Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet354/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Aripov M. Internet va elektron aloqa asoslari. –
T.:«Universitet». 2000. 
 
2.
Ahmedov A., Taylaqov N. Informatika. AL va KHK uchun darslik. –
T.: O`zbekiston, 2002. 2– nashri. (2004.3–nashri). 
 
3.
G‘ulomov S.S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari: ta
labalari uchun darslik /Akademik S.S. G‘ulomovning umumiy tahriri
ostida. – «Sharq», 2000. 
 
4.
Maraximov A.R, 
Rahmonkulova S.N. Internet va undan foydalanish asoslari. –
T.:2001. 
 
5.
Raxmonqulova S. N. IBM RS shaxsiy kompyuterida ishlash. –T.: 
NMK– «Sharq – INSTAR» ,1998. 
 
6.
Taylaqov N.I., Ahmedov A.B. IBM PC kompyuteri. Ilmiy ommabop 
qo‘llanma. –T.: O‘zbekiston, 2001. 
 


922 
ФИО автора:
Shukurboyeva Sarvinoz Foziljon qizi
B.sc.IT yo’nalishi
105-guruh talabasi
Название публикации:
«AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA TEXNIKA 
ASRI» 
Annotatsiya 
Axborot va texnologiyalar asri deb nom olgan XXI asrda hayotning barcha 
jabhalarida — sanoat, qurilish, kimyo, qishloq xo'jaligi, to'qimachilik, mashinasozlik 
va boshqa sohalarda yuksak taraqqiyotni yuzaga keltirish uchun ilm-fanni 
rivojlantirish, bu borada yangiliklar yaratish hayotiy zaruratga aylandi. Bu jarayon 
endilikda dunyoda taraqqiyot yo'lini tutgan barcha mamlakatlarda e'tirof etilmoqda. 
Respublikamizda ham ana shu jarayonga alohida e'tibor qaratmoqda va dolzarbligi 
bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Tayanch so’z va iboralar;
axborot texnologiyalari, texnika, taraqqiyot, 
taffakkur, axborot, integratsiya, mehnati, iqtisodiyotda, raqamli texnologiyalar, 
tarmoqlar, internet, qulaylashib, zamonaviy, chambarchas, g’oyalar, elekyron, 
dasturchilar.
Insoniyat jamiyati paydo bo'lganidan to bugungacha rivojlanib keladi. 
Odamiyat taraqqiyotining uchta bosqichini ajratishadi. Birinchi bosqich XIX asr 
oxirigacha keldi va bu agrar bosqich edi – u qishloq xo'jaligi ustuvorligi va yerdagi 
qo'l mehnatiga asoslangan edi.
XX asr – industrial bosqich bo'ldi, endi mehnatni aksariyatini texnika, jihozlar 
va aslahalar bajardi, bu zamonning boylari sanoatchi va bankirlar, ya'ni Ford va 
Rokfellerlar bo'ldi. 
XXI asr – axborot asri bo'ladi va allaqachon taraqqiy qilgan davlatlar iqtisodi 
raqamli axborot texnologiyalari va elektron xizmatlar sohasiga o'tib bo'ldi. Endi boylar 
elektron do'kon sohiblari va axborot texnologiyalari dasturchilaridir. 
Bugungi boylar va boy davlatlar pulni paxta yetishtirishdan, tovuq boqishdan, 
qalampir yetishtirishdan topayotgani yo'q. Bugungi boylarning va boy davlatlarning 
hamda xalqlarning faoliyat sohasi – yuksak texnologiyalar. Texnologiyalarni tafakkur 
yaratadi. Tafakkur fikr aylangan jamiyatda rivojlanadi. Fikrni matbuot va boshqa 
ommaviy axborot vositalari aylantiradi. 
Mana bugunning badavlat insonlari: sohalari yuksak texnologiyalar bo'lgan 
Uoltonlar oilasi 130,59 milliarda dollarga ega (bu 33 millionli O'zbekistonning uch 
yillik byudjeti), Bill Geyts (Maykrosoft kompaniyasi sohibi, komp`yuter dasturchisi) 


923 
91,9 milliard dollarga ega – bu O'zbekistonning ikki yillik yalpi ichki mahsulotidan 
ziyod, Jef Bezos - 80,92 milliard dollar egasi (Amazon kompaniyasi sohibi, The 
Washington Post gazetasi va noshirlik uyi egasi), Mark Sukerberg 61,92 milliard 
dollarga ega (“Feysbuk” tarmog'ini o'ylab topgan), Larri Peyj 34,2 milliard dollarga, 
Sergey Brin 43,35 milliarda dollarga ega (bu ikki inson Google axborot izlash tizimini 
yaratgan), Jek Maning 26,7 milliard dollari bor (Alibaba Group kompaniyasi egasi)... 
Dunyoda 2 200 milliarder bor, ularning boyligi $9 trillion dollardan ortiqdir. 
Maqolaning maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalarni belgiladik. 
1. Axborot texnologiyalari va IT sohasini rivojlanishi;
2. Insoniyat axborot texnologiyalari bilan chambarchas bog'liqligi; 
3. Taraqqiyot yuzaga kelish uchun ilm-fanni rivojlantirish; 
4. Taraqqiy qilingan davlatlar axborot iqtisodiyoti; 
5. Texnika asrining o'ziga xos yutug'i. 
Ko'ryapmizki, bugun kapital axborot texnologiyalari sohasida aylanmoqda va 
ba'zan bir-ikki odamning tafakkuri mehnati butun bir davlatlarning harakati, 
xalqlarning mashaqqatli mehnatidan ko'ra samaraliroqdir. Dunyoga integratsiya 
bo'laman degan davlat tafakkurning yo'lini ochadi, ya'niki so'z va fikr erkinligiga 
imkon beradi, matbuotni erkinlashtiradi. 
Bugungi iqtisodiyotda asosiy o'rinni axborot texnologiyalari va IT sohasi 
egallaydi. O'zbekistonning bu taraqqiyotda o'rni bormi va u qayyerda bo'ladi? Butun 
harakatlar shunga qaratilishi kerak. Gektarida 30 sentner hosilni 40 yoki 50 sentnerga 
chiqarish, sug'oriladigan yerlar hajmini oshirish, tovuq boqish va hokazo ishlar bilan 
iqtisodiyotni jiddiy ko'tarib bo'lmaydi. 
Raqamli iqtisodiyot – raqamli texnologiyalar asosida ko'rsatiladigan onlayn-
xizmatlar, elektron to'lovlar, intennet-savdo, interne-reklama, internet-banking, 
internet-o'yinlar, kraudfanding singarilardir. 
XXI asr – axborot texnologiyalari asri. Aynan shu asrda axborot va 
kommunikatsiya sohasida misli ko'rilmagan yangi ixtirolar paydo bo'lib, tobora 
taraqqiy topmoqda. Kun sayin rivojlanib, yangilanib borayotgan sohalar ichida internet 
alohida o'rin egallaydi.
Mutaxassislarning aniqlashicha, avvalgi zamonlarda ixtirolarning hayotga 
tatbiq qilinishi uchun bir necha yillar, hattoki asrlar kerak bo'lgan ekan. Masalan, 
insonlarning hayotiy ehtiyojiga aylanishi uchun kir yuvish mashinasiga 150 yil, 
avtomobillarga 50-70 yil kerak bo'lgan bo'lsa, ijtimoiy tarmoqlar va virtual aloqa 
vositalari bu yo'lni o'ta qisqa muddatda – 1 yildan oz vaqtda bosib o'tibdi. 


924 
Albatta bu qaysidir ma'noda texnika asrining o'ziga xos yutug'i bo'lishi 
mumkindir. Lekin masalaning boshqa tarafi kishini o'yga toldiradi. Kundan-kun 
internetdan foydalanish imkoniyatlari tobora qulaylashib, arzonlashib borayotgani 
ko'plab insonlarning “og'irini yengil qilayotgani” sir emas. Shu jumladan, terrorist va 
buzg'unchilarni ham. Aynan mana shu shaxslar internetni o'zlarining g'oyaviy 
qurollariga aylantirib olishdi. Eng achinarli tomoni shundaki, avvallari o'zlarining 
manfur g'oyalarini urush, qurol yoki shu kabi vositalar orqali insonlarga singdirishgan 
bo'lsa, bugunga kelib, internet orqali bir necha daqiqada minglab, millionlab insonlarni 
o'z qarmoqlariga ilintirmoqdalar. 
Ko'z o'ngimizda axborot asri shiddat bilan o'zgarib, zamonaviy texnika taraqqiy 
etib borar ekan, jamiyat a'zolari ham sharoit va vaziyatga qarab shakllanishda davom 
etmoqda. Zero, Muhtaram Prezidentimiz o'z so'zlarida ta'kidlaganlaridek, «Hozirgi 
zamonda xizmatlarning katta qismi axborot texnologiyalari orqali ko'rsatilayapti. 
Boshqa sohalarning ham samaradorligi shunga bog'liq.» 
Bugungi kunda har bir insonning axborot texnologiyalari bilan chambarchas 
bog'liq ekani hech kimga sir emas. Dunyo yangi davr-axborot davrida yashamoqda. 
Globallashuv sharoitida "Kim axborotni egallasa, o'sha dunyoni egalaydi" degan g'oya 
tobora ijtimoiy voqelikka aylanib bormoqda. Hozirgi kunga kelib, hamma internetga 
osongina mobil telefonlar yoki komp`yuter tarmoqlari orqali tezda ulanib olmoqda. 
Guyoki olam vertuallashib qolganday. 
Hozirda axboratlashuv jarayoni jadal suratlar bilan soniya sari ko'payib 
bormoqda, istalgan ma'lumotni qiynalmasdan osongina topishingiz mumkin, foydali 
ma'lumotlar izlasangiz bu yaxshi lekin, g'oyaviy jihatdan bo'sh va yomonlikni targ'ib 
qiluvchi, milliy mentalitetimizga zid bo'lgan vayronkor, bexayo ma'lumotlar olamiga 
kirib qolsangizchi? Bundan qanday qilib o'zingizni olib qocholasiz. Internet bejizga 
xalqaro o'rgimchak to'riga o'xshatilmaydi, siz uning domiga bir tushsangiz o'zingizni 
olib chiqa olmaysiz. 
Afsuski, "elektron dunyo" turli siyosiy kuchlar uchun o'zlarining terroristik, 
ekstremistik tashviqotlar va g'oyalari, o'z qarashlarini ommaga targ'ib qilish, har bir 
jinoiy to'dalar faoliyatini amalga oshirish yo'lida asosiy qurol sifatida 
foydalanishmoqda. Yirik salbiy kuchlarning internet tarmog'ida o'zlarining mafkuraviy 
maydonlarini yaratib, internetda keng kamrovli axboratlashgan terror - "elektron jixod" 
olib borayotgani, global va mintaqaviy xavfsizlikka nisbatan yangi taxdidlar, 
muammolar paydo qilayotganlari dunyo mamalakatlari oldida axborot xavfsizligini 
ta'minlash muammolarini keltirib chiqarmoqda. 
Har qanday ilm-fan sohasi atrof-olam, jamiyat bilan aloqador holda rivoj 
topsagina, ular bilan uzviy bo'lsagina foydali. Aks holda, befoyda ilmga aylanadi. 
Axborotlashish ham shunday. Undan insonlar manfaati maqsad qilinishi lozim. 


925 
Axborotni – uning turi, qanday ko'rinishda ifodalanishidan qat'i nazar – yig'ish, 
saqlash, qayta ishlash va amaliyotda qo'llanilishida komp`yuterning muayyan va aniq 
roli mavjud. 
2020 yil 8 iyun` kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 
huzurida bo'lib o'tgan taqdimot yig'ilishi ham mazkur masala ya'ni, axborot 
texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga bag'ishlandi. Yig'ilishda 
barcha hududlarda raqamli texnologiyalar bo'yicha kamida 100 ta o'quv markazi 
ochilishi vazifasi belgilab berildi. Mazkur dargohlarda dasturlash asoslari, elektron 
savdo va grafikli dizayn kabi yo'nalishlar bo'yicha qisqa muddatli o'quv kurslari tashkil 
etilishi nazarda tutilmoqda. 
Shuningdek, 2020 yil 28 aprel kungi yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-
tadbirlari to'g'risida”gi qarori qabul qilinib, unda belgilangan vazifalarni sifatli amalga 
oshirish va koordinatsiya qilish uchun Bosh vazir maslahatchisi lavozimi joriy etilgani 
aytildi. Eng muhimi, “Bir million dasturchi” loyihasining dastlabki bosqichida 62 
mingdan ziyod o'quvchi qamrab olinib, ularning 5 ming 400 nafariga malaka sertifikati 
berilgani va karantin sharoiti bo'lishiga qaramay, zamonaviy dasturchilar tayyorlash 
ishlarini yanada tezlashtirish zururligi ta'kidlandi. 
Xulosa sifatida shuni ta'kidlash zarurki, yuksak axborot texnologiyalarini 
jamiyat hayotining turli sohalariga joriy etish – davr talabi. Axborot texnologiyalari 
yo'nalishida yaratilayotgan bu kabi ulkan o'zgarishlardan yoshlar samarali foydalanishi 
kerak, albatta. Yuksak darajada texnik imoniyatlarga ega bo'lish mehnat, ishlab 
chiqarish jarayonini osonlashtiradi, inson uchun murakkab va qiyin bo'lgan ishlarni 
texnika o'z zimmasiga oladi va insonlar aqliy faoliyati uchun keng yo'l ochiladi, 
osonlashadi. Dunyo xalqlari bilan ham muloqot almashinuvi osonlashadi, tezlashadi. 
Uning natijasi mamlakat rivojlanishiga xizmat qilishini unutmaslik lozim. 
Foydalanilgan adabiyotlar;
1. 2020 yil 8 iyun` kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 
huzurida bo'lib o'tgan taqdimot yig'ilishidan. 
2. 2020 yil 28 aprel kungi yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari 
to'g'risida”gi qarori. 
3. “Intirnet malumot” “XXI asr – axborot texnologiyalari asri’’. 
4. “Feysbuk” tarmog'idan olingan. 


926 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish