partiyalar tuzish, respublikadan tashqaridagi diniy partiyalarning bo„lim yoki
filiallarini ochish man etiladi.
Dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ„ibot olib borishda,
dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg„otish, axloqiy negizlarni va fuqaroviy
totuvlikni buzishda, bo„hton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatishda,
aholi o„rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi
qaratilgan boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo„l qo„yilmaydi. Terrorizm,
narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko„maklashadigan, shuningdek boshqa
g„arazli maqsadlarni ko„zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va
boshqalarning bunday faoliyatlari taqiqlanadi.
Fuqarolar dinga bo„lgan munosabatlaridan qat‟inazar, ta‟limning xilma-xil
turlari va darajalarini egallashi mumkin. Qonunning 9-moddasida ko„rsatilishicha,
diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari ruhoniylarni va o„zlariga zarur
bo„lgan diniy xodimlarni tayyorlash uchun diniy o„quv yurtlari tuzishga haqli.
Diniy o„quv yurtlari O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro„yxat
o„tkazilib, tegishli lisenziya olganidan keyin faoliyat ko„rsatish huquqiga ega
bo„ladi.
Oliy va o„rta diniy o„quv yurtlarida ta‟lim olish uchun fuqarolar O„zbekiston
Respublikasining “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonuniga muvofiq umumiy majburiy o„rta
ta‟lim olganidan keyin qabul qilinadi.
Diniy ta‟lim beruvchilar maxsus diniy ma‟lumoti bor kishilar bo„lib, bolalarni
o„qitish uchun diniy boshqarmaning yoki markazning ruxsatnomasiga ega bo„lishi
kerak. Xususiy diniy ta‟lim berishga yo„l qo„yilmaydi. Bu qonun-qoidalarni
buzganlar qonun oldida javobgardirlar.
Diniy tashkilotlar diniy ta‟lim olish uchun fuqarolarni chet elga yuborishlar va
chet el fuqarolarini ta‟lim olish uchun qabul qilishlari mumkin.
Diniy tashkilot - bu ma‟lum dinga ishonuvchilar va ularning jamoalarining
uyushmasidir masjid, cherkov, sinagoga, diniy o„quv yurtlari va h.k. kabi). Uni
tashkil etish uchun unga bir xil e‟tiqodga ega bo„lgan kamida 100 kishi a‟zo
bo„lishi kerak. O„zbekiston Respublikasining har qanday fuqarosi 18 yoshga
to„lganidan keyin ma‟lum diniy jamiyatga a‟zo bo„lishi mumkin.
Diniy tashkilotlar o„z mulklariga ega bo„ladilar. Binolar, din bilan bog„liq
buyumlar, ishlab chiqarish va xayriya ishlariga mo„ljallangan inshootlar, pul
mablag„lari hamda diniy tashkilotlar faoliyatini ta‟minlash uchun zarur bo„lgan
boshqa mol-mulk diniy tashkilotlarning mulki hisoblanadi. Diniy tashkilotlarga
tushadigan moliyaviy va mulkiy xayriyalardan, shuningdek fuqarolardan tushgan
mablag„lardan davlat solig„i undirilmaydi.
Ibodat, diniy rasm-rusum va marosimlar o„tkazish mahalliy hokimiyat
tomonidan taqiqlanmaydi. Qonunning 3-moddasida ko„rsatilishicha, dinga e‟tiqod
qilish yoki o„zga e‟tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa
fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinligini ta‟minlash uchun
zarur bo„lgan darajadagina cheklanish mumkin.
77
Diniy tashkilotlar fuqarolarni ishga olishga haqlidirlar. Ular davlat, jamoat
korxonalari va tashkilotlarining ishchi xizmatchilari bilan baravar soliq to„laydilar,
ijtimoiy ta‟minlanish va sug„urta qilish xizmatlaridan foydalanadilar. Umumiy
asosda pensiya olishga haqlidirlar.
Qonunning oxirgi 23-moddasida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to„g„risida”gi qonunni buzgan kishilar qonun oldida javob berishlari ko„rsatilgan.
Konstitutsiyada hurfikrlilik, vijdon va diniy e‟tiqod erkinligi masalalariga
katta e‟tibor berilgan. Unda dinning tarbiyaviy ahamiyatiga yanada ko„proq e‟tibor
berilishi lozimligi ko„rsatilgan.
O„zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va
fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojoanadi. Uning hududida 14 ta diniy kofessiya
vakillari istiqomat qiladilar. Yuqoridagi qonunda keltirilganidek, ular Konstitutsiya
oldida huquq va majburiyat yuzasidan tengdirlar. Konstitutsiyaning 12-moddasida
ta‟kidlanishicha, hech qanday mafkura davlat mafkurasi sifatida o„rnatilishi
mumkin emas. Shunga ko„ra, hech qanday konfessiya boshqalaridan ustun deb
qaralishi yoki ularga o„z ta‟sirini o„tkazishi mumkin emas.
O„tilgan mavzu bo„yicha savollar
1.
O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida diniy e‟tiqod erkinligiga
qanday munosabat bildirilgan?
2.
Diniy e‟tiqod erkinligi haqida Konstitutsiyaning qaysi Qonunida so„z
yuritiladi?
3.
“Diniy tashkilotlar” deganda nimalar nazarda tutiladi?
4.
Diniy tashkilotlarga kimlar a‟zo bo„la oladi?
5.
Turli konfessiyalar orasida nizo chiqmasligi uchun davlat qanday tadbirlarni
qo„llaydi?
Seminar uchun mavzular
1.
O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida diniy e‟tiqod erkinligining
kafolatlanishi.
2.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to„g„risida”gi Qonunning yangi tahriri.
3.
O„zbekistonda faoliyat olib borayotgan diniy tashkilotlar.
4.
O„zbekiston musulmonlari idorasining faoliyati.
Adabiyotlar
1.
O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T., 1992. - 48 bet.
2.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to„g„risida”gi O„zbekiston
Respublikasining Qonuni yangi tahriri)/ O„zbekistonning yangi qonunlari, ¹ 19. T.,
Adolat, 1998, 224-234-betlar, Xalq so„zi, 1998, 15-may, 2-bet.
3.
Karimov I.A. O„zbekistonning o„z istiqlol va taraqqiyot yo„li. T.,
O„zbekiston, 1992.
«Oldimizga
qo„ygan
olijanob
maqsad-
muddaolarimizga yetish, eski
mafkuraviy
asoratlardan
batamom xalos bo„lish, g„oyaviy
bo„shliq paydo bo„lishiga yo„l
78
qo„ymaslik, begona va yot
g„oyalarning
xurujidan
himoyalanish,
bunday
tajovuzlarga
qarshi
tura
oladigan
har
tomonlama
barkamol
insonlarni
voyaga
yetkazish zarurati xalqimiz va
jamiyatimiz manfaatlariga mos
yangi mafkurani shakllantirishni
taqozo etmoqda».
I.A.Karimov.
10-Mavzu
Do'stlaringiz bilan baham: |