Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet351/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Aripov M. Internet va elektron aloqa asoslari. –
T.:«Universitet». 2000. 
 
2.
Ahmedov A., Taylaqov N. Informatika. AL va KHK uchun darslik. –
T.: O`zbekiston, 2002. 2– nashri. (2004.3–nashri). 
 
3.
G‘ulomov S.S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari: ta
labalari uchun darslik /Akademik S.S. G‘ulomovning umumiy tahriri
ostida. – «Sharq», 2000. 
 
4.
Maraximov A.R, 
Rahmonkulova S.N. Internet va undan foydalanish asoslari. –
T.:2001. 
 
5.
Raxmonqulova S. N. IBM RS shaxsiy kompyuterida ishlash. –T.: 
NMK– «Sharq – INSTAR» ,1998. 
 
6.
Taylaqov N.I., Ahmedov A.B. IBM PC kompyuteri. Ilmiy ommabop 
qo‘llanma. –T.: O‘zbekiston, 2001. 
 


909 
ФИО автора:
Eshpo’latova Muaxayyo Maxmudovna 
O’zbekiston Respublikasi Prezdent ta’lim
muassasalari agentligi tasarrufidagi 
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi 
ijod maktabi tarbiyachi yordamchisi
Название 
публикации:
«PEDAGOGIK 
MULOQAT 
JARAYONIDA 
TOLERANTLIKNI TARBIYALASH» 
Annotatsiya 
Ushbu maqolada o’qituvchi va o’quvchining muloqat jarayonini takomillashtirish, 
pedagogik muloqatni o’stirish, muloqat jarayonida o’quvchilarda tolerantlikni 
tarbiyalash usullari va bosqichlari haqida ilmiy va xolisona mulohazalari bayon etilgan. 
 Tayanch so’z, iboralar:
Muloqat, pedogogik muloqat, tolerantlik, muloqat turlari, 
muloqat madaniyati, romantik tuyg’ular, jamiyat, pedagogik mahorat, pedagogik 
tolerantlik,ijobiy-ruhiyiqlim. 
O’quvchi yoshlarda tolerantlikning shakllangani bevosita muloqat jarayonining 
sifatiga bog’liq bo’ladi. Pedagogik muloqat talaba yoshlarda ularning shaxs sifatidagi 
barcha yashirin qirralarini ham ochib bera oladi, qachonki muloqatda ikki tomonning 
faolligi yuqori bo’lsa. Xo’sh, muloqat o’zi nima? «Muloqat» yunoncha so’z bo’lib, 
«suhbatlashuv», «shaxslararo suhbat» va «O’zoro fikr almashuv» ma’nosini bildiradi, 
hamda ikki kishi yoki undan ortiq kishilarning so’zlashuvida paydo bo’ladi.
Muloqat — o’qituvchining pedogogik faoliyatida eng muhim kasbiy quroli 
hisoblanadi. Pedagogik muloqat bu o’qituvchining talabalar bilan darsda va darsdan 
tashqari faoliyatida o’zi uchun eng qulay bo’lgan pisxologik muhitni vujudga keltirib, 
ijobiy-ruhiy iqlimni yaratish imkoniyatini beradi. Pedagogik muloqat o’qituvchi va 
o’quvchi yoshlar jamoasining o’zaro ta’sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning 
mohiyati o’zaro axborat almashuviga ta’lim va tarbiyaviy ta’sir o’tkazishda, o’zaro bir-
birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo’ladi.
Talaba yoshlar tarbiyasida tolerantlik kurtaklarini ochish, ildizini mustahkamlash faqat 
bir shaxsninggina emas, balki jamiyat rivojini ham belgilovchi omil sanaladi. 


910 
«Tolerantlik» lotincha «tolerantia» — «sabr-toqat» degani bo’lib, bag’rikenglik, 
o’zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg’ulari, fikr mulohazalari, 
g’oya va e’tiqodlariga nisbatan toqatli bo’lish.
Tolerantlikning asosiy maqsadi o’quvchi yoshlar- bakalavrlarga bag’rikenglik, o’zga 
din, millat vakillariga hurmat, ularning qadriyatlarini e’zozlash, milliy boyliklariga 
hurmat bilan qarash, toqatlilik, bardoshlilik, do’stlik, birodarlik, vatanparvarlik, 
saxiylik, sadoqatlilik, o’zgalarga hurmat nazari bilan qarash ko’nikmalarini 
shakllantirishdan iborat.
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida tolerantlikka quyidagicha ta’rif berilgan: 
«Bag‘rikenglik, o‘zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, xis-tuyg‘ulari, fikr-
mulohazalari, g‘oyalari va e’tiqodlariga nisbatan toqatli bo‘lish» Ta’lim- tarbiya 
jarayonida yoshlarda tolerantlikni tarbiyalashda esa, tarbiya vositalari tarbiyachining 
o’rni beqiyos hisoblanadi, shuningdek, toleratlik tushunchasi o’z tarkibiga chidam, 
bardosh, o’zgalarning hayot tarzi, fikrlashi, xatti-harakati, qadriyatlariga toqat qilish, 
ularga hurmat nazari bilan qarash, atrofdagilarni kamsitmaslik kabi tushunchalarni 
qamrab olgan. Hozirgi kunda tolerantlik o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga ko’ra 
har kim o’z e’tiqodiga amal qilishda erkindir. Har kim bu huquqga boshqalar ham ega 
ekanligini tan olmog’i lozim.
O‘zbekiston ko‘p millatli davlat. Bu erda asosiy millat o‘zbeklar bilan birga o‘z 
madaniyatiga va an’analariga ega bo‘lgan yuzdan ortiq millat va elatlar yashaydi. Ana 
shunday sharoitda, ko‘pmillatli jipslashgan davlatni barpo etishda, millatlararo va 
elatlararo bag‘rikenglikka erishish siyosatining ahamiyati benihoya kattadir. 
Tolerantlikni har tomonlama qo’llab- quvvatlash maqsadida YUNESKO 
«Bag’rikenglik tamoillari deklaratsiyasi» ni 1995-yil 16-noyabrda qabul qilingan. 
Jamiyatda turli xalqlar, millatlar va dinlarning o’ziga xos xususiyatlariga nisbatan 
tolerantlik munoosabatini O’zbekiston misolida ko’rish mumkin. Pedagogik 
jarayonlarda tolerantlik tushunchalarini talaba yoshlarda shakllantirish bugunning 
pedagogikasining oldida turgan eng birlamchi masalalaridan biri. Murojaatnomadagi 
fikrlarda ham bag’rikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ishlarning sifatiga 


911 
urg’u berilgan kelajak avlod tarbiyasida bag’rikenglikni kamol topdirish zarurligini 
ko’rsatadi. 
Prezidentimiz 30-iyulni O’zbekistonda «Xalqlar do’stligi kuni» deb belgilashni taklif 
etdilar. Bu millatlar o’rtasidagi do’stlik, hamjihatlikni yanada mustahkamlashning sifat 
ko’rsatkichi bu yilning ilk namunasi, birinchi qo’yilgan qadamidir. Shuni alohida 
ta’kidlash kerakki, talaba yoshlarda tolerantlik tushunchalarini shakllantirish jarayoni 
nafaqat, pedagogikaning kasbiy mahorati, balki biz ulg’aytirayotgan muhitga ham 
bevosita bog’liqdir. Tog’rirog’i, mazkur jarayonning muvoffaqiyatli amalga oshirish 
ta’lim –tarbiya jarayoni va ijtimoiy hayotda tolerantlik muhitining mavjudligi bilan 
uzviy aloqador. Pedagogning mahorati bevosita kasbiy-pedagogik faoliyatda ko’rinadi. 
SHu sababli u pedagogik jarayonning umumiy mohiyatini chuqur anglay olishi, bu 
jarayonda ustivor ahamiyat kasb etadigan qonuniyatlardan xabardor bo’lishi, 
pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish mexanizimlarini puxta egallay bilish lozim.
Ta’lim jarayonini faol ishtirokchisi bo’lgan pedagogning pedagogik mahorati uning 
shaxsi, ish tajribasi, fuqoralik maqomi, mutaxasis sifatidagi mavqeyi u tomonidan 
pedagogik texnikaning etarli darajada egallanganligi, kasbiy 
faoliyatning 
individualigidan dalolat beradi. 
Tolerantlikka ehtiyoj bugun paydo bo’lib qolgani yo’q. Qadim zamonlardan buyon, 
ne-ne yurtlarni bosib olgan shohlarning ham siyosatida bag’rikenglik yetakchilik 
qiladi. Masalan, sharq mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy ijodida bag‘rikenglik 
g‘oyalari yuksak rol o‘ynaganligini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Uning «Baxt-saodatga erishuv yo‘llari haqida risola» («Risola fit tarbix ala asbob as-
saodat»), «Shaharni boshqarish» («As siyosat an-madaniya»), «Urush va tinch turmush 
haqida kitob» («Kitob fi maoyish va-l xurub»), «Fazilatli xulqlar» («As-siyrat al-
fazila»), «Fozil shahar odamlari qarashlari» singari asarlari o‘zining boy insonparvarlik 
va bag‘rikenglik tamoyillari singdirilganligi bilan muxim ahamiyatga egadir.
Turkistonning XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi milliy taraqkiyparvar ziyolilari 
bo‘lmish jadidlar xam diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini ro‘yi rost ifodalab berganlar. 
Ularning 
atokli 
namoyondalari-Mahmudxo‘ja 
Behbudiy, Abdurauf Fitrat, 
Munavvarkori Abdurashidxonov va boshkalar o‘z asarlarida xam, amaliy faoliyatlarida 


912 
ham bag‘rikenglik, ya’ni tolerantlik g‘oyalarini targ‘ib qildilar. Chunonchi, A. 
Fitratning «Munozara» va «Xind sayyohining hikoyalari» asarlarida diniy va milliy 
bag‘rikenglik mavzusi muxim o‘rin olgan. 
Pedagogik jarayonlar mutafakkir bobolarimiz, ilm olami keng ijodkorlarning asrlari 
bilan boyitilsa, bag’rikenglikning teran ma’nolari mohir pedagoglar tomonidan 
talabalarga yetkazib berilsa, bag’rikeng avlod tarbiya topadi. Zero, barcha zamonlarda 
ham tolerantlik bilan oziqlangan qalblarga ehtiyoj bo’lgan. 
Butun insoniyat uchun alohida shaxs uchun ham bag‘rikenglik, ya’ni tolerantlik 
birinchi darajali ahamiyatga egadir, millatlararo munosabatlar sohasida esa uning 
ahamiyati beqiyosdir.
Adabiyot: 
1.
O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi.2005-yil. 5-jild.345-bet «Prezident 
murojaatnomasi» 2020-yil,29-dekabr Munavvarov.A.K «Pedagogika» 
T.»O’qituvchi»1996-yil 
2.
Исаева, М. Р. Pedagogik muloqat jarayonida tolerantlikni tarbiyalash / 
М. Р.


913 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish