ФИО автора:
Mamiraliyev Akmaljon Sayfidinovich
Jizzax shahri Prezident maktabi
Informatika va axborot texnologiyalari fani
Название публикации:
«INFORMATIKA FANINI O‘QITISHDA AXBOROT
KOMMUNIKATSIYA
TEXNOLOGIYALARIGA
NISBATAN
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH»
Annotatsiya
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan intellektual salohiyatga ega, ilm-fanning zamonaviy
yutuqlari asosida mustaqil fikr va mushohada yurita oladigan, mustaqil ravishda zaruriy axborotlarni
izlab topadigan va ulardan tahlil asosida zaruriylarini ajratib oladigan, barcha bilan muloqatga kirisha
oladigan,
ta’lim muassaasida
olgan bilimlarini hayotiy ehtiyojlarida qo‘llay oladigan
yoshlarni tarbiyalab kamol topishlarida katta e’tibor qaratgan. Buning uchun esa o‘quvchilarimizni
boshlang‘ich sinflardan boshlab bunga tayyorlab borish kerak. Ya’ni, boshlang‘ich fanlar bo‘yicha
chuqur bilim berish, chet tillarini puxta o‘rgatish va axborot texnologiyalari bo‘yicha kerakli zarur
malakalarni shakllantirib borish lozim.
Tayanch so‘z, iboralar:
Kommunikativ kompetentsiya, axborot bilan ishlash kompetentsiyasi,
shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentsiyasi, fikr va mushohada, umummadaniy
kompetentsiyalar, ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi.
Ma’lumki, hozirgi kunda axborotlar olamida yashayapmiz. O‘qishda ham, ishda
ham, kundalik faoliyatda ham kompyuter texnika vositalariga duch kelamiz va bularsiz
bugungi kunimizni tasavvur ham qila olmaymiz. Shunday ekan o‘quvchilarimizga
informatika fanidan chuqur bilim berish, kompyuter va uning boshqa texnik
vositalaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanishga o‘rgatish kerak.
O‘quvchilar esa zaruriy axborotga ega bo‘lish, ularni izlab topish,
undan keraklisini ajratib olish va foydalanishni o‘rganishi kerak. Shu bilan
birgalikda o‘rganilgan bilim, ko‘nikma va malakalaridan kundalik hayotlarida
uchraydigan muammolarni hal etishda foydalana olishlari uchun shakllantirilishi zarur.
Shunga ko‘ra,
bu
vazifalarni
ta’lim
muassasida
o‘quvchilarni
o‘quv
predmetlarini o‘rganish jarayonida zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega qilish
bilan birgalikda ularni hayotiy ehtiyojlarida qo‘llay oladigan holda tayyorlash kerak.
Buning uchun kompetentlik yondoshuvga asoslangan holda o‘qitish kerak.
Kompetentsiyaviy
yondashuvga
asoslangan
ta’lim
–
o‘quvchilarda
egallangan bilim,
ko‘nikma
va malakalarini
o‘z
shaxsiy,
kasbiy
va
ijtimoiy faoliyatlarida
amaliy
qo‘llay
olish kompetentsiyalarini
shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir.
906
Tayanch kompetentsiyalar:
- Kommunikativ kompetentsiya;
- Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi;
- Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentsiyasi;
- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi;
- Umummadaniy kompetentsiyalar;
- Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor
bo‘lish hamda foydalanish kompetentsiyasi.
Informatika
fanidan
umumiy
o‘rta
ta’lim maktablarida
shakllantiriladigan tayanch kompetentsiyalarni amaliyotga joriy etilishini 7-sinflarda
“Internetda ma’lumotlarni izlash” mavzusi misolida ko‘rib chiqamiz [5].
Kommunikativ kompetentsiyasi.
- Internet bo‘yicha o‘rgangan bilimlarini og‘zaki va yozma tarzda aniq
va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan
to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
- sinfda o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish,
jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
-muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini
himoya qila bilish, uni ishontira bilish;
-turli
ziddiyatli
vaziyatlarda
o‘z ehtiroslarini
boshqarish,
boshqa o‘quvchilarga nisbatan hurmat, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda
zarur (konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila olish.
Topshiriq: Internetda ma’lumotlarni izlashning qanday usullarini bilasiz
va sanab
bering.Kompetentsiyani
tatbiq
qilish
usullari
Kommunikativ
kompetentsiyada guruhlarga bo‘lib o‘quvchilarda internet bo‘yicha tushunchalarini
rivojlantirish va undan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish mumkin. Guruh bo‘lib
ishlaganda o‘quvchilarda mustaqil muloqot va o‘zaro fikr almashish vujudga keladi.
Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi.
Internet
bo‘yicha
ma’lumotlarni
mavjud
axborot
manbalaridan
(internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta
va boshq.) topa olish va foydalana olish.
907
Topshiriq: Elektron pochta bo‘yicha axborot toping. Kompetentsiyani tatbiq
qilish usullari.
Axborot bilan ishlash
kompetentsiyasi bolalarni, mustaqil o‘zi axborot
to‘plash, izlanish, kuzatish va yangi darsga tayyorlanib kelashga o‘rgatadi. Buning
uchun yangi mavzu bo‘yicha oldindan o‘quvchilarga tayanch iboralar yoki mavzu
yuzasidan savolnomalar beriladi. O‘quvchilar ko‘proq mustaqil muloqotda bo‘lib,
yangi darsga tayyorlanadilar.
Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentsiyasi:
- Internetga oid ma’lumotlar bilan shaxs sifatida o‘zini aqliy rivojlantirish va
intellektual kamolotga intilish;
- o‘z ustida mustaqil ravishda muntazam ishlay olish;
-o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik, zaruriy axborotga ega bo‘lish,
ularni izlab topish, undan keraklisini ajratib olish kabi sifatlarga ega bo‘lish;
-o‘qib-o‘rganganlari
va
hayot
tajribasidan
foydalangan
holda
kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.
Topshiriq: “Men sevgan kasb” mavzusi bo‘yicha ma’lumotlarni izlang.
Kompetentsiyani tatbiq qilish usullari.
- Mening sevgan kasbimga qiziqishim ortdi;
- Mening sevgan kasbim bo‘yicha Shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-
o‘zini rivojlantirish, o‘qib-o‘rganish, mustaqil ravishda izlanish, o‘z hatti-
harakatini baholash, o‘zini nazorat qila bilish, zaruriy axborotga ega bo‘lish, ularni
izlab topish, undan keraklisini ajratib olish, o‘qib-o‘rganganlari va hayot
tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta
olish sifatlarini shakllantirishga qaratilgan interfaol usullarni qo‘llash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi.
Internetni jamiyatda muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunish va
uni bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorligini his etish.
Topshiriq: Internetdan
bola
huquqlari
konventsiyasi
bo‘yicha ma’lumot toping.
Kompetentsiyani tatbiq qilish usullari.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi asosan o‘quvchilarda yozma
ishlarniechish, test savollarining echimini topish, og‘zaki savollarga javob berish, o‘z
xuquqlarini bilish, kundalik hayotida uchraydigan holatlarda muloqot qilish, o‘z fikrini
908
bildirish, o‘z bilimini bayon eta olishi faolligini oshirishga qaratilgan didaktik o‘yinlar
texnologiyalari.
Umummadaniy kompetentsiyasi.
Internetning
umuminsoniy
va
milliy
qadriyatlarimizga
ta’sirini
bilish. Topshiriq: Internetdan milliy bayramlarimiz bo‘yicha ma’lumot toping va
hakozalarni o‘quvchilar bilan birgalikda olib borish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, tarmoq bilan bog‘liq holda, ongini o‘stirish va ijobiy
kreativligini oshirish, kompetentligi orqali o‘quvchi o‘zligini anglashi bilan bir qatorda
axborot texnologiyalari bo‘yicha kerakli zarur malakalarni shakllantirib borish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |