Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълимвазирлиги мирзо улуғбек номидаги


JAMIYATIMIZDA YOSHLARNI QO‟LLAB QUVVATLASHNING



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/192
Sana13.05.2022
Hajmi4,25 Mb.
#603391
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   192
Bog'liq
IV qism

JAMIYATIMIZDA YOSHLARNI QO‟LLAB QUVVATLASHNING 
HUQUQIY ASOSLARI 
Xudayberdiyeva G.I. SamDU “Hayot faoliyati havfsizligi” kafedrasi mudiri, 
Botirova U.A.Samarqand huquqchunoslik kolleji. 
 
Bugungi kunda O'zbekiston aholisining salmoqli qismini yoshlar tashkil 
etadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy 
o'zgarishlar zamirida har tomonlama barkamol - jismonan sog'lom, aqlan yetuk, 
nafaqat ko'plab bilimlarni, hozirgi davrda talab katta bo'lgan kasb-hunarlarni 
egallagan, ayni paytda, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati 
yuksak yosh avlod to'g'risida g'amxo'rlik qilish ustuvor yo'nalishlardan 
hisoblanadi. Bu borada O'zbekiston mustaqillikka erishgach, dastlabki 
yillardanoq yoshlarni har tomonlama qo'llab quvvatlash, ularga barcha 
sharoitlarni yaratishda keng ko'lamdagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan buning 
huquqiy asoslarini tashkil etuvchi qonun va hujjatlarning qabul qilinishi asosiy 
jihatlardan hisoblanadi. 
Yoshlar huquqlari, manfaatlari va erkinliklari belgilangan qonun hujjatlari 
tizimi 
shakllantirilganligi 
muhim 
ahamiyatga 
ega. 
Konstitutsiyamizda 
belgilanganidek, "Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish 
davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir". O'zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining ushbu 41-moddasi ijrosi yuzasidan ham ulkan 
islohotlar amalga oshirildi. Birgina Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va Maktab 
ta'limi rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi doirasida 1539 ta akademik litsey 
va kasb-hunar kollejlari, 7800 tadan ziyod umumta'lim maktablari yangitdan 
qurilib, to'liq zamonaviy vositalar bilan jihozlandi. Oliy ta'lim muassasalarining 
soni 1,8 barobar (37 tadan 66 taga, shundan 59 tasi milliy, 7 tasi xorijiy) 
ko'paydi. 5980 ta bolalar sport maskanlari, 6151 ta yopiq sport zallari barpo 
etildi. 
Umuman. yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini tashkil 
etuvchi qonun hujjatlarining doirasi juda ham keng. Bu sohada 22 qonun. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 15 ta farmoni va 11 ta qarori, Vazirlar 
Mahkamasining 41 ta qarori. 32 ta idoraviy-me'yoriy hujjat mavjud ekanligini 
ko'rsatdi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalariga asoslangan. 
yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi normativ-
huquqiy hujjatlar tizimi 150 dan ortiq qonun hujjatlaridan tashkil topganligi. 
Yoshlarga doir qonun hujjatlarining birinchi guruhidan joy olgan, 1991 yil 20 
noyabrda ''O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari 
to'g'risida"gi Qonunning qabul qilinishi, mamlakatimizda yoshlarga oid siyosat 
davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biriga aylanligini ko'rishimiz 
mumkin. Yoshlarga oid davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri sifatida 
barkamol avlodni tarbiyalash hisoblanadi. Bu borada davlatda amalga 
oshirilayotgan sog'liqni saqlash va ta'lim tizimlariga asosiy e'tibor qaratiladi. 
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida har bir inson 
malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega ekanligi belgilangan. 
Mazkur konstitutsiyaviy normaning hayotiyligini ta'minlash maqsadida sog'liqni 
saqlash tizimiga har yili Davlat budjeti xarajatlarining 12-15 foizdan ortiq qismi 
yo'naltirilmoqda. 


197 
Kadrlar tayyorash dasturi qabul qilinishi Ta'lim sohasini isloh qilish ajralmas 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Boshqa xorijiy davlatlarda o'xshashi kam bo'lgan 
ushbu Dasturga muvofiq mamlakatimizda 12 yillik umumiy majburiy bepul 
ta'lim tizimi joriy etildi. Dasturni hayotga tatbiq etish davomida uzluksiz 
xususiyat kasb etgan ta'lim tizimining ham shakli, ham mohiyati tubdan 
o'zgartirildi. Ushbu tizim bugun maktabgacha, 9 yillik umumiy o'rta, 3 yillik o'rta 
maxsus va kasb-hunar, oliy, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini
oshirish va qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'limni o'z ichiga olgan. Shu 
bilan birga, bu Dasturning uzviy davomi bo'lgan, 2004 yili qabul qilingan Maktab 
ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi amalga oshirildi. 

Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish