195
Jamiyatda nikoh vositasi bilan erkak va ayol o'rtasidagi tabiiy
munosabatlar
tartibga solib turiladi, er-xotin, ota-ona va farzandlar orasida
axloqiy-huquqiy majburiyatlar o'rnatiladi.
O'zbekiston Respublikasi Oila qonunchiligida ilk bor nikohlanuvchi
shaxslami tibbiy ko'rikdan o'tkazish qonunlashtirilgan va Oila kodeksining 17-
moddasi «Nikohlanuvchi shaxslami tibbiy ko'rikdan o'tkazish» deb nomlangan.
Bu moddani
qonunga kiritishdan maqsad, birinchidan, yangi tuzilayotgan
oilaning va kelajakda tug'iladigan farzandlarning sog'lom bo'lishini ta'minlash
bo'lsa, ikkinchidan, nikohga kiruvchilarga tibbiy-irsiy hamda oilani rejalashtirish
masalalarida maslahatlar berishdir.
Oila kodeksi nikoh tuzuvchilarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish, shuningdek,
tibbiy-irsiy tekshimv hamda oilani rejalashtirish masalalari bo'yicha
ularga
maslahat berish davlat sog'liqni saqlash tizimi muassasalari tomonidan amalga
oshirilishini belgilaydi. Bunday tekshirish o'tkazishdan maqsad tibbiy-irsiy
kasalliklardan kelajak avlodni asrash,
er-xotinlami ogohlantirib, ular
kasallanishining oldini olishdir.
Tibbiy ko'rikdan o'tkazish natijalari shifokor siri hisoblanadi va ikkinchi
tarafga birinchi tarafning roziligi bilan bildirilishi mumkin.
Agar nikohlanuvchi shaxslardan biri o'zida tanosil kasalligi yoki odam
immuniteti taqchilligi virusi (OITS infeksiyasi) borligini boshqasidan yashirgan
bo'lsa, ikkinchisi nikohni haqiqiy
emas deb topishni talab qilib, sudga murojaat
etishga haqli.
O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 17-moddasini bajarish hamda
sog'lom oilani shakllantirish, irsiyatga bog'liq va tug'ma
kasalliklarga chalingan
bolalar tug'ilishining oldini olish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2003
yil
25
avgustida
O'zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
«Nikohlanuvchi shaxslami tibbiy ko'rikdan o'tkazish to'g'risidagi Nizomni
tasdiqlash haqida»gi 365-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qaromi bajarish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni
saqlash vazirligining 2003 yil 24 sentyabrdagi 425-sonli buymg'i tayyorlandi.
Mazkur buyruqda Nizomda belgilangan umumiy qoidalar, tibbiy ko'rikni
o'tkazish tartibi, aholi va yoshlar o'rtasida nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy
ko'rikdan o'tkazilishi zarurligi va ahamiyati haqida
ommaviy axborot vositalari
orqali targ'ibot ishlari tashkil etilishi, tug'ma nuqson bilan tug'ilayotgan
bolalarning monitoringi olib borilishi ko'rsatib o'tilgan.
Tibbiy ko'rik Oila kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi va «Fuqarolar
sog'lig'ini saqlash to'g'risida», «Psixiatriya yordami to'g'risida», «Odamning
immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishining oldini olish to'g'risida»,
«Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi
qonunlari tartibida tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.
Ta'kidlash lozimki, yoshlarga o'zbek oilalarining urf-odatlari, udumlari,
an'analari va axloqiy madaniyati kabi
tushunchalarni singdira borib, ularni
oilaviy hayotga tayyorlanmoq lozim. Poklik va soflik hamda sadoqat, nikoh
qurishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tish hamda o'z salomatligiga e'tibor
har bir
fuqoroning asosiy vazifalardan biri bo`lishi shart.