15.2. Tijorat banklarning funksiyalari
Tijorat banklarning mohiyati ularning funksiyalarida yanayam
yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Banklarning funksiyalari ularning nazariy
masalalari sifatida e’tirof etiladi. Shu bois ham banklarning mohiyatini
yoritishda vujudga kelgan qator mulohazali holatlar ularning funk-
siyalarini yoritishda ham mustasno emas. Xususan, iqtisodiy adabi-
yotlarda banklarning funksiyalari haqida qator mulohazali va tushun-
movchilik holatlar mavjud. Masalan, ayrim manbalarda banklar bajara-
digan operatsiyalar ularning funksiyalari sifatida qayd etiladi. Bu erda
bank faoliyati natijasida ular tomonidan amalga oshiriladigan operat-
siyalari nazarda tutiladi. Biroq, shuni ta’kidlash joizki, banklarning
barcha operatsiyalari ham ularning funksiyalari bo‘la olmaydi. Bank
funksiyasi uning ma’lum ko‘rinishdagi faoliyatini ifodalaydigan iqtiso-
diy kategoriya bo‘lishi lozim.
Shunga qaramasdan, ayrim iqtisodiy manbalarda banklar to‘lov
aylanmasi, kassaga naqd pullarni qabul qilish va berish, kredit berish,
qimmatli qog‘ozlarni saqlash va boshqarish, naqd va naqdsiz ko‘rinish-
da xorijiy valyutani sotish va sotib olish, shuningdek, bank tomonidan
bajaraladigan boshqa operatsiyalar ularning funksiyalari sifatida
ta’kidlanadi.
Bundan tashqari, iqtisodiy adabiyotlarda banklarning qimmat-
baho metallar va buyumlarni saqlash uchun maxsus seyflar berish,
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kapitalini shakllantirishda ishtirok
etishi, kreditlash uchun resurslarni jalb etish va boshqa shu kabi
operatsiyalari ularning funksiyalari sifatida talqin etiladi. Albatta, bu
banklarning pul – kredit siyosatini amalga oshiruvchi muassasa sifati-
dagi faoliyatini aniqroq tushinishda va ularning imkoniyatlari
kengligidan dalolat beradi. Biroq, ushbu operatsiyalarning barchasi
banklarning funksiyalari bo‘lib hisoblanmaydi. Chunki yuqorida
ta’kidlaganimizdek, banklarning har – bir operatsiyasini ularning
funksiyalari sifatida e’tirof etadigan bo‘lsak, demak zamonaviy banklar
300 dan ortiq funksiyani bajaradi degan fikr paydo bo‘ladi.
Tijorat banklarning funksiyalari haqida gap ketganda, bu
jarayonni nafaqat banklar nuqtai nazaridan, balki uning mijozlari
manfaatlaridan ham kelib chiqib so‘z yuritish lozim. Shu jihatdan
banklarning funksiyalarini o‘rganishda ularni quyidagi mezonlariga
e’tibor qaratish lozim:
271
makroiqtisodiy darajada, banklar va real sektor ishtirokchilari
o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar;
banklarning tashkiliy – huquqiy va mulkiy shakli jihatidan
amal qilishi (Markaziy bank, tijorat banki, ixtisoslashgan bank va
boshqalar).
Banklarning funksiyalari to‘g‘risida fikr yuritganda quyidagi
masalalarni e’tibordan chetda qoldirish kerak emas. Birinchidan,
banklarning funksiyalari ularning mohiyatini kengroq ochishga xizmat
qilishi lozim, ikkinchidan, banklarning funksiyasi sifatida ta’kidlangan
iqtisodiy kategoriya barcha moliyaviy institutlarning xususiyatlariga
xos bo‘lgan jarayon emas, balki faqat banklargagina xos bo‘lgan
iqtisodiy kategoriya bo‘lishi lozim.
Ma’lumki, banklarning asosiy operatsiyalaridan biri iqtisodi-
yotdagi bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb
etishga qaratilgan. Bu banklarning funksiyasi bo‘la oladimi, degan
savol tug‘iladi. Markaziy bankda tijorat banklarining majburiy zaxi-
ralari jamg‘ariladi, banklarda esa aholi va mijozlarning vaqtinchalik
bo‘sh pul mablag‘lari jamg‘ariladi. Iqtisodiyotda vaqtinchalik bo‘sh
pul mablag‘larni jamg‘arish banklarning qadimiy operatsiyalaridan biri
hisoblanadi. Bu erda asosiy masala shundan iboratki, vaqtinchalik
bo‘sh pul mablag‘larni jamg‘arish faqatgina banklarga xos bo‘lgan
operatsiya emas, ushbu operatsiyani jismoniy shaxslar yoki boshqa
yuridik shaxslar ham amalga oshirishi mumkin. Chunki, har qanday
subyekt u yoki bu obyektni moliyalashtirish uchun dastlab ma’lum
miqdordagi moliyaviy mablag‘larni jamg‘arishi lozim. Biroq, masalaga
yanayam chuqurroq yondashadigan bo‘lsak, banklar ushbu operatsiyani
bajarganda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar bajaradigan
operatsiyalardan jiddiy farq qiladi. Ular asosan quyidagi holatlarda
namoyon bo‘ladi:
banklar pullarni jalb etganda o‘z pullarini emas, balki begona
shaxslarning mablag‘larini jamg‘aradi;
banklar jamg‘argan mablag‘larni o‘zining ehtiyoji uchun emas,
balki boshqa shaxslarning ehtiyojlari uchun sarflaydi (qayta taqsimlash
asosida).
Tijorat banklarning funksiyalari xususidagi mulohazalarni chuqur-
lashtirish fikridan yiroq ekanligimizni ta’kidlagan holda, ularning
quyidagi funksiyalari mavjudligini qo‘llab – quvvatlaymiz.
272
Do'stlaringiz bilan baham: |