Ikkinchi jahon urushi 1939-yilning 1-sentabridan 1945-yilning 2-sentabrigacha, ya'ni 6 yil davom etdi. Bu urush dunyoning 61 davlatini o'z domiga tortdi. Ularda dunyo aholisining 80 foizi yashar edi. Armiya saflariga jami 110 mln. kishi safarbar etildi Ikkinchi jahon urushi tarixda eng dahshatli, eng ko'p talofat va katta vayrongarchilik keltirgan urush sifatida iz qoldirdi. Chunonchi, maxsus adabiyotlarda qayd etilishicha, bu urushda 65-67 mln. kishi halok bo'lgan. Ularning yarmi tinch aholi edi.
Sovet armiyasiga qarshi urushning boshlanishi
Germaniya allaqachon sovet davlatiga qarshi urush rejasiga ega edi. U tarixga «Barbarossa rejasi» nomi bilan kirgan (Fridrix 1 Barbarossa davlat yerlarini Sharq hisobiga kengaytirish tashkilotchilaridan biri edi). Germaniya Sovet davlatiga hujum qilish oldidan o'z ittifoqchilari bilan aloqalarni yanada mustahkamladi. Shu maqsadda 1940-yilning 27-sentabrida «Uchlar ittifoqi» (Germaniya — Yaponiya — Italiya) shartnomasi tuzildi. Bu shartnoma amalda dunyoni qayta bo'lish shartnomasi edi. Tez orada bu shartnomaga Ruminiya, Vengriya va Bolgariya ham qo'shildi va ular hududiga Germaniya armiyasi joylashtirildi.
1941-yilning qishiga kelib nemis armiyasi Boltiqbo'yi, Moldova, Ukraina, Belorussiyani egalladi, Leningrad shahrini blokada qildi. Moskvaga esa yaqinlashib qolgan edi. Biroq Germaniya o'z maqsadiga erisha olmadi. U 6—7 hafta ichida urushni tugallashni rejalashtirgan edi.
1941-yilning dekabr oyida Sovet armiyasi qarshi hujumga o'tishga muvaffaq bo'ldi. Bu hujum natijasida nemis armiyasi Moskvadan 100—250 km. gacha uzoqlikka uloqtirib tashlandi. Moskva ostonalarida erishilgan g'alaba Germaniyaning yashin tezligidagi urush rejasini barbod qildi.
Sovet davlati o'z ittifoqchilari Buyuk Britaniya va AQSH oldiga bunday frontni ochish masalasini 1942-yildayoq qo'ygan edi, biroq ular bu masalani turli sabablar bilan orqaga surib keldilar. Ammo yolg'iz sovet davlatining o'zi Germaniyani yengishi ma'lum bo'lgach, ular bu masalani ortiq orqaga surish mumkin emas, degan qarorga keldilar. Chunki ularni Sovet davlatining butun Yevropani fashizmdan ozod etishi, binobarin, butun Yevropa Sovellar nazorati ostiga tushib qolishi mumkinligi istiqboli xavotirga solib qo'ydi. Ikkinchi jahon urushi davrida Sovet-Amerika munosabatlari. Ikkinchi jahon urushi xaritasi. 1933-yil 16-noyabrda AQSH va SSSR o’rtasida rasmiy ravishda diplomatik munosabatlar o’rnatildi. AQSH elchisi Djozef Devis rasmiy tashrif bilan SSSRda 1937-1938-yillar. Yaponiyaning Perl Xarborga hujumidan so’ng AQSH ikkinchi jahon urushiga kirdi. Ikkinchi jahon urushida g’alaba qozonishga o’z hissalarini qo’shgan shaxslar: RUZVELT.F.D STALIN.I.V
U.Cherchill
Tehron konferensiyasi 1943-yil 28 noyabr-1 dekabr Tehron konferensiyasida ikkinchi frontni ochish masalasi bilan bir qatorda, hududiy muammolarga bog’liq boshqa muhim masalalarni ham hal qilishga muvaffaq bo’lindi. Ular orasida Polsha va uning chegaralari masalasi eng muhimlaridan bo’lib, shu bilan birga Kenigsbergning SSSRga berilishi belgilandi.
Tehron konferensiyasi Boltiqbo’yining Sovet Ittifoqi tarkibiga kiritilishi masalasiga Britaniya hukumati rozi ekanligini hal qilib berdi
Tehron konferensiyasi tashkilotchilari - SSSR bosh kotibi
- I.V. Stalin, AQSh prezidenti
- F.D. Ruzvelt, Buyuk Britaniya bosh vaziri
- U. Cherchill
Yalta konferensiyasi 1945-yil 4-11-fevral . - Ikkinchi jahon urushi davrida uch ittifoqdosh davlat boshliqlari -SSSR XKS raisi I.V.Stalin, AQSh prezidenti F.D.Ruzvelt, Buyuk Britaniya bosh vaziri U.Cherchill tashqi ishlar vazirlari, shtab boshliqlari va boshqa maslahatchilar ishtirokidagi mazkur konferensiyada davlatlarning Germaniyani uzil kesil tor-mor etish harbiy rejalari kelishib olindi
Potsdam konferensiyasi 1945-yil 17-iyul, 2-avgust
Germaniya masalasini hal etish
SSSR, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy tashqi ishlar vazirlari ishtirokida tashqi ishlar vazirlari majlisi ta’sis etildi. Mazkur majlisning muhim vazifasi Italiya, Ruminiya, Bolgariya, Vengriya va Finlandiyaga ularni Birlashgan Millatlar Tashkilotiga taqdim qilish uchun tinchlik bitimlarini tuzish va Yevropada urush tugashi bilan bog’liq tarzda qo’yilgan hududiy masalalarni tartibga solish bo’yicha takliflarni ishlab chiqish bo’ldi.
BMTning tashkil topishi. - 1944-yil 21-avgust 7-oktyabrda Dumbarton – Oks (AQSh)dagi to’rt buyuk davlat (SSSR, AQSh, Angliya, Xitoy) vakillarining konferensiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy prinsiplarini ishlab chiqdi va shu munosabat bilan aniq takliflar qabul qilindi
BMT nizomining qabul qilinishi. - BMT Nizomini qabul qilish uchun 25-aprelda San-Fransisko (AQSh)da konferensiya chaqirildi
E’tiboringiz uchun rahmat azizlar !
Do'stlaringiz bilan baham: |