Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Aripov M. Internet va elektron aloqa asoslari. –
T.:«Universitet». 2000.
2.
Ahmedov A., Taylaqov N. Informatika. AL va KHK uchun darslik. –
T.: O`zbekiston, 2002. 2– nashri. (2004.3–nashri).
3.
G‘ulomov S.S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari: ta
labalari uchun darslik /Akademik S.S. G‘ulomovning umumiy tahriri
ostida. – «Sharq», 2000.
4.
Maraximov A.R,
Rahmonkulova S.N. Internet va undan foydalanish asoslari. –
T.:2001.
5.
Raxmonqulova S. N. IBM RS shaxsiy kompyuterida ishlash. –T.:
NMK– «Sharq – INSTAR» ,1998.
6.
Taylaqov N.I., Ahmedov A.B. IBM PC kompyuteri. Ilmiy ommabop
qo‘llanma. –T.: O‘zbekiston, 2001.
922
ФИО автора:
Shukurboyeva Sarvinoz Foziljon qizi
B.sc.IT yo’nalishi
105-guruh talabasi
Название публикации:
«AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA TEXNIKA
ASRI»
Annotatsiya
Axborot va texnologiyalar asri deb nom olgan XXI asrda hayotning barcha
jabhalarida — sanoat, qurilish, kimyo, qishloq xo'jaligi, to'qimachilik, mashinasozlik
va boshqa sohalarda yuksak taraqqiyotni yuzaga keltirish uchun ilm-fanni
rivojlantirish, bu borada yangiliklar yaratish hayotiy zaruratga aylandi. Bu jarayon
endilikda dunyoda taraqqiyot yo'lini tutgan barcha mamlakatlarda e'tirof etilmoqda.
Respublikamizda ham ana shu jarayonga alohida e'tibor qaratmoqda va dolzarbligi
bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Tayanch so’z va iboralar;
axborot texnologiyalari, texnika, taraqqiyot,
taffakkur, axborot, integratsiya, mehnati, iqtisodiyotda, raqamli texnologiyalar,
tarmoqlar, internet, qulaylashib, zamonaviy, chambarchas, g’oyalar, elekyron,
dasturchilar.
Insoniyat jamiyati paydo bo'lganidan to bugungacha rivojlanib keladi.
Odamiyat taraqqiyotining uchta bosqichini ajratishadi. Birinchi bosqich XIX asr
oxirigacha keldi va bu agrar bosqich edi – u qishloq xo'jaligi ustuvorligi va yerdagi
qo'l mehnatiga asoslangan edi.
XX asr – industrial bosqich bo'ldi, endi mehnatni aksariyatini texnika, jihozlar
va aslahalar bajardi, bu zamonning boylari sanoatchi va bankirlar, ya'ni Ford va
Rokfellerlar bo'ldi.
XXI asr – axborot asri bo'ladi va allaqachon taraqqiy qilgan davlatlar iqtisodi
raqamli axborot texnologiyalari va elektron xizmatlar sohasiga o'tib bo'ldi. Endi boylar
elektron do'kon sohiblari va axborot texnologiyalari dasturchilaridir.
Bugungi boylar va boy davlatlar pulni paxta yetishtirishdan, tovuq boqishdan,
qalampir yetishtirishdan topayotgani yo'q. Bugungi boylarning va boy davlatlarning
hamda xalqlarning faoliyat sohasi – yuksak texnologiyalar. Texnologiyalarni tafakkur
yaratadi. Tafakkur fikr aylangan jamiyatda rivojlanadi. Fikrni matbuot va boshqa
ommaviy axborot vositalari aylantiradi.
Mana bugunning badavlat insonlari: sohalari yuksak texnologiyalar bo'lgan
Uoltonlar oilasi 130,59 milliarda dollarga ega (bu 33 millionli O'zbekistonning uch
yillik byudjeti), Bill Geyts (Maykrosoft kompaniyasi sohibi, komp`yuter dasturchisi)
923
91,9 milliard dollarga ega – bu O'zbekistonning ikki yillik yalpi ichki mahsulotidan
ziyod, Jef Bezos - 80,92 milliard dollar egasi (Amazon kompaniyasi sohibi, The
Washington Post gazetasi va noshirlik uyi egasi), Mark Sukerberg 61,92 milliard
dollarga ega (“Feysbuk” tarmog'ini o'ylab topgan), Larri Peyj 34,2 milliard dollarga,
Sergey Brin 43,35 milliarda dollarga ega (bu ikki inson Google axborot izlash tizimini
yaratgan), Jek Maning 26,7 milliard dollari bor (Alibaba Group kompaniyasi egasi)...
Dunyoda 2 200 milliarder bor, ularning boyligi $9 trillion dollardan ortiqdir.
Maqolaning maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalarni belgiladik.
1. Axborot texnologiyalari va IT sohasini rivojlanishi;
2. Insoniyat axborot texnologiyalari bilan chambarchas bog'liqligi;
3. Taraqqiyot yuzaga kelish uchun ilm-fanni rivojlantirish;
4. Taraqqiy qilingan davlatlar axborot iqtisodiyoti;
5. Texnika asrining o'ziga xos yutug'i.
Ko'ryapmizki, bugun kapital axborot texnologiyalari sohasida aylanmoqda va
ba'zan bir-ikki odamning tafakkuri mehnati butun bir davlatlarning harakati,
xalqlarning mashaqqatli mehnatidan ko'ra samaraliroqdir. Dunyoga integratsiya
bo'laman degan davlat tafakkurning yo'lini ochadi, ya'niki so'z va fikr erkinligiga
imkon beradi, matbuotni erkinlashtiradi.
Bugungi iqtisodiyotda asosiy o'rinni axborot texnologiyalari va IT sohasi
egallaydi. O'zbekistonning bu taraqqiyotda o'rni bormi va u qayyerda bo'ladi? Butun
harakatlar shunga qaratilishi kerak. Gektarida 30 sentner hosilni 40 yoki 50 sentnerga
chiqarish, sug'oriladigan yerlar hajmini oshirish, tovuq boqish va hokazo ishlar bilan
iqtisodiyotni jiddiy ko'tarib bo'lmaydi.
Raqamli iqtisodiyot – raqamli texnologiyalar asosida ko'rsatiladigan onlayn-
xizmatlar, elektron to'lovlar, intennet-savdo, interne-reklama, internet-banking,
internet-o'yinlar, kraudfanding singarilardir.
XXI asr – axborot texnologiyalari asri. Aynan shu asrda axborot va
kommunikatsiya sohasida misli ko'rilmagan yangi ixtirolar paydo bo'lib, tobora
taraqqiy topmoqda. Kun sayin rivojlanib, yangilanib borayotgan sohalar ichida internet
alohida o'rin egallaydi.
Mutaxassislarning aniqlashicha, avvalgi zamonlarda ixtirolarning hayotga
tatbiq qilinishi uchun bir necha yillar, hattoki asrlar kerak bo'lgan ekan. Masalan,
insonlarning hayotiy ehtiyojiga aylanishi uchun kir yuvish mashinasiga 150 yil,
avtomobillarga 50-70 yil kerak bo'lgan bo'lsa, ijtimoiy tarmoqlar va virtual aloqa
vositalari bu yo'lni o'ta qisqa muddatda – 1 yildan oz vaqtda bosib o'tibdi.
924
Albatta bu qaysidir ma'noda texnika asrining o'ziga xos yutug'i bo'lishi
mumkindir. Lekin masalaning boshqa tarafi kishini o'yga toldiradi. Kundan-kun
internetdan foydalanish imkoniyatlari tobora qulaylashib, arzonlashib borayotgani
ko'plab insonlarning “og'irini yengil qilayotgani” sir emas. Shu jumladan, terrorist va
buzg'unchilarni ham. Aynan mana shu shaxslar internetni o'zlarining g'oyaviy
qurollariga aylantirib olishdi. Eng achinarli tomoni shundaki, avvallari o'zlarining
manfur g'oyalarini urush, qurol yoki shu kabi vositalar orqali insonlarga singdirishgan
bo'lsa, bugunga kelib, internet orqali bir necha daqiqada minglab, millionlab insonlarni
o'z qarmoqlariga ilintirmoqdalar.
Ko'z o'ngimizda axborot asri shiddat bilan o'zgarib, zamonaviy texnika taraqqiy
etib borar ekan, jamiyat a'zolari ham sharoit va vaziyatga qarab shakllanishda davom
etmoqda. Zero, Muhtaram Prezidentimiz o'z so'zlarida ta'kidlaganlaridek, «Hozirgi
zamonda xizmatlarning katta qismi axborot texnologiyalari orqali ko'rsatilayapti.
Boshqa sohalarning ham samaradorligi shunga bog'liq.»
Bugungi kunda har bir insonning axborot texnologiyalari bilan chambarchas
bog'liq ekani hech kimga sir emas. Dunyo yangi davr-axborot davrida yashamoqda.
Globallashuv sharoitida "Kim axborotni egallasa, o'sha dunyoni egalaydi" degan g'oya
tobora ijtimoiy voqelikka aylanib bormoqda. Hozirgi kunga kelib, hamma internetga
osongina mobil telefonlar yoki komp`yuter tarmoqlari orqali tezda ulanib olmoqda.
Guyoki olam vertuallashib qolganday.
Hozirda axboratlashuv jarayoni jadal suratlar bilan soniya sari ko'payib
bormoqda, istalgan ma'lumotni qiynalmasdan osongina topishingiz mumkin, foydali
ma'lumotlar izlasangiz bu yaxshi lekin, g'oyaviy jihatdan bo'sh va yomonlikni targ'ib
qiluvchi, milliy mentalitetimizga zid bo'lgan vayronkor, bexayo ma'lumotlar olamiga
kirib qolsangizchi? Bundan qanday qilib o'zingizni olib qocholasiz. Internet bejizga
xalqaro o'rgimchak to'riga o'xshatilmaydi, siz uning domiga bir tushsangiz o'zingizni
olib chiqa olmaysiz.
Afsuski, "elektron dunyo" turli siyosiy kuchlar uchun o'zlarining terroristik,
ekstremistik tashviqotlar va g'oyalari, o'z qarashlarini ommaga targ'ib qilish, har bir
jinoiy to'dalar faoliyatini amalga oshirish yo'lida asosiy qurol sifatida
foydalanishmoqda. Yirik salbiy kuchlarning internet tarmog'ida o'zlarining mafkuraviy
maydonlarini yaratib, internetda keng kamrovli axboratlashgan terror - "elektron jixod"
olib borayotgani, global va mintaqaviy xavfsizlikka nisbatan yangi taxdidlar,
muammolar paydo qilayotganlari dunyo mamalakatlari oldida axborot xavfsizligini
ta'minlash muammolarini keltirib chiqarmoqda.
Har qanday ilm-fan sohasi atrof-olam, jamiyat bilan aloqador holda rivoj
topsagina, ular bilan uzviy bo'lsagina foydali. Aks holda, befoyda ilmga aylanadi.
Axborotlashish ham shunday. Undan insonlar manfaati maqsad qilinishi lozim.
925
Axborotni – uning turi, qanday ko'rinishda ifodalanishidan qat'i nazar – yig'ish,
saqlash, qayta ishlash va amaliyotda qo'llanilishida komp`yuterning muayyan va aniq
roli mavjud.
2020 yil 8 iyun` kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev
huzurida bo'lib o'tgan taqdimot yig'ilishi ham mazkur masala ya'ni, axborot
texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga bag'ishlandi. Yig'ilishda
barcha hududlarda raqamli texnologiyalar bo'yicha kamida 100 ta o'quv markazi
ochilishi vazifasi belgilab berildi. Mazkur dargohlarda dasturlash asoslari, elektron
savdo va grafikli dizayn kabi yo'nalishlar bo'yicha qisqa muddatli o'quv kurslari tashkil
etilishi nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, 2020 yil 28 aprel kungi yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-
tadbirlari to'g'risida”gi qarori qabul qilinib, unda belgilangan vazifalarni sifatli amalga
oshirish va koordinatsiya qilish uchun Bosh vazir maslahatchisi lavozimi joriy etilgani
aytildi. Eng muhimi, “Bir million dasturchi” loyihasining dastlabki bosqichida 62
mingdan ziyod o'quvchi qamrab olinib, ularning 5 ming 400 nafariga malaka sertifikati
berilgani va karantin sharoiti bo'lishiga qaramay, zamonaviy dasturchilar tayyorlash
ishlarini yanada tezlashtirish zururligi ta'kidlandi.
Xulosa sifatida shuni ta'kidlash zarurki, yuksak axborot texnologiyalarini
jamiyat hayotining turli sohalariga joriy etish – davr talabi. Axborot texnologiyalari
yo'nalishida yaratilayotgan bu kabi ulkan o'zgarishlardan yoshlar samarali foydalanishi
kerak, albatta. Yuksak darajada texnik imoniyatlarga ega bo'lish mehnat, ishlab
chiqarish jarayonini osonlashtiradi, inson uchun murakkab va qiyin bo'lgan ishlarni
texnika o'z zimmasiga oladi va insonlar aqliy faoliyati uchun keng yo'l ochiladi,
osonlashadi. Dunyo xalqlari bilan ham muloqot almashinuvi osonlashadi, tezlashadi.
Uning natijasi mamlakat rivojlanishiga xizmat qilishini unutmaslik lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar;
1. 2020 yil 8 iyun` kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev
huzurida bo'lib o'tgan taqdimot yig'ilishidan.
2. 2020 yil 28 aprel kungi yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari
to'g'risida”gi qarori.
3. “Intirnet malumot” “XXI asr – axborot texnologiyalari asri’’.
4. “Feysbuk” tarmog'idan olingan.
926
Do'stlaringiz bilan baham: |