279
XVI BOB. TIJORAT BANKLARINING OPERATSIYALARI
16.1. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari
Tijorat banklari asosan jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mab-
lag‘larni jalb qilish va ushbu mablag‘larni tegishli maqsadlarga joy-
lashtirish orqali tegishli foydani shakllantiradi. Banklarning vaqtin-
chalik bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish bilan bog‘liq
operatsiyalari
passiv operatsiyalar hisoblanadi. Banklarning passiv operatsiyalari
tegishli xarajatlar evaziga amalga oshirladi.
Demak, tijorat banklari passiv operatsiyalari natijasida moliyaviy
resurslarni shakllantiradi. Resurslar ikkita yirik manba: jalb qilingan
mablag‘lar va o‘z mablag‘laridan iborat. Resurslar bank balansining
passivida hisobga olib boriladi. Tijorat banklari
balansi passivining
asosiy ulushini majburiyatlar (jalb qilingan mablag‘lar) tashkil etib,
ular jami bank resurslari tarkibida 85–90 foizdan iborat bo‘ladi.
Majburiyatlarni muddati va vujudga kelish manbasiga qarab:
barqaror va beqaror mablag‘larga, ular uchun to‘lanadigan xarajatlar
miqdoridan kelib chiqib: arzon va qimmat mablag‘larga ajratish
mumkin.
Jalb qilingan mablag‘larning manbasi
:
Depozitlar:
chaqirib olinguncha saqlanadigan depozitlar;
muddatli depozitlar;
jamg‘arma depozitlar.
Xalqaro bank amaliyotida bank resurslari
tarkibida depozit
mablag‘lar, ayniqsa muddatli depozitlar asosiy ulushni tashkil etadi.
Bank resurslari tarkibida muddatli depozitlar ulushining yuqoriligi
banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga va to‘lovga
layoqatliligini ta’minlashga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’kidlash lozimki, respublikamiz tijorat banklari resurslari
tarkibida muddatli mablag‘larning ulushi o‘sib borish tendentsiyasiga
ega bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2001 yil 1 yanvar holatiga taxminan 7 – 8
foizni tashkil etgani holda, 2008 yil 1 yanvar holatiga 17 foizga, 2018
yil 1 yanvar holatiga 30 – 35 foizni tashkil etgan.
280
Depozitsiz mablag‘lar:
banklararo kredit resurslari;
hukumat hisobvaraqlaridagi vaqtincha bo‘sh mablag‘lar;
tijorat banklaridan olingan resurslar;
boshqa mablag‘lar.
Banklarning depozit bo‘lmagan mablag‘lari
tarkibida moliya
bozoridan jalb qilingan banklararo kredit resurslari asosiy salmoqni
egallaydi. Banklararo kreditlar asosan qisqa muddatli xarakterga ega
bo‘lib, odatda ushbu kreditlarni berish va olish jarayoni o‘zining
tezkorligi bilan muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayon bo‘yicha asosiy
operatsiyalar banklarning vakillik hisobvaraqlari doirasida amalga
oshiriladi. Ya’ni, tijorat banklari o‘zaro
kelishuvga erishganda
mablag‘lar vakillik hisobvaraqlari orqali o‘tkazib beriladi. Shu bilan
birga, ushbu kreditlar tijorat banklari uchun nisbatan arzon va muddati
jihatidan «uzun» mablag‘lar hisoblanadi.
Xalqaro bank amaliyotida banklarning depozit bo‘lmagan
resurslari tarkibida asosiy yirik manbalardan biri qimmatli qog‘ozlar
hisoblanadi. Banklar moliyaviy resurslarni shakllantirish maqsadida
aksiya, obligatsiya, depozit va jamg‘arma
sertifikatlarni muomalaga
chiqaradi. Shuningdek, tijorat banklari uzoq muddatli resurslarini
shakllantirishda ipoteka va subordinar qimmatli qog‘ozlari muhim
o‘rin tutadi. Banklarning qimmatli qog‘ozlarni
muomalaga chiqarish
orqali resurslarni shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalarini ikkita
guruhga ajratish maqsadga muvofiq.
Birinchi guruhga, tijorat banklari ustav va qo‘shimcha kapitalini
shakllantirish maqsadida aksiya va subordinar qimmatli qog‘ozlarni
muomalaga chiqarish bo‘yicha operatsiyalari,
ikkinchi guruhga esa
qisqa va uzoq muddatli resurslarga bo‘lgan ehtiyojini qoplash uchun
obligatsiya va ipoteka qimmatli qog‘ozlari, depozit va jamg‘arma
sertifikat
lari bilan bog‘liq operatsiyalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: