Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet367/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

 
Foydalanilgan adabiyotlar
ro`yxati 
1.O`Z M.I. Birinchi jild.Toshkent,2000-yil. 
2.Vohidov A.Samarqand tojiklari kommunikativ munosabatida nomunilgvizmning 
namoyon bo`lishi//O`zbek tili va adabiyoti,2005,№3.-Б.115-116. 
3.Yusupov K.O`zbek va tojik tillarining o`zaro ta`siri.-Toshkent,1974.Б.5. 
4.Daryo.uz internet ma`lumotlari. 


967 
ФИО автора:
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti 
universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 2-kurs talabasi

Eshmatova Muxlisa

Название публикации:
«TARBIYANING UMUMIY METODLARI» 
Anotatsiya: Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi yetmaydi. 
Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni 
hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish 
asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari 
deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli 
aytganda, usullar – bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan 
yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-
sekin usullar keng ustunli yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin.
Kalit so'zlar: metod; pedagogika; tarbiya vositasi; g'oyaviy onglik; an'anaviylik. 
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Maktab amaliyotiga 
tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish 
usullaridir. 
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi yetmaydi. Metodlarni 
takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, 
tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida 
umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari deb 
ataladi. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli 
aytganda, usullar – bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan 
yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-
sekin usullar keng ustunli yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni 
to‘g‘ri qo‘llay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya 
metod va usullarining aloqadorligi ana shunda. 
Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullar deganda ta’sir ko‘rsatishlar birligi, vosita 
deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – 
tarbiya vositasi, biroq uni ko‘rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko‘rsatish – bu usullar. So‘z 
(keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika taqkoslash – usullar. Bu bilan bog‘liqlikda ba’zan tarbiya 
metodlari qo‘yilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi 
sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi. 
Tarbiya maqsadi va mazmuni metodlarni to‘g‘ri tanlashga imkon beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga 
erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur. Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi 
ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to‘ldirilgan 
bo‘lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash 
g‘oyat muhimdir. 
Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini 
inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, 


968 
fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlardir. Aytaylik, mas'uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta'lim, o‘rta 
ta'lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida ta'lim olayotgan o‘quvchilarda ham shakllantirish 
mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi. 
Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari. Xalq pedagogikasi o‘zbekona axloq, odob va tarbiyaning barcha 
qirralarini o‘zida mujassamlashtirgan. Xalq pedagogikasida turlicha tarbiya metodlari hamda vositalaridan 
foydalaniladi. Bu metod va vositalar nihoyatda rang-barang bo‘lib, ko‘p jihatlari bilan ilmiy pedagogikadan 
ustunlik qiladi. Binobarin, ushbu metodlar ilmiy pedagogikaning shakllanishiga ham o‘z ta'sirini o‘tkazgan. 
Xalq pedagogikasida qo‘llanilgan xilma-xil tarbiya metodlarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin. 
• Tushuntirish (hikoya qilish, o‘rgatish). 
• Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish). 
• Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, yaxshiliklar haqida so‘rash, o‘rnak bo‘lish). 
• Nasihat qilish, o‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma'qullash, rahmat 
aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash va hokazolar). 
•qoralash va jazo (ta'kidlash, ta'na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo‘rqitish, 
nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar). 
Agar e'tibor berilsa, yuqoridagi beshta metod umumiy yaxlitlikni ifodalaydi. Oldin bolaga umumiy 
jarayonning mohiyati tushuntiriladi. Bolalar narsa, hodisa va jarayonlarning mohiyatiga tushunmaganlarida 
tarbiyachi namuna vositasidan foydalanadi, ya'ni, yoshlarning mustaqil kuzatuvchanligiga e'tibor beriladi. 
Bu holatda ham tushunmaganlar kattalarning nasihati, o‘g‘iti asosida narsa, hodisa yoki jarayonlarning 
mohiyatini anglaydilar. Bordiyu, bu holatda ham kutilgan natijaga erishilmasa yoki bolalar e'tibor qaratilgan 
holatning mohiyatini tushunishni istamasalar, eng so‘nggi chora sifatida qoralash va jazo metodida 
foydalanishga to‘g‘ri keladi. Biroq, bu eng so‘nggi chora. Zamonaviy pedagogika g‘oyalariga ko‘ra qoralash 
va jazo metodlarini so‘nggi, aniqrog‘i kam samara beradigan chora ekanligini isbotlangan. 
Xalq pedagogikasi namunalari, tarbiya metodlari va tarbiyaviy ta'sirlar muayyan vositalar yordamida 
qo‘llanilgan. Mehmon kutish, mehmonga borish, turli mehnat jarayonlari, hasharlar, turli gurunglar 
(choyxona, to‘y marosimlari), sayillar, oilaviy an'analar (tug‘ilgan kun, fuqarolik pasporti, umumiy o‘rta, 
o‘rta maxsus hamda oliy ma'lumotga egalik to‘g‘risidagi attestat va diplom, shuningdek, davlat 
mukofotlarini olish kabi holatlarni nishonlash) va musobaqalar o‘ziga xos tarbiya vositasisanaladi. 
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar o‘quvchilarda ma'naviy-axloqiy sifatlar, e'tiqod hamda 
dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi va irodasiga ta'sir ko‘rsatish usullari 
sanaladi.Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, ular orqali o‘quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o‘rin 
tutuvchi ijtimoiy g‘oya va maqsadlar singdiriladi. Yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot 
mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo‘llaniladi. 
O‘quvchilarda g‘oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya'ni, davlatning ichik va xalqaro siyosati mazmunini 
tushunish va idrok qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash lozim. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng 
ko‘p ishlatiladigan usuldir. Tushuntirishning vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g‘urur 
tuyg‘usiga ega bo‘lib voyaga yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat. 
Tushuntirishda o‘quvchilarga mamlakat fuqarosining davlatga nisbatan muayyan huquq va burchlar asosida 
bog‘langanligi borasida ma'lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi hamda 


969 
Konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli davlat bayrog‘i, gerbi, 
madhiyasi hamda Konstitutsiyasining mohiyati tushuntirialdi. 
O‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko‘rishlari va ibrat olishlari nihoyatda 
muhim. O‘qituvchining shaxsan o‘zi namuna bo‘lishi, ayniqsa, yoshlarga katta ta'sir ko‘rsatadi. Ular 
o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, atrofdagi kishilar bilan qanday muomala qilishini, 
o‘z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar. O‘quvchilar o‘zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga 
taqlid qiladilar, Xulq-atvorlar bolalarda yaxshi sifatlarning, ba'zan esa yomon sifatlarning ham tarkib 
topishiga ta'sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o‘zlarini tuta 
bilishlari kerak. Ular qaerda bo‘lishmasin, atroflarida bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalarning so‘zi 
bilan yurish-turishi va xatti-harakatlarida tafovut bo‘lmasligi kerak. Ilg‘or kishilarning hayoti va faoliyatidan 
olingan ma'lumotlar, adabiy asar, kinofilm va spektakllar qahramonlarining xatti-harakatidagi yaxshi 
namunalar bolalarning ongiga kuchli ta'sir qiladi. Maktablarda ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar 
o‘tkaziladi. O‘quvchilar o‘z ota-onalarining ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadilar, ularga 
taqlid qilishga intiladilar. 
Namunada xalq pedagogikasi g‘oyalaridan ham foydalaniladi. Ota-onalar o‘z farzandlarini hamisha katta 
hayotiy tajribaga ega, dunyoqarashi va bilim doirasi keng kishilardan ibrat olishga da'vat qilib kelganlar. 
Masalan, «qush uyasida ko‘rganini qiladi». Juda oddiy xulosa. Shu oddiy xulosa ostida qancha fikrlar 
jamlanib yotgavnligini hamisha ham fahmiga boravermaymiz. Bu bilan xalq xalq «uyingda tartibli bo‘l, aks 
holda bolang ko‘chada tartibsiz bo‘ladi», «bola oldida birovlarning g‘iybatini qilma, bolang g‘iybatchi 
bo‘ladi», demoqchi. 
O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari. O‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya'ni, o‘z ustida ongli, bartartib 
ishlashga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblash mumkin. Tarbiya jarayonida 
o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlaridan foydalanish samarali hisoblanadi. O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari 
o‘quvchilarning o‘zini o‘zi idora qilishlari, turli o‘quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etishlarini 
ta'minlash, ularning ijtimoiy mavqyelarini oshirish maqsadida qo‘llaniluvchi usullardir. 
O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘quvchilarning o‘zini o‘zi idora qilish va o‘quvchilarning turli organlari faoliyatida faol 
ishtirok etishni ta'minlash, ularning ijtimoiy mavqyeini oshirishning ta'sirchan vositasidir. O‘quvchilar o‘qish, 
tarbiya va dam olishda o‘z-o‘zini tarbiyalash usullaridan foydalanadilar, bu usullar o‘quvchilarni o‘z-o‘zini 
tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi. 
O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud 
sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli. O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) 
qilish uchun o‘quvchi o‘zining yurish-turishi, intizomi, ijobiy fazilatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy 
odatlarining kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi. 
O‘z-o‘zini baholash mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish asosida o‘z shaxsiga baho 
berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli. 
O‘quvchining qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, 
lekin o‘quvchini bunga yetarli tayyorlash mumkin. Shu bois o‘quvchi irodali bo‘lishi, o‘z burchini tushunishi, 
tahsil va tarbiya olish uchun sababli asos bo‘lishi, ya'ni, tarbiyalanishni xohlashi, o‘zini o‘rtoqlari, 
atrofdagilarning ko‘zi bilan ko‘rish va o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilishi lozim. O‘z-o‘zini baholash 
o‘quvchi uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o‘ziga chetdan turib xolisona baho berish, o‘zidan 
qoniqish hosil qilishda yordam beradi. 


970 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1. Hoshimov K. va boshqalar. Pedagogika tarixi. – Toshkent, O‘qituvchi, 1996. 
2. Podlaso‘y I.P. Pedagogika. I-II t. – Moskva, VLADOS, 1999. 
3. Pedagogika Munavvarov A.K.ning umumiy tahriri ostida. – Toshkent, O‘qituvchi, 1999. 
4. Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika. – Toshkent, O‘qituvchi, 2001. 
5. Umumiy pedagogika (Tarbiya nazariyasi) Ziyayev Adhamjon Nisolmuxammatovich. 
6. T.A.Egamberdiyeva-FarDU pfd,professor. N.Sh.Erkaboyeva-Qo`qon DPI pfd,dotsent. 2020-y. 


971 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish