8-variant
1. Balans aktivi va passivining bo‘limlari nimalardan iborat?
1. Buxgalteriya balansi – muayyan sanaga pulda ifodalangan va xo‘jalik mablag‘larining turlari, tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy guruhlashtirish hamda umumlashtirish usulidir.
Balansning aktiv va passiv qismlari bo‘limlarga, bo‘limlari guruhlarga, guruhlari esa moddalarga bo‘linadi. Buxgalteriya balansining moddalari korxonaning ayrim mulk turi, uning tashkil topish manbayi va majburiyatlarni tavsiflovchi satr ko‘rsatkichidir. Balansning aktiv va passiv qismlari ikkitadan bo‘limdan iborat.
«Aktiv»– faol, amal qilish, mavjud bo‘lish degan so‘zlardan kelib chiqqan. Shundan kelib chiqib, aktiv deganda mablag‘lar qanday amal qilayotganligini, ishlayotganligini ko‘rsatuvchi mablag‘lar guruhlanishini tushunish kerak.
Aktivlar - bu oldingi amalga oshirilgan muammolarni yoki oldin sodir bo‘lgan voqealar natijasida korxonaga kelib tushgan va ulardan foydalanish kelajakda foyda keltiradigan iqtisodiy resurslardir.
Aktivlar uch xil xususiyatga ega bo‘lishi kerak:
a) kelajakdagi iqtisodiy nafni o‘zida mujassamlanishi, bevosita yoki bilvosita pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlarini ko‘paytirish imkoniyati;
b) bu iqtisodiy naflarni nazorat qilish qobiliyatini mujassamlash;
c) oldingi bitimlar yoki boshqa voqealarning natijasi bo‘lishi.
«Passiv» – nofaol, xolis (betaraf) turmoq, tushuntirish kabi so‘zlarning ildizidan olingan. Tarixan bu atama dastlab faqat qarzga olingan mablag‘larga nisbatan, ya’ni uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarga nisbatan qo‘llanar edi. Bu bilan mulk egasi qarzga olingan mablag‘larga bo‘lgan munosabatda o‘zboshimchalik (bemalollik)dan o‘zini tutishi kerakligi ta’kidlangan edi. Keyinchalik «passiv» atamasi manbaalarning boshqa moddalariga ham tarqatilgan bo‘lib, faqat korxona majburiyatlarini tavsiflabgina emas, mablag‘lar turlarini qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligini ham tavsiflash uchun ishlatiladigan bo‘ldi.
Manbaalarning tarkibiy qismini majburiyatlar tashkil etadi. Subyektning majburiyatlari - bu oldingi amalga oshirilgan muammolarni natijasi yoki kelajakda o‘zida mujassamlangan iqtisodiy nafni chiqib ketishi yoki yangi majburiyatlarni vujudga kelishi bilan yakunlanadi. Majburiyatlar uch xil xususiyatga ega bo‘lishi kerak:
a) aktivlarni chiqib ketishi yoki xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan to‘lashni vujudga keltiradigan mavjud doimiy majburiyatni o‘zida mujassamlashtirishi;
b) subyekt uchun majburiyatni bajarilishi majburiyligi va qariyib
muqarrarligi;
c) oldingi bitim yoki oldingi voqealar natijasi bo‘lishi.
Balans ko‘rsatkichlaridan quyidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlab olish mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z mablag‘lari aktivlaridan majburiyatlarini ayirganiga teng.
Buxgalteriya balansining xususiyati bo‘lib, uning aktiv qismi bo‘yicha umumiy summasi passiv qismi bo‘yicha umumiy summasiga teng kelishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |