ФИО автора:
Axundjanova Muxabbat Lazizovna
Toshkent shahar yuridik texnikumi
"Ommaviy-huquqiy fanlar" kafedrasi mudiri
Название публикации:
«MA`MURIY AKT»
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ma’muriy huquqqa oid ilmiy-nazariy
ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, ular asosida tugallangan xulosalar berilgan. Maqolada
ma’muriy huquqning muhim jihatlaridan hisoblangan ma’muriy hujjat, ma’muriy
hujjatni bekor qilish, o‘zgartirish va ularning boshqa hujjatlardan farqli jihatlari yoritib
berilgan. Shu bilan birga, ma’muriy hujjatni bekor qilishda ma’muriy organlar,
manfaatdor shaxslar hamda sudlarning o‘rni va ahamiyati ham yoritib o‘tilgan.
Shuningdek, maqolada ma’muriy hujjatning shakli va mazmuni borasida ma’lumotlar,
shakliga va mazmuniga qo‘yilgan talablar hamda bu borada rivojlangan xorijiy
davlatlar tajribasi o‘rganilgan. Bundan tashqari, ma’muriy hujjatlarning o‘ziga xos
xususiyatlari, ularning tahlili amaliy misollar yordamida hamda ma’muriy hujjatning
shakli va mazmuniga qo‘yilgan talablar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, ahamiyati
va dolzarbligi masalasi yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
ma’muriy hujjat, ma’muriy akt, ma’muriy protsessual hujjat,
ma’muriy harakat, muayyan chora, individual hujjat, jamoaviy hujjat, litsenziya, ruxsat
berish.
KIRISH
Ma’muriy akt turli shakllarda qabul qilinishi mumkin. O‘zbekiston MTTt
Qonunning 52- moddasiga ko‘ra ma’muriy hujjat yozma shaklda qabul qilinadi. Qonun
hujjatlarida ma’muriy hujjat boshqa shaklda, shu jumladan boshqa tegishli hujjatni
berish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yo‘li bilan qabul qilinishi
mumkinligi hollari nazarda tutilishi mumkin. Yozma ma’muriy hujjat ma’muriy
organning vakolatli mansabdor shaxsi yoki kollegial organ a’zolari tomonidan
imzolanadi va ma’muriy organning muhri bilan tasdiqlanadi.
Ta’kidlash joizki, Qonunning 52-moddasida ma’muriy aktning yozma shaklda
950
qabul qilinishi va boshqa shakllar to‘g‘risida qonun hujjatlarida maxsus o‘rnatilishi
talabi keltirib o‘tilgan. Shunga ko‘ra, agar boshqa shakl maxsus o‘rnatilmagan bo‘lsa,
ma’muriy akt qoida tariqasida yozma shaklda qabul qilinishi talab etiladi. Bu esa
huquqni qo‘llovchilar uchun biroz noqulay bo‘lishi mumkin. Shu ma’noda Qonunning
o‘zida ma’muriy aktning og‘zaki, belgili va boshqa shakllari to‘g‘risida tegishli
qoidalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rnatib qo‘yish maqsadga muvofiqdir .
Shuningdek, Qonunda ma’muriy aktning mazmuniga doir quyidagi qoidalar
o‘rnatilganligini ko‘rish mumkin.
Ma’muriy hujjat qonuniy, asoslangan, adolatli, aniq va tushunarli bo‘lishi
kerak. Ma’muriy hujjatda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1)
ma’muriy hujjatning nomi va u qabul qilingan sana;
2)
ma’muriy hujjatni qabul qilgan ma’muriy organning nomi va
joylashgan yeri (pochta manzili);
3)
ma’muriy ish yuritish ishtirokchilari to‘g‘risidagi axborot;
4)
ma’muriy hujjat orqali hal qilinadigan masalaning tavsifi (tavsif qismi);
5)
ma’muriy hujjatning asosi (asoslantiruvchi qismi);
6)
qabul qilingan qaror bayoni (xulosa qismi);
7)
ma’muriy hujjat ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi;
8)
ma’muriy organning ma’muriy hujjatni qabul qilgan mansabdor
shaxsining (kollegial organ a’zolarining) lavozimi, ismi va familiyasi.
Ma’muriy ixtiyoriylik (diskresion vakolat) asosida qabul qilingan ma’muriy
hujjatda quyidagilar nazarda tutilishi mumkin:
muayyan huquqning yoki majburiyatning kuchga kirish, o‘z kuchini yo‘qotish
payti yoki amal qilish muddati;
muayyan hodisaga yoki kelajakda huquqning yoxud majburiyatning kuchga
kirishi yoki o‘z kuchini yo‘qotishi bilan bog‘liq bo‘lgan shartga doir ko‘rsatma;
ma’muriy hujjatni bekor qilish huquqi yoki kelgusida qo‘shimcha farmoyishlar
berish huquqi ma’muriy organda saqlanib qolishi to‘g‘risidagi izoh;
951
adresatga muayyan harakatlarni amalga oshirish, amalga oshirishga yo‘l qo‘yish
yoki amalga oshirishdan tiyilish xususida ko‘rsatma beruvchi qo‘shimcha
farmoyishlar(MTTt Qonunning 53- moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |