182
o‗z jonini fido qiladi. Bobolarimizning o‗y-fikrlari tildan tilga ko‗chgan,
kitoblarda qolgan. Bundan xalq, ayniqsa yurtboshilar xabardor bo‗lishgan.
Chunonchi Soxibqiron Amir Temur
ham buyuk davlat qurishda, ish yuritishda
o‗tib ketgan bobolarimizning o‗gitlari, davr donishlarining maslahatlari bilan
ishlaganligi tarixiy manbalarda bayon etilgan. Butun dunyoga ma‘lumki o‗sha
davrda ilm-fan rivoji uchun sharoit yaratilgan. Madaniyat rivojlangan, bugun
dunyoni lol etayotgan osmon o‗par minorayu masjidlar bunyod etilgan. Bu
davlatni barcha davlatlar eng yuqori madaniyat o‗chog‗I sifatida tan olishgan, o‗z
elchilarini jo‗natishgan. Elchilarni yuborish mazkur davlatni hurmat qilish va tan
olish natijasidir.
Test ta‘lim tizimidagi bir yangilik bo‗lsa, iqtidorli va iste‘dodli
farzandlarimiz uchun yangi turdagi o‗quv muassasalarining tashkil etilishi ham
o‗ziga xos yangilik bo‗ldi. Bu Islom Karimovning 1990-yildagi orzularidan biri
— «eng iste‘dodli bolalar uchun maktablar ochish» g‗oyasining amalga oshishi
edi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi kun tartibiga qo‗yilgunga qadar
yurtimizda ko‗plab yangi turdagi o‗quv muassasalari ochildi.
Ayniksa litseylar
tilga tushib, ota-onalar «bolam litseyda o‗qiydi» deb g‗ururlanadigan bo‗lishdi.
CHunki, litseylarni tugatganlarning ko‗pchiligi oliy o‗quv yurtlariga kirish
uchun test imthonlaridan yuqori ball to‗plab, talabalik baxtiga musharraf
bo‗lishdi.
Hozirgi paytda zamonaviy ishlab chiqarishda inson mehnati vazifalarining
o‗zgarishi yosh mutaxassislarni tayyorlashda yangi yondashuvlarni talab
qilmoqda. ―Ta‘lim to‗g‗risidagi qonun‖ va ―Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi‖ning qabul qilinishi shular jumlasidandir, unda aytilishicha: «Barkamol
avlod jamiyat taraqqiyotining poydevoridir». Yosh avlodni har tomonlama yetuk
qilib tarbiyalash esa ta‘lim jarayonini tubdan isloh qilishni taqozo etdi. Bunga
yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy qilish orqali erishish mumkin.
Shu
sababli
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalar
ta‘lim jarayonida
qo‘llanilmoqda.
Tahsil oluvchilar
ongida kasb-hunar egallash, bunda ijtimoiy ahamiyati
muhim bo‗lgan kasb-hunar fazilatlariga ega bo‗lish zarurligini shakllantirish o‗ta
murakkab va uzoq davom etuvchi jarayon hisoblanadi.
Ma‘lumki, agar tahsil oluvchi kasbni to‗g‗ri tanlagan bo‗lsa, inson uchun
mehnat quvonch, ijodiy ilhom manbaiga aylanadi, bu esa shaxs uchun ham,
jamiyat uchun ham foydali bo‘ladi.
Ongli kasb tanlash uchun o‗smirlar yetarli darajadagi umumiy vapolitexnik
tayyorgarlikka ega bo‗lishi lozim. O‗quvchini u yoki bu kasbga maqsadli
yo‗naltirishdan avval uning shaxsini o‗rganish kerak. Buning uchun uni kuzatish,
o‗quvchining maktabdagi, jamoat joylaridagi,
oila va mehnatdagi amaliy
harakatlarini tahlil qilish, so‗rovnoma o‗tkazish, suhbat, test, intervyu olish zarur
bo‘ladi. Kasbga yo‗naltirishda turli kasblar, ularga qo‗yiladigan talablar, bu
kasbni qayerda egallashlari mumkinligi to‗g‗risida o‗quvchilarga ma‘lumot
berish katta ahamiyatga ega.
Kasb tanlash– jiddiy va mas‘uliyatli ishdir. O‗z hayot yo‗lini jiddiy
suratda belgilab olish oson ish emas. Buning uchun uzoq vaqt maxsus
tayyorgarlik ko‗rish talab etiladi.
183
O‗quvchilarning kasb–hunarga layoqatini o‗rganish uchun ularning aqliy,
jismoniy qobiliyatlarini bilish, malaka va ko‗nikmalarini o‗rganish lozim.
Ishchi mutaxassislarni tayyorlash hamma vaqt jiddiy masala bo‗lib kelgan,
chunki ishlab chiqarishning muvaffaqiyatlari ularning malaka darajasiga bog‗liq
hisoblanadi. Barcha rivojlangan davlatlar uchun ishlab chiqarishning hamma
tarmoqlarida jismoniy mehnatning solishtirma og‗irligi barqaror kamayib borish
tendensiyasi o‘rin tutadi.
Ko‗pchilik rivojlangan davlatlarda havfli
va zararli ishlab chiqarish,
monoton va bir xildagi ish bilan bog‗liq bo‗lgan kam malaka talab qilinadigan
ishlar mashina va robotlar bajarishi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mehnat funksiyalarining o‗zgarishi yoshlar uchun turli xildagi ishlarning
o‗ziga tortish mezonini aniq ajratib berdi. Bajarish jarayoni qiziqarli va ijodiy
kuch-g‗ayrat talab qiladigan faoliyat asosiy o‗ringa qo‗yilmoqda.
Bu mehnat faoliyatining turli yo‗nalishlari – sanoat va qishloq xo‗jaligidan
tortib to xizmat ko‗rsatish sohalarigacha tegishlidir.
Dunyo olimlarining tadqiqotlariga ko‗ra yangi texnologiyalarning ishlab
chiqarishga shiddat bilan kirib kelish tendensiyasi tez orada barcha joylarni
qamrab olishi ma‘lum bo‘lmoqda. Odat bo‗lib qolgan ko‗pgina ishlab chiqarish
jarayonlari o‗tmishga aylanmoqda yoki tubdan o‗zgarmoqda. Zamonaviy kichik
mutaxassis qadimgi hunarmand – ishchilarning eng
yaxshi sifatlarini saqlab
qolgan holda yangi texnologiyalarga moslashishi va uni egallashga tayyor
bo‗lishi zarur.
Shunday qilib, mamlakat sanoati va xalq xo‗jaligi uchun malakali
mutaxassislar tayyorlash vazifasi yoshlarga kasb sirlarini o‗rgatishda yangi
yondashuvlarni anglashdan iboratdir.
Bu qadimdan o‗quvchilar uchun har doim zarur bo‗lgan va ishlab
chiqarishning
istiqbolli
talablarini
hisobga
oladigan
qator
sifatlarni
shakllantirishdan voz kechishni bildirmaydi. Ular quyidagilar edi:
Ishlab chiqarish va texnologik intizomni tarbiyalash;
Jihoz va asboblarni asrab-avaylashni singdirish;
Olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‗llay olish;
Ishlab chiqarish texnika va texnologiyasi, mehnatni tashkil qilish
to‗g‗risida, kasbni egallash va ishlab chiqarish malakasining keyingi rivojlanishi
uchun zarur bo‗lgan hajmda chuqur va mustahkam bilimlarni shakllantirish.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, kollej bitiruvchilariga tanlagan kasblari bilan
birga, mexnatsevarlik,
fidoiylik, sabr-taqotlilik va boshqa insoniy xususiyatlarni
singdirib borish katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi, ya‘ni kollejda 2012-
2013 o‘quv yilida bitiruvchilarning 78 % ish o‘rinlarida muqim qolgan bo‘lsa,
2013-2014 o‘quv yili bitiruvchilarining 83 % va 2014-2015 o‘quv yili
bitiruvchilarining 85 % ish joylarida doimiy qolishlariga erishildi.
Tizimdagi kichik mutaxassislar tayyorlashning murakkabligiga qarab,
ta‘lim jarayonining davomiyligiga e‘tibor berish kerak va XXI asr ta‘limi
bo‗yicha YUNESKO tomonidan taqdim etilgan Xalqaro komissiya ma‘ruzasida
ko‗rib chiqilgan ta‘limning quyidagi to‗rtta asosiy tamoyilini o‗rganish zarur
hisoblanadi:
184
1) bilim olishni o‗rganish – shaxsning shakllanishi va keyingi rivojlanishi
yangiliklarni uzluksiz kuzatib borish va mustaqil o‗rganishni ko‗zda tutadi;
2) ishlashni o‗rganish – ishni oddiygina bajarish emas, balki har qanday
buyurilgan ishga faoliyatli yondashuv tushuniladi (har bir bosqichdagi ish
natijalari va o‗z faoliyatini baholash va tahrirlashni bilish);
3) yashashni o‗rganish – tez o‗zgarayotgan zamon sharoitlariga moslasha
olish, o‗zini
shaxsiy va oilaviy hayotga, kelajakdagi kasbiy faoliyatga ijodiy
safarbar qilaolish;
4) birgalikda yashashni o‗rganish – dunyoga, insonlarga, o‗ziga nisbatan
qadr-qimmatni shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: