Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 


279 
 
 
 
XVI BOB. TIJORAT BANKLARINING OPERATSIYALARI 
 
16.1. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari 
 
Tijorat banklari asosan jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mab-
lag‘larni jalb qilish va ushbu mablag‘larni tegishli maqsadlarga joy-
lashtirish orqali tegishli foydani shakllantiradi. Banklarning vaqtin-
chalik bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish bilan bog‘liq operatsiyalari 
passiv operatsiyalar hisoblanadi. Banklarning passiv operatsiyalari 
tegishli xarajatlar evaziga amalga oshirladi.
Demak, tijorat banklari passiv operatsiyalari natijasida moliyaviy 
resurslarni shakllantiradi. Resurslar ikkita yirik manba: jalb qilingan 
mablag‘lar va o‘z mablag‘laridan iborat. Resurslar bank balansining 
passivida hisobga olib boriladi. Tijorat banklari balansi passivining 
asosiy ulushini majburiyatlar (jalb qilingan mablag‘lar) tashkil etib, 
ular jami bank resurslari tarkibida 85–90 foizdan iborat bo‘ladi.
Majburiyatlarni muddati va vujudga kelish manbasiga qarab: 
barqaror va beqaror mablag‘larga, ular uchun to‘lanadigan xarajatlar 
miqdoridan kelib chiqib: arzon va qimmat mablag‘larga ajratish 
mumkin.
Jalb qilingan mablag‘larning manbasi

Depozitlar: 

chaqirib olinguncha saqlanadigan depozitlar; 

muddatli depozitlar; 

jamg‘arma depozitlar.
Xalqaro bank amaliyotida bank resurslari tarkibida depozit 
mablag‘lar, ayniqsa muddatli depozitlar asosiy ulushni tashkil etadi. 
Bank resurslari tarkibida muddatli depozitlar ulushining yuqoriligi 
banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga va to‘lovga 
layoqatliligini ta’minlashga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’kidlash lozimki, respublikamiz tijorat banklari resurslari 
tarkibida muddatli mablag‘larning ulushi o‘sib borish tendentsiyasiga 
ega bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2001 yil 1 yanvar holatiga taxminan 7 – 8 
foizni tashkil etgani holda, 2008 yil 1 yanvar holatiga 17 foizga, 2018 
yil 1 yanvar holatiga 30 – 35 foizni tashkil etgan.


280 
Depozitsiz mablag‘lar: 

banklararo kredit resurslari; 

hukumat hisobvaraqlaridagi vaqtincha bo‘sh mablag‘lar; 

tijorat banklaridan olingan resurslar; 

boshqa mablag‘lar. 
Banklarning depozit bo‘lmagan mablag‘lari tarkibida moliya 
bozoridan jalb qilingan banklararo kredit resurslari asosiy salmoqni 
egallaydi. Banklararo kreditlar asosan qisqa muddatli xarakterga ega 
bo‘lib, odatda ushbu kreditlarni berish va olish jarayoni o‘zining 
tezkorligi bilan muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayon bo‘yicha asosiy 
operatsiyalar banklarning vakillik hisobvaraqlari doirasida amalga 
oshiriladi. Ya’ni, tijorat banklari o‘zaro kelishuvga erishganda 
mablag‘lar vakillik hisobvaraqlari orqali o‘tkazib beriladi. Shu bilan 
birga, ushbu kreditlar tijorat banklari uchun nisbatan arzon va muddati 
jihatidan «uzun» mablag‘lar hisoblanadi. 
Xalqaro bank amaliyotida banklarning depozit bo‘lmagan 
resurslari tarkibida asosiy yirik manbalardan biri qimmatli qog‘ozlar 
hisoblanadi. Banklar moliyaviy resurslarni shakllantirish maqsadida 
aksiya, obligatsiya, depozit va jamg‘arma sertifikatlarni muomalaga 
chiqaradi. Shuningdek, tijorat banklari uzoq muddatli resurslarini 
shakllantirishda ipoteka va subordinar qimmatli qog‘ozlari muhim 
o‘rin tutadi. Banklarning qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish 
orqali resurslarni shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalarini ikkita 
guruhga ajratish maqsadga muvofiq.
Birinchi guruhga, tijorat banklari ustav va qo‘shimcha kapitalini 
shakllantirish maqsadida aksiya va subordinar qimmatli qog‘ozlarni 
muomalaga chiqarish bo‘yicha operatsiyalari, ikkinchi guruhga esa 
qisqa va uzoq muddatli resurslarga bo‘lgan ehtiyojini qoplash uchun 
obligatsiya va ipoteka qimmatli qog‘ozlari, depozit va jamg‘arma 
sertifikat
lari bilan bog‘liq operatsiyalari kiradi.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish