Рекомендации
1. Досимов З., Эгамов Н. Краткий топонимический словарь
географических названий.-Т.: Уч., 1977. Страница 174
2. Каримов С.А., Бориев С.Н. Узбекская типонимия находится в стадии
разработки.-Т.: Фан.2006г. Страница 132
3. Бегалиев Н.Б. Из истории узбекских этнонимов Самарканд. 2004г.
Страница 90
917
ФИО автора:
Qosimov Bahodir Hasan o’g’li
B B.Science (IT) 105-guruh talabasi
Название публикации:
«AXBOROT TUSHUNCHASI VA
AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI»
Annotatsiya
«Axborot texnologiyalari» iborasidagi «texnologiya» so’zi lotincha «thexnos» —
san'at, hunar, soha va «logos» — fan degan ma'noni anglatadi. Ya'ni texnologiya —
biror vazifani bajarishda uning turli xil usullari ko’rinishini bildiradi. Axborot
texnologiyalari axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari
majmuyidir. Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi
ichki va tashqi omillar mavjud bo’lib, ularni quyidagicha tavsiflash joiz, sababi hozirgi
davr talabi axborot tushunchasi va axborot texnologiyalarini o’rganish muhim va
dolzarb masaladir.
Tayanch so’z, iboralar;
Axborot texnologiyalari, texnologiya, texnik-uskunaviy,
uzatish tizimlari, telefon tarmoq, zamonaviy telekommunikatsiya vositalari.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki
va tashqi omillar mavjud bo’lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin. Ichki omillar
— bu axborotlarning paydo bo’lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan
turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k. Tashqi omillar — bu
axborot texnologiyasining texnik-uskunaviy vositalar orqali axborotlar bilan turli
vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan
tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma'lumot haqida boshqa bir viloyat
(respublika, qit'a)da yashovchi o’rtog’ingiz bilan fikr almashmoqchisiz, deylik. Buni
turli yo’llar orqali amalga oshirishingiz mumkin. Siz o’rtog’ingizga o’z fikringizni (o’z
navbatida, o’rtog’ingiz ham sizga javoban) quyidagi usullar orqali yetkazishingiz
mumkin:
918
1) aloqa bo’limi orqali (yozma ravishda);
2) telefon tarmoqlari orqali (og’zaki);
3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali.
Hayotiy tajriba shuni ko’rsatadiki, bu usullardan foydalanish natijalari turlicha
bo’ladi va natijalarga qarab, qaysi usuldan foydalanishni o’zingiz belgilab olasiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, albatta, biror yumushni bajarishdan oldin uni amalga
oshirish uchun ketadigan mablag’larni chamalab ko’rishingiz lozim, aks holda uni
amalga oshira olmasligingiz mumkin.
Albatta, yuqorida ko’rsatilgan usullardan foydalanish uzatilayotgan axborot
mazmuni va mohiyatiga bog’liq. Pirovardida, o’zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng
arzon (hech bo’lmaganda arzonrog’i) va sifati yuqori bo’lgan usulni belgilab olasiz.
Axborotni uzatish usullariga kelsak, birinchi va ikkinchi bandda ko’rsatilgan usullar
bilan yoshligingizdayoq tanishib olgansiz va undan foydalanishni yaxshi bilasiz.
Zamonaviy telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish esa ular bilan muloqot qilish
ko’nikma va malakalariga bog’liq.
Shuning uchun dastlab zamonaviy telekommunikatsiya vositalarining o’zi
nimaligini bilib olishingiz kerak. Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari
imkoniyatlari juda keng tizim bo’lib, unga multimedia vositalari, kompyuter
tarmoqlari, internet, internet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar
ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni
uzatish tizimlari, ma'lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi,
bilimlar ombori kabilar kiradi.
Umuman olganda, XX asrning 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi
keskin rivojlanib ketdi. Bizning asrimiz, ya'ni XXI asrni axborotlashtirish va
kommunikatsiya asri deb bejiz atashmaydi. Axborotlashtirish nima va uning
vazifalariga nimalar kiradi, uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savollar hozirgi
zamon jamiyatidagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini
axborotsiz tasavvur qilish qiyin.
919
Hozirgi kunda har bir tashkilot, o’quv muassasasi, firma va ishlab
chiqarishning barcha sohalarida rahbar va xodimlar faoliyatining samaradorligini
oshirish maqsadida boshqaruv jarayonlarini ma'lum darajada avtomatlashtirishga oid
muammolarni yechish bilan shug’ullanadi.
Bunda ular maxsus firmalarning mutaxassislari bilan uchrashadi, ularning
faoliyati bilan yaqindan tanishadi, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni ko’radi va
pirovardida, o’zida avtomatlashtirish uchun kerak bo’ladigan texnik jihozlarni xarid
qiladi, Albatta, tashkilotlarga o’rnatilgan avtomatlashtirish jihozlari yildan yilga
yangilanib, texnik jihatdan takomillashtirilib boriladi.
«Axborot texnologiyasi» fani — axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va shu
jarayonlarni amalga oshiruvchi barcha texnik vositalarni ishlatishni o’rgatuvchi fan.
Kundalik turmushda turli ko’rinishdagi axborotlar, masalan, matnli, grafikli, jadvalli,
ovozli (audio), rasmli, video va boshqa axborotlar bilan ishlashga to’g’ri keladi. Har
bir turdagi axborot bilan ishlash (yig’ish, saqlash va h.k.) uchun har xil texnik
xarakteristikalarga ega bo’lgan axborot qurilmalari kerak bo’ladi.
Mikroelektronika ishiab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi va o’ta
kuchli protsessorli kompyuterlaming yaratilishi axborotlarni qayta ishlash
imkoniyatlarini
kengaytirmoqda.
Interfeys
kompyuterning
imkoniyatlarini
kengaytiruvchi qurilma bo’lib, uning asosiy vazifasi tashqi qurilmalardan kiritiladigan
ma'lumot (signal)larni kompyuterda qayta ishlash uchun qulay holga keltirishdan
iborat. Axborot texnologiyasi modellari muayyan amallarni ongli va rejali amalga
oshirishda o’zlashtiriladi.
Bu jarayon quyidagilarni o’z ichiga oladi:
• kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi,
skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali
klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta'minoti;
• uskunaviy, dasturiy ta'minot;
920
• virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik
xaritalar, ekran protsessorlari va h.k.;
• axborotlar majmuyi - ma'lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar va h.k.;
• texnik ko’nikmalar trenajorlari (tugmachalar majmuyidan tugmachalarga qaramasdan
ma'lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o’zlashtirish va h.k.)
Axborot texnologiyasi uzi uchun asosiy muxit bo’lgan axborot tizimlari bilan
bevosita bog’liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo’lgan
ma'lumotlar ustida bajariladigan turli xil murag’kablikdagi operatsiyalar, amallar va
algoritmlarni bajarishdan iborat bo’lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning
eng muhim usullaridan biri bo’lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha evolyutsion
bosqichlarni bosib o’tdi.
Ana shu bosqichlarga qisqacha to’xtalib o’tamiz:
1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda
«Kullik» axborot texnologiya tarag’kiy etgan. Uning vositasi: pero, siyoxdon, kitob.
Kommunikatsiya, ya'ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali xat vositasida
amalga oshirilgan.
2-bosqich. XIX asrning oxiri, unda «Mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning
asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
3-bosqich. XX asr boshlariga mansub bo’lib, «Elektromexanik» texnologiyalar
bilan fark qiladi Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan
foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi xam uzgardi. Unda
asosiy urKu axborotni tasvirlash shaklidan, uning mazmunini shakllantirishga
kuchirildi.
4-bosqich. XX asr urtalariga to’g’ri kelib, «Elektron» texnologiyalar
kullanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EHMlar va ular
921
asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash
tizimlaridir.
5-bosqich. XX asr oxiriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda «Kompyuter»
texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo’ljallangan
dasturiy vositalarga ega bo’lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik
turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo’ljallangan texnik vositalarning o’zgarishi
ro’y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.
Xulosa qilib aytganda, axborot texnologiyasi o’zi uchun asosiy muhit bo’lgan
axborot tizimlari bilan bevosita bog’liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot
tizimlarida mavjud bo’lgan ma'lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakablikdagi
operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo’lgan tartiblashtirilgan
jarayonlarni o’quv mashg’ulotlarida targ’b qilish va amalda bajarish ishlarini kuzatish
lozimdir.
Mikroelektronika ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi va o’ta kuchli
protsessorli kompyuterlarning yaratilishi axborotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini
kengaytirilib borilayotgan bir davrda talaba yoshlarni bilim, ko’nikma, malakalarini
shakllantirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |