Fanning ma‟ruza matni


MISSIONERLIK VA PROZELITIZMNING SALBIY OQIBATLARI



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/57
Sana30.05.2022
Hajmi0,87 Mb.
#620568
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Диншунслик маърузалар матни

MISSIONERLIK VA PROZELITIZMNING SALBIY OQIBATLARI 
Dasning maqsadi: 
Missionerlikning kelib chiqishi, maqsad va g„oyasi, 
dastlabki missionerlik faoliyati, prozelitizmning keltirib chiqarayotgan salbiy 
oqibatlari, yoshlarga tahdidi, milliy qadriyatlarning yemirilishiga harakatlar, 
missionerlikka qarshi kurashning mafkuraviy va huquqiy asoslari,O„zbekistonda 
faoliyat ko„rsatayotan diniy konfessiyalar va missionerlikning mazmun-mohiyati 
haqida talabalarga tushuncha berish.
 
Tayanch so„zlar 
Missioner, Muqaddas yer, prozelitizm.
 
Reja 
1.
Xristian dinida missionerlik harakatining paydo bo„lishi 
2.
O„zbekiston qonunchiligida missionerlik faoliyatiga belgilangan jazo va 
choralar 
3.
Missionerlik harakatining asosiy g„oya-maqsadlari. 
4.
Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlar 
Missionerlik 
O„zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, e‟tiqod sohasida keng 
erkinliklar amalga oshirila boshlandi. Ma‟lumki, O„zbekistonda mahalliy aholining 
asosiy qismi ming yillardan beri Islom diniga e‟tiqod qiladi. Shu bilan birga 
qadimdan bu diyorda boshqa dinlarga e‟tiqod qiluvchi toifalar ham yashab 
kelishgan. Turkiston o„lkasi Chor Rossiyasi tomonidan istilo qilingach (bosib 
olingach), bu yerga Rossiyadan nasroniy dinidagi aholi ham ko„chib kela boshladi. 
Sovet davrining keyingi yillarda bu ko„chib kelish birmuncha kuchayib, 
nasroniylar O„rta Osiyoda aholi soni bo„yicha musulmonlardan keyin ikkinchi 
o„ringa ko„tarildi. Bularning asosiy qismi pravoslav yo„nalishiga taalluqli bo„lib, 
mahalliy aholi bilan tinch-totuv yashab kelmoqda va missionerlik faoliyati ularning 
yo„nalishida keng yoyilgan emas. Ammo mamlakatimizda ma‟lum miqdorda 
boshqa yo„nalish vakillari ham mavjud bo„lib, mustaqillikdan keyin O„zbekistonda 
ushbu turli nasroniylik oqimlari o„z missionerlik faoliyatini ancha – muncha 
kuchaytirib yubordi. Shunday vaziyatda ushbu sohadagi mavjud haqiqatni ilmiy 
asosda to„g„ri izohlab berish dolzarb vazifaga aylandi. 
Dunyo tarixiga nazar soladigan bo„lsak, missionerlar o„zga din vakillari 
orasidagi faoliyati har doyim mintaqfa barqarorligini buzgan, aholi orasida 


79 
notichliklarga, qon to„kilishlarga sabab bo„lgan. Bunga misol qilib Indonieziyadan 
Sharqiy Timor orolining musulmon davlatidan ajralib chiqishini ko„rsatsa bo„ladi. 
Voqeani kuzatgan mutaxasisilarning fikricha bunday holning yuz berishiga 
missionerlarning bevosita aloqasi bor. Afrika qita‟sida ham missionerlar sabab 
ko„p qonlar to„kilgan. Hozirgi kunda Sudan davlatida ham aynan tub aholining 
missionerlar faoliyati samarasi bo„lgan xristianlar va musulmonlar o„rtasida qonli 
urish davom etmoqda. Bu davlatni ham xuddi Indoneziya hududidan Sharqiy 
Timorni ajratib olish senariyasini qo„lashga urinmoqdalar. 
O„lkamiz mustaqil bo„lgan kunidan boshlab, chet ellardan turli xil diniy 
oqimlarning yurtimizga yopirilib kelishi, va uning avj olib ketganligi hech kimga 
sir emas. Ayniqsa, missionerlarning hamlasida katta xavf yashirinib yotibdi. Ular 
mamlakatimizning «sodda» fuqarolarini o„z tuzoqlariga ilintirib, ongini 
zaharlamoqdalar. Oqibat bunday insonlar manqurtga aylanib, millat, davlat va 
dinning qadriga yetmay vataniga, diyonatiga bo„lgan sadoqat gullarini oyoq osti 
qilmoqdalar. Shunday oqimlarning biri va o„ta xavflisi missionerlik harakatidir. 
Missionerlik faoliyati mafkuramiz uchun yot unsur bo„lib qolmay, balki 
ma‟naviyatimiz rivoji uchun ham to„siqdir.

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish