Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet359/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

Adabiyotlar 
1.
Ikramov, R., & Bekmirzayev, N. (2020). Yurist nutqi madaniyati. 
Toshkent: Akademnashr. 
2.
Жураев, Ю. А., & Икрамов, Р. А. (2020). Фуқаролар экологик 
назорати: юридик асослари ва тушунчаси. Academic research in educational 
sciences, (4). 
3.
“Xotin qizlar va erkaklar teng huquq hamda imkoniyatlari kafolatlari 
to`g`risida”gi qaror (02.09.2019.). 
4.
Икрамов, Р. А. (2020). Теоретико-правовые проблемы экологических 
интересов человека. Universum: экономика и юриспруденция, 12, 76. 
5.
Файзиев, И. Ш. (2020). Ўзбекистонда электрон ҳукумат: мавжуд 
имконият ва истиқболлар. Academic Research in Educational Sciences, 1(2), 232-
240. 


942 
ФИО автора:
Kozimjonova Mohigul 
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi 
“Cholg‘u ijrochiligi” fakulteti
“Xalq cholg‘ulari” yo‘nalishi
birinchi bosqich talabasi 
Название публикации:
«MADANIYaT VA SAN’ATNING INSON HAYoTIDA 
O‘RNI» 
Annotatsiya:
Jamiyat hayotida madaniyatning o‘rni beqiyos. Madaniyat va san’at
yuqori bo‘lgan joyda, rivojlanish yanada ortib boradi. Shunday ekan, biz
yoshlarning vazifasi ajdodlarimiz madaniyatini saqlagan holda, mamlakatimizda
madaniyatning rivojiga o‘z hissamizni qo‘shishdan iborat . 
Kalit so‘zlar:
Taraqqiyot, jamiyat, teatr, festival, baxshichilik, muzey, madaniyat, 
san’at, yuksalish. 
Madaniyat - bu jamiyat taraqqiyotining ma’lum bir tarixiy bosqichdagi
darajasidir. Kishilar hayoti va faoliyatini tashkil etish shaklida ifodalangan, insonlar
tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar hamda insoniyat tomonidan
yaratilgan madaniy boyliklar faqat o‘tmish kishilaridan qolgan boyliklar bo‘lib
qolmay, balki o‘zida inson aql-zakovati, hayoti to‘g‘risidagi fikr va o‘ylarini aks
ettiruvchi ko‘zgu hamdir.
Madaniyat - insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va
ma’naviy boyliklar majmudgina bo‘lib qolmay, ayni paytda u jamiyat
taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi, ya’ni jamiyatdagi bilim, me’zon va
qadriyatlarning yig‘indisi madaniyatda gavdalanadi . 
Madaniyat ijtimoiy hayotning tarkibiy funksional jabhalarida ifodalanadi. Shu
jihatdan jamiyat madaniyatni vujudga keltiradi. Jamiyatda vujudga kelgan
madaniyat qanchalik murakkablashib boyib borsa, uning insonga va jamiyatga
ta’siri mukammallashib va nisbiy mustaqilligi kuchayib boradi. Masalan, Antik
jamiyat allaqachon o‘tmish, tarixga aylangan bo‘lsada, uning madaniyati hozirgi


943 
kunda o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda yoki biz bu davr madaniyatini o‘sha
vaqtdagiga nisbatan ko‘proq bilamiz.
San’at - ijtimoiy ong va inson faoliyatining o‘ziga xos shakli. San’at qadimiy
tarixga ega bo‘lib, u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni
bilan, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bog‘liq holda vujudga kela
boshlagan. San’atning dastlabki izlari so‘nggi poleolit davriga (mil.Avv.40-20- 
ming yillik) borib taqaladi. U davlarda hali san’at inson faoliyatining mustaqil
shakli sifatida ajralib chiqmagan edi.
Keyinchalik, madaniyatning o‘sishi natjasida san’at alohida soha sifatida asta-
sekin ajrala boshladi. San’at–odamlarning estetik talabarini qondirish bilan birga, 
o‘z taraqqiyotining turli davrlarida jamiyat a’zolarini ma’lum ruhda tarbiyalash, 
ularni aqliy va hissiy jihatdan rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilib kelgan. 
San’at ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan o‘zining predmeti, mazmuni, 
voqealikni ifoda etish usuli va uslubi, ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni hamda
vazifalari jihatidan farq qiladi. San’at insonning moddiy va ma’naviy faoliyatidagi
bilimi, tajribasi, mahorati va qobiliyatlarini namoyon etuvchi badiiy ijodiyot
mahsulidir. Estetik tafakkur tarixida san’at narsa va hodisalarni qanday bo‘lsa
shunday aks ettirish va hayotni go‘zallik qonunlari asosida badiiy ifodalash
g‘oyalari sari yuksalib bordi. Tabiat va jamiyat insonning ijtimoiy, ma’naviy, milliy
dunyosi san’at predmeti hisoblanadi. Voqealik qaysi shaklda badiiy ifoda
etilmasin, ijodkor unga ma’lum ijtimoiy –estetik ideal nuqtai nazardan munosabat
bildiradi va o‘z estetik bahosini beradi. San’at turli ko‘rinishlari bilan o‘ziga xos
badiiy-estetik qadriyatlarni to‘plash, saqlash va boshqalarga uzatish xususiyatiga
ega bo‘lgan estetik tizimni tashkil etadi. San’at tasviriy san’at, me’morchilik, 
rassomlik, haykataroshlik, musiqa, teatr, kino, sirk, badiiy adabiyot, xoreografiya va
boshqalarni o‘z ichiga oladi. San’atning turlari o‘z predmeti, tasvir vositalari va
ifoda imkoniyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan, adabiyotda asosiy
ifoda vositasi bo‘lib til xizmat qiladi. Tasviriy san’atda bo‘yoq orqali aniq obraz
gavdalantiriladi. Teatrda esa pesa qahramonlarining siymosi aktyorlarda o‘z aksini
topadi. 


944 
San’at barcha ijtimoiy ong shakllari singari o‘z taraqqiyot qonuniyatlariga ega. 
Bu qonuniyatlar san’atning o‘z ichki xususiyatlaridan kelib chiqsada, ijtimoiy 
taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan xalq, millat, elat, mamlakat va jahon svilizatsiyasi
darajasi bu qonuniyatlarda o‘z ifodasini topadi. 
Bugun mamlakatimizda o‘z hofizi, o‘z san’atkori bo‘lmagan qishloq yoki
mahallani topish qiyin. Har bir o‘zbekning xonadonida doira, dutor kabi
cholg‘ularning bo‘lishi ham xalqimizning san’atga ixlosmandligidan dalolat beradi.
Mustaqilik yillarida mamlakatmizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, 
jahon miqyosidagi ilg‘or tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va san’at 
muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnik ba’zasini mustahkamlash, ijodkor 
ziyolilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga davlatimiz tomonidan
ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda. 
Aholi, xususan, yoshlarning madaniy sa’viyasini yuksaltirish, ularni milliy va
umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand qilish
borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbek milliy raqs va 
xoreografiya san’ati yanada rivojlanish ishlari o‘tkazilib, jahon miqyosidagi nufuzli 
ko‘rik-tanlovlarda yuqori o‘rinlarni egallagan yoshlar moddiy tarafdan qo‘llab-
quvvatlanmoqda. Yoshlarni san’at maskanlariga, xususan, teatr va muzeylar, konsert 
tomoshalariga jalb etish, turli xalq sayllarini tashkil etish, ularga xorijiy keng jalb
etish, yoshlar o‘rtasida festivallar o‘tkazish, o‘zbek va jahon madaniyatining eng 
sara namunalaridan bahramand etish orqali ularning ma’naviy-axloqiy, estetik didi
va madaniy darajasini yanada yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Yagonsan, muqaddas Vatan!”, “Nihol”, “Yurt kelajagi” va shu kabi ko‘rik-
tanlovlar iste’dodli san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar ma’naviyatini
yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Xususan, ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandning Registon maydonida 
1997-yildan buyon har ikki yilda o‘tkazilib kelinayotgan an’anaviy “Sharq
taronalari” xalqaro musiqa festivali mamlakatimizda madaniyat va san’atga
qaratilayotgan alohida e’tiborning yuksak namunasidir. Ushbu xalqaro festival qisqa
muddatda jahondagi nufuzli musiqa anjumanlari qatoridan munosib o‘rin egalladi. 


945 
Ko‘plab davlatlar, xalqaro madaniyat tashkilotlari, dunyo miqyosida tanilgan
mashhur san’at namoyondalaring bu festivalga bo‘lgan qiziqishlari va e’tibori ortib, 
ishtirokchi mamlakatlar safi kengayib borayotgani buning yaqqol dalilidir. Asosiy
g‘oyasi insonlarni go‘zallik, nafosat va ezgulikka da’vat etish, turli xalqlarning 
madaniyatini o‘rganish, dunyo xalqlarining noyob musiqiy me’rosi va an’analarini 
asrab-avaylash va rivojlantirishdan iborat bo‘lgan ushbu festival tili, madaniyati, 
milliy qadriyatlari rang-barang bo‘lgan turli millat va elatlarni san’at vositasida
mushtarak maqsadlar yo‘lida yaqinlashtirishga, O‘zbekistonning jahon miqyosidagi
obro‘-e’tiborini ortishiga xizmat qilib kelmoqda va shu bilan bir qatorda turli
millat va elatlarning musiqa san’ati vositasida o‘zaro yaqinlashtirish va xalqlar
o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yuksaltirish g‘oyalari maqsad qilib qo‘yilgan.[1] 
1936-yilda tashkil topgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Markaziy
Osiyoda ilk tashkil etilgan va musiqa san’ati sohasida professional mutaxassislarni 
tayyorlaydigan yagona, eng keksa Oliy musiqiy ta’lim muassasalaridan biridir. 
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan
2002-yil 22 martda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘z faoliyatini barcha
sharoitlarga ega bo‘lgan yangi muhtasham binoda boshladi. Maxsus zamonaviy
jihozlar bilan ta’minlangan bu yirik binoda 305 ta o‘quv auditoriyalar, pedagog 
hodimlar uchun 60 ta xona, 4 ta konsert zali (katta, kichik, organ, kamer), 4 ta o‘quv 
ovoz yozish studiyasi, “Milliy cholg‘ular” ishlab chiqarish labaratoriyasi, “Musiqa”
nashriyoti, fonoteka, 2 ta sport zalining mavjudligi mamlakatmizning madaniyati va 
san’atini yuksaltirishga qaratidan e’tibordan dalolat beradi. O‘zbekiston davlat
konservatoriyasi har yili 300 dan ortiq konsert dasturlarini keng ommaga havola 
etmoqda. Konservatoriyada konsert-ijrochilik faoliyatini rivojlantirishda Respublika 
va xalqaro konkurslar laureatlarining soni bugungi kunga kelib 150 dan ortiqni
tashkil etadi. Konservatoriya talabalari orasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
stipendiyasi, A.Navoiy nomli stipendiya, “Zulfiya” nomidagi, “Nihol” yoshlar 
mukofoti sovrindorlari borligi ijodiy muhitning ravnaq topayotganligidan dalolat berib 
turibdi. Konservatoriya bosib o‘tgan yo‘lga nazar tashlar ekanmiz, uning mamlakat
musiqa madaniyat markazi bo‘lishi bilan birga, musiqa san’ati sohasida yuqori


946 
malakali kadrlar yetishtirib beradigan Oliy dargoh ekanligiga yana bir bor amin
bo‘lamiz.[2] 
Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoev 2017 yil madaniyat va
san’at sohasi vakillari bilan uchrashuvida shunday ta’kidlagan edi: “Bir haqiqatni 
hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak: mamlakatimizda madaniyat va san’at 
taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. Xalqimizning rivojlanish darajasi avvalo
milliy madaniyatimizga qarab baholanadi. Shu ma’noda, madaniyat-bu xalqimiz, 
jamiyatimiz qiyofasidir. Biz O‘zbekistonni yangi qiyofasini yaratishga kirishgan 
ekanmiz, buni avvalo milliy madaniyatimizni rivojlantirishdan boshlashimiz lozim”.
Darhaqiqat, insoniyat ma’naviyati va tafakkuri rivojlanishi madaniyat san’atsiz 
kechmaydi. So‘ngi yillarda mazkur sohalarni rivojlanishning yangi bosqichiga
ko‘tarish yuzasidan hukumatimiz tomonidan tub o‘zgarishlar, islohotlar olib 
borilmoqda. Eng quvonarlisi, butun yer yuziga kelgan balo – pandemiya sharoitida
ham yurtimizda madaniyat va san’atga bo‘lgan e’tibordan chetda qolmadi. Xususan, 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 26 maydagi “O‘zbekiston
Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori mazkur soha vakillarining, keng ko‘lamdagi san’at
ixlosmandlarining uzoq kutilgan orzulari, istaklarini ro‘yobga chiqarishga katta
imkoniyat, sharoit yaratdi. Shuningdek, Respblikamizda bugungi kunda 826 ta
madaniyat markazlari faoliyat yuritadi va bular havaskorlik san’atini rivojantirishda 
asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu madaniyat markazlarida jami 4522 ta
to‘garak mavjud bo‘lib, ularda 52 970 nafar havaskorlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 
Madaniyat markazlarida 482 ta xalq havaskorlik unvoniga ega bo‘lgan jamoalarga
jami 5000 mingdan ortiq havaskor ishtirok etib kelmoqda. Eng quvonarli holatlardan 
yana biri shuki, Prezidentimiz qarori asosida Termiz shahrida Respublika baxshichilik
san’ati markazi va uning huzurida Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi
tashkil etildi. Xalq og‘zaki ijodining durdonasi bo‘lmish baxshichilik san’atini keng 
targ‘ib etish borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi mavjud 233 
ta madaniyat muassasalarida baxshichilik yo‘nalishi bo‘yicha sinf va to‘garaklar 
ochilib, 2042 nafar yoshlar jalb etildi. Go‘ro‘g‘li turkumidan o‘zbek xalq


947 
dostonlaridan saralangan “Oltin qoboq”, “Chambil qamali” va “Olamon bilan 
qahramon” nomli dostonlari 1000 nusxada chop etildi. [3]
Bundan tashqari, Prezidentimizning “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat
hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni
hamda “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ham muzeylar sohasiga alohida e’tibor
qaratilib, bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, so‘nggi yillarda 10 dan ortiq
muzeylar tashkil etildi. Xususan, Mo‘ynoq Ekologiya muzeyi, Farg‘ona viloyatidagi
Erkin Vohidov uy muzeyi hamda memorial muzeyi, Xaziniy uy muzeyi, Qo‘qon
shahridagi Buyuk allomalar muzeyi, Buxoro viloyatidagi Mutal Burhonov uy
muzeyi, Samarqand viloyatidagi Ergash Jumanbulbul o‘g‘li yodgorligi muzeyi, 
Namangan viloyatidagi Is’hoqxon Ibrat, Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va 
Zulfiya, Sharof Rashidov yodgorlik muzeylari, Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy
uy muzeyi hamda Abdulla Qodiriy memorial muzeylari shular jumlasidandir. Ushbu
davrda yana 15 ga yaqin muzey binolarida rekonstruksiya qilish, ta’mirlash ishlari 
olib borildi. Bunga misol sifatida, Surxandaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat 
muzeyida olib borilgan rekonstrutsiya, Samarqand shahridagi Sadriddin Ayniy
yodgorlik uy muzeyi, Chirchiq shahar tarixi muzeylarida olib borilgan mukammal
ta’mirlash ishlarini olishimiz mumkin. 
So‘ngi yillarda teatr san’atiga, ijodkorlarga e’tibor kuchaydi. Ijodkorlarni
qo‘llab-quvvatlash maqsadida Respublika qo‘g‘irchoq teatrlari, yosh
rejissyorlarning “Debyut” ko‘rik-festivali ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar
o‘tkazildi . 
Inson eng oliy darajadagi tarixiy mavjudotdir. Inson tarixiy davrda, tarixiy
davr esa insonda mujassam. Negaki, har qanday davrning xususiyat va darajasi
madaniyat rivoji bilan o‘lchanadi. Madaniyat doimo qadriyatlarning eng yirik
zahirasi, tajribalarning xazinasi bo‘lib qoladi. Insoniyat avlodlari undan
foydalanadilar va unga o‘z xissalarini qo‘shadilar. 
Yurtimizda xalqimiz madaniyatini yuksaltirish, san’atni yanada ravnaq
toptirish borasida yaratilayotgan beqiyos imkoniyatlarni sanab adog‘iga yetib


948 
bo‘lmaydi. Bularni dildan his qilib, teran idrok etishimiz joiz. Zotan, asrlarga
tatigulik bunday ibratli ishlar bilan har qancha g‘ururlansak arziydi. Bizdan talab
etiladigani esa madaniyatimizni yanada ravnaq topishi uchun fidokorona xizmat 
qilishdir. Chunki madaniyati yuksak xalq jahon hamjamiyatida mustahkam mavqega
ega bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Wikipedia.uz 
2. konservatoriya.uz 
3. archive.uz 
4. darakchi.uz 


949 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish