Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
 
 
XV BOB. TIJORAT BANKLARI VA ULARNING 
FUNKSIYALARI 
 
15.1. Tijorat banklari va ularning
tashkil topishi 
Tijorat banklari mamlakat bank tizimining ikkinchi bo‘g‘inidagi 
moliyaviy muassasa hisoblanadi. Qonunchilik hujjatlari va iqtisodiy 
adabiyotlarda tijorat banklari jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul 
mablag‘larini jalb qilib, ushbu mablag‘larni tegishli shartlar (to‘lov-
lilik, qaytarishlik, muddatlilik, ta’minlanganlik, maqsadlilik) asosida 
iqtisodiyotning turli tarmoqlariga joylashtiradigan, shuningdek jismo-
niy va yuridik shaxslarga to‘lov hisob – kitoblarni amalga oshirish 
bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan tijorat tashkilotlari sifatida tasniflanadi.
Zamonaviy sharoitda tijorat banklarining jismoniy va yuridik 
shaxslarga ko‘rsatadigan vositachilik operatsiyalari va xizmat turlari 
ortib bormoqda. Tijorat banklarining ushbu munosabatlari tijorat 
asosida tashkil etiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, tijorat banklarining 
faoliyati tijoratga asoslangan bo‘lib, ularning asosiy faoliyati yuqori 
darajada foyda olishga yo‘naltiriladi. Biroq, tijorat banklari ishlab 
chiqarish korxonalaridan farqli o‘laroq, o‘z foydasini qo‘shimcha 
qiymat ishlab chiqarish hisobidan emas balki, korxona, tashkilotlar va 
aholi ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar 
asosida jalb qilib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji mavjud bo‘lgan 
shaxslarga tijorat yo‘sinda berish orqali foydasini shakllantiradigan 
o‘ziga xos moliyaviy muassasa hisoblanadi. 
O‘zbekistonda tijorat banklarining tashkil etilishi bevosita mus-
taqillik yillariga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga 
qadar “bank tizimini faqatgina bir necha banklar, ya’ni SSSR Davlat 
banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat banki, Qurilish banki va Davlat mehnat 
omonat 
jamg‘armalari 
kassalari 
mavjud 
bo‘lib, 
ittifoqdosh 
respublikalarda ushbu banklarning respublika, viloyat idoralari va 
tuman bo‘limlari faoliyat ko‘rsatar edi
79
”. 
79
Ўзбекистон Республикаси банк тизими. Ф.Муллажонов таҳрири остида. Т.: Ўзбекистон , 2001. 
73 бет. 


265 
O‘zbekistonda dastlabki tijorat banklarini tashkil etilishining 
huquqiy asosi bo‘lib 1991 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respub-
likasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni xizmat 
qildi.
Albatta, mamlakatimizda bozor munosabatlarining takomilla-
shuvi va iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi natijasida tijorat 
banklari maqomi, kapitali va faoliyatiga qo‘yilgan talablar doimiy 
ravishda o‘zgarib bormoqda. Bularning natijasi o‘laroq, O‘zbekiston 
Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunining 
yangi tahrirdagi matni 1996 yil 25 aprelda qabul qilindi. Mazkur qonun 
mamlakatimiz bank tizimi, xususan tijorat banklarini tashkil topishi va 
rivojlanishiga mustahkam huquqiy baza bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonda tashkil etilgan dastlabki tijorat banki Tashqi 
iqtisodiy faoliyat Milliy banki hisoblanadi. Keyinchalik, “1994 – 1995 
yillarda ixtisoslashtirilgan “Asaka” bank (avtomobil sanoatini qo‘llab 
quvvatlash uchun), “G‘allabank” (g‘alla etishtirishni moliyalashtirish 
uchun), “Paxtabank” (qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab – 
quvvatlash uchun) yakka xo‘jaliklarni qo‘llab – quvvatlash uchun 
“Tadbirkor” tijorat banki tashkil etildi”
80
.
O‘zbekistonda tijorat banklari faoliyatiga litsenziya berish, 
ularning faoliyatini nazorat qilish va to‘xtatish Markaziy bank 
zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, tijorat banklarini tashkil etishda asosiy 
omillardan biri ularning ustav kapitaliga qo‘yilgan talab hisoblanadi. 
Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz tijorat banklari kapitalining minimal 
miqdoriga qo‘yilgan talab doimiy ravishda oshib bormoqda. Quyidagi 
jadvalda bu haqda ma’lumotlar keltirilgan. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish