Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet365/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

ФИО автора:
Nodira Mamatova O’ktam qizi 
Samarqand davlat chet tillar instituti Xorijiy til va adabiyoti –ingliz tili fakulteti 
magistranti
Название публикации:
«O’RTA DARAJADAGI TIL O’RGANUVCHILARIGA 
INGLIZ TILINI O’QITISHDA BADIIY FILMLARNING ROLI» 
Annotatsiya
: Mazkur maqolada o’rta darajali til o’rganuvchilariga badiiy filmlarning 
til ko’nikmalarini o’rganishdagi roli, shu bilan birgalikda mavzu yuzasidan amalga 
oshirilishi kerak bo’lgan muallif tomonidan keltirilgan muammo va tavsiyalar o’z 
ifodasini topgan. 
Kalit so’zlar
: badiiy film, tinglab tushinish, ko’nikmalar, sheva. 
The role of feature films in teaching, English for intermediate level learners 
Abstract
: This article deals with the role of feature films in teaching as well as in 
skills for intermediate level learners. The problem and recommendations given by the 
author to be implemented on the topic are reflected. 
Key words
: feature films, listening, skills, competence, dialect . 
So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasida til o’rganishga bo’lgan talab borgan 
sari ortib bormoqda. Bu esa til ko’nikmalarini o’rganishda birlamchi va yordamchi 
vositalarga shu bilan birgalikda zamonaviy o’qitishda yangi texnologiyalardan 
foydalanishga bo’lgan talabni ortayotganligidan dalolat beradi. 
Til ko’nikmalarini o’rganish va o’rgatishda zamonaviy texnologiya vositalarini o’rni 
beqiyosdir. Mana shunday vositalardan biri esa bu- badiiy filmlardir. Chunki badiiy 
filmlar o’rganuvchilar uchun tinglab tushinish (listening), gapirish (speaking) kabi 
ko’nikmalarini o’rganishda asosiy vositalarda biri bo’lib kelmoqda. Bunday o’rganish 
usullarining samarali ta’siri esa hammaga ma’lum hisoblanadi. 
Tadqiqotlarga yuzlanadigan bo’lsak, turli mamlakatlar o’qituvchilarining 
kuzatishlari shuni ko’rsatadiki, muayyan bir tilni o’rganayotgan o’quvchilar video 
roliklar, multfilmlar, badiiy filmlardan foydalanib o’tilgan darslar ular uchun 
qiziqarliroq va samaraliroq bo’lganligini ta’kidlashgan. Bu esa muayyan sinf yoki 
mashg’ulot o’tiladigan joyda o’sha o’rganilayotgan til muhiti mavjudligini va 
o’rganuvchilarni o’ziga jalb qila olishi mumkinligini namoyon qiladi.
Yurtimizda tilga bo’lgan e’tibor ortib borayotgan ushbu davrda asos tariqasida 
turli qaror va farmoyishlar ishlab chiqilgan . Mana shunday qarorlardan biri esa 2012-


962 
yilning 10-dekabr kunida qabul qilingan 1875- sonli “ Chet tillarini o’rganish 
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari “ to’g’risidagi qarorda ingliz tili 
O’zbekiston Respublikasining barcha hududlarini qamrab olishi, jumladan chekka 
hududlarda ham 1-sinfdan boshlab chet tilini o’tilishi ta’kidlab o’tilgan. Shu bilan 
birgalikda ingliz tilini o’rganuvchilar uchun turli xil metodlar ishlab chiqilgan, til 
ko’nikmalarini rivojlantirish uchun esa barcha sharoit va jihozlar bilan barcha 
maktablar ta’minlangan. 
Hozirgi kun ingliz tili o’rganuvchilari va o’rgatuvchilari orasida dolzarb 
muammoga aylangan muammolardan biri bu-grammatikaga bo’g’lanib qolishdir. 
Dars mobaynida o’rganilayotgan tildan ko’ra ona tilidan ko’proq foydalanish 
listening (tinglab tushinish) va speaking (gapirish) ko’nikmalarining rivojlanishiga 
to’siq bo’lib kelmoqda , bu esa til o’rganishga sarflanadigan vaqtning yanada 
cho’zilishiga va maqsadga yetishning ortga surilishiga sabab bo’lmoqda. Aynan 
mana shundan muammolar tufayli dars va mashg’ulotlar mobaynida turli video, 
filmlar, badiiy filmlardan foydalanish tavsiya qilinmoqda. Ammo tanganing ikki 
tomoni bor deganlaridek, badiiy filmlardan foydalanishning ham bir nechta uatun 
bo’lmagan tomonlari mavjud, jumladan tili o’rganilayotgan millatning ko’cha 
so’zlari, jargon, sheva kabi so’zlari ham mavjud bo’lib, bu badiiy filmlardan 
foydalanilayotganda ham diqqatli va aynan o’rganuvchilar yoshiga mos bo’lishi, 
ularning gaplari ma’noli va albatta iloji boricha kamroq ko’cha so’zlari , jargon, 
sheva kabilardan foydalanilgan filmlarni o’qituvchilar tomonidan tavsiya qilinishi va 
ma’lum bir qoida va normalarga mos kelishini tekshirib ko’rish maqsadga muvofiq 
bo’ladi.
Badiiy filmlar orqali o’quvchilar nafaqat o’sha millat tili balki madaniyati hamda 
odatlari yashash tarzi va albatta so’zlarning qanday talaffuz qilinishi , va nutqda 
ravon bo’lishi kabi savollarga javob oladilar shu bilan birgalikda ma’lumotlar 
to’plash imkoniga ega bo’ladilar. Bundan tashqari ingliz tilini 2-til sifatida 
o’rganayotgan talaba va o’quvchilarda ham so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishda 
muammolar mavjud bo’lib, til muhiti kamligi va audio materiallardan yetarlicha 
foydalanilmaganligi asosiy kamchiliklardan biri bo’lsa, badiiy filmlardan foydalanish 
bu muammoning bir yechimi bo’la oladi. Mavzuga chuqurroq yondoshadigan bo’lsak 
, badiiy filmlardan foydalanishda ham samaraliroq usullari mavjud ekan, ulardan biri 
filmlarni tomosha qilayotganda subtitrlari mavjud filmlardan foydalanish o’rta 
darajadagi o’rganuvchilar uchun yanada foydaliroq bo’lishi tasdiqlangan bo’lib 
gaplarni to’gri tushunishlari va ham yozma ham o’g’zaki shaklini eslab qolishlariga 
yordam beradi. Kuzatishlar shuni korsatadiki, til o’rganish uchun barcha sharoitlar 
mavjud bo’lib , yurtimiz kelajagi uchun yetuk inson bo’lish tanlagan kasbimiz 


963 
bilimdoni bo’lish o’z qo’limizda . Shu o’rinda fikrimni muhtaram birinchi 
prezidentimiz so’zlari bilan davom ettirmoqchiman, 
“Yillar, asrlar sinovida toblangan , ko’pni ko’rgan , bugun erkinlik havosidan nafas 
olib yashayotgan , o’z qadr-qimmatini , insoniy sha’nini, ne-ne ulug’ zotlarning 
vorislari ekanini , o’zligini anglagan, milliy g’urur va iftixorini tiklagan, xalqaro 
maydonda o’ziga munosib o’rin egallab borayotgan, o’z kuchiga va ertangi kuniga 
ishongan, o’z yurti, o’z farzandlarining kelajagi farovon bo’lishiga intilayotgan 
bizning xalqimizni hech qanday kuch to’xtata olmaydi.”

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish