrqqanlar. Alloh riyo qilgani uchun olovi sachrab turgan, dõzaxga uloqtirilishlaridan xavf qilganlar. Asl hayo va xavfning ta'rifi shunday. Alloh yonimizda turgandek uni sevish va undan hayo qilish, ĝazabidan qõrqishdir.
Usmon sõzlarida davom etar, jamoat esa tinglab õtirardi. Bu jamoat ichida tavba qilgan ham, shunchaki eshtib õtirganlar ham bõldi. Xutba anchaga chõzildi. Juma namoziga ayollar ham kelgan, ular ham õzlariga ajratilgan joyda xutbani tinglab õtirardilar. Usmonning zakosiga ayollar ham tan bergan edilar. Ayol-qizlardan bir nechtasi uning gõzalligi va zakosiga oshiq bõlgan edilar. «Qaniydi, yosh imomni yana bir bor kõrsam» deb duolar qilishardi yosh qizlar. Xuddi hazrati Yusufning jamolini kõrib, qõllarini kesgan ayollardek qarashardi unga. Sakiyna ham masjiddamidi?, u ham tinglayotgan edimi Usmonni?!...
Yõq, u iztirob ichida xonasida ĝujanak holda kõrpasiga õranib yiĝlab yotardi. Nega?! Uni bunchalar qayĝuga solgan narsa nima edi?! Nima...
Sakiyna Qur'on yodlashdan umidini butunlay uzgan edi. Harakatlari zoe ketayotgani, oyatlarni tez yodidan chiqarardi. Sakiynaning imtihoni shunday edi. Alloh har bir Qur'on yodlovchisiga sinov berib, sinaydi.
U ham sinalayotgan edi. « Men Qur'onni yodlay olmasam kerak» deb aytdi ichida. Va uxladi. Tushida bir maskanda kõrdi õzini. Darvozalari yoqut va zumrad bilan bezalgan, qimmatbaho qasrda edi. Qushlar sayragan, gullar xushbõy taratgan boĝga kirdi. Boĝ ichida lahv, uning ustida oppoq jildli Qur'on turardi. Qur'on yonida nur yuzli bir inson Qur'ondan tilovat qilar edi. Bunchalar gõzal qiroat... Avval hech qayerda eshitmagan edi bunday gõzal Qur'on tilovatini...
U kishi Sakiyna tomon õgirildi. Qur'onni unga tutqazib «õqi» dedi. Sakiyna al- An'om surasini õqidi. Va õqib bõlgach:«siz kimsiz, ey nur yuzli odam» deya sõradi. U: « Hamza ibn Habib az-Zayyod» dedi. Sakiynang yuragi qafasidan chiqib ketar darajada ura boshladi. Va unga:«Robbing rahmatidan umidingni uzma!. U Qur' on jamlangan qalblarni azoblamaydi» dedi va yuqoridan nur tushdi imom Hamza esa ĝoyib bõldi.
Sakiyna õsha kundan beri yosh tõkar«Allohim senga hamdlar bõlsin, õzing avf et» deya õzini qõlga ololmasdi. Tushi haqida esa hech kimga aytolmadi. Faqat yiĝlar, Qur'on õqir al-An'am surasiga kelganda yiĝidan kõzlari shishar, mus'hafiga ham marjon-marjon yoshlari tomchilar edi.

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [19.07.2021 15:16]


***
Xutba tugab odamlar tarqaldi. Usmon ortida turgan Anas tomon qayrildi. Õtirib bafurja suhbatlashdilar.
— Sen aytgan qizni surishtirdim, masjidda ishlaydigan Anvar amakining qizi ekan, balki Anvar amakini eslarsan –dedi Usmon saqolini tutamlab.
Anas:
—Anvar amakini eslayman, ularni qizlari bormidi?!. Anvar amaki juda yaxshi odam edilar–dedi.
Usmon:
—Ammo bu yil qizlarini uzatmasalar kerak. Qiz hali õn sakkiz yosh ekan. Sendan shunda necha yosh kichik bõladi –dedi õylanib.
Anas:
— Tõrt yo besh yosh kichik bõlsa kerak. Aniq besh yosh kichik bõlarkan –dedi hisoblab.
Usmon:
— Yana õzing otasi bilan gaplashib kõr, sovchi jõnat, balki fikrlari õzgarar dedi.
Anas:
—Xayrlisi bõlsin,onam bu yil uylanasan deb turib olganlar. Kelin ham topib qõyibdilar–deb uyalgancha kulimsiradi.
Usmon:
— Uchrashdingmi?!, kim ekan õsha baxtli qiz –dedi u ham kulimsirab.
Anas:
—Insititutda õqigan paytlarimizda nahv fanidan dars õtadigan Jamol domlani eslaysanmi?, ularning Sumayya ismli qizlari bor ekan. Onam qistayvergach uchrashdim. Ma'qul keldi–dedi yana kulib.
Usmon:
—SubhanAlloh, juda yaxshi bõlibdi. Xursand bõldim. Insititutda eng bezor qilgan ustozingga kuyov bõlarkansanda endi–dedi Anasga kulib.
Anas:
—Endi nima deysan, Allohning ishi shu ekan. Õzim ham boshida ustozdan rosa qõrqdim,« meni kuydirgansan qizimni bermayman»
deb qolsalarchi deb siqildim. Allohga shukur unday demadilar. Shu oyning oxiriga tõy qilmoqchimiz– dedi.
Usmon:
— Alloh xayrli qilsin, bizga ham õz juftimizni topish nasib qilsin– dedi.
Anas:
—Õzing qachon,–deb Usmonga qaradi.
Usmon:
—Bilmadim,Alloh xohlagan kun. Hozir bularni õylashga vaqt bõlmayapti– dedi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [21.07.2021 19:52]


#21_qism
(✍️ Fahriya_Yaqub)
Usmon Anas bilan suhbatlashib bõlgach, xayrlashdi. Masjidda hamma tarqaldi. Usmon masjiddagi kutubxonada dars tayyorlab õtirardi. Qur'on tafsiri bilan mashĝul edi. Bu ummatga ilmli, har bir sõzi ustida ishlaydigan, tõĝri hukm chiqaruvchi inson bõlishga harakat qilardi. Dars qilib õtirgan paytda ichkariga bir xodim kelib:
— Sizni bir qiz sõrab kelibdi, ayrim masalalarni sõramoqchi ekan,- dedi. Odatda, Usmondan kõpchilik ayollar shar'iy masalalar bõyicha savollariga javob topish uchun masjidga kelishardi. Shunday ayollardan biri bõlsa kerak deb õylab kirishiga ruxsat berdi. Bir soniya vaqt õtmay haligi qiz paydo bõldi. Usmon unga kirishga ruxsat berganidan qattiq afsuslandi. Qarasa jinsiy shim, yengi yõq kõfta kiygan, tirnoqlarini odam sõysa bõladigan darajada õstirgan, yuzining asl rangi qavat-qavat pardoz ostidan bilinmay ketgan, sochlari yoyilgan, boshiga esa kichkina rõmolni nomiga tashab olgan, bir kõrishda nafratni uyĝotadigan yengiltak bir qiz.
Usmon bunday ayollar toifasidan jirkanar edi. Õzining musulmon ekanini, ayollik sha'nini unutgan bu ayollarga qancha nasihat qilinmasin ularning yagona sõzi bu «qalbda bõlsa bõldi, rõmol õrab dindor kõringandan shu yaxshi» degan sõzdir. Ularning dunyoqarashlari egnidagi chirkin liboslari kabi tor, õzlari maqtagan qalblari esa umrbod qoraygan va muhrlangan. (Allohning rahmi kelsin) Õzlari esa bu ahvollaridan bexabar manqurtlardir. Usmon ham yoniga kirgan bu qizdan xuddi iblisdan panoh sõragandek, panoh tilardi. Usmon kõzini kitobdan uzmay:
—Nima xizmat, — dedi gapini qisqa qilib.
Qiz:
—Sizga bir savolim bor, –dedi ingichka va mayin ovozda erkalanib gapirdi. Usmon u qizni quvib yuborgisi kelib, qahr bilan:
—Nima?! dedi.
Qiz uning e'tiborini õziga qaratmoqchi bõlib battar erkalanib gapira boshladi:
—Haligi ,namoz õqish uchun qaysi duolarni yodlash kerak– dedi Usmonga kulib qarab. Usmonning jahli ham battar kuchaydi, ammo õzini bosib kutubxonadagi namozga oid kitobni olib qizga berdi. Qõlini darhol kitobdan tortib:
— Mana shu yerda hammasi yozilgan– deb javob berdi. Boyagi qiz kitobni olib:
— Katta rahmat sizga, yana sizga bir savolim bor – dedi nozi karashma qilib. Usmon ichida«tinchlan Usmon, seni deb islomni malomat qilmasin, õzingni bos» deb pichirlagach:
—Sõrang dedi haligi qizga. Qiz suzilib, mayin ohangda:
—Uylanganmisiz,deb savol berdi. Bu safar Usmon«yolĝonimni õzing kechir Robbim» deb:
—Ha, uylanganman, shularni sõrash uchun keldingizmi?! –dedi qõpol ohangda. Haligi qiz suvga tushgan mushukdek xõrpayib, u yerdan chiqib ketdi. Usmon yoniga xodimni chaqirib:
— Keyingi safar ayol kishilar masjidga kelsa avval muallima ayol bilan uchrashtiring. Anavi qizning ahvoli xususan, masjidning ,mening nomimga ham doĝ tushirishi mumkin. Xushyor bõlishimiz kerak- deb tanbeh berdi.
Xodim:
—Uzr faqat din bõyicha savol beradi deb õylabman—dedi hijolat tortib. Usmon boshqa bunday qilmasligini tayinlab xodimga:
—Boravering–dedi. Ichida Usmon« qanday zamon bõldiya»degan xayolni õtkazdi. Keyin bu sõzi uchun tavba qilib:« zamon Allohniki bõlsa nega odamlarni deb uni malomat qilasan Usmon shõring qurisin» deya õzini koyidi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [22.07.2021 20:13]


#22_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Sakiynaning tushkun kayfiyatiyatidan xavotir olgan Bilol opasini kuldirish uchun har xil latifalar aytar, harakatlar qilardi. Biroq hamma harakatlari besamar ketardi. Opasini bu ketishda kõzlari kõr bõlib qolishidan qõrqardi. Ramazon hayiti ham kelgan, Bilol olgan hayitliklarini yig'ib kitob do'konidan o'ziga kerakli kitobni olish bahonasida opasiga u bilan do'konga borishni taklif qildi. Sakiyna bu taklifni eshitib ko'ngli ozgina bezota bo'ldi. Do'konda yana o'sha sotuvchi yigitni ko'rib qolsa nima bo'ladi? Meni mensimadi deb o'ylasa-chi? Bularni o'ylab borgisi yo'qligini aytdi. Ammo Bilol qo'yarda qo'ymay olib bordi. Kitob do'koniga borishdi. Ichkariga kirdilar. Sotuvchi yigit kirishlari bilan ularga qaradi. Sakiyna uyalib uni ko'rmaganlikka oldi. Yigit uning yoniga kelmoqchi edi hamki, kitob do'koniga Usmon ham kirib keldi. Aliy uni ko'rishi bilan:
— Kõzlarimga ishonmayman Usmon, õzingmisan dõstim deya kõrishdi. Usmon,Aliy va Anas bir birlari bilan qalin dõstlar edilar. Aliy ham juda kelishgan va dindor yigit edi. Sakiynaning Qur'on õqishini bilib,Usmondan Qur'onni õrgangan edi. Usmon Aliyga kitob dõkonini ochishni maslahat bergan edi. Usmonni kõrgan Bilol darrov salomlashib, hayit bilan tabrikladi. Usmon ham uni mubarakbot etdi. Usmon Biloldan qanday kitob xarid qilishini sõradi. Bilol kitoblarni tomosha qilib, dõkonni aylanib yurgan opasiga qarab qõyib:
—Aslida kitob shunchaki bahona, opamni chalĝitish uchun keldim. Opamning yiĝleyverib kõzlarida yosh qolmadi. Sababini sõrasam battar yiĝlaydilar, aytmaydilar. Xasta bõlib qolmasinlar deb olib keldim dedi xõrsinib. Usmon ham:
— Nega yoki ahlingga bepisand muomila qilyapsanmi Bilol deb sõradi.
Bilol:
—Yagona va men bilgan sababi bu Qur'onni yodlay olmaganlari bõlsa kerak dedi.
Usmon kitob rastalarida kitoblarni varoqlab kõrayotgan Sakiynaga qarab qõydi. Keyin esa qõnĝiroq bõlib qolgani uchun u yerdan shoshilib chiqib ketdi. Aliy bõlsa Sakiynaning oldiga kelib:
— Singlim sizni tõyimga taklif qilsam bõladimi? Xidoyatimga sababchi bõldingiz, kelsangiz mamnun bõlardim– deya Sakiynaga taklifnomani tutqazdi. Va:
—Alloh sizga kutganingizdan kõra ziyoda juft nasib qilsin– dedi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [23.07.2021 19:39]


#23_qism
(✍️ Fahriya_Yaqub)
Usmon shoshib masjidga keldi. Yana kimdir masjidga tegishli bõlgan ehson qutisini õmarib ketibdi. Bu safar Usmon qattiq ğazab qildi. Xodimlarga baland ovozda baqirib:
—Bõldi bu yerda sizlarning qiladigan ishingiz qolmadi. Bugün kechqurun õzim qoravullik qilaman, sızlar masjidga tegishli bõlgan ehson qutisini kim õmaroyotganini aniqlaysiz. Kerak bõlsa mijja qoqmaysizlar. Uluğ bayramda ham egri ishini qilishda davom etayotgan õsha kimsani tutib yonimga keltirasizlar deya hammani tarqatib yubordi. Usmon masjid kutubxonasida kitob õqish bilan õzini chalğitardi. Bir xodim qõlida kitob bilan kirib keldi.
—Bir ayol sizga shuni berib yuborishimni tayınladı deb kitobni Usmonga berdi. Usmon kitobni ochib kõrmoqchi bõlganda uning ichidan bir maktub chiqdi. Maktubni olib õqidi.
«Salomlar va xayrlar tilayman sizga.
Men sizga ilk kõrishda oshiq bõlgan oshiğingizman. Alloh avf etsin, sizni õzimga qaratmoq uchun qõlimdan kelgan hamma narsani qildim. Ammo menga qiyo ham boqmadingiz. Shu ondan buyon yana bir bor sizni kõrish uchun har juma kuni masjidga keladgan, sizning ma'ruzalaringizni tinglaydigan bõldim. Avval sizni, keyin esa islomni sevib qoldim. Menga zarda va nafrat bergan kitobingiz men uchun umrimdagi eng gõzal sovğa edi. Namozga ham tushdim. Xijobga ham kırdım. Bilasizmi siz hayotimga kirmasingizdan oldin fahsh, gunohlar ichida yashadim. Õzimni musulmon deb yurgan munofiq ekanman. Dinimni, iffatimni bilmaganim uchun qanchalar uyaldim. Hozir qalbimda faqat Alloh nomi tajalli etmoqda. Agar uylanmagan bõlganingizda, duolarimda sizni sõrasam «amiyn» deysizmi Deb sõragan bõlardim.»
Usmon xatni õqib bõlgach uni yashirib qõydi. Usmon hayoti davomida bunday maktublarga kõp marta duch kelardi. Ammo bu iymoniga putur yetkazishidan qattiq qõrqar edi. «Haqiqiy erkak bu— ayollar fitnasidan saqlangan erkakdir» deb hisoblardi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [24.07.2021 16:12]


#24_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
*
Hayit Kuni masjidda katta ziyofat õtkazildi. Sakiyna va onası bayramga kelgan ayollar bilan kõrishib qutlashardi. Ayollarning ichida bir ayol õzgacha nigoh bilan qarab turardi Sakiynaga. Sakiyna u ayolni taniy olmadı. Õzgacha gõzallik va nafosat sohibasi bõlgan bu ayol kim?! Muhabbat tõla mehrli boqib turgan bu ayol kim õzi?!...Nega aynan Sakiynaga termulib qolgan. Sukunatni Sakiynaning onası buzdi:
—Sakiyna, Xaliyma xolangni tanımadıngmi?!-dedi qiziga.
Sakiyna onasiga jilmayib qõyib:
—Shunday ayolni tanimay bõladimi, Usoma hazratlarining ayollarini, uzr uzoq yillar kõrishmaganimizga biroz taniy olmadim - dedi yuzi qizarib.
Usmonning onasi Sakiynani quchib, peshonasidan õpdi:
—MashaAlloh, ĝoyatda gõzal qiz bõlibdi, tarbiyali qizligi bilinib turibdi. Necha yillar oldin mana shu masjid xovlisida õynab yurgan qiz, naqadar gõzallashib ketibdi. Alloh nazarlardan saqlasin- deb Sakiynani maqtadi.
Sakiyna ham mamnun bõlib uning qõllarini õpdi.
*
Usmon aytganini qildi. Masjidda qoravullikni õzi bajardi. Aksiga olib masjid tuni bõyi sovuq bõlib, yomĝir yoĝa boshladi. Yomĝir kuchayib, masjidning tomlaridan chakki õta boshladi. Usmon esa sõzida qat'iy turib õsha kuni masjidda tunadi. «Alloh yõlida ozgina aziyat cheksam chekibmanda» deb sovuq haroratga sabr qildi. Va ertasi kuni qattiq shamollab qoldi. Lekin avvalo masjidning tomini yaxshilash uchun ustalarni chaqirdi. Ustalar tomni ta'mirlashar edi. Tushlik vaqti kirishiga bir soat vaqt qolgan edi. Bilol onasi va opasi bilan masjidda ustalarning taomini tayyorlashayotgan edi. Onasi qozonga yoĝ tashlab, Sakiynaga:
— Yertõlada bir yashik piyoz turgandi, ovqatni boshlamasimdan olib chiq, keyin ustalar chiqib qolmasin,- dedi.
Sakiyna zinadan yertõla tomon tushib bordi, yertõladan piyozni qidirdi. Axiri topib, yashikni qõliga oldi. Zina tomon yuqoriga edi, kimdir yertõlaga qarab kelayotgan edi. Ovozidan erkak kishiga õxshardi.
—Asal dardlarga davo deydilar, asalli choy ichsam yõtalim ham tuzalib qoladi inshaAlloh deb tobora yertõlaga yaqinlashib kelardi. Sakiyna titrab nima qilarini bilmay yashikni qattiq ushlab olgan edi. Eshikdan Usmon kirib qoldi. Sakiyna yashinishini bilmay, kõzlarini chirs yumib oldi. Gõyo yosh bolalar berkinmachoq õynayotganda hech kim kõrmaydi deb õylab kõzlarini yumib olganlari kabi.
Usmon Sakiynaga kõzi tushishi bilan
—Astaĝfirulloh deb orqaga õgirilib u yerdan chiqib ketdi.
Va u yerga qaytib kirmadi, kirishidan oldin eshikni taqillatadigan, javob bõlmasa u yerga kiradigan bõldi
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [25.07.2021 17:31]


#25_qism.
(✍️ Fahriya_Yaqub)
*
Usmon kecha tasodifan duch kelgan vaziyatni xotirlab yuziga tabassum yugurdi. Qandayin ham ajib holatga tushib qolishgandi. Nima qilarini bilmay kõzlarini yumib olgan õsha begona qizning naqadar kuchli hayo egasi ekani yaqqol kõrinib turardi. Hamma qizlar ham shunday hayoli bõlishganida edi, nur ustiga nur bõlardi. Hozir esa aksincha begona qiz va yigit tasodifan uchrashib qolishsa õzlarini bosolmaydilar. Axir biz kimning ummatimiz. Biz uchun eng avvalo hayo va xusni- xulq emasmi?! Bizning payĝambarimiz «siz ulkan xulq egasidirsiz» deya sifatlangan emasmidilar. Bularni õylarkan «Allohim meni ham xulqli insonlardan qilgin, õz dargohingdan uzoqlashtirmagin» deb duolar qilardi.
Usmon qattiq yõtalar,holsizlanar edi. Shuning uchun masjiddan ertaroq ketishga majbur bõldi
«Uyga borib dam olsam hammasi õtib ketadi» deb uyiga bordi. Onasi Usmonning rangi-rõyini kõrib qõrqib ketdi. Darrov uning yoniga kelib peshonasidan ushladi. Lovullab yonayotgan peshonasiga muzdek rõmolcha qõydi:
—Jon bolam-a,nima bõldi senga,nega ahvoling yomon dedi vahima bilan. Usmon yana yõtalib, past ovozda:
—Vahima qilmang ona,dori ichib ozgina dam olsam kõrmagandek bõlib ketaman, dedi. Usmonning onasi õĝlining bu holidan xavotir olib tez yordam chaqirdi. Ular Usmonni zudlik bilan shifoxonaga olib ketishdi. Shifokorlar Usmonni tekshirib, shamollashi õpkasiga kuchli ta'sir kõrsatganini,qõllaridan kelgan barcha muolajalarni qilishlarini, agar foydasi bõlmasa õlishi ham mumkinligini aytishdi. Usmon bir ikki kun palatada davolangach, ahvoli oĝirlashib jonlantirish bõlimiga olindi. Xushsiz yotarkan olamlar ichida olam kezib yurardi tushida. Butun umri tush bõlib, gavdalanar edi. Tushida õzining kelajagini õlimini kõrar edi. Tushida u juda keksaygan bir mõysafid qiyofasida shaharlarni, kõchalarni aylanib yurar edi. Bu belgilar unga õlimni emas, hayotni baĝishlayotgandek edi.
***
Bilol juma namozida ham,masjidda ham Usmonning kõrinmay qolganidan tashvishlanib Usmonning õrniga kelib, masjiddan xabar olayotgan Anasning yoniga keldi va:
—Assalomu aleykum, kechirasiz dedi.
Anas:
—Va aleykum assalom nima xizmat deb sõradi Biloldan. Bilol zõrĝa oĝiz juftlab:
—Nega imom Usmon kõrinmayaptilar, yoki boshqa joyga ketdilarmi?! dedi. Anasning kõzlari yoshlanib:
—Usmon xasta bõlib qoldi, bor umidimiz Allohdan duo qilib turinglar tuzalib ketsin dedi barmoqlari bilan kõzidagi yoshni artdi. Bilol ham yiĝlamsirab:
—Nima bõldi õzi, yaxshimilar deya oldi xolos.
Anas:
—Bilmaymiz, shifokorlar umidimiz yõq deyishganiga duodan õzga choramiz ham yõq. Alloh hamma narsaga qodirdir, bizning qõlimizdan duo qilish keladi, faqat duo deb javob berdi.
Bilol birinchi marotaba qalbiga Allohning kalomiga bõlgan muhabbat uruĝlarini sochgan insonni yõqotib qõyishdan qõrqardi. Uyiga borib tinmay duo qilar, shifo topishini sõrab Alloh taologa yolvorar edi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [26.07.2021 15:42]


#26_qism
( ✍️Fahriya_Yaqub)
Bilol Usmonning xaqqiga duo qilarkan, albatta Alloh sõraganlarini javobsiz qaytarmasligiga ishonardi. Joynamozi ustida soatlarcha õtirib duo qilar, Alloh taoloning gõzal ismlarini aytar, Rasululloh s.a.v. ga salovatlar yõllar, sajda qilar, yana qõlini duoga ochib:
« Ey Allohim, ey rahimlilarning eng rahimlisi sengagina xamd-u sanolar bõlsin, bizga Qur'onni õrgatgan õn sakkizming olamning sarvari bõlmish xabibing, payĝambaring Muhammad Mustafo s.a.v.ga solovat- u salomlar bõlsin. Ya Alloh õzing aytgansan« menga duo qilinglar,duolaringizni ijobat qilaman » degansan. Ya robbil a'lamiyn menga kalomingdan yolĝiz sening rizoliging uchun saboq bergan quling Usmonga ham shifoi-komil ato et. Sen «bõl »deganigina bõlur. Sening izningsiz daraxtning bargi qimirlamas. Allohim uni maĝfirat ayla, kasalligini gunohlariga kafforat qilgin. Uni mendan olib qõyma Allohim. Ey Xoliq, ey Boqiy va abadiy bõlgan zot õzing xayrlisini bergin. Sen duolarni qabul qilguvchi õta karamli zotsan. Dargohingda rahmating keng zotsan ey Robbim. Duolarimni õzing qabul qil, amiyn» deya qõlini yuziga surtdi. Sakiyna uning orqasida duolariga «amiyn» deb turardi. Duo qilib bõlgach, opasiga õgirildi:
—Yodingizdami opa siz doim « kimning duosi qabul bõlishini bilmaymiz» der edingiz. Siz ham duo qiling, ustozim shifo topsinlar, zero Alloh qay birimizning duolarimizni qabul etishini bilmaymiz. Tezroq soĝaysinlar. Ular bilan qiladigan ishlarimiz hali juda kõp edi. Õnta qiroatning hammasidan ijoza bermoqchi edilar. Ayniqsa ular siz yaxshi kõradigan imom Hamza qiroatida juda gõzal tilovat qilardilar. Qur'onni jamlab bõlishim bilan Halaf Hamza qiroatini õrgatmoqchi edilar - dedi ma'yus ohangda. Bilolning oxirgi aytgan jumlasi Sakiynani jumbushga keltirib yubordi. Ohista va xotirjam ohangda:
—Nahotki ustozingni
imom Hamza qiroatidan ijozasi bormi?!, qanchalar Allohga mahbub banda ekan-a, bugundan boshlab ustozingning haqqiga duolarni birga qilamiz. Alloh õzidan biror narsa sõrab kelgan bandasining qõllarini bõsh qaytarishdan hayo qiladi. InshaAlloh xayrlisi bilan siylaydi, mahzun bõlma !deb Bilolning qõllari va peshonasidan õpib, ovutib qõydi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [28.07.2021 12:58]


#27_qism
(✍️ Fahriya_Yaqub)
Usmonning buyruği bilan xodimlar bir necha hafta õğirining izidan poylashdi. Bir kuni kechqurun xodimlar bir õsmir yigitning ehson qutisini qulfini buzayotganini kõrib orqasidan sezdirmay borib ushlab olishdi.
—Qõlga tushdingmi õğri, ana endi hammasiga javob berasan yur, – deya qõllaridan ilki xodim mahkam tutib suduray ketdi.
Õsmir bola:
— Jon akalar meni qõyib yuboringlar, iltimos–deya õtinardi.
Õğrini masjidga, Anasning yoniga olib kelishdi. Boyagi bola Anasning yuzidaki viqori va vajohatidan qõrqib ichida« õldim endi, omon chiqmasam kerak» deb qõrquvdan dağ-dağ tizzalari qaltirardi. Anas jim turgach, boladan sõradi:
— Kimsan õzi, qaysi vajdan õğirlik qildik dedi yõğon ovozda.
Bola:
—Mening ismim İlyos. Shaharga kõchib kelganimizga bir yıl bõldi. Yetimman, onam farroshlik qiladilar, otam bolaligimizda vafot etib ketganlar. Yolğiz onamning bizni boqishga qurbilari yetmaydi. Ukalarim ochlikdan tinmay yiğlaydi. Bitta ukam oğir kasal bõlib qolgan. Doriga pul topolmay, õğirlik qilishga majbur bõldim. Õtinaman onamga bu haqida aytmang. Bõlmasa yuraklari oğrib qoladi. Ulardan ham ayrilishni istamayman. Sõz beraman boshqa õğirlik qilmayman,– deb yiğlab yubordi. Anas yonidan hamyonini chiqarib bolaga bir talay pul berdi:
—Yetadimi uka, yetmasa yana kelarsan, mana bu mening telefon raqamim yordam kerak bõlsa qõnğiroq qilarsan–dedi.
Bola bechora bunday muomilani kutmagan edi, yiğlab:
— Bu yaxshiligingizni qanday qaytaray–dedi.
Anas:
— Shu masjidning imomiga uzoq umr tilab, duo qilsang eng katta yaxshilikni qilgan bõlasan. Shunda mendan qarzing qolmaydi– dedi.
Bola Anasni qattiq quchoqlab xayrlashdi. Õsha yerdagi xodimlardan biri:
—Agar sizni aldagan bõlsachi – dedi Anasga.
Anas xodimga qarab:
— Meni aldasa ham Allohni aldolmaydi, menimcha yetimlik borasida yolğon gapirmasa kerak–deb javob berdi.
*
Sakiyna va Bilol tinmasdan Usmonning haqqiga duo qiladilar. Bir kuni Sakiynaning onasi bozordan kayfiyati buzilib qaytib keldi. Sakiyna onasidan nima bõlganini sõradi.
Onasi:
— Bozorlik qilib bõlgandan keyin Xaliyma xolangni kõrgani borgandim. Rangida rang yõq, qattiq siqilgan bechora, eridan sõng õğliga boğlanib qolgan ekan. Õğlini ham tuzalmayotganidan ezilib yiğladi.
—Hali juda yosh edi, uylantirmoqchi edim, ilohim dardini bergan Robbim shifosini ham bersinda deb kuyundi. Hech kim farzandi bilan sinalmasin ekan dedi onasi. Sakiyna ham hojat namozlarida Usmonni duo qilar edi.
*
Bir kuni shifokorlar Usmonning ahvoli yaxshilanib borayotganini yaqin kunlarda palataga olishlarini aytishdi. Onasi, dõstlari ayniqsa Bilol xursand edi. Darhaqiqat ALLOH kimning duosini qabul qilganini bilmaymiz. Balkı Bilolning, balkı Sakiynaning, balkı õsha yetim bolaning duosi qabul qabul bõlgandir. YOKİ barchalarining duolari qabul etilgandir. Vallohu a'lam.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [29.07.2021 11:52]


# 28_qism
(✍️ Fahriya_Yaqub)
Uch kundan sõng Usmon palataga olindi. Bir soatlar õtib kõzlarini ohista ochdi. Atrof xira-shira kõrina boshladi. Keyin qandaydir odamlarning unga qarab gapirardilar. Õziga kelgandan sõng onasi va Anas, Aliy va Bilolga tikilib qaragancha:
— Men õlmadimmi?! dedi hayratlanib. Onasi yiğlab:
— Bolam bu nima deganing, halı islomga qiladigan xizmatlaring bitmay turib õlmoqchimisan dedi.
Ancha suhbatlashib õtirishgandan sõng, Usmonning onasi shifokor bilan gaplashish uchun u yerdan chiqib ketdi.
Anas:
—Ahvoling yaxshimi dõstim, õzingni qanday his qilyapsan deb sõradi. Usmon:
— Allohga shukrlar bõlsin yaxshi dedi. Usmonning kõzi stolda õtirgan Bilolga tushdi va:
— Kel Bilolim kel yonimga õtir deya Bilolni yoniga õtkazdi.
—Men uchun rosa duo qilganingni eshitdim, joynamozningdan siljimading, orqangda bir ayol «amiyn» deb turardi. ALLOH rozi bõlsin sendan dedi. Bilol hayratda qolgan edi. Qanday qilib bir necha hafta uyquda yotgan odam «duolaringni eshitdim joynamozningdan siljimading»deb xuddi kõrib turgandek aytishi mumkin. Bilol buni aqliga siğdirolmadi, ozgina ajablanib turgandan sõng,Bilol qõlidagi ovqat va mevalarni Usmonning javoniga joylashtirdi. Usmon hojolat tortib:
— Bu nima qilganing Bilol?! Ovora bõlibsizlar, hamma narsa yetarli edi –dedi. Bilol kulib:
—Sizga qancha qilsam ham kam, bularni mendan dadam berib yubordilar, õzlari opamni õqishga tashlab sizni kõrgani keladilar, Deb javob berdi. Yarım soatdan sõng Anvar amaki ham yetib keldi. Usmondan hol-ahvol sõradi.
—Õğlim halı yoshsiz õzingozni ehtiyot qiling, masjiddagilar tinmay siz haqingizda sõraydi
—İmom bolam qaley deb holi jonimizga qõymaydilar dedi. Anvar amaki va Bilol Usmonga salomatlik tilab uylariga ketishdi. Ulardan keyin Aliy ham bõlajak ayoli bilan nikoh uzugi olishini aytib Usmon bilan xayrlashdi. Usmon va Anas yolğiz masjiddagi ishlarni hal qilish bõyicha gaplashdilar. Anas masjidda Usmonni tashvishga soladigan hech narsa qoldirmagan edi. Anas:
—Masjidga õğirini olib kelishdi. Yetim bola ekan shõrlik, ochlik va yõqsillikdan shu ishni qilishga majbur bõlibdi dedi.
Usmon:
— Bu yerdan chiqishim bilan õsha bolani kõrgani boramiz, uning haqqi bizning yelkamizda dedi. Anas Usmonga qarab:
—Agar amakim va xolam sen yonimizda turmaganingizda balkı men ham... deyishi bilan Usmon gapini bõldi:
—Unday dema ,seni bilaman–ku! Bolalikdan qat'iyatli, xalol bola eding, deb Anasni urushib berdi. Anas bu mavzuni boshqa ochmaslikka vada berdi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [30.07.2021 0:15]


#29_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Usmonning soğligi tiklanib oilasining bağriga qaytdi. Ertasi kuniyoq masjidga bormoqchi bõlib tayyorgarlik kõra boshladi.Soch saqolini taradı. Atır sepdi. Kõylak kiyganda mushaklari uni tõldirib turardi. Onasi xonaga kirib:
—Õğlim biroz sabr qilmadingda tōliq tuzalishingni kutsang bõlardi dedi. Usmon:
—Jonim onam sizning duolaringiz bor ekan, İnshaAlloh menga hech narsa qilmaydi deb onasidan duo olib masjidga ketdi. Anas ham masjidda Usmonning kelishini kutib õtirib kutubxonadagi kitoblarning biriga kõzi tushdi. Olib endi varoqlamoqchi edi hamki, Usmon eshikdan kirib qoldi. Anas u bilan salomlashgach, İlyos xonaga yuqutnibgina kirib keldi. Qilgan ishidan pushaymonlik his qilardi. Axir õğirlik osonlikcha kechirilib yuboriladigan ish emas-da. Kimgadir oshkor bõlib qolsa, ming tavba qilsang ham peshonangda õz muhrini qoldiradi. Usmon İlyosga unga ishonishi mumkinligini qõlidan kelgancha yordam berishini aytdi. Va undan ayrım narsalarni sõradi.
Usmon:
—Yoshing nechchida, qayerda yashaysan deb sõradi İlyosdan.
İlyos aytishga hijolat bõlib:
—Õn tõrt yoshidan. Õzim õqiydigan maktabning yertõlasida yashaymiz dedi.
Usmon:
—Bir yıldan beri yertõlada yashaysizlarmi?! deb sõradi İlyosdan.
İlyos «ha» degandek boshini egdi.
Usmonning yuragi bõshab ketdi va yana:
—Oziq ovqatingiz bormi!?dedi.
İlyos javob berolmadi.
Usmon oilada nechta farzand ekanini sõradi.
İlyos:
— Tõrtta farzandmiz uch õğil bir qiz deb javob berdi.
Usmon İlyosni bağriga bosib kõzyoshlari artib:
—Mahzun bõlma, Alloh biz bilan. Bugun kõch-kõroningizni yiğing, men manzilini bergan uyga kõchib õtasizlar, dedi. İlyos xursand holda:
— ALLOH rozi bõlsin sizlardan deya Anas va Usmonga minnatdorlik bildirdi. Usmon qoğozga uyning manzilini yozib İlyosga berdi.
Usoma Usmon bilan Anasni ilm yõlida chalğimasligi uchun tinch joyda joylashgan uyni sotib olgan, ular õqishni bitirgunlaricha shu yerda yashardilar. Hozir esa uy bõsh, hech kim yashamas edi. Usmon uyga ehtiyoji bor insonni uchratgandan sõng, to õzlarini tiklab olguncha shu yerda yashashini taklif qildi. Uyga İlyosning oilasini olib kelganlaridan keyin bozorlik qilishdi. İlyosning ukalari va singilisiga sovğalar hadiya qilishdi. İlyosning onadı ularni duo qildi. Anas bilan Usmon ketishga izn sõrab õrinlaridan qõzğalishdi. İlyosning onasi ularni tõxtatib:
— Hech bõlmasa kimligingizni ayting dedi. İkkisi ham kulib:
—İlyosning dõstlarimiz, õğlingiz juda iymonli,tarbiyali bola. Aslıda sizga shunday õğil tarbiya qilganingiz uchun rahmat aytishimiz kerak dedilar. Yana İlyosning onasidan qilgan yaxshiliklarini hech kimga aytmasliklarini tayınlashdi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [31.07.2021 13:21]


#30_qism
( ✍️ Fahriya_Yaqub)
Ilyosning oilasiga kõrsatilgan yordamdan ikkisi ham shod edilar. Masjidga yõl olisharkan qalblarida shirin tuyĝu jõsh urardi. Haqlariga qilingan xolis duodan õzga sharaf yõq deb õylashardi. Masjid eshigidan kirisharkan,«Bismillah» deya barobar qadam bosishdi. Kutubxonadagi õsha kitobni izlardi Anas. Topib uni varoqladi. Kitobning nomi qalblarni uyĝotadigan nom edi, «Õlimdan sõng». Foniy dunyo ne'matlariga aldanib, oxirat safariga hozirlik kõrishni unutib qõygan bandalarga haqiqiy hayotni eslatuvchi kitob. Kitobni õqir ekan bir sõzga kõzi tushdi« Allohning azobidan qõrqib yoshlangan kipriklar qiyomat kunida Allohga:« U sening azobingdan qõrqib yosh tõkdi» deb guvohlik beradi. SubhanAlloh Allohning azobidan qõrqib namlangan kiprik qiyomat kunida tilga kirib shafoat qilsa. Anasning miyasiga bir nido yashin tezliigida urdi «qachon Allohning azobidan qõrqib yosh tõkdim?!» . Bu savolga javob topolmagandek boshi tentirardi. Usmonga ham shu savolni berdi. Õzidan axtarib topolmagan javobni balki Usmon topgandir deya. Usmon ham bu savoldan eti jõnjikib:
— Yiĝladik, qõrqdik va unutdik. Inson õzi yengil tabiat uch kun yiĝlaydi. Keyin unutadi. Ammo biz unutganimiz bilan Alloh unutarmidi?!. Onamiz õlsa yiĝlaymiz, otamiz õlsa yiĝlaymiz. Biroq ota bolani, aka ukani, opa singlisini unutib qochadigan kun uchun, u kunning daxshatidan, gunohlarimiz kasridan quloĝimizning yumshoq joyigacha keladigan terlarimizga kõmilib azoblanishimizdan qõrqmadik, yiĝlamadik deya javob berdi. Anasning kõzlari yoshlarga tõldi va:« Alloh menga « ey Anas sen jannatga loyiq emassan » demasmikan. Umrim Undan xavf qilishga chaqirib, qalbim esa bu xavfdan bexabar õtmadimikan.
Naqadar gõzal qõrquv emasmi. Bu dunyoda hech narsa Allohning azobidan qõrqib tõkilgan yoshchalik qiymatli bõlmasa kerak. Ey dunyo matoxlariga aldangan inson sen ham qalb kõzingni och va nazar sol ,shunda bu dunyo qanchalar soxta ekanini kõrasan.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [31.07.2021 21:42]


#31_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Aliyning tõyi belgilanib, tõy kuni aniqlandi. Tõy islom kõrsatmalariga binoan juda ixcham va havas qilarli darajada õtayotgan, Sakiyna ham tõyga tayyorgarlik kõrayotgandi. Gõzal liboslarini kiydi, ozgina pardoz da ham bahorda ochilgan chechak kabi gõzal edi. Aliy Sakiynaning eng yaqin dugonasi Xosiyatga uylanayotganini bilgach tõyga borishni istadı. Tõy Qur'on tilovati va otinoyilarning duolari bilan boshladi. Tõyxonada birorta ham erkak kishi yõq, hamma sozandadan tortib afitsantgacha ayol kishilar xizmat qilishardi. Tõyning yarmi õtib bõlgach navbat islomiy savol-javoblarga kelgandi. Birma-bir berilgan barcha savollarga Sakiyna javob berar,boshqa ayollar ulgurmay qoladilar. Tõy yana salovatlar va nashidalar sadosi ostida davom etar, Sakiyna esa õzi tomon qaratilgan nigohlardan uyalib yerdan boshini kõtarmasdi. Tõydagi ayollarning unga qarab:
— Kimning qizi ekan-a , aqlli qizga õxshaydi, õzi ham bunchalar yoqimtoy qiz bõlmasa, biror dindor olim odamning qizi bõlsa kerak deb õz oralarida pichirlashardi. Sakiynaning yelkasidan kimdir ushlab:
— Kechirasiz dedi-yu Sakiyna ortiga õgirildi. Kõzlari qahva rang oq sariqdan kelgan gõzal bir qiz turardi.
Sakiyna birpast tikilib qolgach:
— Keling marhamat dedi. U qiz Sakiynaning yonidagi stolga õtirdi. U qiz Anasning qalliği Sumayya bõlib, Sakiynani bir kõrishdayoq yoqtirib qolgan, u bilan tanishish uchun yoniga kelgandi. Sumayya Sakiyna bilan dõstlashib oldi va :
—Shu oyning oxirida tõyim bõladi siz ham keling, menga yordam berib yuborasiz maylimi deb sõradi.
Sakiyna biroz õylanib turgach:
— İnshaAlloh boraman. Avvolo dadam ruxsat bersalar dedi. Sumayya:
—Barbir kelasiz hõpmi, islomiy tõy bõladi. Hijolat bõlmay õtirasiz. Tõyga Xosiyatni ham aytganman u ham keladi, yolğizlanib qolaman deb õylamang dedi Sakiynaning qõllarini ushlab.
Sakiyna rozi bõldi. Sumayya ham Xosiyatning amakivachchasi edi.
***
Sakiyna tõy taassurotlarini onasiga maroq bilan sõzlab berdi.
Onasi:
— Xosiyat chiroyli qiz edi. Kelinlik libosida yana ham ochilib ketgandir dedi.
Sakiyna:
— Ha juda gõzal kelin bõldi. Kõrganlarning hammasi havas qildi– dedi.
Onasi qiziga termulib turib:

—İlohim senga ham shunday joylardan nasib qilsin dedi.


Sakiyna onasining yuzini silab:
—İnshaAlloh onajon, undanda xayrlisi, eng xayrlisi bõlsin dedi.
Bilol bu gaplarını eshitib:
— Barbir mening ustozimga mossiz opa deb xonaga kulib kirib keldi. Onasi õĝlining bu sõzlariga kulib yubordi:
—Ustozing imom Usmonmi?! dedi.
Bilol :
—Ha deb javob berdi.
Sakiyna uyalib boshqa xonaga chiqib ketdi.
Onasi Bilolga qarab yana nim tabassum qilgancha Sakiynaning yoniga chiqib ketdi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [01.08.2021 15:39]


#32_qism
(✍️ Fahriya_Yaqub)
Bilol hali hamon Usmonning «duolaringni eshitdim» degan sõzlari xayolidan ketmas, qanday qilib degan savol tinchlik bermasdi. Opasidan sõrashga qaror qilib, uning yoniga bordi. Sakiyna dazmol qilish bilan band bõlgani uchun Bilolga tezroq gapir degandek ishora qildi.
Bilol :
—Opa, banda õlim holatida yotganga õxshab bexush yotsa, boshqa bandalarning qilgan amallari kõrinib turishi mumkinmi?! dedi .
Sakiyna biroz õylanib turib:
—Tõĝrisi bilmadim, Allohga ayon. U hamma narsaga qodir– deya javob berdi va :
—Nimaga sõrayapsan? dedi. Bilol Usmonning tushini Sakiynaga aytib berdi. Sakiyna ham hayrat tõla nigohlar bilan tinglab õtirdi.
***
Anas tõy taraddudlari bilan band ,qõli -qõliga tegmasdi. Buning ustiga tõy borasida onasi bilan ancha tortishib qolgandi. Onasi kattaroq, hashamatli tõy qilishni, tõydan keyin ham qilinadigan urf-odatlarni bajarishimiz shart deb turib oldi. Anas onasining bu qaysarliklarini tõydagi va tõydan keyingi kõp urf-odatlar islom dinida yõqligini qancha tushuntirmasin onasi tushunishni xohlamas edi.
Anasning fe'li tutib onasiga:
—Bu uyda men erkakmanmi õzi?! Bid'at deyapman, xurofot deyapman isrof deyapman. Nega tushunishni xohlamayapsiz ona, ertaga urf-odatingiz uchun jannatga kirolmasangiz va Alloh menga « sen bilarding nega ogohlantirmading» desa ikkimizning ham holimiz tang bõlib qolmasin. Odamlarga buni qilma ,uni qilma deb õzim qilamanmi bu na dinga na oriyatimga tõĝri keladi. Biz uchun oliy õrinda Alloh va islom turishi kerak emasmi?! Bir nechta odamning gap- sõzini deb Allohga osiy bõlaylikmi deb uydan chiqib ketdi. Mashinasiga õtirib masjid tomon yõl oldi.
Bizning hayotimizdagi ulkan xatoyimiz shu. Latta-putta, gap-sõz deb oramizda qanchadan-qancha isrofgarchilik qilayotgan odamlar son mingta. Qaniydi ular Hazrati Aliy va Fotimai Zahrolarning hayotlari faqirlik va isrofsiz kechganini eslasalar. Ularning nikohi dunyolar evaziga emas, islom yuksalishi yõlida qurilgani haqida fikr yuritsalar. Afsuski dunyo qalblarimizga hukmini õtkazib bõlgan. Xatto qilgan amallarimizdan ham uning hidi gufurib turadi. Alloh gunohlarimizni avf etsin.
Anas masjidga kirib Usmon bilan kõrishgach yuragidagi hamma gaplarni unga tõkib soldi:
—Õz onang bõla turib seni tushunmasa?! gunoh dedim, isrof dedim quloq solmayaptilar. Allohning õzi isloh qilsin . Õzlari dinda yõqligini bila turib urf-odatlarga qõl uryaptilar— dedi qõlini mushtlab.
Usmon:
—Ular seni onang. Ammo bu bid'atlarga qõl ur degani emasda dedi.
Anas:
—Men ham shu fikrdaman dedi.
Usmon:
—Õzing qattiq turavergin, agar sen qilsang odamlar« islomiy oila ham shunday qilibdimi, demak bizga ham mumkin» deb õylashadi. Natijada avvalari ilm õchoĝi bõlgan yurtimiz bid'at- xurofot õchoĝiga aylanadi. Onangga ham yana tushuntirishda davom et —deya maslahat berdi.
Anas:
—Allohdan yordam sõragan holda yana kurashga otlanaman dedi alam ustida kulib.
Usmon :
—Shunday qil dedi. Gaplari tugar-tugamas onasi qõnĝiroq qilib:
— Jon õĝlim, sen nima desang shu baxtli bõlsang menga shuni õzi yetarli dedi. Anasning duolari qabul bõlganidan õzida yõq quvondi. Usmonni quchoqlab:« Alhamdulillah» deb takrorlardi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [01.08.2021 20:52]


#33_qism
(✍️ Fahriya_Yaqub)
Anasning kayfiyati choĝ holda uyiga qaytib onasining qõllarini õpdi:
—Sizning kõnglingizni oĝritgan bõlsam uzr sõrayman onajonim. Ammo bilasiz-ku men ortiqcha isrofning javobidan qõrqaman. Ustiga ustak bõlajak qudalaringiz ham , keliningiz ham buni xohlamaydilar. Tõyni hammaga ma'qul keladigan islomiy tarzda õtkazsak, ortgan puliga pul qõshib haj safariga borib kelsak nima deysiz ona siz, men, keliningiz deb onasining kõnglini oldi Anas. Onasi õĝlining yelkasiga qoqib:
— Men har yili seni kõrgani Madinaga borar, haj safarini ham ado etardim. Bu safar sen va kelin borib kelasizlar inshaAlloh dedi kõzlaridagi yoshlarini berkitib.
***
Oyning oxirgi kunlari ham yaqinlashib qolgan, Sakiyna esa dadasidan qanday ruxsat sõrashni bilmasdi. Onasiga tõyga borishni xohlayotganini, islomiy tõy bõlishini Xosiyat ham kelishini aytdi. Onasi otasi bilan gaplashib bir soatga ruxsat olib berdi. Sakiyna xursand bõldi va Sumayya uchun chiroyli libos bilan rõmol tikdi. Tõyga qaysi kõylagini kiyishni bilmay xonasidagi shkafni ochib turardi. Bilol xonaning eshigini taqillatib kirishga izn sõragach , Sakiyna Biloldan qaysi kõylagini kiysa yaxshi bõlishini sõradi.
Bilol:
— Kulirang keng kõylagingiz bilan qora sharfingizni õrang. Sizga boshqacha yarashadi. Oppoq qizsiz oq durlar bilan bezatilgan kichkina tojingizni taqing, juda gõzal bõlib qolasiz dedi opasiga chaqnagan kõzlari bilan qarab.
Sakiyna Bilol aytgandek kiyinib, yuziga ozgina upa, qosh-kõziga nomiga qalam surdi. Uzun kiprikplariga tush, labiga esa pushti rang lab bõyoğini bilinar- bilinmas qilib qõydi. Oynaga bir daqiqa tikilib qolib:
« Suratimni gõzal qilib yaratgan Robbim, siyratim va axloqimni ham gõzal qilgin» deya duo qildi. Tõyxonaga Aliy va Xosiyatning mashinasida bordi. Tõy xuddi Aliylarnikidek islomiy shukuhda õtar, Sakiyna esa yana mehr tõla nigohlar bilan qarshilangandi. Xaliyma honim bu gõzal qizga qarashdan kõzini tiyolmasdi. Sakiyna Xaliyma honimni tanigach, yoniga borib salomlashdi. Xaliyma Sakiynadan yonida õtirishni iltimos qildi. Sakiyna uyalib bazõr rozi bõldi. Xaliyma honim:
— Juda gõzal tõy bõlyapti, iloyim ikki yosh baxtli bõlishsin dedi. Bir soat õtgandandan sõng Aliy Xosiyatni olib ketishga kelgan, Sakiyna ham ular bilan birga uyigacha borib olmoqchi bõlib õrnidan turdi, Xaliyma honim:
—Shoshma qizim yana bir soat õtir, keyin birga ketamiz, maylimi deb jilmaydi. Sakiyna Xaliymani yaxshi kõrgani uchun «yõq» deyolmadi. Oradan roppa rosa bir soat õtib shom payti tushgan edi. Xaliyma honim duo qilib turib, Anasning onasi bilan xayrlashdi. Sakiyna tomonga qarab:
— Ketdik qizim dedi. Sakiyna ham Xaliymaning ortidan borib tõyxonadan chiqdi. Xaliyma yonidan telefonini chiqarib Usmonga qõnĝiroq qildi:
— Bolajonim kelyapsanmi?! Biz tõyxonaning yonida turibmiz, hõp mayli deb sõzini tugatdi. Sakiyna Xaliymaning muomilasiga havas qildi.
«Bolajonim deyishlarini, õzi gõzal ayol tilidan ham bol tomadi-ya» deb qõydi ichida. Usmon ham mashinasida yetib keldi. Onasi va Sakiyna orqa õrindiqqa õtirdilar. Sakiyna indamay ketar, Usmonning onasi esa õĝlini unga tanishtirgandek maqtab ketardi.
—Õĝlimni taniysanmi qizim, õn olti -õn yetti yoshlarida masjidda taroveh xatmini qilib berardi- der, Sakiyna esa tabassum bilan uning gaplarini tinglardi. Sakiyna mahallasiga yaqin qolgan yõlda:
—Shu yerda tushib qolaman dedi.
Usmon kulib:
—Hozir qoronĝu tushib qoldi uyingiz qayerdaligini aytsangiz tashlab qõyamiz hijolat bõlmang dedi. Xaliyma honim uning õrniga javob berib:
—Anvar amakingni eshigida tõxtaysan. Bu qiz Anvar amakingni qizi dedi. Usmon buni bilgach aytilgan manzilga Sakiynani tashlab qõydi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [02.08.2021 11:28]


#34_qism
(✍️ Fahriya_Yaqub)
Sakiyna uyiga kirdi-yu devorda osilib turgan soatga qaradi. Shom namozi chiqib ketishiga atigi õn nesh daqiqa qolgan edi. Shosha- pisha joynamozni solib namoz õqidi. Namoz õqib bõlib joynamozning ustida õtirib zikr qilardi. Ayvonga onasi qõlida tasbeh bilan kelib:
— Buncha kech qolding. Bir soat deb naqd ikki soat qolib ketding dedi Sakiynaga.
Sakiyna uzr sõrab:
— Xaliyma xolam yana bir soat õtir uyingga tashlab qõyamiz deb qõymadilar dedi qõrquv tõla ohang bilan.
Onasi:
— Boya eshigimiz tagiga kelgan mashina Xaliyma xolanglarnikimidi dedi.
Sakiyna:
— Ha ularniki deb aytdi.
Onasi:
— Õĝli bilan tashlab ketdilarmi seni?! dedi.
Sakiyna bu safar ham « ha» deb javob berdi.
Onasi:
—Mashinasi tanish kõrindi. Chunki juma namozida kõp kõrib qolardim shu mashinani dedi.
Sakiynadan tõy qanday bõlganini sõradi. Sakiyna tõydagi gõzal duolar , nashidalar va isrofgarchiliksiz ayollar bazmi bõlganini aytib berdi. Gaplarini tugatar ekan:
—Juda havasim keldi deb yakunladi. Onasi bu sõzlariga javoban :
— Sen ham yaxshi niyat qilib Allohdan sõreyver, seni ham tõying shunday bõlsin dedi. Keyin yana gap Usmonning mashinasiga borib qoldi.
Sakiynaning onasi:
—Eshtishimcha Xaliyma xolangni õĝlini imomlikdan tashqari shaxsiy firmasi bormish, oylik maoshdan tashqari ishchilarga har juma mukofot puli berilarkan shu rostmi?! dedi.
Sakiyna xandon otib kulib yubordi:
—Õzimni soddagina onajonimey men ularning mashinasida yigirma daqiqagina õtirgan bõlsam, bularni sõramadim ham, õzi u yerda gapirdingmi deb sõrang. Faqat xolam gapirib keldilar dedi.
Onasi qiziga kulib qõyib:
—Endi qiziqdim-da, hamma firmasi bor deganga qimmatroq mashina haydaydimi debman, kõrinishidan unaqaga õxshamaydi dedi.
Sakiyna:
—Õĝillari qori bõlsa ,õzini katta kõrsatkisi kelmas. Mashinasi menga yoqdi , ba'zilarnikiga õxshab katta besunaqay mashina emas ekan dedi.
Onasi:
—Ha shunisi ham yaxshi odam kamtar bõlgani ma'qul, õĝli qanaqa ekan?! Masjidga kelgan ayollar doim maqtashadi, õzi ham xulqi ham gõzal deb, nuqul sen tenggi qizlar kelib xiring-xiring qilib unga qarab pichirlashadi. Lekin men hecham yaqindan kõrmaganman , sen kõrmaganmisan deb Sakiynaga qaradi.
Sakiyna joynamozning chetini õynab õtirib:
— Uncha e'tibor berolmadim, keldi-yu shu zahoti mashinaga õtirdik ketdik dedi onasiga.
Onasi:
—Ota-onasi chiroyli insonlar bõlgandan keyin u ham gõzal bõladi-da dedi.
Sakiyna ham:
—Tõĝri ayniqsa Xaliyma xolamda qandaydir kõpchilikda uchramaydigan gõzallik bor dedi.
Onasining kõzi soatga tushib, kõzi kosasidan chiqib ketgudek kattardi:
— Gap bilan bõlib dadangni narsalarini Biloldan berib yuborish esimdan chiqibdi-ku! deya bor ovozi bilan:
—Bilol, hey Bilol qayerdasan deya ichkariga kirib ketdi.
***
Usmon Anasning tõyidan oldin onasi bilan tortishib qolgandi.
Onasi:
—Õĝlim sen tengilarning hammasi shu yil uylanib ketdi. Sen bõlsa haligacha nimani kutayapsan tushunmadim. Keyingi yil deding, bu yil ham õtib ketyapti axir bolam
Usmon ikkilanib turib:
—Bilmadim oldindan bir narsa deyish mushkul, Alloh nasib qilgan kun keladi biroz kuting, inshaAlloh oz qoldi dedi onasiga.
Onasi:
—inshaAlloh, inshaAlloh deb Usmonning aytganlariga kõnib qoya qoldi. Sakiynani uyiga eltib qõyishganidan sõng, Xaliyma honim yõlda tõxtab, Usmonga suv olishni tayinladi. Usmon mashinasini tõxtatib dõkonga kirib ketdi. Dõkondan suv olib mashinasiga õtirdi. Suvni onasiga uzatdi. Usmon va onasi oralarida bir muddat sukkunat chõmdi. Usmon onasiga birozdan sõng:
—Tõy boshlaymizmi ona?! – deya kuldi. Onasi hayratda qoldi. Ikki soat oldin bu haqda tayinli gapirishni xohlamagan õĝlidan bunday xushxabarni eshitishni kutmagan edi-da!
Onasi :
— Sakiynagami ?!deb sõradi Usmondan.
Usmon kulib «ha» deb javob berdi.
Onasi ham õzida yõq xursandligidan õziga siĝmasdi:
— Sovchilikka qachon boray dedi Usmonning kulgi yoĝilgan yuziga qarab.
Usmon:
— Ertagayoq borsangiz, yaxshi bõlardi deb javob berdi.
Ona rejasi ish bergandan mamnun bõlgandi. Sakiynani ilk bor kõrgandayoq yoqtirib qolgan, bir amallab õĝlini kõndirmoqchi edi.
Tõyda ham Sakiynani ushlab turishga harakat qilgandi.

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [02.08.2021 15:20]


#35_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Ertasi kuni asrdan oldin Usmonning onasi Sakiynaning uyiga sovchilikka bordi, eshikni onasi ochib, ochiq Xaliyma honimni chehra bilan kutib oldi. Mehmonxonaga taklif qilar ekan nima maqsadda kelganini anglay olmadi Sakiynaning onasi.
Duo qilib bõlishgandan sõng Xaliyma:
—Qizingizning ilk marta kõrganimdayoq tarbiyali qiz ekanini bilgandim. Biz bilan kõp oilalar qarindosh bõlish taklifi bilan chiqar, õĝlim har safar rad qilardi. Qizingizni kõrsatashim bilan chehrasi ochildi. Õĝlimning chehrasini kõrib, bizdan boshqaga berib yubormasin deb sovchilikka keldim. Ertagayoq boring deganiga oyoĝimni qõlimga olib kelyapman dedi kulib.
Sakiynaning onasi ham kõzlarida yosh bilan:
—Shuncha yil qiz õstirib, qanday joyga tusharkan deb õylarkansiz odam. Qizimga ham ancha joylardan namzodlar chiqdi. Dadasi ikkimizning kõnglimiz hech biriga tortmadi. Shu qizimni kelin emas, qiz deb qabul qiladigan xonadonga turmushga bersam, baxtini kõrib kõzim quvnasa derdim. Dedi kõzlarini ishqalab.
Xaliyma honim:
— Men ham doim shunday deyman. Kelin olsam, kelin emas qizimdek kõray deyman. InshaAlloh taqdir bõlsa qizingizni qizimdek kõraman,istixora qilib kõringlar dedi yiĝi aralash kulgu bilan.
Suhbatlari tugab , olib kelgan sovĝalar va shirinliklarni Bilolga berdi.
Sakiyna õqishdan uyiga qaytgan uyda hech kimning tovushi eshitilmasdi. Mehmonxona tomon yõnaldi. Mehmonxona qoronĝu bõlgani uchun chiroĝni yoqdi. Kõzlari turli-tuman sovĝalar va shirinliklar bilan birga mehmonxonaning tõrida õylanib õtirgan onasiga tushdi. Onasining yoniga õtirib:
—Tinchlikmi onajon sizga nima bõldi dedi xavotir olib. Onasi unga Usmondan sovchi kelganini aytdi. Sakiyna barmoqlari bilan sekin yuzini chimchiladi. Tush kõryapman deb õylardi õzini. Hamma shod-hurram edi. Bu taklif oila a'zolarining barchasiga birdek ma'qul kelgan, hammalari istihora namozini õqir bir-biridan xayrli tushlar kõrishardi. Ularning orasida Bilol juda xursand bõlar, opasining oldida aylanib:
—Men sizga nima degandim. Kõrdingizmi Alloh mening duolarimni ijobat qilibdi der edi. Sakiyina ham osmonlarda uchardi. Har gal istihora namozini õqib bõlgandan keyin, tushida Usmonni daxanigacha suv bilan kõmilgan dengizda kõrar, tushining ta'biri juda xayrli ekaniga ishonardi.
—Dengiz bu -ilmdan darakdir. Ular men kutganimdan ham kõra ilmliroq bõlsalar kerak deb õylab quvonib ketar,Allohga hamdlar aytardi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [03.08.2021 12:34]


#36_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Sakiynaning oilasidan rozilik javobi berulguncha Usmon kutishdan õla yozgandi. Asosiy vaqtini namoz,Qur'on bilan õtkazar, xayrlisi juft uchun duolar qilardi. Bir kuni onasi telefonda uning oilasi bilan gaplashar, Usmon javobni eshitmaguncha onasining yonidan qimirlamasdi. Onasi nihoyat kutilgan javobni aytgach, vaqtni chõzmasdan Usmon tayyorgarlikni boshlab yubordi.Dastlab ĝusl qilib, egniga gõzal kiyimlarini kiydi, eng xushbõy atirini sepgach, saqolini tarab eng yaxshi kõradigan dõppisini kiydi. Kelin uchun bir talay sovĝa salom va vakil sifatida singlisini olib Sakiynaning uyiga yõl oldi. Yõlda gul dõkoni yonida tõxtab, icharidan tõqson tõqqiz sal kam yuzta qip-qizul atirgullar olib chiqqach yuragi tezroq halolining yoniga chorlab shoshardi. Sakiynaning uyiga kelishgach, mehmonxonada Sakiynaning kelishini kutib õtirardi. Yarim soatdan sal õtib yuzi nurga tõlib bir qiz sekin mehmonxonaga kirib keldi. Usmon tortinib õtirmay:
— Buncha qolib ketdingiz dedi uning yuziga kulib qarab. Sakiyna dovdirab qolgan, umrida birinchi bor uchrashuvga chiqqan edi-da. Uyalib:
—A... Ha darslar chõzilib ketdi shunga deya oldi xolos. Keyin:
— Voy aytgancha assalomu aleykum deb salom berdi yanoqlari lovullab.
Usmon:
— Istihora qildingizmi deb sõradi.
Sakiyna hayajonlanib rõmolining chetini ushlagancha:
—Ha dedi.
Usmon:
— Nima bõldi dedi.
Sakiyna :
— Xayrlisi shekilli shu yerda õtiribmiz dedi tabassum qilib, keyin Usmondan:
—Sizchi?! deb sõradi.
Usmon ham tabassum bilan:
—Xayrlisi shekilli yoningizda õtiribman dedi. Sakiyna kulib qõydi va sekin boshini kõtardi-yu, Usmonning unga termulib turgan nigohlari bilan qarshilandi. Kõzini Usmondan olib qochib yana yerga qaragancha:
—Sizdan bir narsa sõrasam maylimi?! dedi. Usmon xursand ohangda:
—Sõrang dedi. Sakiyna chuqur nafas olib:
— Men Qur'onni tõliq xifz qilmaganman. Yarmini yodlay oldim, siz bõlsa hofizi Qur'onsiz ayolingiz bõlishga munosib emasman deb qõrqaman dedi.
Usmon:
— Kimga kim munosibligini Alloh biladi. Tõydan keyin qolganini men bilan yodlaysiz,õzim ustozlik qilaman dedi Sakiynadan kõzini uzmay.
Usmon yana:
—Nafaqat Qur'on balki xadis, fiqh, aqoid, nahvdan ham ustozlik qilsam nima deysiz dedi. Sakiyna quvonib ketib:
— Nahv va aqoid keyin arab tili grammatikasini ham õrgating dedi barmoqlari bilan sanab. Usmon Sakiynaga qarab kulib yubordi va:
— InshaAlloh õrgataman dedi. Sakiyna yana yerga qarab oldi. Usmon uning nur taratgan yuziga tikildi va:
— Men ham sizga bir narsani aytsam bõladimi dedi.
Sakiyna:
—Ayting dedi.
Usmon:
—Sizni yaxshi kõraman dedi. Sakiyna bu sõzlarni eshitib yiĝlab yuboray dedi. Usmon Sakiynaga atirgullarni berib:
—Sizni taqdirimga yozgan Allohga hamdlar bõlsin dedi. Va mehmonxonadan chiqib Sakiynaning onasiga:
—Endi biz tura qolaylik deb singlisi bilan uydan ketishdi. Onasi ularni kuzatgach, qizi õtirgan mehnonxonaga kirdi. Sakiyna gullarni quchgan holda yiĝlab õtirardi, onasiga bõlib õtgan suhbatni gapirib berarkan:
—Allohim men munosib bõlmagan ne'matlar bilan siylab meni uyaltirdi deb xursandligidan olamlarga siĝmas, Usmon ham uning naqadar hayoli ekanidan quvonar Allohga hamdlar aytardi. Ikki oshiq tõy kunini intiqlik bilan kutar edilar.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [03.08.2021 16:46]


#37_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Tõy kuni ham keldi. Erta tong subhdan quyosh gõzal kõtarilgan, Sakiyna joynamozi ustida tasbeh aytib õtirardi. Ota-onasining uyidan ketishini õylab, kõzlariga yosh olar, ular yonida turgan bõlishsa ham ketmay turib gõyo ulardan yiroqlashgandek yiĝlab yuborar edi. Axir qaysi qiz ota uyidan õzga xonadonga ketayotganidan quvonsin. Otasining yonida õtirar, otasi unga chiroyli nasihatlar qilar va:
—Sen ham katta qiz bõlib qolibsan, sezmapman-a deb qõyardi. Sakiyna avvaliga kulib, keyin yiĝlab yuborardi. Tõy uchun uylarini bezatishgan shom namozidan sõng tõy boshlanardi. Mehmonlar kelib qutlashar, «bu kuyov sizlarning oilangizga berilgan inoyat» deyishardi. Sakiyna õz xonasida dugonalari bilan kiyinib yasanar, tõyiga taraddud kõrardi. Shom namozi ham kirgan, uylari tõy tashvishlarining shirin ĝala-ĝavuri bilan tõlgandi, mehmonlar, qarindoshlar, kelinning dugonalari tõyxonaga ketishga shoshilardi. Kuyov tarafdan kelinni olib ketgani bir qancha ayollar kelishgan, va Sakiyna oppoq libosda yana ham gõzallashib ketgan, yuziga ham õta nafis pardoz qildirgan, kõrgan odam unga qarab tõyolmasdi. Ota qizini kõrib kõzlariga quvonch yoshi quyila boshladi. Bir ota uchun qizini gõzal tarbiyalab, vaqti kelganda egasiga topshirish qanday ajoyib tuyĝu. Qiz ham otasini yuzini yerga qaratmay itoatda bõlib, sabr va shukr qilganligi uchun nafaqat õzi balki otasi ham mukofotlangan edi. Ota va qizning xayrlashuv lahzalari kõngillarni tuyĝulantirib yuborgan edi. Otasi Sakiynaning yuzini ochib peshonasidan õpib, qõlini duoga ochib , qiziga oq fotiha berdi:« Alloh õzingga hamdu sanolar bõlsin, Rasululloh s.a.v.ga salovat-u durudlar bõlsin, Allohim shu ikki yoshning nikohini xayru barakaga tõldirgin. Hazrati Muhammad va Hazrati Xadiyja onamizning nikonlaridek mustahkam qilgin. Õz rizoligingga musharrafu- muyassar qilgin. Keyingi yili shu uylarni bolalar tovushi bilan tõldirgin, Amiyn. Hamma bu duolarga «amiyn» deya qõshildilar. Kelinni olib ketisharkan ortilaridan Bilol opasini tõxtatib mahkam quchoqlab yiĝlab yubordi. Sakiynaning qora kõzlaridan marjon yoshlar oqar Bilolni mahkam quchoqlab xayrlashdi. Bu tõy Usmon va Sakiyna uchun sabr bilan kutilgan bayram, Usmonga oshiq bõlgan qizlar uchun motam marosimi bõlgan edi.
***
Tõy õtgandan sõng ilk kechalarida bir-birlari bilan suhbatlashar, sahobiylarning hayotlari haqida soatlab gaplashardilar. Usmon Sakiynaga Mus'ab ibn Umayr, Ubay ibni Ka'b va Abdulloh ibn Mas'udning hayot yõllarini sõzlar, Qur'on ahli Allohga eng mahbub ahl ekanini aytar, Sakiyna butun vujudi bilan tinglar edi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [04.08.2021 16:01]


#38_qism
(✍️ Fahriya_Yaqub)
Sakiyna va Usmon baxtli hayot kechirardilar. Sakiyna yangi oilasi bilan tez chiqishib ketgan, oiladagi hamma uni hurmat qilardi. U eri va qaynonasining kõnglini olar, ikkisini ham birdek rozi qilishga harakat qilardi. Õz vazifalarinini chin kõngildan ado etar, xush muomilali va ochiq chehrasi bilan kõngillarni fath etgandi. Ota uyiga ham faqat xush kayfiyatda borib, yangi oila a'zolarinini maqtar, Qur'oniy muhitdagi xonadonda yashayotganidan mamnunligini aytib, uydagilarini ham xursand qilardi. Sakiynaning ota-onasi ham qizlarining baxtidan kõzlari quvonchga tõlardi. Sakiyna va Usmon har kuni kechqurun Qur'ondan dars tayyorlashar, Usmon Sakiynaga Qur'onning tafsirini tushuntirar, arab maqollari va matnlarini tarjima qilishni õrgatar edi. Hadisdan imom Buxoriy va Muslimning sahih hadislarini õrgatar, unga qõshilib qaytadan yod olar edi. Sakiyna tobora gõzallashib borayotgandek tuyular edi Usmonga. Yuzidan yanada yoruĝ nur taralar, Usmonning yonida Qur'on õqib õtirganda õsha nur yanada kõzni qamashtirardi. Usmon Sakiynaga termulib kõzlari bu nurdan aslo uzilgisi kelmasdi. Bir kuni kechqurun har doimgidek dars tayyorlab õtirishgan paytda Usmon Sakiynaga:
— Sen ham sezyapsanmi?! dedi.
—Nimani?! deb tabassum qildi Sakiyna.
Usmon:
—Senga qaraganim sari gõzallashib borayotganingni dedi.
Sakiyna kulib yuzlari qizarib ketdi.
***
Usmon kun oylar sanab intizorlik bilan bir xabarni eshitishni kutardi. Ayolining «siz ota bõlasiz» degan sõzlarni aytishini xayol qilar, õzini u holatda qanday tutishini bilmasdi. Sakiyna payshanba kuni Qur'onni tõliq xifz qilib bõlgan, Usmonning ishdan kelishi bilan xushxabarlarini aytmoqchi edi. Usmonni kutib, Qur'on tilovat qilib õtirardi. Usmonning mashinasi hovliga kirib kelar, Sakiyna Qur'onni yopib, õziga qaragach, chuqur nafas oldi. Usmon onasi bilan salomlashib, yuqori qavatga Sakiynaning yoniga chiqdi. Uni kõrib dili yashnab ketgan, har safar erini shunday xursand qilar, ĝam-qayĝularini aritardi. Sakiyna Qur'onni tõliq xifz qilganin aytgach, undanda baxtiyor bõlgan, õzi imtihon qildi. Imtihondan a'lo õtgan, Usmon uning peshonasidan õpib boshiga toj kiydirdi va:
—Qoriyam mening, gullar ichida eng gõzal gulim deb yuzlarini siladi.
Sakiyna:
— Ustozim zõr-da axir deb kulib qõydi. Va yana:
—Sizga bir narsa aytaman faqat ..
gapi tugamay Usmon:
—Aytaver gulim, quloĝim senda dedi. Sakiyna tabassum bilan:
—Siz yaqinda ota bõlasiz dedi. Eshitdi-yu Usmon yiĝlamsirab, quvonchdan esankiradi :
—Rostanmi?! dedi . Sakiyna «ha» deb kulib yubordi. Usmon bu mujdali xabardan sal qolsa baqirib yuborardi.
Usmon:
—Alhamdulillah, Allohu Akbar deb takrorlardi. Ikkisi ham ota-ona bõlishlaridan baĝoyat mamnun edilar. Usmon uning qõllaridan tutib:
—Onamlarga aytdingmi?! deb sõradi. Sakiyna uyalib:
—Õzim ham yaqinda bildim dedi. Usmon Sakiyna bilan onasining yoniga tushib:
— Ona sizga bir sovĝamiz bor dedi.
Xaliyma honim ularning chehralaridagi bu quvonchdan nima demoqchi ekanlarini tushunmadi. Usmonga qarab «aytaveringlar» degandek kuldi. Va ikkisi ham barobariga:
—Siz yaqinda nabirali bõlasiz dedilar. Xaliyma honim bu xabarni eshtishi bilan kõziga yosh olib:
—Allohga shukur, anchadan beri kutyotgan edim bu xabarni. Umri bilan rizqi bilan bersin Allohim deb Sakiynani quchoqlab, qõlidagi tilla uzukni uning barmoqlariga taqib qõydi. Shu kundan e'tiboran oiladagilar jajji mehmon uchun kiyimlar, õyinchoqlar olib kela boshlashdi. Bu kichkintoy hali dunyoga kelmasdan turib, qalblarga surur, hayotlariga ma'no olib kirgandi. Usmon ham ishdan vaqtliroq qaytar, Sakiyna va tuĝilajak farzandiga alohida vaqt ajratardi. Farzandining Qur'onga muhabbatli, hofizi Qur'on bõlishi uchun Qur'on tilovat qilar, Sakiyna esa tilovatni tinglab orom olardi, Usmonning ayniqsa imom Hamza qiroatida õqishini tinglashni sevardi. Usmon ham kõp marta shu qiroatda ayoli va farzandi uchun qiroat qilib berardi. Sakiyna qayergadir toyinib ketsa yoki tasodifan yiqilib tushadigan bõlsa Usmonning joni qolmas, ahvoli yaxshiligini aytsa ham uy ishlarini qildirmas edi.
Shifokorga olib bormaguncha tinchimasdi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [04.08.2021 18:49]


#39_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Usmon va Sakiyna tuĝilajak farzandlariga qanday ism qõyish haqida bahslashardilar. Usmon :
—Õĝil bõlsa Muhammad Umar, qiz bõlsa Zaynab qõyamiz degan taklifda tõxtadi. Sakiyna ham bu tõxtamni ma'qul kõrdi. Sakiyna avvalambor Xaliyma honimdan ism qõyishini sõragan, Xaliyma honim esa:
—Bilmadim, bu borada Usmon nima desa shu men aralashmayman deb javob berdi. Sakiyna Usmonning gõzal islomiy ism tanlashini bilgan edi. Sakiyna uy ishlaridan bõshab uylaridagi kutubxonadan kitoblar olib õqirdi. Islom ummatiga ulkan xizmat kõrsatgan sahobiy-sahobiyyalar, nubuvvat xonodonining ayollari haqida õqir, va farzandini ulardek baxtli toifadan bõlishini sõrab duolar qilardi. Kõp Qur'on tilovat qilar, oyatlarning maĝzini chaqardi. Sakiyna har doim Qur'onni xatm qilar, bitta xatmi tugamagunicha Usmon uni õrnidan turgizmasdi. Usmon :
—Farzandimiz Qur'onni tez fursatda yod olishi uchun har kuni Qur'on tilovati bilan mashĝul bõlishimiz kerak der edi. Usmon va Sakiyna farzadlarini tasavvur qilishardi. Usmon:
— Birinchi farzandim qiz bõlishini xohlayman deb qoldi bir kun.
Sakiyna:
—Nega aynan qiz deb yuzlandi eriga.
Usmon:
—Ahmad ibn Xanbal r.a. qiz kõrgan tanishlariga« Unga yetkazinglar Payĝambarlar qizlarning otalari bõladi» derdilar. Avvalo Alloh bizga nima bersa shukr qilamiz. Qiz bola barbir shirin deb õylayman. Fotima onamiz r.a. Rasululloh s.a.v. ning ustilariga mushriklar tuyaning sassiq ichak-chovoĝini tashlashganida qõrqmay borib uni olib tashlaganlar. Yana mushriklarni qarĝab ham berganlar. Õsha paytlarda onamiz kichkina qizaloq edilar. Mening ham shunday qizim bõlsa yomonmi dedi Sakiynaga kulib. Sakiyna ham:
— Tõĝri aytasiz ummatga nusrat keltiradigan qizimiz bõlsa yomonmi deb tabassum qildi. Sakiyna bolasini dunyoga keltirib vafot etgan onalar «shahidlik» maqomiga erishishini kõp bor takidlar:
—Alloh menga ham shunday maqom bersin deb Usmonga hazil qilardi . Bu sõzlar Usmonning kapalagini uchurib yuborar, Sakiynadan ayrilishni hatto tasavvur ham qilolmas edi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [05.08.2021 11:14]


#40_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Usmon bilan Sakiyna kutgan kunlar yaqinlashib kelayotgan, ular kichkina mehmonlarining kelishiga tayyorgarlik kõrayotgan edilar. Usmon va onasi Sakiynani tuĝruqxonaga olib kelishgan, javobni kutib õtirishardi. Ikki soatdan beri Usmon Sakiynadan biror xabar yõqligidan ich -etini yerdi, u yoqdan bu yoqqa yurar, tiliga kelgan duoni qaytarar edi. Xayolidan Sakiynaning shahidlik haqidagi sõzlari ketmasdi.
—Shahid bõlgan bõlsa-chi?! Yõq meni tashlab ketolmaydi. Ya Alloh uni panohingda asra, menga nima bõlsa bõlsin unga hech narsa qilmasin deb duolar qilardi. Ichkaridan shifokor ayol yuzida tabassum bilan chiqib kelar, Usmonning yuragi tez ura boshladi.
Shifokor:
— Tabriklayman, soĝlom qizaloq dunyoga keldi dedi Usmon va onasiga. Xaliyma honim qõllarini duoga ochib Allohga hamdlar aytardi. Usmon -chi?! Õzi intiqib kutgan farzandining dunyoga kelganini tushunarmidi?! U bu tuyĝuni tushunmasdi. Uning xayoli Sakiynada edi. Zõrĝa:
—Ayolim yaxshimi?!deya oldi. Shifokorning javobini kutar, miyyasi tõxtab qolgandi.
Shifokor:
—Ona ham bola ham yaxshi degan sõzni eshitgandan sõng gumonlari tarqadi. Alloh duolarini qabul etganidan xursand edi. Ayoli va qizining yoniga kirishga zõrĝa ruxsat oldi. Ayolining nur taratgan yuzi ona bõlganidan sõng, yanada chiroy ochgan edi.
Qizini Usmonning qõliga tutqazar ekan, Usmonning qalbida ajib bir his bor edi:
—Bu mening avlodim. Bu mening bir bõlagim deya uni õpib hidladi. Va quloĝiga azon-iqomat aytib :
—Sen Zaynabsan, mening Zaynabim dedi. Sakiyna quvonch yoshlarini tõxtatishga hokim bõla olmadi. Qizining peshonasini silab:
—Bizning Zaynabimiz deya tabassum qildi Usmonga. Xush kelibsan ey Zaynab, xush kelibsan!!!
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [05.08.2021 22:24]


#41_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Usmon va Sakiyna jajji Zaynabni yer-u kõkka ishonmasdilar. Zaynab tunlari uyĝonib yiĝlar, Usmon Sakiynani dam olishi uchun Zaynabga qarar, Qur'on õqib berardi. Zaynabning toza fitratiga Qur'on shunday joylashardi. Injiqlanib yiĝlayotgan Zaynab otasining qiroatini eshtishi bilan kõnar tõxtab qolsa yana yiĝlardi. Kichik Zaynab ayniqsa «Yusuf» surasini yaxshi kõrar, Usmon «Yusuf»surasini qizi uchun yanada gõzal tilovat qilardi. Zaynab ham otasidan ham onasidan gõzallik olgan edi. Qosh-kõzi Usmonikiga juda õxshar, tim-qora,yuzlari tiniq oppaq uni kõrishga kelgan odamlar, hali bir parcha gõsht bõlgan bu qizni kõrib:
—Qoshlarini qalam bilan bõyadingizmi deb suyushardi. Bola bu maqtovlardan keyin injiqlanib qolar, ota-onasi uni hammadan qizĝonishar edi. Chaqoloqni odamlarga kõrsatishdan oldin maxsus duolar õqirdilar. Zaynabning dunyoga kelganiga bir hafta bõldi. Buvisi uni juda sevar, Sakiynaga ham:
—Bu bola endi meniki, õzingizga boshqa bolalaringiz bõlaveradi deb õpib tõymasdi. Juma kuni Usmon Zaynab uchun aqiyqa qilib qõy sõydi. Yaqin dõstlari Anas va Aliy ularning ayollari Xosiyat va Sumayya ham kelishgan Zaynabni yaxshi kõrib qõllaridan tushurmasdilar.
Xosiyat:
— Zaynabni õzim kelin qilaman, mening Hasanimga juda mos deb õĝlini kõtsatib kuldi. Yosh bola hech narsani tushunmay onasini Zaynabdan qizĝonib yiĝlay boshladi. Sumayya Xosiyatga õĝlini berib qõlidan Zaynabni oldi va:
— Seni õĝlingdan kõra kõproq mening Abdullohimga mos-a, nima deysiz Sakiyna quda bõlamiz-mi?! deb u ham kuldi.
Sakiyna:
—Hali ulĝaymay turib xaridoring kõp bõldi-ya qizim deb Zaynabni yuzlaridan õpdi va:
—Dadasi «Zaynabni olima qilamiz, uch yoshida Qur'onni yodlataman, besh yoshida Muslim va Buxoriyni yodlab bõladi» deydilar , xayolini hozirdan chalĝitmanglar, dedi dugonalariga kulib. Hamma baxtiyor edi, Ilyos ham Usmonni tabriklab, xizmat qilib yurardi.
***
Chamasi soat ertalabki õn-õn yarimlar atrofida, hamma bir biri bilan ovora, ayollar bolalarni endi uxlatib, gaplashib õtirardilar. Birdan eshik qattiq taqqiladi.
Ilyos:
—Õzim ochaman deb Usmonni õrnidan turĝizmadi. Eshikning yoniga borib:
— Kim deb sõradi.
—Soliqdan keldik degan javob bõldi.
Usmon hayron bõldi, soliqlarning hammasini õtgan oyda õzi tõlab kelgandi.
Usmon:
—Nega kelishdi ekan, mayli och eshikni deb ruxsat berdi. Ilyos eshikni ochishi bilan ichkariga õn-õn besh kishi otilib kirib, hamma joyni õrab olishdi. Bechora eshik ochgan Ilyosni turtib yerga yiqitishdi. Bu ham yetmagandek tintuvga ruxsatnomalari borligini kõrsatishdi. Ular Usmonni õrab olishgan, uning uyini tintuv qilishardi. Usmon dovdirab qolgan xuddi tush kõrayotgandek edi. Yana uchta erkak va ikki ayol uyning ichkarisiga kirmoqchi bõldilar. Usmon hech qanday qarshilik kõrsatolmadi. Ular uyning ,har chetini, yotoqxonalarni titib, ayollar õtirgan xonaga tõppa-tõĝri bostirib kirib kelishdi. Sakiyna ustiga beshta begona erkak bostirib kelganidan qõrqib ketdi:
—Senlarga nima bor, yõqollaring ifloslar !!!deb baqirdi. Bu ovozni eshitgan Usmon qanday yuqoriga chiqib qolganini bilmas, tizzalari qaltirardi. Bolalar ham uyĝonib yiĝlab yuborishgan edi. Ikki ayol kelib:
—Singlim õzingizni bosing deb uni tinchlantirmoqchi bõldilar. Ular:
—Eringiz terroristik guruhlarga yordam berganlikda gumon qilinmoqda , shuning uchun tintuv qilyapmiz deyishdi. Ulardan bittasi:
—Bu yoqqa kelinglar topdik deb qolganlarini kutubxonaga chaqirdi va qõlidagi kitobni Usmonga kõrsatib:
—Bu nima?!deb õqtaldi. Usmon bu kitobni ilgari kõrmagan edi:
—Bilmayman deb javob berdi. Haligi odamlar:
—Biz bilan borishingizga tõĝri keladi,deb chõntagidan kishanni chiqarib, Usmonning qõllariga taqdi. Usmon Zaynabni kõtarib, yiĝlab turgan Sakiynaning peshonasidan õpib, Zaynabni hidladi va:
—Kuchli bõl, gulim kuchli bõl biz uchun deb vidolashdi. Sakiyna qõlidagi Zaynabni Xaliymaga berib, õzi hovli tomon yugurib ketdi. Sakiynani zõrĝa tõxtatib qolishdi.
Oh gulim...oh
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [06.08.2021 19:29]


#42_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Usmon ularning mashinasiga õtirib uyidan uzoqlashar ekan, õylardi. Yonidagi ikki kishining sovuq basharasi bir- biriga qarab tirjayishi, sõzlashishi uning kõz õngida ovozsiz harakatlanayotgandek edi. Qõlidagi kishan...
Xuddi yana uyquda tushida kõrayotgandek. Xayolida esa Sakiynaning õsha mahzun chehrasi. Zaynabning qõnĝiroqdek jaranglagan yiĝisi. Endi ularni yana qayta kõra olarmikin. Bularni õylar ekan, bir yil oldin ustozining unga aytgan nasihati miyyasiga chaqmoqdek urildi: «Sen Qur'on va sunnat yõlida ekansan, bilginki yõling ravon bõlmaydi, har qadamingda tõsiqlar, sinovlar, imtihonlarga duch kelasan. Xohla bilganingni õrgatmay omonlikda yasha, xohla oxiratgacha bu yõlda sinalishga tayyor tur!.»
Demak, Usmonning imtihoni shu edi. Usmon bir kun sinalishini bilardi. U kun albatta kelishini sezgandi. Ammo qay shaklda kelishini bilmasdi. Usmon uchun bu tahlikali holat qõrqinchili emasdi, biroq onasi, Sakiyna azoblanishini õylab siqildi. Bu õy-xayollar bilan yetib kelganini ham bilmadi. Usmonni jinoyatchi kabi ikki qõlidan ushlab olib kirib ketishgan, Usmonni qoronĝu faqatgina bitta lampochkasi yonib, uyoqdan buyoqqa tebranayotgan xonaga tergov uchun olib kirishdi. Tergovchilarning savollarini anglamas, tebranayotgan lampochkaning goh qoronĝu, goh yoruĝ kõrinayotgan odamlarning yuzlari bir ĝoyib bõlar, bir yana kõzga tashlanardi. Oradan õttiz daqiqa vaqt õtgan, Usmon endi u tush kõrmayotganiga amin edi. Va õziga kelib:
— Alloh menga shunday imtihon beribdi deb pichirladi. «Hasbunallohu va ni'mal vakiyl»dedi.
—Allohim õzing madad ber deya Allohdan sõrardi.
Õziga berilgan savollarga javob qaytarmas, bir nuqtaga tikilib õtirardi. Tergovchilardan biri:
—Nega indamaysan deb yuziga musht tushirdi. Usmonning labi qonar, tergovchining sherigi esa uni tinchlantirardi:
—Sudgacha unga tegishga haqqimiz yõq , õzingni bos deya uni chiqarib yubordi.
Tergovchi Usmonga qarab:
—Hozir senga beradigan savollarimni diqqat bilan tingla va javob ber dedi. Usmon kulib, beraver qanaqa savoling bor degandek qaradi.
Tergovchi:
—Mana bu kitobni tanimadingmi ?! deb boyagi kitobni kõrsatdi.
Usmon:
—Necha marta aytishim mumkin bilmayman deb dedi.
Tergovchi ortiqcha savol bermay, uni vaqtinchalik turmaga joylashtirishlarini buyurdi.
***
Bosqindan sõng, Usmonni olib ketgan mashina ortidan Anas bilan Aliy ham kuzatib bordilar. Nima uchun olib ketishganini sõradilar. Sudgacha ushlab turishga asoslari borligini aytib, Usmonni kõrsatishmadi. Anas va Aliy umidsiz ahvolda qaytdilar. Mashinani Anas boshqarib ketayotgandi, rolga urib asabiylashardi:
—Nimaga shunday yaxshi yigitni terrorist deb ayblashadi tuhmatga qara Aliy, terroristmish. Umrida birovga ziyoni tegmagan, qilsa faqat yaxshilik qiladigan odamni shartta borib qamarmish. Kõchadagi qimorbozlar, aroqxorlar erkin yursa bõlarkanda, Usmonga õxshaganlar panjara ortida qolarkanmi?!. Aslo u ifloslarga berib qõymayman Usmonni dedi kõzidan otash yonib. Aliy ham:
— Men ham hayronman, ortiqcha gap-sõzi bõlmasa, na siyosatga, na davlatga aralashmasa, ulashgani faqat ilm bõlsa, qanaqasiga terrorist bõlsin. Ashyovi dalillari ham bitta kichkina kitob bõlsa, tavba! Allohdan qõrqmaydi-da bu tuhmatchilar dedi. Anasning boshi birdaniga ishlab ketdi:
—Tuhmatchilar ?!. Menimcha bu ishlarning orqasida kimlar turganini bilgandekman dedi õzini bosib.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [07.08.2021 12:43]


#43_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Sakiynaning qõl-oyoqlari õziga boysunmasdi. Bugun kõrganlari tush deb õyladi. Õylab õtirar ekan, Zaynabni ushlab yiĝlab õtirgan Xaliyma honimning unga qarab nimalardir deb Zaynabni tutgazishidan õziga keldi.
Xaliyma honim:
—Zaynab ochiqqanga õxshaydi, borib ovqatlantiring dedi. Sakiyna qõliga Zaynabni olarkan unga qõshilib õzi ham yiĝlab yuboray dedi. Usmonning «kuchli bõl» degan gapini eslab, õzini bosdi. Xaliyma honimning ham yarasini yangilashni istamadi. Zaynabni olib yuqoriga chiqarkan, qaddini zõrĝa kõtarib borar, boshi holsizlikdan aylanar edi.
—Allohim menga biror nima bõlmasin, õzing asra, ishqilib Zaynabga hech narsa qilmasin deb duo qilardi. Xonalariga kirdi, hamma yoq ostun-ustun, kiyimlar kitoblar har yerda sochilib yotardi. Zaynabni asta belanchagiga yotqizib tebratdi. Zaynabning kõzlari uyquga ketdi. Sakiyna ohistalik bilan xonani yiĝishtira boshladi. Kõzi Usmonning qora kõylagiga tushdi. Uni olib hidladi, mushk ifori hali ketmagagan edi. Yuzlariga kõylakni mahkam quchoqlab sassiz yiĝlardi.
Õziga kelib kõz yoshlarini artdi:
—Allohga omonatsiz sevgilim, omonat dedi.
Usmon bilan soatlab har xil masalada suhbatlashardi-yu, hech qachon bu mavzuda sõzlashmagan edilar. Usmonni eslarkan baxtli kunlari suvdek tez oqib ketgandek gõyo, hali bir-birlariga tõymagan oshiqlarning boshiga kelgan bu sinov Alloh tomonidan berilgan, muhabbatlariga kelgan, sabrlarini sinovdan õtkazadigan bir sinov. Sakiynaning xayoliga Usmonning sõzlari keldi. «Yusuf alayhis-salamning hayotlariga havas qilaman, zindonda Allohga eng yaqin inson bõlganlar. Qur'ondagi eng gõzal qissa» deb takrorlayverardi.
Sakiyna:
—Yusufga havas qilib, Yusufdek zindonga otildingiz , mening Yusufim!!!. Yaqubdek kõyingizda bõzlab qoldim deb yiĝladi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [07.08.2021 18:34]


#43_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Sakiynaning yoniga Xosiyat kirdi. Uni bu ahvolda kõrib, õzi ham ezildi. Yoniga õtirib:
— Tinchlantiruvchi dori ichasanmi? dedi. Sakiyna rozi bõlgach, dorini ichdi. Xosiyat uning kõzlaridagi yoshlarini artib:
—Allohning sinovi ekan, siqilma hammasi yaxshi bõladi dedi.
—InshaAlloh dedi Sakiyna va:
—Ketganlardan xabar yõqmi?! dedi.
Xosiyat:
—Pastda Sumayya gaplashayapti, chiqsa sõraymiz dedi.
Sumayya Anas bilan telofonda gaplashayotgan edi:
—Hazrat, Usmon yaxshi ekanlarmi?! Kõrdingizmi õzi dedi.
Anas:
—Yõq kõrsatishmadi. Shu ishlarni hal qilib boramiz inshaAlloh. Uydagilarga yaxshiykan deb yubor, sudni aytib õtirma, borganda õzim aytaman dedi.
Sumayya:
— Hõp ,yaxshi yetib kelinglar deb gõshakni qõymoqchi edi, Anas:
— Masjid ham tintuv qilinishi mumkin, tayyor turishsin. Ortiqcha yoki notanish kitobmi , buyummi chiqsa darrov yoqib yuborishsin. Anvar amakini ogohlantirib qõyinglar dedi. Sumayya Xaliyma xolani tinchlantirib, Sakiynaning yoniga chiqdi.
Xosiyat:
—Gaplashdingmi?! dedi.
Sumayya:
—Ha gaplashdim, bir-ikkita ishni bitirib qaytisharkan dedi. Sakiyna
—Usmonchi ?!degandek Sumayyaga qaradi. Sumayya :
—Kõrsatishmapti dedi. Sakiyna zõrĝa kõz yoshlarini tiyib:
—Ilohim tez orada chiqsinlarda. Kõp yilga qamalmasinlar dedi.
Sumayya:
—Amiyn, baĝringizga soĝ-omon qaytsinlar. Aytgancha masjidni ham tintuv qilishlari mumkin ekan. Dadangizni ogohlantirib qõying. Notanish kitobmi buyummi chiqsa yoqib yuborsinlar ekan dedi. Sakiyna Sumayyadan telefonini berib turishini sõradi. Bosqindan sõng õzinikini topolmagandi. Telefondan dadasiga qonĝiroq qildi:
—Alo assalomu aleykum dada dedi yiĝlamsiragan ohangda.
Otaning ham kõngliga xavotir tushdi:
—Va aleykum qizim nima gap tinchlikmi?! dedi.
Sakiyna:
—Ha alhamdulillah. Dada uyimizni tintuv qilishdi, kuyovingizni olib ketishdi dedi.
Ota:
—Nega?! Qachon,õzing yaxshimisan, hech narsa qilmadimi?! Zaynab-chi dedi.
Sakiyna yutunib:
—Yõq hech narsa qilmadi. Zaynab ham yaxshi hozir uxlatdim. Dada masjidniyam yaxshilab tekshiring, kitoblarni ham. Notanish, shubhali narsami kitobmi bõlsa yoqib yuboringlar. Masjidni ham tintuv qilishi mumkin ekan dedi.
Ota:
—Tushundim qizim. Sen siqilma hõp, õzingga bolangga yaxshilab qara. Alloh xohlasa hammasi yaxshi bõladi, deb qiziga dalda berdi.
Sakiyna telefonni qõyib, tipirchilayotgan Zaynabni ovqatlantirdi. Anvarning mayus yuzini kõrgan ayoli :
—Tinchlikmi?! deb sõradi. Anvar unga hammasini aytib berdi. Ayoli ham mahzun bõlib:
—Kim tuhmat qilgan bõlsa ham Alloh jazosini bersin deb duo qildi.
Alloh zolimlarga kifoya qilsin. Bu dunyoda zolimlarning zulmi deb qancha Yusuflar zindonda qoldi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [07.08.2021 19:50]


***
Anas Usmonga tuhmat qilgan deb gumon qilgan odamning uyiga Aliy bilan bordi. Ichkariga kirgach, õsha odam bilan yuzma-yuz gaplashadigan gaplari borligini aytishdi. Õsha odamning qõriqchisi ularni uning yoniga olib kirdi. Anas va Aliy salom alikdan sõng maqsadga õtib qõya qolishdi.
Anas:
— Bugun sizni deb bir begunohning hayoti parokanda bõldi. Qilmagan aybi uchun panjara ortida õtiribdi. Allohdan qõrqing, erkak bõlib tuhmat qilgani hayo qilmaysizmi dedi jahl bilan. Kishi pinagini buzmay tõrda chilim chekib , tutunini Anasning yuziga pufladi:
—Tõppa-tõĝri tuhmatni men qildim. Uni men qamatdim. Xõsh qanday isbotlaysizlar. Hikmatboy Usmonni qamatibdi desanglar, hamma ishonadi deb õylaysizlarmi?!.Aslida u mening hayotimni parokanda qildi. Meni va qizimni mensimadi. Jigargõshamdan ayrilay dedim. Qizim uni deb õzini õldirmoqchi bõldi. Hali ham zahxonadan chiqmaydi. Men ham undan qasd olmoqchi bõldim. Shuning uchun kutdim. Uylanishini, bolali bõlishini. Hamma narsasi bõlgandan keyin, uni hamma narsasidan mahrum qildim. Terrorist degan tamĝa bosildi. Endi unga hech kim ishonmaydi. Sevgan ayoli ham. Kõramiz shunda meni mensimaslik qanaqa bõlishini dedi. Anasning ham jahli mushtiga kelib, Hikmatni yoqasidan ushlab:
—Alloh kifoya qilsin senga deb musht tushirmoqchi edi Aliy tõxtatib:
—Õzingni bos Anas, qõyvor uni, agar ursang seni ham qamatadi keyin Usmonga kim yordam beradi dedi. Uydan chiqib mashinaga õtirishar ekan, Anas qattiq asabiylashdi. Aliy unga kuldi:
—U yerda uning hamma gaplarini yozib oldim dedi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [08.08.2021 14:19]


#44_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Anas xursandligidan Aliyning telefonini shoshib oldi. Yozilgan gaplarni eshitdi. Tiniq yozib olingan edi. Anas Aliyga kulib qaradi:
—Qanday uddalading dedi.
Aliy:
—Sen u kishidan gumon qilganingni aytgan zahoting, yoniga borgach sezdirmang telefonimning diktafonini yoqdim. Uni bu darajada tez tan oladi deb õylamagan edim. Ĝirt kaltafahm odam ekan dedi.
Anas:
—Undan hamma narsani kutsa bõladi, boyligiga, mansabiga ishonadi. Ammo ishongancha bor, Usmonni ham osongina jinoyatchiga chiqardi. Hozir bu audioni fleshkaga yozib kõpaytiramiz. Lekin õta ehtiyot bõlishimiz kerak. Agar bundan xabar topsa, senga ham tahdid qilishi mumkin dedi.
Aliy:
—Hõp. Sud qachon ekan aytishdimi?! dedi.
Anas:
—Õn besh kundan keyin ekan dedi.
Aliy:
—Tushunarli. Usmonni qiynashmaydimi?! Terroristlikda gumon qilinayotgan bõlsa xar hil qiynoqlarga solishmasmikin dedi.
Anas:
—Õsha yerda ishlaydigan odam bilan gaplashdim. Sudgacha tegishmaydi dedi. Agar Alloh kõrsatmasin, sudda yutqizsak, aybini tan olmagunicha qiynashadi. Bu oddiy tuhmat bõlsa pul bilan ham qutqarishimiz mumkin. Ammo gap terrorizm haqida ketganda ish anchaga chõziladi dedi.
Aliy:
— Alloh xohlasa qutuladi hammasidan dedi.
Anas ham:
—InshaAlloh deb ortlariga qaytishdi.
Usmonning uyiga borib, ichkariga kirar ekanlar, Xaliyma honimning mõltirab turgan kõzlariga qarab Anas :
—Xola , biz borib õsha yerda ishlaydigan odam bilan gaplashdik. Uydan terroristik ĝoyaga tarĝib qiluvchi noqonuniy kitob chiqqani uchungina Usmonni ushlab turishibdi. Menga ham kõrsatishmadi, sudgacha hech kim bilan kõrishishga ruxsat berilmas ekan. Xavotir olmang , qiynashmas ekan dedi.
Xaliyma honim:
—Nima bõlsa Allohdan, biz faqat sabr va duo qilamiz deb rõmoli bilan yuziga tushgan yoshlarini artdi. Sakiyna ham yuqorida uning sõzlarini eshtib turardi. Bir joyda õtirolmasdi.
Xaliyma honim:
—Sud qachon ekan dedi.
Anas:
—Õn besh kundan keyin ekan. Ungacha ushlab turisharkan dedi.
Xaliyma honim gapira olmay, sukut saqlagandan sõng:
—Mobodo, bu ishlarga Hikmat deganlarining aloqasi yõqmi?!dedi.
Anas:
— Meni ham xayolimga birinchi bõlib Hikmat keldi dedi.
Xaliyma honim:
—Agar bir yil avvalgi ishlarni deb bolamni yuzini shu qora qilgan bõlsa Alloh jazosini bersin dedi. Sakiyna hech narsaga tushunmadi. Kim u Hikmat?! Bizning oilaga nima dahli bor?! Yoki Usmonning ilmda hammadan birinchi bõlganiga yana bir xasad qiluvchimi?! Sakiyna Usmonga turmushga chiqqandan beri, eriga qancha odam xasad qilishini kõrib hayron qolgandi. Usmonni hamma Qur'on, ilm va hilmda yetakchiligi uchun yaxshi kõradi deb õylardi. Biroq « Hatto farishtani ham sevmaydi shayton» deyishganidek, Usmonni ham yomon kõruvchilar, har qadamiga choĝ qazuvchilar yõq emasdi. Uni yomon kõrsatish uchun ba'zi kimsalar« Qur'on yodlab turib, unchani mensimaydi, ja kibrli» degan gap tarqatishdan toymaganlar . Xõsh, Usmondagi« kibr» deb atalgan narsa aslida nima?! Aslida Usmonning dushmanlari qalbiga Alloh taolo tomonidan berilgan qõrquv va viqor edi. Shuning uchun ham Usmondan hayiqardilar. Alloh Qur'onni qalbiga, amaliga, suyak-suyagiga yozgan hofizi Qur'onlardan, munofiqlar shunday qõrqadilar-ki.
***
Sakiyna hali ham Hikmatboy kimligi bilan qiziqardi. Ularni kuzatishgandan sõng Sakiyna Xaliyma honimdan Hikmatning kimligini sõradi:
Xaliyma:
—Usmonni Madinaga õqishga yuborgan paytimiz rosa kuyov qilaman deb rahmatli qaynotangizni holi joniga qoymagandi. Õzi juda boy kishi. Qayerga qõl chõzsa yetadigan odam. Usmon ham dadasi ham unday dabdabali oila bilan quda bõlishni istashmagan. Qizi ham menga yoqmagandi. Puli bor aqli yõq, ahmoq odamlar edi. Qizi Usmonni orqasidan madinagacha borib õqidi. Rosa õzini aqlli kõrsatadigandek tuyulardi. Usmonim ham:
—Ertaga qaynotasini puliga yuribdi deyishmasin, qizni ham taniyman kõp amalini riyo uchun qiladiganga õxshaydi. Menga yoqmadi deb necha marta rad etgan.
Hikmatboy :
—Qizimga uylansang, falon joydagi hovli, eng qimmat mashina seniki bõladi degandi.
Shunda Usmon:
—Men Qur'onni nafsim uchun yodlaganim yõq bõlmasa õzimni ham qõlimdan qimmat mashina olish keladi degandi. Shundan beri...

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [08.08.2021 14:19]


Xaliyma chuqur nafas olib, sõzlarida davom etdi.
—Qaynotangizning vafotidan sõng, uylanishga tayyor emasligini aytsak ham anavi qiz umidini uzmadi. Tõyingiz bõlganini eshitib:
— Usmondan boshqasiga turmushga chiqmayman deb qasam ichibdi. Tõydan keyin hatto «ikkinchi xotin» bõlishga ham roziligini aytib xabar yozibdi bolamga. Sizni siqilmasin deb aytmagandi. Õzi u qizga tushuntirib, hammasini bosti-bosti qilgandan sõng, qiz ham tinchigandi. Zaynab tuĝilgan kun chidolmay, hech kimga aytmasdan borib õzini osibdi. Bir õlimdan qolibdi, ahmoq dedi. Sakiyna oxirgi sõzlarni eshtib, beixtiyor:
—Astaĝfirulloh, Astaĝfirulloh deb oĝzini yopti.
Xaliyma honim:
—Tuĝruqxonadan chiqmasingizdan bir kun oldin, oting õchgur Hikmat kelib Usmonga dõq qildi:
—Qasam ichaman qamataman seni, umring qamoqda chiriydi deb baqirib chiqib ketdi. Bir hafta õtib nima bõlganini õzingiz kõrib turibsiz dedi.
Sakiyna:
—Nega shuncha gap-sõzlarni oldinroq aytmadingiz, õsha qiz bilan ham kundosh bõlishga rozi bõlardim. Oilada sir saqlash yaxshimi axir dedi yoshlarini bazor tiyib.
Xaliyma honim:
— Men sal narsaga joniga qasd qiladigan qizni aslo kelin qilmasdim, qilmayman ham. Bilaman aytishga oson, lekin sabrli bõlishimiz, duoda sobit bõlishimiz kerak. Allohning bir imtihoni. Unga isyon qilmay sabr qilsak, inshaAlloh faqat xayrga erishamiz dedi kõzyoshlarini artar ekan. Yuqoridan Zaynabning ovozi eshtildi, Sakiyna yugurib yuqoriga chiqib ketdi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [09.08.2021 13:10]


#45_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Sakiyna uchun Usmonsiz tun shunchalar uzun edi-ki, tong otishi imkonsizdek tuyulardi. Nima qilyapti?! Qayerda yotibdi?! Nima yedi?! Qish ham bir oydan sõng boshlanadi, sovuq ham tushgan, Zaynabni bir kun kõrmasa soĝinib qolardi? Hozir qanday chidayapti ekan? degan savollar oĝushida kõzlari uyquga bazor ketdi. Ozgina uxladimi yõqmi tushida Usmonni kõrdi. Zaynabni kõtarib hidlab uni ehtiyot qil deb uning qõliga tutkazdi. Sakiyna uyĝonib ketgan, yonida Zaynab yiĝlab yotardi. Õrnidan turib uni qõliga oldi, yelkasiga qõli bilan mayin silkitib Zaynabni uxlatdi. Õzi ham unga qõshilib yiĝlab yubordi. Tun shunday behalovat õtdi.
Usmon qamoqxona darchasidan tushib turgan oy nuriga tikilib õtirar, oilasini soĝingandi, ayniqsa onasi Sakiyna va Zaynabni, ular qanday ahvolda ekanini õylardi. Onasining qõrquvdan titragan qõllari xayolida bir on bõlsin ketmasdi. Qaysi ona farzandini shunday ahvolda kõra olardi, axir. Zaynabchi, har kuni tunda uyĝonib oladi-ku, unga Qur'on õqib beradigan odam yõq bõlib qolganini sezarmikan?! savollar ichini ĝash qilib yuborgandi. Tahorat olib , yopinĝichini zah yerga soldi, va ikki rakat sabr namozi õqib, qõllarini duoga ochdi:
«Allohim sen meni õzimdan ham yaxshiroq bilguvchi zotsan. Yusufni quduqdan, Yunusni baliqning ichidan, Ibrohimni olovdan qutqargan Zot. Õzing menga sabr ber, sening yõlingda zindonband etildim degan maqom bilan õzingga yuzlanishimni va jannatda jamolingni kõrishimga kafl bõlgin. Albatta õzing õta hikmatli zotdirsan, amiyn» deya duo qildi. Qalbidagi ĝashliklar parchalanib ketgandi. Sajdaga bosh qõyib« men ularni tushundim, men ularni kechirdim, Allohim sen ham mening gunohlarimni avf et » deya pichirladi. Usmonning bu harakatlariga ajablanib qarab turgan sherigi, u bõlgach:
—Nima qilyapsan deb sõradi.
Usmon u yigitga qaradi, va indamadi.
Yigitning õzi:
—Namoz õqiding shundaymi?! dedi.
Usmon:
—Ha namoz õqidim dedi va yigitga yana qaradi:
—Sen namoz õqimaysanmi ?! dedi.
Yigit kulib yubordi:
— Men bu joyga kõp bor kelganman. Uzoĝi besh kun õtirib, pora berib chiqib ketaman, senga õxshab ahvolim tang emas dedi.
Usmon ham kuldi:
—Meni ahvolim tang ekanmi yo senikimi?! dedi. Aslida Alloh seni ahvolingni tang qilib qõymadimikin dedi.
Yigit jahl qilib:
—Õzingni oppoq deb õylayapsan choĝi, agar oppoq bõlganingda bu yerga tushmasding dedi.
Usmon:
—Qayerda yozib qõyibdi, faqat aybdorlar qamaladi deb, dedi kulib.
—Agar shunday bõlganda Yusuf a.s. ham qamalarmidilar dedi.
Haligi yigit jahlidan tushib:
—Õzi nimaga qamalding deb sõradi.
Usmon:
—Alloh bilguvchi men bilmayman deb javob berdi.
Yigit:
—Õĝirlik qildingmi?! dedi.
Usmon:
—Yõq dedi yigitga.
Yigit:
— Unda odam õldirdingmi?! Qimor õynadingmi?! Yoki ayol bilan fahsh ish qilyotganingda qõlga tushdingmi?! deb sõradi.
Usmon:
—Yõq deb javob berdi uning barcha savollariga.
Yigit:
— Bõlmasa, qaysi aybing uchun qamalding dedi.
Usmon :
—Terroristlikda ayblandim deb qaradi yigitga.
Yigit õzini bosolmay baland ovozda kulib:
—Qaysi kõr aytdi buni. Kõrinishingdan qõydek yuvoshliging bilinib turibdi-ku. Yo haqiqiy terroristni izlashga erinib, seni tiqib qõyishdimi. Agar sen terrorist bõlsang unda men Mahmud ismimni boshqa qõyaman dedi.
Usmon:
—Muhabbati buyukning imtihoni ham buyuk bõlarkan dedi.
Anchagacha birga suhbatlashib, hayotlarini bir-biriga gapirib berdilar.
Mahmud hayotini gapirib berarkan, Usmon hayratdan yoqasini ushlagandi.
Mahmud:
—Õn yetti yoshimda otam bilan qimorxonaga borardim. U yerda yutmaganimcha qimor õynar, garovga katta-katta narsalarni tikardim. Ha deb garovga narsa tikaverganimdan suyukli otam xonavayron bõldi. Bar bir voz kecholmadim, omadim kelib eng katta yutuqni yutib oldim. Pullarim bitta qimorxona ochishga yetganidan keyin, õn sakkiz yoshimda qimorxona egasi bõldim. U yerda bangilar uchun bangixona ham bor edi. Ayollar deysanmi hammasi. Ba'zida qimorxonamga taniqli odamlar, davlat ishida ishlaydiganlar ham kelib turar edi. Ularni mast qilib pullarini shilardim. Ular ham meni qimorxonamni yaxshi kõrardi. Onda sonda tekshiruvmi, bosqinmi bõlsa oldindan ogohlantirib qõyishardi.

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [09.08.2021 13:10]


***
Nomlarini sotib qõymasligim uchun , qamoqdan ham pora berib chiqarib olishardi. Bir kuni qimorxonani tasodifan bosishdi. Besh kun õtirsam bõldi,akaxonlarim chiqarib oladi. Senchi biror tanishing yõqmi, bu yerda tanishing bõlmasa ona sutingni oĝzingdan keltirishadi deb qaradi Usmonga.
Usmon:
—Hech qanday tanishim yõq. Allohdan boshqa suyanchning menga keragi ham yõq dedi.
Mahmud:
— Ha õzing bilasan. Agar yordam kerak bõlsa meni aytvorsang bõldi dedi.
Usmon yana kulib:
— Õziga ham yordam berolmaydigan odam qanday qilib menga yordam bera olsin dedi.
Mahmud:
—Hey bola, kim bilan gaplashayotganingga qara! Kimsan Mahmud turibdi qarshingda dedi.
Usmon:
—Õsha Mahmud qabrga kirmaydimi?! Munkar va Nakiyrning savoliga tutilmaydimi?! Dunyoda fahshdan quvongan kõzlari qabrda yuziga oqib tushmaydimi?! Qudrati puli qabrda ham qiymatlimi?! dedi. Mahmudga ilk bor bu gaplar aytilgandi, xuddi õlmaydigan odamdek sõzlagan edi-da Usmonga. Umrida qabr azobi haqida fikr yuritmagan, eshitsa ham jiddiy qabul qilmagan edi. Usmonga ĝazab nigohida õqraydi.
— Sen ham sõzlachi hayotingni eshitaman, oq otdagi shahzoda dedi.
Usmon hayotini Mahmudga sõzlab bera boshlladi. Otasining onasining ustozlarining nasihatlarini, dardga yõliqqani, tushida õlimini kõrganini aytib berdi. Navbat Sakiynaga kelgandi, uhaqida gapirar ekan, qanchalar sevishi, soĝingani kõzlaridan, sõzlaridan namoyon bõlib turardi. Nikohdan avval bir -birlari bilan harom suhbat qilmaganliklarini sõzlar, iymon va islom, ilm yõlida yelkadoshligini maqtanib aytib berdi. Mahmud uning hikoyasini eshitar ekan:
— Nahotki , bu voqealar hayotingda bõlgan bõlsa, yoki meni ishontirish uchun yolĝon sõzladingmi?! dedi.
Usmon kulib, rost sõzlayotganini aytdi. Bir xonada ikki mahbus, hayot yõllari ham ikki xil, biri fahsh, fitna, fasodga qorishib ketgan hayotda xur, biri esa Allohga qullik qilib , aybdor suratida õtirgan inson.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [09.08.2021 17:49]


#46_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Sakiynaga qõshilib Xaliyma honim ham tunni qanday õtkazganini bilmadi. Tuni bõyi namoz, Qur'on õqidi, tasbeh aytib õĝlining haqqiga duo qildi. Sakiyna ham Xaliymaga kecha aytgan gaplaridan afsuslandi. Ertasi kuni nonushta tayyorladi, Xaliymani uyĝotdi, salomlashib dasturxonga õtirdilar. Xaliyma honimga choy uzatib, yerdan kõzini uzmay:
—Kecha sizga aytgan gaplarim uchun kechiring oyijon. Meni õylab aytmaganingizni kech fahmladim. Yarangizga tuz sepib qõydim dedi.
Xaliyma honim:
—Bõlar ish bõldi qizim bekorga siqilganingiz qoladi. Siz men uchun, Usmon uchun , Zaynab uchun kuchli bõlishingiz shart dedi. Shu orada Zaynab ham uyĝondi. Sakiyna kiyimlarini almashtirib, uni buvisining yoniga olib chiqdi. Xaliymaning chehrasi yorishdi, Zaynabni olib õpib erkaladi:
—Jonim meni, asalim meni, buvisini qizi-da bu, malagim deb quchoqladi.
Sakiyna ichida:
—Yaxshiyam Zaynab bor ekan bõlmasa siqilib qolar ekanlar dedi. Zaynabni erkalab turib:
—Sakiynaxon qon bosimimni õlchab qõying, negadir boshimning oĝriĝi õtib ketmayapti dedi. Sakiyna oshxonadagi dorilar turadigan qutining ichidan qon bosim õlchaydigan asbobni olib kelib õlchadi. Õlchab bõlib kõrib qõrqib ketdi, Xaliyma honimga sezdirmasdan tabassum qildi va:
—Ozgina oshibdi oyijon. Nima qilay kõk choy damlaymi?! dedi.
Xaliyma honim:
—Mayli faqat limon ham soling tez ta'sir qiladi dedi. Sakiyna shunday qilib, unga ĝamxorlik qildi.
Xaliyma honim ham, Sakiyna ham bir-birlariga õrganib qolishgan edi. Oradan uch kun õtdi. Xaliyma honim Sakiyna bilan Usmonga berib yuborilishi kerak bõlgan narsalarni tayyorlashardi.
Xaliyma honim:
—Qalin kiyimlarini soldingizmi?
— Ha soldim, dõppilarini, kitoblarini yana Qur'on ham soldim. Ovqatni õzingiz solasizmi?!dedi Sakiyna.
—Ha õzim solaman, yana Zaynabning kiyimini ham soling dedi Xaliyma.
—Hõp hozir deb ichkariga kirib ketdi Sakiyna.
Anas narsalarni olib ketishga kelgandi. Salom berdi Xaliymaga , alik olgandan sõng:
—Qamoqxonaga narsalarni olib kiryotganda, oziq-ovqatni yarmini olib qolishmaydi-mi?! dedi.
Anas:
—Õsha yerdagi bitta odamni gaplashdik qõliga bir - ikki sõm bersa, tegmasdan bus-butun Usmonga berarkan, xavotir olmang dedi.
Xaliyma:
—Ishonchli odammi? dedi.
Anas:
—Ha ishonchli odam ekan. Bir haftada bir marta narsa kirgizish mumkin ekan. Lekin u odamga xohlagan paytingiz pul berib kiritsangiz bõlarkan dedi.
Xaliyma:
—Yaxshi bõlibdi. Shunga ham õylanib turgandim. Men ham borsamikin, bormasam õlib qolaman, uch kun kõrmadim bolam bechorani dedi yiĝlamsirab.
Anas:
—Borganingiz bilan sudgacha kõrsatishmaydi. Men ham rosa harakat qildim bõlmadi. Narsalarni ham beraman-u kõrolmay qaytib kelaman doim dedi.
Xaliyma :
—Mayli unda dedi, eshik orqasidan Sakiyna unga Zaynabning oppoq paypoĝini Xaliyma honimga uzatdi. Uni Anasga berib Xaliyma honim:
—Buni ham berib qõy bolam dedi. Anas uni ham olib uydan xayrlashib chiqib ketdi
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [10.08.2021 11:39]


***
Xaliyma kõz yoshlarini artib, tasbeh aytib õtirar, Usmonni tezroq bu musibatlardan xalos bõlishini sõrab duo qilardi. Onaizor umrida birinchi bor farzandidan bunchalar yiroqda edi. Uning ahvolini bilmas, xar hil yomon tushlar kõrib chiqardi.Qõllarini duoga ochib:
«Allohim sabr ber» deb sõrardi. Yaxshi ham Zaynab bor Usmonni soĝinganda unga ovunchoq bõladi. Ĝam tashvishlarini aritadi. Inson shunchalik bir-biriga õxshaydimi, kichkintoy Zaynab Usmonning õzginasi edi. Xaliyma bu musibatlar sinovligini juda yaxshi bilgan, isyon qilmasligi kerakligini tushunardi. Biroq bu kõz yoshlar isyon belgisi emas, farzand soĝinchining kuchliligi belgisi edi. Dunyoga keltirdi, yigirma tõrt yil u yiĝlasa yiĝladi, kulsa kuldi, bemor bõlsa õzi ham xasta bõldi. Ona uchun farzandidan yiroqda bõlish, birinchi marta uni kõra olmaslik qanchalar oĝir. Xaliyma tasbeh aytishda davom etar, telefoni jiringladi. Paydar-pay telefonini qidirib topdi. Va kõtardi, qizi Fotima edi:
—Assalomu aleykum onajon yaxshimisiz dedi
Xaliyma:
—Yaxshiman Alhamdulillah. Õzing, kuyov, uydagilar yaxshimi?! dedi.
Fotima:
—Biz ham yaxshi Allohga shukr, kenayim, Zaynab yaxshimi?! dedi.
—Ular ham yaxshi shukr dedi Xaliyma. Sakiyna Xaliyma honimning yoniga kirdi. U telefonda gaplashib bõlib, Sakiynaga:
—Bugun Fotimalar kelarkan tayyorgarlik kõraylik dedi. Ular Fotimaning kelishiga tayyorgarlik kõrishdi, yuzlaridagi ĝamni unga kõrsatmaslikka harakat qilishardi. Ammo Fotima buni sezib qõydiva:
—Kenayi tepaga chiqaylik deb Sakiynani yuqori qavatga olib chiqib ketdi. Eshikni qulflab:
—Onam bolalar bilan ovora bõlgan paytda bir ish qilamiz dedi.
Sakiyna:
—Qanaqa ish?! dedi.
Fotima:
—Anavi qizning dadasiga qõnĝiroq qilamiz. Ochiqchasiga gaplashib olamiz. Akamni shu qamatganga õxshaydi dedi telefonini olib raqamini tera boshladi. Sakiyna uning telefonini olib qõydi va:
—Sudgacha tinch õtiraylik. Agar hozir qõnĝiroq qilsak ahvol yanada oĝirlashadi. Sudda menga tahdid qilishdi desa nima bõladi. Hamma narsa tinchib akangiz chiqib olsalar, nima qilishni õzlari biladilar deb telefonni õchirib qõydi
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [11.08.2021 12:28]


#47_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Fotima ikkalasi kelishib pastga Xaliyma va bolalarning oldiga tushib ketdilar. Xaliyma honimga esa hech narsani aytmadilar, bildirmadilar. Bolalar bilan vaqt qanday õtib ketganini sezmay qoldilar. Bolalarni uxlatib, uchovlari õzaro dardlashib õtirardilar. Fotima piyolasidagi choyni ichib yutungach:
— Dab-durustdan uyga bostirib kirishsa, akamni olib ketishsa-ya, xuddi tushga õxshaydi. Qõrqinch bir tush, deb kõzlariga yosh oldi.
Xaliyma ham:
—Biz ham hayronmiz. Bolamning õsha kungi holatini eslasam ezilib ketaman. Jinoyatchidek qõllariga kishan taqdilar. Olib ketdilar baĝrimdan. Umrimda undan bunchalik uzoq muddat yiroqda bõlmaganman. Madinaga ketganda ham hech bõlmasa telefondan ovozini eshitardim. Uch kun men uchun uch asrday tuyulyapti. Alloh baxtingizga meni soĝ-salomat qilsin dedi. Fotima onasining hiqqillab yiĝlayoltganini kõrib:
— Ona nega yiĝlaysiz Alloh xohlasa hammasi yaxshi bõladi. Akam tez orada chiqadilar, avvalgidek bõladi hammasi dedi.
Xaliyma:
—Õn besh kun-ku amallab sabr qilarman. Oylarga ulanib ketmasin ilohim, yana kõrmasam bilmayman õlib qolaman deb yiĝladi.
Fotima:
—Oilamiz boshiga shu kunlarni solganlarga Alloh kifoya qilsin, bizga nima qilgan bõlsalar bundan battari yõliqsin ularga yiĝlamang dedi. Sakiyna ham kõzlaridagi yoshni tõxtatib, sabrli va kuchli bõlishga harakat qildi. Ammo kõzlari yoshga tõlgach indamay hammomga kirdi, jõmrakni katta qilib ochdi, ovozini chiqarmay, yuziga goh suv sepib soatlarcha yiĝladi. Soatlarcha...
—Allohim yordam ber, sabr ber deya yiĝlardi. Yoriga vada bergan edi, kuchli, sabrli, matonatli bõlishga. Onasini qizini unga omonat qilingan, har qanday holatda ham metin irodali bõlishi, kõzlaridan yosh oqqizmasligi kerak. Qõlidan kelarmikan. Ojiza emasmi?! Ishongan, yelkasiga boshini qõyadigan yori undan yiroqda-ku. Sakiynaga hamma dardini aytardi. U chi kuchli bõlishga majbur. Dardini faqat joynamozi yonida, sajdada Allohga bayon qilardi. Ba'zan shayton vasvasa qilar, keyin esa kõngliga turli gumonlarni solardi. Bir kun kuchli yomĝir yoĝdi. Derazadan yomĝirni kuzatib turarkan, õtmishdagi Sakiynaning gaplari yodiga tushib ketdi, kulimsiradi va ichida:
—«Qachon men ham odamga õxshab yashar ekanman» derding-a Sakiyna, uyingning teshik tomidan qutulishni istarding. Alloh senga õshanda qasrlarning bekasi bõlishingni yozganini bilmasding. Eh mening nolib charchamagan Sakiynam, Qur'onni yodlolmadim deb oh chekkan paytingda Alloh sening qadaringga HofiziQur'on, va qoriyalik saodatini bitganini hatto xayolingga keltirmading. Seni jannat kaliti bilan mukofotlantirgan qiz ne'mati kimlar uchun armon ekanini anglamay, Robbingga hamd aytmay turib, boshingga musibat tushsa nima uchun? deya isyon qilmadingmi?!. Sakiynam Alloh senga bergan shuncha ne'matlar oldida bu musibat nima bõlibdi, pashshachalik qiymati yõq-ku. Sen sabr qil Sakiynam Alloh biz bilandir dedi. Sabr va ixlos bilan õzini matonatli tutar, xatmi Qur'on qilar, duo qilib, tinmay sadaqa berardi.
Allohning mukofoti ham, sinovi ham xushdir. Alloh yõlida qulligimizni ado etish nasib aylasin.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [12.08.2021 15:19]


***
Usmon qamoqxonada õtirar ekan ozodlik qanday uluĝ ne'matligini his qilardi. Avvalari bu haqida õylab kõrmagan, bunday savdolar boshiga tushgandan sõng, inson naqadar noshukr ekanligini bilgandi. Panjara ortida õtirganiga uch kun bõlgan bõlsa faqat erkin nafas olib nafas chiqarishdagina yonida odam turmas qorovullik qilmas edi. Istagan payti hatto xaloga chiqishga, ibodati uchun tahorat olishga imkoni yõq edi. Qattiq va birgina tõshakdan iborat bõlgan kravatida sovuqdan ustiga choyshabini yopib õtirar edi. Eshigi ochilib, oilasi tomonidan yuborilgan kiyimlar topshirildi. Kiyimlarni kiydi, qish yaqinlashgani sayin qamoqxona sovub ketgandi. Ozgina isigandek bõlgach, kiyimlar orasidan jannati bõlgan Zaynabning kichkina oppoq paypoĝiga kõzi tushdi. Uni olib hidladi:
—Qizaloĝim jannatim mening deb kõzlari yoshlandi. Zaynab tuĝilmasdan oldin u uchun birinchi olgan buyumi edi. Naqadar, jajji va yoqimtoy. Qalbiga ilk bor ota degan tuyĝuni solgan jajji paypoq.
—Qiziq yana qancha qamoqda õtirarkanman. Zaynabning shirin davrlarini kõra olamanmi, ilk qadam tashlagan paytlarida yonida turolamanmi?! deb õyladi. Mahmud uning xomush chehrasiga qarab turib:
—Nima bõldi senga shahzoda, nechun xomushsan. Yoki uydagilaringni soĝidingmi?! dedi.
Usmon:
—Ha soĝindim, duogõy onamni, singlimni, ayolimni va hali meni tanib ulgurmagan bolamni dedi.
Mahmud ham mahzun bõlib:
— Bolang qizmi,õĝilmi?! dedi.
Usmon :
— Qizaloq deb javob berdi.
Mahmud:
—Bola tarbiyasida otaning õrni beqiyos. Nechi yosh bõldi dedi.
Usmon:
—Tuĝilganiga bir haftayu uch kun bõldi dedi.
Mahmud:
—Hali juda kichik ekan deb xõrsindi.
Usmon:
—Ha juda deb u ham xõrsindi.
Mahmud:
—Ota bõlish qanday baxt shunday emasmi?! deb qoldi.
Usmon:
—Albatta ayniqsa qizning otasi bõlish undanda ulkan baxt dedi. Va Mahmudga:
—Oila qurmaganmisan dedi.
Mahmud kinoyali kulib qõydi:
—Mendeylarga oila uvol dedi.
Usmon:
—Bu nima deganing, sen ham baxtli bõlishga haqlisan dedi.
Mahmud yana kulib:
—Xohlasang senga sevgim tarixini aytib beraman. Keyin mendan nafratlanib qolasan dedi.
Usmon:
—Aytchi balki birgalikda yechim toparmiz dedi.
Mahmud õtmishini sõzlar ekan, afsus chekayotganlari bilinardi:
—Yigirma uch yoshga kirgan, kuchaygan paytlarim edi. Pul, fahsh fasodda gullagan davrim. Ayollar ham atrofimda kõpaya boshlagan, men esa nafsim yõlida ulardan foydalanar edim. Yosh qizlarni boshini aylantirib, õqiydigan joylariga borib, chin oshiq rolini ijro etar, sodda qizlar laqqa tuzoĝimga tushardi. Bir kuni shunday kunlarning birida bir qizni uchratib qoldim, boshqa qizlarga õxshamasdi,uzun yopiq kiyinar, hijob õragan edi. Xudo haqqi bu qizni ham boshini aylantiraman deb qasam ichdim.Har kuni uni kõrgani borar, sovĝalar olardim. U hatto kõzlarimga tik boqmas, olgan sovĝalarimni qabul etmasdi. Bir kun õylagan rejam amalga oshmagani uchun u qizning yõlini tõsdim va nega bunday qilayotganini sõradim. Uni boshini aylantiraman deb õzim uni yaxshi kõrib qolgandim. Xudo haqqi sevardim. Ammo u zino qilolmasligini,Allohdan qõrqishini aytdi. Qizning oilasini surishtirdim.Otasi õlgan, onasi erga tegib ketgan, õzi esa toĝasining uyida siĝindi bõlib yasharkan. Qizga sovchi qõyganimda darrov rozilik berib, fotiha,qilishdi. U bilan uyida uchrashdim. U:
—Sizga turmushga chiqishga roziman, faqat tõyda ichkilik qõymaysiz,aralash tõy bõlmaydi, qimor õynashni, qimorxonani yopasiz, tõydan keyin ichishni, chekishni tashlaysiz, namoz õqiysiz deb shart qõydi. Men rozi bõldim. Aytganidek qildim, degandan sõng bir past sukut saqladi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [12.08.2021 16:16]


Sukutdan sõng yana davom etdi. Qimorni, ichishni tashladim. Biroq namozga borolmasdim, shayton yõl qõymasdi. Uning: «Hech bõlmasa juma namoziga borib turing »degan sõzlaridan sõng, juma namoziga qatnar, u yerdagilar nima qilishsa shuni takrorlardim. U shunga ham xursand bõlar, xidoyatimni sõrab duo qilardi. Oradan besh yil õtdi. Farzandimiz yõq edi, bormagan joyimiz qolmadi. Shifokorlar hech qanday kasallik yõqligini aytar, lekin nega farzand kõra olmayotganimizga tushunmasdilar. Uni sevardim, ammo farzand tuĝib bermaganiga uni aybdor deb bilar, jahl qilar, keyin uzr sõrab yurardim. Bir kuni kõchadagi bir oshnam«Xotining tuĝmas ekan. Kimsan Mahmud befarzand õtib ketar ekanda» deb ustimdan mazax qilib kuldi. Õsha kuni oyoqda tura olmaydigan darajada mast bõlib uyga bordim. Shaytonim kuchayib ketib, meni kõrib yonimga kelgan ayolimning:«Nega aroq ichdingiz, axir vada bergan edingiz-ku»degan gapini kõtara olmay unga qõl kõtardim. Muvozanatini yõqotib yerga yiqilib, xushidan ketdi. Kayfim tarqab, uni turtdim, uyĝonmadi. Shifoxonaga olib bordim. Bir soatdan sõng, shifokor:
—Xotiningiz ikki oylik homilador ekan. Ammo kuchli zarba tufayli bolasidan ayrildi. Biz qõlimizdan kelganini qildik dedi. Õzimni qotildek his qildim. Devorga boshimni urar, õzimga kelolmasdim. Ayolimning yoniga kirdim. Uzr sõradim...
U men bilan ajrashishini, ortiq men bilan yasholmasligini aytdi. Oyoĝlariga yiqilib:
—Iltimos unday qilma, men sensiz yasholmayman dedim.
U esa:
—Men Allohdan qõrqmaydigan, haromdan tiyilmaydigan odam bilan yashay olmayman dedi. Tuzalgach ajrashdik. Men eski holimdan besh battar ahvolga tushdim. Qimorsiz, aroqsiz tura olmaydigan bõlib qoldim. Õz bolamni aroq sababli õldirganim yetmagandek, õzimni ham õldirdim. Oradan Bir necha yil õtgandan sõng kõchada ayolimni qõlida bola va baxtiyor chehra bilan kõrib qoldim. U meni tanimagandek õtib ketdi. Bu holatdan siqilib, botqoqlikka chõkib ketdim. Õsha kuni jahlimni tiyib, haromni ichmaganimda bularning bari meniki bõlgan bõlarmidi?! Meni Alloh kechirmasa kerak deb sõzlarini tamomladi.

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [12.08.2021 21:48]


#48_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Usmon Mahmudning huzunli sevgi qissasini eshitib, oxirgi aytgan sõzlariga javoban:
—Allohning rahmati ĝazabidan ustun bõlgan zotdir. Gunoh eshigiga kirgan va ortga yõl yõq deb õylaganingda tavba degan eshik borligini ham unutma. Alloh rahmatining bir bõlagini yer yuziga tushurdi. Qolgani uning huzuridadir. Nega tavba , istiĝfor orqali najot topishingga ishonmaysan. Alloh taolo õziga tavba bilan qaytgan bandasini qabul etmaslikdan hayo qiladi. Alloh urushdan tirik qaytgan õĝlini kutib, unga mehribonlik qilgan onadanda mehribon va rahmlilarning eng rahmlisi, kechirimlilarning eng kechirimlisidir. Õtmishda musulmonlarga adovat qilgan, azob bergan, dinga dushmanlik qilgan qanchadan qancha mushriklarni Alloh qalbiga xidoyat nurini tushirgan, ularga ofiyat bergan zot, albatta seni ham avf etadi. Tavba va chin pushaymonlik bilan Allohga yuzlanar ekansan-u, u seni kechirmas ekanmi?! Ey Mahmud Robbingga qaytishingga nima xalaqit beryapti?! Shuncha yil shaytoning va nafsingga qullik qilganing yetmaydimi?! Seni õziga boĝlab turgan dunyo fitnalaridan uzilib, chin yurakdan tavba et va Alloh tomon chop, Robbing rahmatiga shoshil dedi. Mahmud umidsiz javob qaytarmay, kõzlaridagi yoshni yashirib , boshini egdi va:
—Qanday ayt ,qanday rahmatidan umidvor bõlay, men unga loyiqmidim?! Umrim fasodda õtdi, sevganlarim meni tark etdi! Qanday tavba qilay, qanday ,hatto gunohim kõpligidan qay biriga tavba qilishni ham bilmayman dedi.
Usmon:
—Alloh seni gunohlaring dengiz kõpigicha bõlsa ham avf etadi. U tomon birgina qadam tashlashing kifoya, u sen tomon yuguradi. Malik-ul muluk bõlgan zot seni kutyapti Mahmud. Unga qaytishingni xohlayapti, buni nahotki sezmayapsan. Nafsing, Shaytoningni unut, va seni avf etuvchiga yuzlan dedi yõgon va ruhlantiruvchi ohangada. Usmon Yusuf a.s. ning da'vatlari kabi uni tavbaga Allohga qaytishga chaqirardi. Har kecha Allohdan:
« Allohim dilimga, tilimga ilhom bergin. Bu ilhom bilan insonlarni sening yõlingga yõllay. Õzing menga madad va quvvat bergin ya Robbal alamiyn» deya duo qilar, Allohdan tinmay sõrar edi. Bugun uning duolari amalga oshgan, Mahmudning qalbi islom va tavba uchun yumshagan edi.
Kõzlaridagi yosh bilan Usmonga qaradi va:
—Menga qanday tavba qilishni õrgat. Allohga birga yuzlanaylik dedi. Usmonning tillari Uluĝ Mavloga hamd aytishdan tolmas, Mahmudni quchib:
—Allohning rahmatiga xush kelibsan Mahmud dedi. Mahmud sevinch va tavba yoshlarini artib, xaloga bordi. Sovuq suvda ĝusl qildi. Biroq, badani bu sovuq haroratni sezmas, qalbidagi ixlos otash bõlib yonayotgan, tezroq Alloh uchun sajda qilishni istadi. Bõlgach, xonaga kirib tavba qilishga tayyor ekanini aytdi. Ikkisi namozni ado etish uchun qibla qayerda ekanini bilolmay qiynalib zõrĝa namozni ado qildilar. Mahbuslar saqlanadigan xona tor va qoronĝu chiroĝ ham yõq. Birgina darchaning teshigidan oyning nuri tushib turardi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [13.08.2021 16:38]


***
Usmon bilan Mahmud namoz õqib, Robbilariga tavba etdilar. Ĝaflatda yashagan Mahmud endi yõq edi, uning õrniga Allohning islomning yõlida barcha narsaga tayyor shijoatli polvon turardi. Usmon bilan birgalikda namoz õqir, tasbeh aytar, takror tavba qilib, tizzalari oĝriqdan shishib tolsa ham joynamozdan turgisi kelmas edi. Qalbida Allohga nisbatan shirin tuyĝu bor edi. Shaytoni endi uning iymoni tavbasi oldida pusayib qolgandi. Bir kuni har kungidek namoz qilib bõlgandan sõng Mahmud:
—Alloh qanchalik mehribon zot-a. Birgina tavba bilan unga yuzlangandim. U esa qalbimga iymon tuĝsini soldi. Men hech qachon bunday huzur totmaganman. Ka'ba atrofida aylanib Allohga«labbayk Alloh» deb aytayotgandekman. Kecha xufton namozidan sõng, duo qildim: «Allohim baytingni tavof qilishni xohlayman, xojar-ul Asvadga yuzimni suray» degandim. Uxladim, tushimda Makkaga bordim. Ka'bani tavof qilmoqchi bõlib unga yaqinlashgach, bu tushim emas õngimda sodir bõlgandek edi. Tavof qildim. Qayerdandir azon sadolari eshtilib, uyĝonib ketdim. Qarasam sen bomdodga turgan ekansan dedi.
Usmon:
—Alloh seni ajri bilan mukofotlasin ey Mahmud. Alloh qilgan tavbalaringni qabul etibdi dedi.
Mahmud:
—Alloh sendan rozi bõlsin. Qiyomatli dõstimsan Usmon. Bu yerdan chiqishim bilan, qimorxonani yopaman. Ertaga peshinda bu yerdan ketaman. Senga qõlimdan kelgancha yordam beraman. Ozodlikka chiqqanimda seni qanday topsam bõladi dedi.
Usmon qõliga qoĝoz qalam olib Anasning raqamini yozdi:
—Qoĝozda yozilgan raqam mening dõstim Anasniki, nimani sõramoqchi bõlsang, unga boĝlanasan dedi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [14.08.2021 23:45]


#49_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Usmon va Mahmud bomdod namozini õqib, zikr qilib õtirardilar.
Usmon Qur'on tilovat qilar, Mahnud esa uni tinglardi. Keyin Mahmud:
—Bu qaysi sura deb sõradi.
Usmon:
—Yusuf surasi deb javob berdi.
Mahmud:
—Juda gõzal õqiyapsan dedi havas bilan. Yana õylab turib:
—Yusuf qissasini menga gapirib berolasanmi?! dedi.
Usmon:
—Qur'ondagi eng gõzal va ibratli qissa Yusuf surasidir. Yaxshilab eshit va õzingga kerakli xulosani ol dedi. Usmon Yusuf a.s. ning qissalarini Mahmudga sõzlab berar, Mahmud esa uni tinglab õtirardi. Yusuf a.s. Zulayho tufayli zindonband etilgandagi sõzlarini aytib berarkan Mahmud:
— Xuddi yonimda Yusuf õtirgandek bõlyapti dedi.
Usmon kõzlari yoshlangandek bõlib:
— Men Yusuf a.s. dek bõla olarmidim dedi. Sõzlab bõlgach Mahmud:
— Sen bu zamonning Yusufisan Usmon dedi.
***
Sakiyna va Xaliyma honim kun sanab yashardilar. Biri jondan ortiq kõrgan farzandini, biri sevgan insoni va bolasining otasini kutardi.
Sakiyna Usmonni boshqa kõrolmaslikdan qõrqar, Zaynabning otasiz ulĝayishini xohlamasdi. Usmon yõqligini Zaynab ham sezgandek gõyo. Yiĝlashni boshlarkan, Sakiyna quloĝining tagiga Yusuf surasini qõydi. Zaynabning dum-dumoloq kõzlari porlab, atrofga nazar solardi. Kimnidir qidirayotgandek, kimdir uning hayotida yetishmayotganligi kõrinib turardi.
Sakiyna :
—Bolajonim sen ham uni soĝindingmi?! Menga õxshab axtaryapsanmi uni deb yiĝlab yuborar edi. Lekin kõz yoshlarini hech kimga kõrsatmas, ochiq chehra bilan yurardi. Kõz yoshlarini kõrsatsa erining «kuchli bõl» degan sõzlariga Amal qilmagan bõlishidan chõchir, sabr tilab, tabassum qilib yuraverardi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [15.08.2021 12:31]


***
Peshin vaqti ham kelgach, Mahmud ketishga tayyorlandi. Peshin namozini õqigach, eshiklari ochilib ichkariga bir odam kirdi va Mahmudni olib chiqishini aytib kutib turar, Mahmudning esa Usmondan uzoqlashgisi yõq edi. Uni mahkam quchoqladi:
—Men kelaman Yusufim kut meni dedi.
Usmon:
— Sen bilan yõlimiz masjidda, ka'bada tutashsin Mahmud. Boshqa bu yerni kõrmaylik dedi. Mahmud kõzlari yoshlandi. Xidoyatiga sababchi bõlgan insonni qoldirib ketish qanchalik oĝir edi.
Mahmud:
—Allohga omonatsan Usmonim deb u yerdan ketdi. Usmon ikkisi qisqa vaqt ichida bir maqsad va yõlda birlashgan birodarlarga aylanishdi. Alloh uchun bir -birlari bilan dõst tutungandilar. Mahmud uyiga yõl olarkan qalbidagi õsha his hamrohlik qilardi. Uyiga borib, aroqlarni sindirdi, Allohdan uzoqlashtiruvchi barcha narsani uyidan yõq qildi. Birinchi bor masjidga borib asr namozini õqidi. Tasbeh aytib, Usmonni duo qildi. Masjiddan chiqarkan u yerda õynayotgan bolalarni õpib, suydi shirinliklar sotib olib bolalarga tarqatdi. Masjiddan uzoqlashgisi kelmadi. Alloh uni qattiq baĝriga olgandek his qildi. Keyin Usmon bergan raqam yodiga tushdi. Masjiddagi õrindiqqa õtirib, kõylagining chõntagidan raqamni olib telefon qildi. Anas gõshakni oldi. U Aliyning kitob dõkonida Aliy bilan sud haqida gaplashib õtirardi. Telefonini olib:
—Alo dedi.
Mahmud:
—Alo. Assalomu aleykum men Mahmudman. Siz Anas bõlsangiz kerak dedi.
Anas:
—Ha men Anasman. Õzingiz kimsiz?! dedi.
Mahmud:
—Men Usmon bilan qamoqda tanishdim. Unga yordam bermoqchiman. Usmon menga sizning raqamingizni berdi. Qayerda uchrashsak bõladi dedi.
Anas:
— Hozir sizga bir manzil jõnataman, shu yerda uchrashib, gaplashib olamiz dedi va manzilni jõnatdi.
Anasning yonida õtirgan Aliy:
—Kim ekan?! deb sõradi.
Anas:
—Usmonning qamoqdagi tanishi ekan dedi.
Aliy:
—Usmon yaxshimikan, sõradingmi?! dedi.
Anas:
— Hozir shu yerga keladi, sõraymiz dedi. Yarim soatlardan sõng Mahmud keldi. Aliy va Anas bilan tanishib salomlashdi.
Anas :
—Usmonning ahvoli yaxshimi?! deb sõradi Mahmuddan.
Mahmud:
—Yaxshi deb bõladimi bilmayman, sabr qilib õtiribdi dedi.
Anas:
—Qiynoqqa solishmadimi?! deb sõradi.
Mahmud:
—Menimcha yõq. Õzi bugun chiqdim qamoqdan dedi.
Anas:
— Sudgacha tegmaymiz deyishganiga biz ham ishonib õtirmiz dedi.
Mahmud:
—Terroristlikda ayblangan odamni xohlagan payt qiynoqqa solishlari mumkin. Ammo mening tanishlarim kõp ular bizga ichkaridagi vaziyatni aytib turishadi dedi.
Anas:
—Usmonga tuhmat qilgan odam kimligini bilamiz. Unga qarshi dalillarimiz ham bor dedi.
Mahmud:
—Kim ekan õsha kimsa?! deb sõradi.
Anas:
—Hikmat deganlari dedi.
Mahmud:
— Hikmat deganlari hamma biladigan Hikmatboy emasmi?! dedi.
Anas:
—Xuddi shunday siz qayerdan bildingiz dedi.
Mahmud:
—Qamoqxonada uning laychalari yurganini kõrgandim dedi.
Anas:
— Nima hali u yerda ham uni odamlari bormi?! dedi.
Mahmud:
—Ha, ayniqsa Usmon qamoqqa kelgan kuni laychalari kõpayib qoldi. Unga qarshi dalillaringizni tobora ehtiyotkorlik bilan yashiring. Undan hamma narsani kutsa bõladi dedi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [15.08.2021 19:41]


***
Sakiyna õzini chalĝitish ĝamlarini unutish uchun kitoblar õqir, Qur'on tafsiri va hadis bilan shuĝullanardi. Zaynabni bir qõliga olib hadis kitobini olib õqir, Zaynab ham shu yerda injiqlanib yiĝlamas edi. Hadis kitobini õqirkan, kõzi bir hadisga tushdi va õqiy boshladi:
Jabroil a.s. kelib menga shunday dedilar: « Xohlaganingcha yasha, baribir õlguvchidirsan. Xohlagan kishingni sev, baribir undan ayrilguvchidirsan. Xohlagan amallaringni qil, baribir õshanga yarasha jazo oluvchidirsan. Va bilginki, mõmin kishining sharafi kechalari bedorligi va izzati esa yetimlardan ta'ma qilmasligidir». Shu hadisni õqir ekan, «Xohlagan kishingni sev, baribir undan ayrilguvchidirsan» degan joyini tahlil qilardi.
—Allohim men sening qadaringga taslimman deb yiĝlab yubordi. Zaynab onasining yiĝlaganini sezib, oĝizlarini qimirlatib qõyardi. Sakiyna yoshlarini artdi, qizi uni bu holda kõrishini istamadi. Õyladi...
—Bir necha kun oldin yonimda õtirgan sevgilim hozir yõq. Alloh chevar zotda bekorga bu ishlar sodir bõlmayapti. Bejizga shu hadisni menga õqishni vasila qilmadi Alloh. Men sevgim va iymonim bilan sinalyapman. Allohim bu yõlda iymonimni baquvvat qil, isyon qilib gunohkor bõlishdan senga siĝinaman dedi va hadis kitobini yopib, Qur'onni lavhning ustiga qõydi. Zaynabni olib Qur'on õqidi. Yusuf a.s. va Yunus a.s. larning duolarini õqirdi. Allohdan musibatlarni aritishini sõrab duo qilardi. Jajji Zaynab ham Qur'onni juda yaxshi kõrar, onasi tõxtab dam olsa õqimagunicha ĝinshib yiĝlardi. Qur'onga muhabbatlari buyuk bõlgan ikki qalbdan hosil bõlgan meva samarasi edi. Qur'on õqirkan, Oliy Imron surasining « Hasbunallohu va ni'mal vakil» ya'ni «Bizga Allohning õzi kifoya. U vakillikka õta loyiqdir!» degan oyatiga kelganida :
—Allohim menga õzing yetarlisan, dedi. Yana õqishda davom etdi. Agar barcha banda «Hasbunallohu va ni'mal vakil»deb aytib yursalar ularga yomonlik yetmaydi, Allohning ne'matiga erishadilar.
Sakiynani kõrgani Xosiyat va Sumayya keldilar, suhbat, bolalar bilan bõlsak siqilib yurmaydi, ovunadi degan maqsadda kelgandilar. Salomlashib, bolalarni uxlatib bõlgach Sumayya:
—Hazrat aytayotganlarida eshitib qoldim, Usmonni qamalishiga bir ayol sababchi ekan dedi. Sakiyna unga õgirildi va javob bermoqchi edi hamki Xaliyma honim kirib qolib gapni bõldi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [16.08.2021 19:30]


#50_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Xaliyma honim Zaynabni olib, ular õtirgan xonadan chiqib ketdi. Sumayyaning savolidan Sakiynaning ustiga sovuq suv quyilgandan bõldi. Sumayyaga õgirilib:
—Nima bõlgan bõlsa hammasi Allohdan. U ayol shunchaki sababchi dedi. Sumayya uning kõnglini oĝritib qõyganini sezdi va:
—Kõnglingizga olmang, kimligini bilgim kelgandi dedi. Xosiyat ham gaplariga qõshildi:
—Kim ekan õsha qiz õzi?! Oilali erkakni qamatadigan?! dedi.
Sakiyna:
—Men ham bilmayman u qizni kimligini, oyijonni aytishlari bõyicha Hikmatboy degan odamni qizi ekan. Tõydan oldin rosa bularga tegmoqchi bõlgan ekan. Menga uylanganlarini eshitib, tarki dunyo qilib qasam ichibdi, qizimiz dunyoga kelgan kuni chidolmay õzini osibdi. Otasi qizining ahmoqligi tufayli erimni qamatdi dedi.
Xosiyat:
—Hikmatboyning qizi degin. Qizlik uyimda u bilan bir mahallada turardik. U qizni kõrganman, Usmonga umuman tõĝri kelmasdi. Õzini rosa ilmli, taqvodor kõrsatayotganga õxshardi. Yana hammamizning qilgan amalimiz Allohga ayon. Lekin u qiz kõpincha riyo uchun amal qilganga õxshab tuyulardi dedi. Va yana:
—Sen umuman siqilma hõpmi, u haqida õylama kelishdikmi?! U Allohdan, oxiratidagi holidan qõrqsin. Hofizi Qur'on, ilmli bir odamga tuhmat qilishdan qõrqmapti-mi, demak Alloh unga qahr qilgani shu dedi.
Sakiyna:
—Men-ku bardosh berishim mumkin. Lekin bechora qaynonam, qaynisinglim, hali ota mehriga tõymagan qizimni kõrsam tamom bõlib qolaman. Qaynonam ham siqilganini bildirmaslikka harakat qilyaptilar, barbir onada yiĝlamayapman deb yiĝlayveradilar. Qon bosimlari oshib ketadi. Ularga ham bir narsa bõlmasin deb qõrqaman dedi.
Xosiyat:
—Ilohim, boshingizga nimani solgan bõlsalar, Alloh ularga bundan yuz barobarini bersin dedi.
Sumayya:
—Amiyn amiyn aytganing kelsin deb ma'qullab qõydi.
Sakiyna:
—Allohning õz hisob-kitobi bor, Allohni unutganlari bilan, Alloh ularni unutarmidi?! deb gapini tugatdi.
****
Usmon Qur'on õqib õtirar, xonasining eshigi ochilib , bir kishi uni tergovga olib ketdi. Yana õsha qoronĝu bitta lampadan iborat xona, yarim soatdan sõng, yigirma besh, õttiz yoshlar chamasidagi oq-sariq bir odam kirib keldi. Usmonning qarshisidagi stolni surib õtirdi:
—Qaleysan endi. Hikmatboydan senga salom keltirdim dedi.
Usmon kinoyali kulib:
—Va aleykum dedi.
Kishi:
—Gapni qisqa qilaman. Xõsh, bu yerdan qutilishing, oilang, bolangni yoniga qaytishing mumkin. Senga qõyilgan ayblovlarning barchasi olib tashlanadi, oqlanasan, yana avvalgidek yashayverasan, faqat Hikmatboyning aytganlarini qilasan dedi.
Usmon:
— Nima xohlayapti mendan?!dedi.
Kishi:
—Bu yerdan chiqasan, seni oqlaydi. Va evaziga xotining bilan ajrashasan, Hikmatboyning kuyovi bõlasan. Hech kim senga jinoyatchidek qaramaydi. Bolangdan xabar olib turasan dedi.
Usmon:
—Agar rozi bõlmasam nima qilasan?!dedi.
Kishi:
—Rozi bõlasan, bundan boshqa chorang ham yõq. Bõlmasa umring qamoqda õtadi. Õzingni ham meni ham qiynama, rozi bõl vassalom dedi.
Usmon:
—Shundoq ham qamoqda õtiribman, nima shundan qõrqadi deb õylayapsanmi?! dedi.
Kishi:
—Endi õzingdan kõr. Shunday qilamizki, sen ishongan dõstlaring, qarindoshlaring, onang sendan voz kechishadi. Sevgan ayoling bilan yuz kõrmas bõlib ketasan. Bolang ham seni emas, begonani «ota» deb ulĝayadi. Seni eslamaydi ham dedi.
Usmon:
—Alloh podshoh, bilganingni qil dedi. Usmonni xonasiga olib ketishdi. Kõngli ĝash bõlib qolgandi qõlini duoga ochib:« Allohim õzing sabr ber. Faqat sening aytganing bõlur, makr-tuhmat qiluvchilarga õzing kifoya qil. Aslo ular aytgandan bõlmaydi, sening qudrating ularning xiylalaridan ustundir. Robbim ular aytgandek bõlmasin, va bõlmagay. Õzing meni mendan yaxshi bilursan. Duolarimni qabul et, va roziligingga muyassar qil» deya takror õtinardi.
—Ayoling bilan yuz kõrmas bõlib ketasan, bolangga begona bõlasan degan sõzlari xayolidan chiqmasdi. Va Allohdan: «Ularning makr xiylalaridan ahlimni omon saqla »deb duo qilardi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [18.08.2021 13:44]


#51_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Xufton namoziga azon aytayotgan, Sakiyna esa Zaynabni uxlatoyotgan edi. Sakiynaning telefoni jiringladi, olib qaradi, yashirin raqam edi.
—Bu paytda kim bõlishi mumkin deya uxlab qolgan Zaynabni õrniga yotqizdi. Va telefoniga javob berdi.
Notanish ayolning ovozi edi.
—Alo dedi.
Sakiyna ham:
—Eshitaman kim bu dedi.
Ayol:
—Bu Sakiynami?! dedi.
Sakiyna:
—Ha men, õzingiz kimsiz raqamimni qayerdan oldingiz deb javob berdi.
Ayol:
—Men Usmonning xotiniman dedi.
Sakiyna hayronlikdan nima qilishini bilmas, gapira olmasdi.
Ayol:
—Ikki yildan beri birga yashaymiz, bitta õĝlimiz ham bor. Vaqti kelganda aytomchi edik dedi.
Sakiyna õziga keldi va:
—Aytingchi agar haqiqatdan ham erimning xotini bõlsangiz, farzandingiz bõlsa ,unda nega erim har kuni õz vaqtida uyga kelardi. Bir yildan beri hech qachon uyga kech kelganini yoki kelmay qolganini kõrmadim. Õz vaqtida kelardilar. Ikki yil siz bilan yashagan bõlsa qanday qilib õz vaqtida kelardi. Aytingchi agar turmush qurgan bõlsangiz, nikohingizni kim õqigan, guvohlaringiz kim?! dedi.
Ayol indamay qoldi.
Sakiyna:
—Mayli xotini ekansiz ishondim ham deylik. Nega yashirin raqamdan qõnĝiroq qildingiz, eringizning boshiga nimalar tushganini bilasizmi?! Bir-bor bõlsa ham xabar olmadingiz.?! Qamaldilar buni ham bilmaysizmi?! Ismingizni ham aytmadingiz dedi. Haligi ayol saqovdek gapirmas edi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [18.08.2021 22:32]


***
Haligi ayol mum tishlagancha jimib qolgandi. Va gõshakni qõyib qõygandi. Sakiyna yana qõnĝiroq qilmoqchi bõldi, ammo iloji bõlmadi. Sakiynaning qalbi esa muzlab qolgan edi. Gõyo hech kim, hech narsa bu muzlikni eritolmaydigandek. Kõzlaridan õz-õzidan yoshlar tomchilardi. Miyyasi hech narsani qabul qilmas, õzini halovatsiz his qildi. Keyin yuziga tomgan kõz yoshlarini barmoqlari bilan artib, õziga keldi.
—Agar rost bõlganda Alloh taoloning õzi kõrsatib qõyar edi deb takrorlardi. Xufton namozi uchun tahorat olib, joynamozining yoniga kelgach, niyat qilib qõllarini kõtarib «Allohu akbar» dedi. Namozini tugatib, sajdaga bosh qõydi. Ortiq kõz yosh tõkmadi. Yolĝonlarga ishonmadi. Usmonga qilingan tuhmat ekanligini bilar, unga ishonar edi. Agar Sakiyna Usmonni zarracha sevmaganida, zarracha unga ishonmaganida bu tuhmatga ishongan bõlardi. Sakiyna qaynonasi va qiziga ovunib, ular bilan ovora edi. Tundagi voqeani hech kimga aytmadi. Qiyin vaziyatda mardonavor turib, Usmon va oilasiga dalda bõldi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [20.08.2021 13:25]


#52_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Usmonni õn besh kunda ozodlikka chiqadi deyishgan edi. Ammo õn besh kun emas, uch oy vaqt õtgan edi oradan. Avvaliga õn besh kun deb,keyin hali aniq emas deyildi.
Oila a'zolari siqilgan, duo qilardi
Bir kuni ertalab Xaliyma honim:
—Bugun yonimizdagi bolalar kiyimlari dõkonini aylanib kelsak bõlardi. Zaynab uchun sifatli va chiroyli kiyimlar kõrgandim. Birga borib kelamiz, qaytishda sizga ham bir-ikkita kõylak olamiz, õzingizga qaramay qõydingiz deb kulib qõydi. Zaynabni ham tayyorlab, dõkonga qarab yõl olishdi. Yõlda ketisharkan dõkonga yaqin qolgan joyda Xaliyma honim Zaynabni Sakiynaning qõlidan olib, oldinda ketardi. Sakiynaning ortidan bir yigit kuzatib kelayotganini sezdi. Qadamini tezlatib, Xaliymaga yetib oldi. Dõkonga kirganlaridan keyin ham Sakiynaning orqasidan kirdi. Uning rõparasidagi kiyimlarni kõrganday bõlib, Sakiynaga termulib turar, undan kõzini uzmasdi. Sakiyna uyalib, boshqa tarafga õtib olsa ham u yigit uni nigohlari bilan ta'qib etardi. Sakiynaning qõlida Zaynab bõlmaganligi tufayli uni ayol emas, turmushga chiqmagan qiz deb õylab, undan kõzini uzolmasdi. Sakiyna Xaliyma honimning yoniga kelib, Zaynabni olib õpib, quchoqladi va:
—Jonim qizim õzimni, asalim onasining erkatoyi deb erkaladi. Yigit uyalib, uning yonidan uzoqlashib, dõkondan chiqib ketdi. Sakiyna yengil tortdi:
—Xudoga shukr deb qõydi ichida. Agar Usmon u yigitni Sakiynaga qaraganini kõrganda edi, õsha yigitning kõzlarini õyib olgan bõlardi. Sakiynaning hatto soyasiga ham õzganing nazari tushmasligi shart edi. Usmon uni shu darajada qattiq sevar, va qizĝonar edi. Kõchaga chiqsalar ham Sakiynani qizĝonar, doim mashinasida olib yurardi.
Sakiyna õsha yigitning nigohlaridan qõrqib ketgan edi. Xijoblanish faqat ayol kishigagina taalluqli bõlmaydi. Erkaklar ham xijoblanishi lozim. Ularning xijobi, xaromga qaramasliklaridir. Ammo buni kõpchilik erkaklar bilmaydi. Erli ayolmi yoki turmush qurmagan qizmi erkaklar ularga qarashi mumkin emas. Beixtiyor kõz tushib qolsa istiĝfor aytib kõzlarini tiysalar, bu gunoh deyilmaydi. Ammo nomahram ayolga termulib turish bu gunohdir.
Dõkondagi bu holatdan Sakiynaning eti jimirlab ketgan, iloji bõlsa kõchaga chiqmaslikka harakat qilardi.
***
Usmonning xayoli yana õsha kishining tahdidlariga ketardi. Bir kuni qamoqxonaning kichik eshigi ochilib, ichkariga bir maktub berildi. Xatni ochib õqidi. Mahmuddan ekan:
«ʙɪᴢɴɪ xɪᴅᴏʏᴀᴛɢᴀ ʙᴏsʜʟᴀɢᴀɴ ᴀʟʟᴏʜ ᴛᴀᴏʟᴏɢᴀ ʜᴀᴍᴅʟᴀʀ ʙõʟsɪɴ. ᴍᴇɴ ᴍᴀʜᴍᴜᴅᴍᴀɴ ᴜsᴍᴏɴɪᴍ. ᴀʜᴠᴏʟɪɴɢ ʏᴀxsʜɪᴍɪ ? ᴅᴇʙ sõʀᴀsʜɪᴍ ǫᴀɴᴄʜᴀʟɪᴋ õʀɪɴʟɪ ʙɪʟᴍᴀʏᴍᴀɴ. ᴀᴍᴍᴏ ʏᴀʀᴀᴛɢᴀɴᴅᴀɴ sᴇɴɪ ᴘᴀɴᴏʜɪᴅᴀ ᴀsʀᴀsʜɪɴɪ sõʀᴀʙ ᴅᴜᴏ ǫɪʟʏᴀᴘᴍᴀɴ. ʏᴏᴅɪɴɢᴅᴀᴍɪ sᴇɴɢᴀ ǫɪᴍᴏʀxᴏɴᴀɴɪ ʏᴏᴘᴀᴍᴀɴ ᴅᴇɢᴀɴᴅɪᴍ. ʏᴏᴘᴍᴀᴅɪᴍ ᴜɴɪ ʏᴏǫᴅɪᴍ, ᴏʟᴏᴠ ᴋᴜᴄʜᴀʏɢᴀɴɪɴɪ ᴛᴏᴍᴏsʜᴀ ǫɪʟᴀʀ ᴇᴋᴀɴᴍᴀɴ, ᴍᴇɴɪ ᴀʙᴀᴅɪʏ ᴊᴀʜᴀɴɴᴀᴍ ᴊᴀʀʟɪɢɪᴅᴀɴ ᴛᴏʀᴛɪʙ ᴏʟɢᴀɴɪɴɢᴅᴀɴ ǫᴀɴᴄʜᴀʟɪᴋ ᴍɪɴɴᴀᴛᴅᴏʀ ᴇᴋᴀɴɪᴍɴɪ ʙɪʟsᴀʏᴅɪɴɢ. ᴍᴇɴ ᴀʏᴏʟɪᴍ ʙᴏsʜǫᴀ ᴇʀᴋᴀᴋ ʙɪʟᴀɴ ʙᴀxᴛʟɪ ʏᴀsʜᴀʏᴀᴘᴛɪ ᴅᴇʙ ᴜᴍɪᴅɪᴍɴɪ ᴜᴢɢᴀɴᴅɪᴍ. ʙɪʀ ᴋᴜɴɪ ᴍᴀsᴊɪᴅᴅᴀɴ xᴜғᴛᴏɴ ɴᴀᴍᴏᴢɪɴɪ ᴀᴅᴏ ᴇᴛɪʙ ᴄʜɪǫᴅɪᴍ. ʙɪʀ ᴏᴅᴀᴍ sɪɴɢʟɪsɪɴɪɴɢ ʙɪʀɪɴᴄʜɪ ᴛᴜʀᴍᴜsʜɪ ʙᴜᴢɪʟɢᴀɴɪɴɪ, ᴜɴɢᴀ ɪʏᴍᴏɴʟɪ ʏɪɢɪᴛ ǫɪᴅɪʀᴀʏᴏᴛɢᴀɴɪɴɪ ᴀʏᴛᴅɪ. ᴏᴍᴀᴅɪᴍɴɪ sɪɴᴀʙ ᴋõʀᴍᴏǫᴄʜɪ ʙõʟᴅɪᴍ, ᴀʟʟᴏʜ ǫᴀʟʙɪᴍɢᴀ ᴜ ᴏᴅᴀᴍɴɪɴɢ ᴛᴀᴋʟɪғɪɢᴀ ᴋõɴɪʙ, ǫɪᴢ ʙɪʟᴀɴ ᴜᴄʜʀᴀsʜɪʙ ᴋõʀɪsʜɪᴍɴɪ sᴏʟᴅɪ. ᴋᴇᴄʜᴀsɪ ɪsᴛɪʜᴏʀᴀ ǫɪʟᴅɪᴍ ᴠᴀ ᴇʀᴛᴀsɪ ᴋᴜɴɪ ᴜʟᴀʀɴɪɴɢ ᴜʏɪɢᴀ ʙᴏʀᴅɪᴍ. ᴇsʜɪᴋʟᴀʀɪ ʏᴏɴɪɢᴀ ᴋᴇʟɪʙ ᴛᴀǫɪʟʟᴀᴛᴅɪᴍ. Ǫᴀʟʙɪᴍ ǫᴀɴᴅᴀʏᴅɪʀ sᴏᴋɪɴ ᴇᴅɪ. ᴇɴᴅɪ ᴀᴠᴠᴀʟɢɪ ᴀʏᴏʟɪᴍɢᴀ õxsʜᴀsʜɪɴɪ ᴛᴏᴘᴀ ᴏʟᴍᴀsᴀᴍ ʜᴀᴍ, sᴏʟɪʜ ᴛᴜʀᴍᴜsʜ õʀᴛᴏǫ ʙõʟɪsʜɪᴍ ᴍᴜᴍᴋɪɴ ᴅᴇʙ õʏʟᴀᴅɪᴍ. ᴜɴɢᴀ ǫɪʟɢᴀɴʟᴀʀɪᴍɴɪ ᴇɴᴅɪ ʙᴜ ᴀʏᴏʟɴɪ ᴀʀᴅᴏǫʟᴀsʜ ʙɪʟᴀɴ ʏᴜᴠᴀᴍᴀɴ ᴅᴇɢᴀɴ ᴜᴍɪᴅᴅᴀ ᴇsʜɪᴋ ᴏᴄʜɪʟɪsʜɪɴɪ ᴋᴜᴛᴅɪᴍ. ᴇsʜɪᴋ ᴏᴄʜɪʟᴅɪ-ʏᴜ ᴍᴇɴ sᴇᴠɢᴀɴ ɴᴜʀʟɪ ᴄʜᴇʜʀᴀɢᴀ ᴅᴜᴄʜ ᴋᴇʟᴅɪᴍ. ᴜ ᴍᴇɴɪɴɢ ᴊᴀɴɴᴀᴛɪᴍ ᴀʏᴏʟɪᴍ ᴇᴅɪ. ʜᴀʏᴀᴊᴏɴ ʙɪʟᴀɴ:
—sɪᴢ?! ᴅᴇᴅɪ.
ᴍᴇɴ ʜᴀᴍ:
—xᴏʜʟᴀsᴀɴɢ ᴋᴇᴛᴀᴍᴀɴ. ᴀᴍᴍᴏ ʙɪʀ ɴᴀʀsᴀɴɪ ᴀʏᴛᴀʏ ᴅᴇᴅɪᴍ. ᴜ ʙᴏsʜɪɴɪ ᴇɢᴅɪ, sᴜᴋᴜᴛ sᴀǫʟᴀʀᴅɪ.
ᴍᴇɴ:
—ᴀʟʟᴏʜ ᴅᴜᴏʟᴀʀɪɴɢɴɪ ǫᴀʙᴜʟ ǫɪʟᴅɪ. ᴍᴇɴ ᴛᴀᴠʙᴀ ǫɪʟᴅɪᴍ, sᴇɴ ʙɪʟɢᴀɴ ᴍᴀʜᴍᴜᴅ ᴇᴍᴀsᴍᴀɴ ᴇɴᴅɪ. ᴀʟʟᴏʜ ʀᴏᴢɪ ʙõʟsɪɴ sᴇɴᴅᴀɴ, ᴋᴇᴄʜɪʀᴏʟsᴀɴɢ ᴍᴇɴɪ ᴋᴇᴄʜɪʀ ᴅᴇᴅɪᴍ. ᴏʀᴛɪᴍɢᴀ ǫᴀʀᴀʙ ʏᴜʀᴀ ʙᴏsʜʟᴀᴅɪᴍ. ᴋõᴢɪᴍ ᴛõʟᴀ ʏᴏsʜ ᴇᴅɪ, ʙᴏsʜǫᴀ sõᴢ ᴀʏᴛᴏʟᴍᴀᴅɪᴍ. ᴜ ᴏʀᴛɪᴍᴅᴀɴ ʏᴜʀᴅɪ ᴠᴀ:
—ᴀʟʟᴏʜ ʜᴀǫǫɪ ᴛõxᴛᴀɴɢ, ʙɪʀ ɢᴀᴘɪᴍ ʙᴏʀ ᴅᴇᴅɪ. ᴛõxᴛᴀᴅɪᴍ, ʟᴇᴋɪɴ ᴜ ᴛᴏᴍᴏɴɢᴀ õɢɪʀᴏʟᴍᴀsᴅɪᴍ, ʏɪɢ'ʟᴀʀ ᴠᴀ:
—ᴀʏᴛᴀᴠᴇʀ ᴅᴇᴅɪᴍ.
ᴜ:
—ᴍᴇɴ sɪᴢ ᴜᴄʜᴜɴ ᴅᴜᴏᴅᴀ ʙõʟᴅɪᴍ. ʙᴏsʜǫᴀ ᴛᴜʀᴍᴜsʜ ǫᴜʀᴍᴀᴅɪᴍ ᴅᴇᴅɪ.
ᴍᴇɴ ᴜɴɢᴀ ǫᴀʀᴀᴅɪᴍ ᴠᴀ....

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [20.08.2021 13:25]


***
—ǫõʟɪɴɢᴅᴀɢɪ ʙᴏʟᴀ?! ᴅᴇᴅɪᴍ.
ᴜ ᴋᴜʟɪʙ:
—ᴀᴋᴀᴍɴɪɴɢ õɢ'ʟɪ ᴇᴅɪ ᴅᴇᴅɪ.
ɴɪᴍᴀ ᴅᴇʏɪsʜɴɪ ʙɪʟᴍᴀʏ ᴋõᴢʟᴀʀɪᴍɴɪ ʙᴇʀᴋɪᴛɪʙ ʏɪɢ'ʟᴀʏᴠᴇʀᴅɪᴍ.
ᴜ:
—ᴀʟʟᴏʜ ᴛᴀǫᴅɪʀɪᴍɪᴢɴɪ ʏᴀɴᴀ ʙɪʀʟᴀsʜᴛɪʀᴅɪ ᴍᴀʜᴍᴜᴅɪᴍ. ᴍᴇɴ sɪᴢɴɪ ᴋᴇᴄʜɪʀᴅɪᴍ ᴅᴇᴅɪ. ʏᴀɴᴀ ᴛõʏ ǫɪʟᴅɪᴋ. ᴀʏᴏʟɪᴍ ʙɪʟᴀɴ ɪsʟᴏᴍɪʏ ʜᴀʏᴏᴛ ᴋᴇᴄʜɪʀʏᴀᴘᴍɪᴢ. ᴛᴀʜᴀᴊᴊᴜᴅʟᴀʀᴅᴀ, ɴᴀᴍᴏᴢʟᴀʀɪᴍᴅᴀ ᴏʀᴛɪᴍᴅᴀ ɪǫᴛɪᴅᴏ ǫɪʟɪʙ ᴛᴜʀɪʙᴅɪ. Ǫᴜʀ'ᴏɴ ᴋᴜʀsʟᴀʀɪɢᴀ ʜᴀᴍ ǫᴀᴛɴᴀʏᴀᴘᴍɪᴢ. ᴇʜ ᴜsᴍᴏɴ ᴀʟʟᴏʜ sᴇɴɪ ʏᴏʀʟᴀǫᴀsɪɴ ʙɪʀᴏᴅᴀʀɪᴍ. ᴊᴀɴɴᴀᴛʟᴀʀᴅᴀ ᴍᴜʜᴀᴍᴍᴀᴅ s.a.v. ʙɪʟᴀɴ ǫõsʜɴɪ ǫɪʟɪʙ , õᴢ ᴊᴀᴍᴏʟɪ ʙɪʟᴀɴ ᴍᴜᴋᴏғᴏᴛʟᴀsɪɴ.
Ǫᴀᴅʀᴅᴏɴɪɴɢ ᴍᴀʜᴍᴜᴅ» deb tugatilgan edi maktub.
Usmon:
—Seni ham Mahmud dedi, quvonib.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [21.08.2021 13:08]


#53_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Sud kuni va nihoyat aniq bõlgan edi. Sud zaliga tõplandilar. Zalga Usmon ham olib kirilib panjarali joyda õtirdi. Anas uning yonidagi yaqin stolga kelib õtirdi. Usmonning rangi yaxshi edi, ammo kõzlari mayus tikilardi. Uch oy mahbuslik, oila soĝinchi uni mayus qilgandi. Anas bilan sud boshlanmasdan oldin gaplashdilar.
Anas:
—Yaxshimisan, qiynashmadimi dedi.
Usmon:
—Allohga shukr qiynashmadi, õzing yaxshimisan?, onam uydagilar qaley?, Zaynab yaxshimi?! dedi.
Anas:
—Yaxshilar alhamdulillah. Salom aytib yubordilar. Zaynab ham katta bõlib qolgan, inshaAlloh bugun kõrishasizlar dedi.
Usmon:
—InshaAlloh dedi.
Keyin yana:
—Sud soat 16:00 da boshlanishi kerak edi. Soatga qara-chi nechchi bõlibdi?! dedi.
Anas qõlidagi soatiga qarab:
—Soat 15:30 bõlibdi. Hali vaqt bor dedi.
Usmon:
—Dalil va guvohlaringiz yetarlimi?! Advokat kuchli odammi?! dedi.
Anas:
—Dalillarimizni tõpladik. Sudya qabul qilsa, bu yoĝiga nima qilishni advokat biladi. Kerak bõlsa ustingdan da'vo qilganlarni ham ma'muriy javobkarlikka tortadi inshaAlloh. Alloh xohlasa shuncha qilgan sabringga yarasha ijobiy hal bõladi dedi.
Usmon:
—Advokat kim?! Qayerdan topdinglar uni?! dedi.
Anas:
—Mahmudning advokati bõlgan ekan. Juda katta ayblovlardan oqlab olib chiqqan ekan. Dalillarni unga topshirdik. Senga xolisona yordam berishga harakat qilyapti. Uch oydan beri dalil va guvohlarni shu kishi aniqladi. InshaAlloh hammasi biz õylagandek bõladi dedi.
Usmon:
—InshaAlloh, Alloh xayrli qilsin. Sizlardan ham Alloh rozi bõlsin. Mahmudning õzi kõrinmaydi dedi.
Anas:
—Hozir keladi deyishi bilan mahbus bilan kõp suhbatlashib bõlmaydi deyilgani uchun uning yonidan ketdi.
Mahmud ham sud zaliga kelgach, Usmonni panjara ortida kõrarkan yuragi ezildi. Yoniga borib salomlashdi. Aytilgan vaqt kelgan, hamma sud jarayoni boshlanishini kutardi. Oradan yarim soat õtgan, sud boshlanishi kechikayotgan edi. Sud zaliga sudyaning yordamchisi kelib:
—Sud qoldiriladi. Sudya hozir viloyatdagi sud jarayonida bõlganligi sababli bu sud jarayoni qoldiriladi. Kelasi sud jarayoni kuni esa aniqlangandan sõng aytiladi dedi.
Hamma darĝazab edi.
Advokat ham qancha urinmasin, kelasi sudning kuni aytilmadi, kelasi sud jarayonigacha Usmonni uy qamoĝida saqlanishi haqidagi murojaat ham qabul qilinmadi. Usmon sud zalidan olib ketilar ekan, bir chekkada õtirgan Ilyos uning yoniga keldi:
—Alloh sizni panohida asrasin deb qõllaridan õpdi. Kõzlari yoshlangandek bõldi.
Va baland ovozda:
—Alloh tuhmatchilarga kifoya qilsin. Yer yuzidan yõq qilsin, ikki dunyo azobda qolsin dedi.
Usmon baqirayotgan Ilyosga qarab:
— Badduo bõlma, Allohning qahri sening qarĝishingdanda shiddatliroqdir. Uning azobi qattiqroqdir, men senga badduo bõlishni õrgatmaganman. Allohning azobi shiddati va daxshatini ular õz kõzlari bilan kõrurlar dedi.
Bu sõzlardan soxta da'vogarlar, guvohlar dovdirab oqarib ketgan edilar. Usmonning «õz kõzlari bilan kõrurlar» degan sõzlari zalning har tomoniga jaranglab ketdi. Va Usmonni yana qamoqxonaga olib ketishdi.

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [21.08.2021 13:08]


***
Usmonning oilasi duodan bõshamas, sud ijobiy hal bõlib, Usmonni kõrishga umid qilgandi. Yuraklari yomon xabarni eshitishdan qõrqar, soatga qarab:
—Hozir boshlanadi deb õtirishardi. Soat 16: 50 yoki 17:09 chamasi edi shekilli telefon jiringladi. Xaliyma mujdali xabardan umid qilib, uni kõtardi. Sud qoldirilganligini aytishdi. Ona shõrlik uch oy tishini tishiga qõyib zõrĝa bardosh bergan, bugungi suddan umid qilgan edi. Ammo bu javobni eshitib, yiĝlab yubordi, shunaqangi baland yiĝlardiki Sakiyna uning yoniga borib qolganini sezmasdi.
Sakiyna:
—Nima bõldi, yana aniq emas deyishdimi?! deb Xaliymaga dori uzatdi. Xaliyma dorini ichib, suvni ichiga yutarkan:
—Sud qoldirilibdi. Usmonga uy qamoĝi uchun ham ruxsat berishmapti dedi. Sakiynaning ilk bor qaynonasi yonida kõz yoshlari tõkildi. Xaliyma ilk bor kelinini bu ahvolda kõrgan edi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [21.08.2021 16:46]


#54_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Kelgusi hafta ham kelgan, sud kuni hali ham aniq bõlmagan edi. Xaliyma qattiq tushkinlikka tushib qolgan, Sakiyna uni chalĝitishga urinardi. Bir kuni uylariga Usmondan xat kelgan, Xaliyma xatlarni kõzdan kechirar ekan, oiladagi hamma a'zolar uchun alohida xat bor edi. Onasiga, singlisi va Sakiynaga xat yozgan edi. Xaliyma Sakiynaga xatini berib, õzining xatini ochib õqidi. Õqir ekan kulib qõydi, Sakiynaga qaradi:
—«Xavotir olmang, menda hammasi yaxshi, bu yerning sharoitlari, ovqatlari ham joyida» dab yozibdi. Bolam-a hatto yolĝon gapirishni ham bilmaydiya. Ovqatlari, sharoiti yaxshi emish. Meni ovutish uchun yolĝon yozibdi dedi-yu, kulib turib kõzlari yoshlandi.
Sakiyna ham xonasiga kirib, xatni ochdi va õqidi:
«ᴏʏ ʏᴜᴢʟɪᴍ, ɢᴜʟɪᴍ ᴍᴇɴɪɴɢ. ᴅᴜɴʏᴏᴅᴀ ᴠᴀ ᴏxɪʀᴀᴛᴅᴀ, ɪɴsʜᴀᴀʟʟᴏʜ ᴊᴀɴɴᴀᴛʟᴀʀᴅᴀɢɪ ᴊᴜғᴛɪᴍ. Sᴇɴɪ ǫᴀɴᴄʜᴀʟᴀʀ sᴏɢ'ɪɴɢᴀɴɪᴍɴɪ ᴛᴀsᴀᴠᴠᴜʀ ǫɪʟᴏʟᴍᴀʏsᴀɴ. Sᴇɴ ʙɪʟᴀɴ ɪʟᴋ ʙᴏʀ ᴜᴄʜʀᴀsʜɢᴀɴɪᴍɪᴢᴅᴀ sᴇɴ: «ᴀʏᴏʟɪɴɢɪᴢ ʙõʟɪsʜɢᴀ ᴍᴜɴᴏsɪʙ ᴇᴍᴀsᴍᴀɴ ᴅᴇʙ ǫõʀǫᴀᴍᴀɴ» ᴅᴇɢᴀɴᴅɪɴɢ. ᴀsʟɪᴅᴀ ᴍᴇɴ sᴇɴɢᴀ ᴍᴜɴᴏsɪʙᴍᴀɴᴍɪ ᴅᴇʙ õʏʟᴀʙ ǫᴏʟᴀᴍᴀɴ. Sᴇɴ ᴍᴇɴᴅᴀɴ ᴋõʀᴀ ᴋᴜᴄʜʟɪ ᴠᴀ sᴀʙʀʟɪ ʙõʟᴀ ᴏʟɪsʜɪɴɢɢᴀ ɪsʜᴏɴᴀᴍᴀɴ. ɪsʜᴏɴᴄʜɪᴍɴɪ ᴢɪʏᴏᴅᴀsɪ ʙɪʟᴀɴ ᴏǫʟᴀʏ ᴏʟᴅɪɴɢ ɢᴜʟɪᴍ. Sᴇɴ ᴠᴀғᴏᴅᴏʀ ᴀʏᴏʟ, ʏᴀxsʜɪ ᴏɴᴀ ʙõʟᴀ ᴏʟᴅɪɴɢ. ᴍᴇɴ sᴇɴɪ ʙᴜɢᴜɴɢɪ ᴢᴀᴍᴏɴ ʜᴀᴅɪʏᴊᴀsɪɢᴀ õxsʜᴀᴛᴅɪᴍ, sᴀᴋɪʏɴᴀᴍ. ᴍᴜʜᴀᴍᴍᴀᴅɪɴɪɴɢ ǫõʟɪᴅᴀɴ ǫõʏɪʙ ʏᴜʙᴏʀᴍᴀɢᴀɴ, ᴜᴍʀɪ ᴠᴀ ᴍᴏʟɪɴɪ sᴀʀғ ᴇᴛɢᴀɴ õsʜᴀ sᴏʟɪʜᴀɢᴀ. ᴀʏʏᴜʙ ᴀ.s.ᴅᴀɴ ʜᴀᴍᴍᴀ ʏᴜᴢ õɢɪʀɢᴀɴᴅᴀ ᴜɴɪ ᴛᴀʀᴋ ᴇᴛᴍᴀɢᴀɴ sᴏʟɪʜᴀɢᴀ õxsʜᴀʏsᴀɴ. ʏᴏɴɪɴɢᴅᴀ ʙõʟɢᴀɴ ᴘᴀʏᴛɪᴍᴅᴀ sᴇɴɪ ʙᴜ ǫᴀᴅᴀʀ ʏᴀǫɪɴ ᴛᴀɴɪʏ ᴏʟᴍᴀɢᴀɴ ᴇᴋᴀɴᴍᴀɴ. ᴍᴇɴɪ ᴍᴜsɪʙᴀᴛᴅᴀ ᴛᴀsʜʟᴀʙ ᴋᴇᴛᴀsᴀɴ ᴅᴇʙ õʏʟᴀʙ xᴀᴛᴏ ǫɪʟɢᴀɴ ᴇᴋᴀɴᴍᴀɴ. ᴍᴇɴ ʏᴀɴᴀ ǫᴀɴᴄʜᴀ sɪᴢʟᴀʀᴅᴀɴ ᴀʏʀᴏ ʙõʟɪsʜɪᴍɴɪ ʙɪʟᴍᴀʏᴍᴀɴ. ʙɪʀᴏǫ ǫᴀʟʙɪɴɢᴅᴀɢɪ ɪʏᴍᴏɴ ᴠᴀ ǫᴜʀ'ᴏɴ ʙᴏʀ ᴇᴋᴀɴ, ᴢᴀʏɴᴀʙɴɪ ᴍᴜᴋᴀᴍᴍᴀʟ ᴛᴀʀʙɪʏᴀ ᴇᴛᴀ ᴏʟɪsʜɪɴɢɢᴀ ɪsʜᴏɴᴄʜɪᴍ ᴋᴏᴍɪʟ. ᴢᴀʏɴᴀʙɢᴀ ʏõǫʟɪɢɪᴍɴɪ ʙɪʟᴅɪʀᴍᴀ. ᴜɴɪɴɢ xᴜʟǫɪɴɪ ǫᴜʀ'ᴏɴ ǫɪʟɪʙ ᴛᴀʀʙɪʏᴀʟᴀ. ʙᴀʟᴋɪ sᴇɴɪɴɢ ʏᴏɴɪɴɢᴅᴀ ʙõʟᴀ ᴏʟᴍᴀsᴍᴀɴ. ᴢᴀʏɴᴀʙ ᴍᴇɴɪ ᴋõʀᴏʟᴍᴀʏ õsᴀʀ, ᴀᴍᴍᴏ ᴅᴜᴏʟᴀʀɪᴍ sɪᴢ ʙɪʟᴀɴ ʙõʟᴀᴅɪ. Sᴇɴᴅᴇᴋ ᴀʏᴏʟɴɪ ᴛᴀǫᴅɪʀɪᴍɢᴀ ʏᴏᴢɢᴀɴɪ ᴜᴄʜᴜɴ ᴀʟʟᴏʜɢᴀ ʜᴀᴍᴅʟᴀʀ ʙõʟsɪɴ.
ᴍᴇɴɪ ᴋᴜᴛ ɢᴜʟɪᴍ, ʏᴜsᴜғɴɪ ᴋᴜᴛɢᴀɴ ʏᴀǫᴜʙᴅᴇᴋ. ᴀʟʟᴏʜ ɪᴋᴋɪᴍɪᴢɢᴀ ʜᴀᴍ ɢõᴢᴀʟ sᴀʙʀ ʙᴇʀsɪɴ.
ᴀʟʟᴏʜ ᴍᴜʜᴀʙʙᴀᴛɪᴍɪᴢɴɪ ᴏxɪʀᴀᴛ ᴠᴀ ᴊᴀɴɴᴀᴛʟᴀʀᴅᴀ ʜᴀᴍ ᴍᴜsᴛᴀʜᴋᴀᴍ ǫɪʟsɪɴ. ᴅᴜɴʏᴏɴɪɴɢ, sʜᴀʏᴛᴏɴɴɪɴɢ ғɪᴛɴᴀʟᴀʀɪᴅᴀɴ ǫõʀɪsɪɴ. ʏᴏᴅɪɴɢᴅᴀᴍɪ ᴍᴇɴ ǫᴜʀ'ᴏɴ õǫɪɢᴀɴɪᴍᴅᴀ ʏᴇʟᴋᴀᴍɢᴀ ʙᴏsʜɪɴɢɴɪ ǫõʏɪʙ ᴛɪɴɢʟᴀʀ ᴇᴅɪɴɢ. ᴍᴇɴ ʏᴇʟᴋᴀᴍɢᴀ sᴜʏᴀɴɢᴀɴ ʙᴏsʜɪɴɢɴɪ sɪʟᴀsʜɴɪ sᴏɢ'ɪɴᴅɪᴍ. Ǫᴜʀ'ᴏɴ õǫɪʙ, ᴜɴɪɴɢ ʏᴏɴɪᴅᴀ ʏᴜᴍɪʟɪʙ ᴜʏǫᴜɢᴀ ᴋᴇᴛɢᴀɴ ᴋõᴢʟᴀʀɪɴɢɴɪ, ɴɪᴍᴀ ǫɪʟsᴀᴍ, «xᴀʏʀʟɪ ʙõʟsɪɴ» ᴅᴇɢᴀɴ ᴛɪʟᴀᴋʟᴀʀɪɴɢɴɪ sᴏɢ'ɪɴᴅɪᴍ. ᴀʟʟᴏʜɢᴀ ᴏᴍᴏɴᴀᴛ ǫɪʟᴅɪᴍ sᴇɴɪ ᴍᴇɴɪɴɢ sᴀᴋɪʏɴᴀᴍ.
ᴜᴍᴍᴜ ᴢᴀʏɴᴀʙɢᴀ
ᴀʙᴜ ᴢᴀʏɴᴀʙᴅᴀɴ» deb tugatilgan edi uning maktubi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [22.08.2021 17:54]


#55_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Sakiyna xatni õqib bõlib, yiĝlab yubordi. Usmonni naqadar soĝingan edi. Ammo xatdagi : « meni tashlab ketasan deb õylagan edim» degan sõzlardan jahli chiqqan edi.
—Men nahotki uni tashlab ketadigan ayolga õxshasam. Õzimdan ham kõproq unga ishonsam, nega men haqimda bunday õyladiykin dedi ichida. Keyin begona ayolning qilgan qõnĝiroĝi yodiga tushdi.
Sakiyna yana ichida:
—Balki bu tuhmat qilinishini bilib, õsha ayolga ishondi deb qõrqqan bõlsa kerak deb õyladi. Qõliga qoĝoz va ruchka oldi. Usmonga xat yozmoqchi edi. Nima deb yozishni õylardi. Bir sõz yozdiyu u qoĝozni ĝijimlab, axlat chelagiga otib yubordi.
—Men bu yerda, ozodlikda bõla turib qancha siqilyapman. U bõlsa mendanda kõproq siqilyotganligi aniq. Onasi, ayoli va bolasini kõrmaganiga uch oydan oshgan bõlsa, uning yuragini siqmaydigan, kayfiyatini kõtaradigan narsalarni yozishim kerak dedi.
Boshqa qoĝoz olib chiroyli va dona-dona qilib xat yoza boshladi. Zaynabning yangi qiliqlarini, uyda bõlgan kulguli voqealarni yozdi. Va xatning oxiriga Zaynabning qõlchasini sekin qoĝozga bosib chizdi. Maktubni kanverdning ichiga solib qõydi. Qachon pochta kelsa berib yuboraman deya.
***
Bir kuni Zaynabni belanchagiga yotqizdi. Bolaning eng shirin davrlari uch oylikda boshlanadi. Har xil qiliqlar ovozlar chiqarardi. Yuqoridagi qandilga qarab, oĝzini ochar, alla nimalar deb gapirar edi Zaynab. Sakiyna uning yoniga keldi. Qizining dumaloq qop-qora kõzlarida nimadir yetishmaydigandek kõrinardi. U kõzlar Sakiynaga qaradi va xursandlikdan qõl-oyoqlari barobar tipirchilardi. Uning gõzal va ma'noli kõzlari kimnidir qidirar, kimnidir soĝingan edi. Xuddi:
—Meni otam qani?! Qayerda u?! degandek tikilib turardi. Sakiyna bu nigohlarga tutilib qoldi, va qiziga:
—İnshaAlloh bir kun topishamiz qizim deya peshonasidan õpdi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [24.08.2021 19:23]


#56_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Sudning bu qaroridan Anas juda ĝazabda edi. Advokatga tinmay ariza bilan chiqishini aytar, advokat esa barcha vakolatlarini ishga solganini aytdi. Anasning xayoliga Usmonning uyidan topilgan noqonuniy kitob tushgach, buni advokatga aytdi.
Advokat:
—Sizlarning uyingizni ham tintuv qilishlari mumkin, harqanday vaziyatga tayyor turing degach, Anas ham uyiga borib oilasiga xabar berdi. Buni eshitgan oilasi uyni õzlari tekshirib chiqishdi. Haqiqatdan ham uning uyidan ham noqonuniy kitob chiqqan edi. Anas bu kitobni uyiga qanday kelib qolganini õylab, õyiga yetolmadi. Darhol uni yoqib kul qildi. Aliy keldi xayoliga, unga ham qõnĝiroq qilib, uyini va kitob dõkonini tekshirishini aytdi. Aliy ham u aytgandek qildi. Uning ham uyidan va kitob dõkonidan qandaydir terroristik ĝoyaga mansub kitoblar topildi. U ham kitoblarni yoqib yubordi. Va Anasga qõnĝiroq qilib muhim masalada yordami kerakligini aytgach, kõrishib gaplashib oldilar.
Aliy:
—Uyingda yoki yertõlangda kuzatuv kamerasi bormi? deb sõradi Anasdan. Anas ham õylanib qolib:
—Kutubxonam va yertõlaga qõydirgandim dedi.
Aliy:
—Hech kim bilmaydigan joydami?! dedi.
Anas:
—Ha uyda kamera borligini faqat men bilaman dedi.
Aliy:
— Kameradagi yozuvlar saqlanib qolgan bõlsa ularni kõrsam bõladimi?!dedi
Anas:
— Mayli dedi.
Ikkisi kechki payt kameralarda saqlanib qolgan videolarni kõra boshlashdi. Birdan uch oy oldin yertõladan kimdir kelib kitob qõyib ketgan tasvirga kõzlari tushdi.
Aliy:
—Kõrdingmi, sen meni ogohlantirib qonĝiroq qilganingda, u yerdan kitoblar chiqqanini kõrib, kitob dõkonidagi kamerani kõzdan kechirdim. Uyingga kirgan odamlarga õxshagan bittasi dõkonimga sezdirmay kitoblarni qõyib ketibdi. Uyimga ham uchta-tõrttasini tashlab ketishibdi. Uyimga qanday kirishgan deb hayronman dedi.
Anas:
—Men ham uch oy oldin qanday qilib uyga sezdirmay kira olishganini hazm qilolmayapman dedi.
Bu videolarni ham kõpaytirib, advokatga dalil sifatida berishdi.
Advokat:
—Õta xushyor bõling. Aybni bõyniga qõyishi uchun Usmonning uyiga ham yana narkotik yoki taqiqlangan psixantrop moddalar tashlab ketishlari va boshqa jinoyat bilan qamatib yuborishlari hech gap emas deyishdi.
Aliy va Anas ayollari orqali Usmonga kelishi mumkin bõlgan xavfdan uning oilasini ogohlantirdilar
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [25.08.2021 12:48]


***
Peshin vaqti edi. Eshikning qõnĝiroĝi chalindi. Sakiyna eshikdan qarab, Sumayya va Xosiyatni kõrgach eshikni ochdi. Ular bilan salomlashgach ichkariga taklif qildi. Õtirib suhbatlashishdi, bolalar bilan õynashgach, ularni uxlatib:
—Sud qoldirilgani yaxshi bõlmapti dedi Xosiyat.
Sakiyna:
—Xayrlisi shu ekan, biz nima ham qila olardik dedi.
Xosiyat:
—Tõĝri xayrli ish bõlganidir. Lekin hali ham bir narsaga tushuna olmayapman. Usmondan nima istashyapti õzi dedi.
Sakiyna:
—Bilmayman. Uch oy ushlab turishgani yetmagandek, sud kunini ham aytishmayapti. Kelasi hafta deb nechta haftalar õtib ketdi dedi.
Sumayya:
—Alloh sabr bersin dedi va bir past tin olib:
—Bizning uyimizni ham tintuv qilishlari mumkinligini eshtib, uyimni rosa yaxshilab tozalab tillalarim va qimmatbaho narsalarimning hammasini berkitib qõydim dedi.
Xosiyat ham kulib:
—Men ham hamma tillalarim, kompyuter fleshka nima bõlsa topolmaydigan qilib berkitib qõydim dedi.
Sakiyna ikki dugonasining gaplaridan kulib yubordi:
— Agar men ham tintuv qilishlarini oldindan bilganimda tillalarimni sizga õxshab berkitib qõygan bõlardim dedi.
Xosiyat:
—Tillalaring joyidami yoki olib ketib qaytib berishmadimi?! dedi.
Sumayya ham:
—Rostan shunday bõldimi?! dedi.
Sakiyna:
—Tillani olib ketsa jon derdim. Erimni olib ketishdi. Tovba uch oy kõrmadim-a ularni dedi.
Xosiyat:
—InshaAlloh hali kõrasan, kõraverib tõyib ketasan dedi.
Sakiyna:
—Chehralari armon bõlmasin bizga, Zaynab hali juda kichkina, yolĝiz õzim qiynalaman dedi.
Sumayya:
—Bu gapdan qanchalik charchagan va tõyib ketganingizni bilaman. Ammo hammasi yaxshi bõladi dedi.
Sakiyna:
—InshaAlloh xayrlisi bõlsin deb qõydi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [26.08.2021 11:52]


#57_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Haftalardan sõngra Sakiynaning yozgan maktubi Usmonga berildi.
Xatni ochar ekan, yuragi tez ura boshladi.
—Nima deb yozgan ekan? Meni tashlab ketmadimikan? Maktubimni oldimikan? Agar maktubimni olmaganda maktub yuborarmidi degan har xil xayolda ochib õqiy boshladi.
«Assalomu aleykum. Biz yaxshimiz Alhamdulillah. Bizdan xavotir olmang. Hammamiz yaxshimiz. Tezroq keling. Sizni juda soĝindik. Uydagi yangiliklarga kelsak, Zaynab ancha katta qiz bõlib qolgan. Bõylari chõzilib, semirib qolgan. Injiqlanib yiĝlamayapti. Kun sayin yangi qiliqlar chiqaryapti. Oĝizlarini ochib tinmay gapirishni odat qilgan. Faqat Qur'on tinglagan paytida jim turadi xolos. Qõllarini oĝziga solishni, oyoqlarini õynashni, baqirib ovoz chiqarishni õrganib olgan. U ham uyda kimdir yetishmayotganini sezayotgandek. Uch oydan beri kõzlari sizni axtarayotgandek. Quloĝlari Yusuf surasini eshtishi bilan, kõzlari atrofga boqib charchamaydi. Uyimizga mehmonlar hol-ahvol sõrab kelib turishibdi. Zaynabni ularning yoniga olib tushsak baqirib yuboradi. Buvisi ham Zaynabning yonida kõzyosh tõkmaslikka vada berganlar. Agar yiĝlaydigan bõlsak, Zaynab ham bizdan õrganib oladi deb qõrqamiz. Qizingiz xuddi õzingiz. Bunchalik õxshashlikni kõrib hayron qolaman ba'zida. Uni tushunmay qolsak qiladigan jahli ham siznikiga õxshaydi. Qõllari bilan kõzlarini ishqalashi ham.
Sizdan ozgina jahlim chiqdi. Nahotki men sizni davlatingiz va õbroingiz uchun tanlagan deb õyladingiz. Men sizni yolĝiz Alloh nomi bilan tanlaganman. To õlim ayrmaguncha sizning yelkadoshingiz bõlishni Allohdan sõrayman. Sevgilim men sizga ishonaman. Va Alloh mening oldimda sizni uyaltirmaydi. Allohga omonat etdim sizni. Alloh panohida asrasin deya sõrayman. Mening Hofizi Qur'onim. Usmon deya atalgan Yusufim.
Ummu Zaynabdan
Abu Zaynabga» deb yakunlangan va maktubning oxiriga Zaynabning jajji kafti chizilgan edi. Usmon u jajji kaft va barmoqlarni silab õpib qõydi. Xatning orasida kelgan Zaynabning rasmlarini tomosha qilib, õpib õtirar edi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [28.08.2021 12:28]


#58_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Oradan bir oy õtdi. Kelasi haftalar yiĝilib bir oy vaqtga chõzilgan. Juma kuni, Bilol tahorat olib, jomiyga shoshardi. Safning boshida Usmonga iqtido qilolmasa ham, Usmon uchun duo qilishga shoshardi. Oyoqlari, qalbi masjid tomon chopar, bugungi kunini masjidda õtkazmoqchi edi. Bilol ham kõrkam õsmir bõlgan, bõylari chõzilib, qiroati xuddi Usmonning qiroati kabi gõzal edi. Jomiyda juma namozini õqib, qõllari duoga ochildi:
«Ya Allohim õzingga hamd-u sanolar bõlsin. Maqtovlarga yolĝiz sen munosibsan. Õzing meni avf et duolarimni qabul et. Men sening bandangman. Qulingning õĝli, chõringning bolasiman. Sen qazoi-qadarning egasi. Sen yer-u kõkning sohibisan. Sen buyuksan men ĝaribman. Sen avf etuvchisan. Men tavba ila senga yuzlanuvchiman. Qullik qilolmadim, avfingga keldim. Qur'onni qalbimning bahori qilgin. Qabrda dõst, qiyomatda shafoatchi, sirot kõprigi ustida nur qilgin. Allohim bugun menga bir imkoniyat ber. Quling Usmonning mushkulini oson qil. Qalbini , Qur'onini qõri, yomon kimsalardan panohingda asra. To qiyomatgacha uundan rozi bõl. Mahbuslikdan qutqargan Yusuf a.s. dek qutqar uni. Uning va mening avlodlarimni jahannam olovidan omonda saqla. Qiyomatga qadar avlodlarimizdan ilmiga amal qiluvchi Hofizi Qur'onlarni aritma. Usmonning boshidan qora bulutlarni rahmat yomĝiri bilan tarqat. Ya Alloh duolarimni dargohingda qabul-u mukarram ayla, amiyn» deya duosini yakunladi. Masjidning hovlisiga chiqib Anas bilan kõrishdi.
—Assalomu aleykum, juma muborak bõlsin dedi Bilol.
Anas:
— Va aleykum assalom Bilol senmisan tanimabman. Õzgarib ketibsan. Ovozing ham, seni kõrmaganimda Usmon deb õylardim dedi.
Bilol kulib qõydi. Sevgan, xavas qilgan insonga õxshashlik kimga ham yoqmaydi axir.
Bilol:
—Alloh ularni panohida asrasin. Ular tufayli Qur'on Hofizi bõldim dedi.
—Sud kuni aniq bõlibdimi?! dedi.
Anas:
—InshaAlloh bugun bõladi. Alloh yuzimizni yoruĝ qilsin dedi.
Bilol:
—InshaAlloh, sabringizga yarasha mukofotlanasiz dedi.
Anas:
— InshaAlloh. Duo qilib turinglar dedi.
Bilol:
—Barcha duolarimiz sizlar uchun bõlsin dedi. Anas bilan xayrlashib, masjiddagi kutubxonaga kirib, soatlab Qur'on õqidi. Duolar qildi.
***
Sud soat 16:30 boshlanishi kerak edi. Yana sud zaliga hamma yiĝildi. Usmon ham olib kirildi. Bu safar uning yuzi sal kõkargan, labi yara edi. Anas uning yoniga keldi:
—Qaysi qõling singur urdi seni dedi.
Usmon:
—Qizishma. Õzing qanaqasan. Uydagilarim yaxshimi?! dedi.
Anas:
—Salom aytishdi. Ularning ham sabr kosasi tõlib bormoqda. InshaAlloh bugun chiqasan dedi.
Usmon:
—InshaAlloh dedi.
Sud boshlandi. Davogarlarning,soxta guvohlarning sudda aytgan sõzlari asabni buzardi.
Biri:
—Masjidda juma namozdan sõng, odamlarni yiĝib davlatga qarshi isyonga chaqirardi desa yana biri:
— Hech qayerda kõrmagan adabiyotlarni õqitardi dedi.
Usmon bu guvohlarning aytgan hamma gaplarini rad etardi. Navbat Usmonning advokatiga berildi.
U:
—Muhtaram sudya bularning barchasi bõxton. Isbot uchun yozib olingan video va audiolarni kõrib chiqishingizni sõrayman. Va sud zalida õtirgan Hikmat Aliyevni qamoqqa olishingiz va ma' muriy javobgarlikka tortishingizni sõrayman dedi. Sudya video va audiolarni qabul qildi. Butun sud Hikmatning tahdid tõla iqrorini eshitib, uning odamlari tomonidan qõyib ketilgan kitoblarning tasvirlarini kõrib, unga la'nat aytib õtirardi. Sudya sud kengashi qaror qabul qilishi uchun ikki soat vaqt sõrab, boshqa xonaga chiqib ketdi. Hammaning kõzi soatda edi. Hamma duo qilar, tezroq hal bõlishini sõrardi.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [28.08.2021 13:02]


#59_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Sud zalida bõzarib, gezarib õtirgan Hikmatga qarata Mahmud:
—Ochilib õtir taqir kalla yoki tishing tõkilganmi?! dedi.
Hikmat:
—Oĝzingni yum bõlmasa deb õrnidan qõzĝalgan edi
—Tinchlik saqlansin deb ogohlantirildi. Ikki soat õtgan edi.
Sudya va yordamchilari sud zaliga kirishdi.
Hamma õrnidan turib, sudning qarorini tinglardi.
Sudya:
«Guvohlarning va berilgan ashyovi dalilarni inobatga olib, yolĝon davo berganligi, mahbusga qilingan ayblov bekor qilinib, yolĝon davo qõzĝaganligi uchun Hikmat Aliyevni ma'muriy javobgarlikka tortilib, 15 kunlik qamoq jazosi bilan jazolansin» degan hukm chiqargan, sud zalidan Hikmat qamoqqa olingan edi. Hamma«Allohu akbar» deya hayqirar, Usmonni Mahmud quchoqlab olgandi. Anas Xaliyma honimga qõnĝiroq qilib, xushbarni yetkazdi. Xaliyma yiĝlab, Sakiynaga ham aytgan, hammaning qalbida « Allohu akbar» jaranglardi. Sakiyna quvonchdan Zaynabni quchoqlab oldi. Oilasiga qõnĝiroq qilib:
— Kuyovingiz chiqdilar. Duolarimiz ijobat bõldi dedi.
Ular ham quvonchdan õzlariga siĝmas, shukr sajdasini ado etdilar.
Xabar Masjidda duo qilib õtirgan Bilolga ham yetib keldi. U ham shukr namozini õqib, shukr sajdasini qildi.
—Allohim sen meni uyaltirmading. Ammo men qarshinga uyalib qoldim deya yiĝlab yubordi
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [28.08.2021 13:28]


#60_qism
(✍️Fahriya_Yaqub)
Usmonning ozod bõlganini eshitgan qavm-qarindoshlar yiğilib mehmonga kelishgan, Usmon esa halı ham kelmayotgan edi. Uy odamlar bilan tõlib ketgan, qõl-qõlga tegmasdi. Sakiyna oshxonaning derazasidan tinmay hovliga qarar, kõzlari tõrt bõlgandi. Usmonning singlisi Fotima uni kõrib, xavasdan kulib qõyardi. Usmon ham keldi. Uning yoniga birinchi bõlib Xaliyma honim qõlida Zaynab bilan chiqdi. Zaynabni oppoq kiyimlar bilan yasantirib qõyishgan edi. Kõzlari Usmonga tushishi bilan ovoz chiqarib gapirib, kulardi. Uni qõliga olib onasi bilan kõrishdi. Ona yiĝlashdan õzini tõxtata olmasdi. Kelganlar Usmon bilan kõrisharkan, Sakiyna asabiylashar edi:
—Tõrt yarim oy kutib yoniga borolmasang yomon ekan. Shuncha kõrishishgani yetmaydimi deb pichirlar, Fotima kulib:
—Farhod va Shirinimiz bir biriga zorku dedi.
Sakiyna:
—Ular bizga xavas qilsin deb kuldi. Odamlar tarqagach Usmonni Fotima oshxonaga olib kirdi. Sakiyna uni kõrishi bilan muzlatgichning orqasiga bekinib oldi. Õziga kelib, qarshiga chiqdi. Usmonni kõrib bir sõz aytolmas, faqat yiĝlardi. Usmon uning kõz yoshlarini artdi. Peshonasidan õpib:
—Sendan roziman gulim . Alloh sendan rozi bõlsin dedi. Shu kundan buyon hozirgacha baxtli hayot kechirmoqdalar. Alloh ikki qalbni qiyomatgacha ayirmasin. Ishq dostonlari õz gõzalligini yõqotmasin. Afsonalar oramizda yashaydi. Faqat biz ularni bilmaymiz. Ularni birgalikda topamiz.
https://t.me/Hayot_vasfi

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ, [06.09.2021 16:50]


QİZĞONİNG.
(✍️ Fahriya_Yaqub)
Ey erkak, sizga aytar bir qalb sõzim bor. Diqqat qiling, amal qiling.
Ahli-ayolingizni qizĝoning. Agar siz ularning iffatini asray olmasangiz, Alloh sizga ĝazab qiladi. Hayotimda kõp bor ayolini, dinini, iffatini qõriy olmagan erkaklarni kõrdim. Hatto ichimdagi nafrat shu qadar tõlib toshdiki, shularni yozishga qaror qildim. Ayol erkakka Allohning bergan omonatidir. U omonatni qiyomatgacha saqlash va rozi qilish yelkangizdagi burchdir. Ammo bu burchni qanday ado etyapman ? deb savol berib kõrdingizmi õzingizga. Ayolingizni moddiy va ma'naviy ta'minlash, diniy ilm õrgatish, bu bilan bir qatorda ayolingizning avratlarini saqlash ham sizning bõyningizda. Axir faqatgina siz uchun atalgan ayolingizning sochlari, tirsagi, bõyni tizzasi va hakazo avrat joylariga, kõchadagi erkaklarning nazari tushishi, ayolingizga nisbatan shahvoniy nafslari uyĝonishi sizning sha'ningizga tushadigan isnod emasmi. Axir Alloh uni sizning juftingiz qilib, unga turfa gõzalliklar bergan ekan, õzgalar undan bahramand bõlishi qanchalik tõĝri?!
Alloh õz kitobida:«Mõminlarga ayting kõzlarini haromdan tiysinlar, farjlarini saqlasinlar» deb buyuradi.
Bundan kõrinadiki, xijob Allohning farzidir. Ba'zi xonadonlarda Allohga isyon etib, xijobli muslimalarimizning xijoblarini yechtirib tashlayotganlarining guvohi bõlib qolaman. Eng yomon holat muslima kelinlarimiz oilalari buzilmasligi uchun tasatturlarini yechishga majbur bõlmoqdalar. Tasatturga kirish niyatida yurgan muslima ayol-qizlarimizning aksariyati erlari rozi bõlmayotgani tufayli xijob õrolmayotganlarini aytadilar. Sizlarga Aliy r.a. ning rashklari haqida keltirilgan jumlani eslatib qõyishni joiz deb bildim: « Shamchiroqni õchiring, Fotimaning soyasiga begonalarning kõzi tushmasin».
İlm eshigining kaliti bõlgan Aliy r.a. ning oldida siz kimsiz?! Ayting, jannat xushxabari berildimi sizga?!.
Balki õzingizni shunday deb hisoblarsiz. Ammo ahli-ayolini himoya qilolmagan, onasini, singlisini, ayolini iffatini õylamay turib, jannatga kirgan erkakni hali eshitmadim.
Balki ayolingiz tasattur uchun nafsini yenga olmayotgan bõlishi mumkin. Agar shunday bõlsa, uning uchun duoda bõling.
Qizĝoning. Satrlantiring. Qalbini ham. Badan xoshiyalanman turib, qalb pokiza bõlmaydi. Xulosa õzingizdan.
https://t.me/Hayot_vasfi

Allohim Sakiyna va Usmonning umrlari va rizqlariga Baraka bersin hamma havas qilgan bu juftlikka jannatlarda ham birga Rosululloh s.a.v bilan birgalikda turishlikni nasib etsin .



Sakiynaning hikoyasi nomli jamlanmamizda biroz hato ova kamchiliklar uchrasa mazur tutasiz hurmat bilan @Arabicanura hamda
https://t.me/mufiydulilmnurim
Download 138,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish