Презентация PowerPoint
3-mavzu. Jamiyat yaxlit tizim
sifatida.
Reja:
1.Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi.
2.Jamiyatning belgilari
3.Shaxs tushunchasi
Jamiyat - kishilar hayotiy faoliyatining
tarixiy rivojlanish shakli bo'lib, o'z tuzilishi
jihatidan murakkab tizimni tashkil qiladi.
Jamiyatimiz sotsial tizimining muayyan
konkret shakli sifatida, uning funksional va
rivojlanish qonuniyatini, har bir
bo'lakchalarning o'ziga hos tomonlarini, o'zaro
munosabatlarini ilmiy jihatdan o'rganib, to'g'ri
boshqarish muhim ahamiyatga ega.
Sotsiologiya tarixida jamiyat – o'z ijtimoiy
ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida
tushunilgan. Shu bilan birga, jamiyat airim ijtimoiy
birlikgina emas, balki ijtimoiy munosabatlar
majmuasi hamdir.
Sotsiologiya jamiyat to'g'risidagi ta'limot bo'lib,
ijtimoiy tizimlar rivojlanishi va funksional
qonunyatlar, harakatlantiruvchi kuchlarni
o'rganuvchi fan hamdir. U turli ijtimoiy hodisalar,
jamiyat va tabiat o'rtasidagi aloqadorlikni,
shuningdek, shaxs, kishilarning ijtimoiy hulqi, uning
elementlari va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganadi.
Ijtimoiy tizim
- o'zaro bog'langan individlar,
ijtimoiy guruhlar va institutlarni o'z ichiga oluvchi,
murakkab tashkil bo'lgan va tartiblangan ijtimoiy
yaxlitlik. Alohida shaxs ham uning tashqi dunyo
bilan munosobatlarining serqirraligi va o'z-o'zini
tashkil qilishining yaxlitligi nuqtai nazaridan ijtimoiy
tizim hisoblanishi mumkin.
Avvallo biz jamiyatni sotsiologik nuqtai nazardan quyidagicha
o'rganamiz:
1. Jamiyat tuzulishi
va tarkibi
o'rganiladi
(Jamiyat qandai
kishilardan iborat,
ular qancha va
qandai sinf yoki
tabaqalarga
mansub?).
2. Jamiyatda
yashayotgan
kishilarning hatti-
harakatlari
nimalardan iborat.
(ularning o'zaro
munosabatlaridagi
harakterlari)?
3. Jamiyat
taraqqiyoti uning
rivojlanishi nuqtai
nazaridan
o'rganiladi.
dunyodagi barcha
hodisalar vaqtlar
o'tish bilan
o'zgaradi.
Jamiyat ijtimoiy hodisaning umumiy va murakkab sistemasidir.
Jamiyat elementlari:
- ijtimoiy faoliyatning belgilangan sotsial statusiga ega;
- o'zida ijtimoiy me`yor va qadriyatlarni aks ettiradi;
- individual sifatlar (shaxs ijtimoiy belgisi, qiziqishlari,
qadriyatlari yo`nalishi, shaxs motivlari)dir.
Jamiyatning har bir sohasi ishlab chiqarish taraqqiyotida ma'lum bir funksiyalarni
bajaradi:
- iqtisodiy munosabatlar - moddiy ishlab chiqarish funksiyasi;
- ijtimoiy munosabatlar – ijtimoiylashuvni – sotsializatsiya;
- siyosiy munosabatlar - ijtimoiy boshqaruvni (elementar
nazorati);
- mafkuraviy munosabatlar - ma'naviy ishlab chiqarish
funksiyasi va boshqalardir.
Ijtimoiy munosabatlar o'z mohiyatiga ko'ra jamiyat taraqqiyotiga
ham ijobiy, ham salbiy ta'sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |