274
salmoqni egallaydi. Daromadlar bank balansining passivida hisobga
olib boriladi.
Tijorat banklari daromadlarini manbalari turli – tuman bo‘lib,
ularni quyidagi tartibda guruhlash mumkin:
1.
Mulkiy shaklidan qa’tiy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga
qisqa, o‘rta va uzoq muddatga so‘mda va xorijiy valyutalarda berilgan
kreditlar bo‘yicha daromadlar.
2.
Markaziy
bankdagi
va
boshqa
banklardagi
vakillik
hisobvaraqlar bo‘yicha daromadlar.
3.
Qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha
daromadlar.
4.
Trast, lizing, faktoring va forfeyting operatsiyalari bo‘yicha
daromadlar.
5.
Qimmatbaho metallar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar
bo‘yicha daromadlar.
6.
Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan REPO bitimlari
bo‘yicha daromadlar.
7.
Xorijiy valyutalar kursining o‘zgarishi natijasida olinadigan
daromadlar.
8.
Berilgan kafolatlar va tijorat faoliyatidan
olinadigan daro-
madlar.
9.
Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, qo‘shma korxonalarga va
sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan olingan foyda
va dividendlar.
10.
Maslahat va vositachilik xizmatlaridan olingan daromadlar.
11.
Boshqa daromadlar.
12.
Tijorat banklarining foizli daromadlari asosan ular tomonidan
berayotgan kreditlar hisobidan shakllanadi.
Tijorat banklarining xarajati foizli va foizsiz xarajatlardan iborat
bo‘ladi. Xarajatlar bank balansining aktiv tomonida hisobga olib bori-
ladi.
Tijorat banklari o‘z faoliyatini tashkil
etish jarayonida turli
xarajatlarni amalga oshiradi, shu bois xarajatlarni moddalar bo‘yicha
guruhlarga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiq.
Bankning moliyaviy resurslarini shakllantirish va uning bevosita
faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar
:
mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit
hisobvaraqlariga xarajatlar;
275
depozit sertifikatlar, omonatlar va aksiyalarga to‘lanadigan
xarajatlar;
boshqa bank va bank bo‘lmagan tashkilotlardan olingan kreditlar
bo‘yicha xarajatlar;
Markaziy bankdan qayta moliyalash
tarzida olingan resurslarga
to‘lanadigan xarajatlar;
naqd pullarni olib kelish, jo‘natish va saqlash bilan bog‘liq
xarajatlar;
qimmatli qog‘ozlar va qimmatli metallar bilan bog‘liq operat-
siyalar bo‘yicha to‘lanadigan xarajatlar;
mahalliy banklarning vakillik hisobvaraqlariga to‘lanadigan
xarajatlar;
xorijiy banklarning «Loro» vakillik hisobvaraqlariga to‘lanadigan
xarajatlar;
qaytarilmagan kreditlar bo‘yicha xarajatlar;
boshqa xarajatlar.
Xodimlarining ish haqi, ijara va boshqa ma’muriy xarajatlar:
ish haqi va moddiy yordam xarajatlari;
sug‘urta va badallarga xarajatlar;
xodimlarni ijtimoiy himoya va meditsina xarajatlari;
ijara, suv, elektr energiya, ta’mirlash, qo‘riqlash
va boshqa
xarajatlar.
Xizmat safari, tarnsport va amortizatsiya xarajatlari:
bank xodimlarining xizmat safari va yashash xarajatlari;
transport va yoqilg‘i xarajatlari;
bank binosi va boshqa imoratlariga amortizatsiya xarajatlari;
transport, mebel va boshqa jihozlarning amortizatsiya xarajatlari;
nomoddiy aktivlar va ijaraga topshirilgan binolarga amortizatsiya
xarajatlari;
soliq to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlar;
boshqa xarajatlar.
Bankning imidjini ko‘tarish va xizmatlarining turini ko‘paytirish
bilan bog‘liq xarajatlar:
reklama va e’lonlarga qilinadigan xarajatlar;
prezentatsiya va boshqa tadbirlarlarni o‘tkazish bilan bog‘liq
xarajatlar;
kitoblar va davriy nashrlarga qilinadigan xarajatlar,
276
homiylik va vasiylik xarajatlari;
boshqa xarajatlar.
Tijorat banklarining xarajatlari tarkibida asosiy salmoqni yuqo-
rida keltirilgan birinchi va ikkinchi guruhdagi xarajat moddalari egal-
laydi.
Tijorat bankining yuqori darajada foydaga ega bo‘lishi va
kapitalning yetarliligini ta’minlanganligi uning iqtisodiy jihatdan
mustahkamligini anglatadi. Bankning yuqori foydaga ega bo‘lishi
uning raqobatbardoshligini va xizmatlarining sifatini oshirishga xizmat
qiladi. Kapitalning yetarligini ta’minlanganligi
esa bankning aktiv
operatsiyalarining hajmini oshirishga va risk darajasini pasaytirishga
bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: