Gulyamov saidahror saidahmedovich raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari


Kadrlar salohiyati - raqamli iqtisodiyotdning asosiy omili



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/218
Sana30.04.2022
Hajmi5 Mb.
#599699
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   218
Bog'liq
Raqamli iqt-lat-2019-

2.1.Kadrlar salohiyati - raqamli iqtisodiyotdning asosiy omili 
«O‘zbekiston Respublikasi raqamli iqtisodiyoti Dasturi» (O’zRID), 2019-


66 
2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborotlashgan jamiyatni rivojlantirish 
Strategiyasiga amal qilgan holda, raqamli iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish 
omili raqamli shakldagi ma’lumotlar bo‘lgan, fuqarolar va jamiyatning sifatli va 
ishonchli ma’lumotlar olishga ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborot makoni 
shakllantirishga, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
axborot 
infratuzilmasini 
rivojlantirishga, milliy axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarini yaratish va 
qo‘llashga, shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy sohalar uchun yangi texnologik 
asoslar shakllantirishga hizmat qiladigan raqamli xo‘jalik yuritish faoliyatini 
ifodalashi lozim. Shubhasizki, raqamli texnologiyalarni joriy qilish barcha 
iqtisodiy jarayonlarni tezlatish imkonini beradi, lekin bu jarayonlar tezlashuvi 
natijasida konkret xududda nima ro‘y berishi – iqtisodiyotning gullab-yashnashi 
yoki tanazzulga yuz tutishi – inson kapitalining rivojlanish vektoriga bog‘liq 
bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, insoniyat rivojlanishining barcha bosqichlari uchun 
an’anaviy ravishda ajratilatidigan asosiy ishlab chiqarish omillari – yer, mehnat va 
kapital iqtisodiyotni raqamli o‘zgartirish (
digital transformation
) davrida, tovarlar, 
hizmatlar va axborot qiymati shiddat bilan o‘sib borayotgan bir paytda tub 
o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda. Raqamli iqtisodiyotda davlatlarning asosiy 
aktivi inson kapitali bo‘ladi. Ammo, umuman ham inson emas, balki asosiy aktiv 
yangi texnologiyalar sohasida chuqur bilimlarga ega, ularni hayotga tadbiq eta 
olishga qodir, eski narsalarni takomillashtira oladigan konkret odamlar 
hisoblanadi. Hattoki, konkret odamginaham emas, balki chuqur bilimga ega 
shaxslarni umumiy jamoaviy intellektga birlashtirish va faollashtirishga qodir 
bo‘lgan odamlar guruhi davlatlarning asosiy aktivi bo’lib hisoblana boshlaydi. Shu 
munosabat bilan tan olish mumkinki, kelajak iqtisodiyotida asosiy ishlab chiqarish 
omillari bo’lib, inson va axborot kapitali hisoblana boshlaydi, bunda asosiy omil 
va harakat qiluchi kuch inson kapitaliga tegishli bo‘ladi. Bu nuqtai-nazarni Davos 
iqtisodiy forumi asoschisi va prezidenti, raqamli iqtisodiyotda asosiy ishlab 
chiqarish omili baribir kapital emas, balki kadrlar salohiyati bo‘lishini DAVOS 


67 
eksperti Klaus Shvab asoslab bergan
5
. U o‘z fikrini kelajak olamda nafaqat 
to‘rtinchi sanoat inqilobi bilan, balki texnologiyalar bilan bog‘liq bo‘lmagan 
omillar, jumladan, demografik muammolar, geosiyosiy o‘zgarishlar va yangi 
ijtimoiy-madaniy me’yorlar bilan ham asoslanadigan yangi ixtisosliklar va kasblar 
paydo bo‘lishi bilan izohlaydi. Shu sababdan, kapital mavjudligi emas, balki aynan 
chuqur bilimga ega kadrlar taqchilligi innovatsiyalar, raqobatbardoshlik va o‘sishni 
chegaralab turadigan cheklov hisoblanadi. Shvabning qayd etishicha, ko‘rsatilgan 
muammolar«yuqori malaka» tushunchasining o‘zini to‘rtinchi sanoat inqilobi 
nuqtai-nazaridan qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Malakali mehnatning 
an’anaviy ta’riflari yuqori darajada ma’lumot yoki ixtisoslashgan ma’lumot 
mavjudligi hamda ekspertlik sohasi yoki kasb doirasida belgilangan xususiyatlar 
to‘plami mavjudligiga asoslanadi. Texnologiyalar jadal taraqqiyotini hisobga olgan 
holda to‘rtinchi sanoat inqilobixodimlarning doimiy moslashuviga hamda turli 
nuqtai-nazarlardan yangi ko‘nikmalar va yondashuvlarni o‘zlashtirishga alohida 
e’tibor qaratadi.Ta’kidlab o‘tishni istardikki, bu jarayonlarancha og‘riqli bo‘lsada, 
lekin raqamli iqtisodiyot rivojlanishiga muqarrar hamrohlik qiladi. Bu iqtisodiyotni 
tarkibiy qayta qurishda, turli tizimlar faoliyatida, jumladan, ijtimoiy himoya, 
soliqqa tortish va ta’lim sohasida katta o‘zgarishlar talab qilinadi.
 
O‘zbekiston Respublikasi hukumati uchun raqamli iqtisodiyot dasturini 
to’g’ri tuzish va uni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish juda jiddiy masala 
hisoblanadi, chunki bu sohada ortda qolish jahon iqtisodiyoti yangi trendlarga 
muvofiq mamlakatni raqobatbardoshlikni yo‘qotishga mahkum qiladi va uzoq 
muddatli salbiy oqibatlarga olib keladi. Aynan davlat barcha manfaatdor tomonlar 
(davlat hukumat organlari, biznes, fuqarolik jamiyati va ilmiy-ta’lim jamiyatlari) 
vakillarini raqamli iqtisodiyotni yaratish va rivojlantirishga jalb qilgan holda 
raqamli iqtisodiyotni optimal boshqarish mexanizmini yaratishi lozim. Bir 
tomondan, bu fuqarolik jamiyati va biznesning tanlangan o‘zgarishlar yo‘nalishida 
rivojlanishini jiddiy rag‘batlantirishi, boshqa tomondan esa, shu tariqa 
5
Клаус Шваб. Четвертая промышленная революция. –М., Эксмо.2016. С.30 


68 
yo‘naltiriladigan o‘zaro aloqalar qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin bo‘lib, 
ularning orasida sa’yi-harakatlarning turli yo‘nalishlarda bo‘lishi va 
tashabbuslarning to‘xtab qolishi eng muhimlari hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot 
dasturi bir qancha yo’nalishlarning amalga oshirilishini ko‘zda tutishi zarur, ammo 
bunda asosiy yo’nalishlardan biri – ta’lim bo‘yicha qanday ishlar amalga 
oshirilishi zarurligi hali-hanuz puxta ko’rib chiqlmagan. O‘ylaymizki, «raqamli 
iqtisodiyotning eng qimmatli chora-tadbiri» kadrlar tayyorlash va axborot 
infratuzilmasi yaratish bo‘lib chiqishi ham mumkin.
Ta’lim bo‘yicha yo‘l xaritasi tayyorlash katta qiziqish uyg‘otadi, va bunda bir 
qancha qiyinchiliklarga ham duch kelishimiz mumkin. Kadrlar, raqamli 
innovatsion sektorda ishlaydigan texnik va boshqaruv kadrlari o‘ziga xos 
xislatlarga ega bo‘lib, o‘ziga xos tarzda tayyorlanishlari lozim, ayniqsa, davlat va 
biznes kesishuvida bu katta ahamiyatga egadir. Bunday joylarda faqatgina mavqe 
yoki professionallikka tayansh mumkin emas. Bu noyob mutaxassislar tayyorlash, 
kadrlar tayyorlashning umuman boshqacha darajasi, hozirgi paytda ta’limda 
universallik yo‘qolganligi, ma’lum bir perspektiv yo’nalishlar borligi va, 
ta’limning differensiatsiya qilinganligini aks ettiradi.Nima uchun yo‘l xaritasi 
tayyorlash raqamli iqtisodiyot dasturini amalga oshirishda eng muhim fursat 
hisoblanishi haqidagi fikrga qaytib, ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqalarning xrestomatik haqiqatini yodga olmasdan bo‘lmaydi. Hozirgi kunda 
dunyoda mehnat bozorida nimalar ro‘y berayotgani haqida nufuzli shaxslarning 
fikralriga murojaat qilamiz. Klaus Shvab o‘zining mashhur “
To’rtinchi sanoat 
inqilobi
” kitobida quyidagilarni yozadi: «to‘rtinchi sanoat inqilobi bundan oldingi 
inqiloblar bilan taqqoslaganda yangi tarmoqlarda kamroq ish o‘rinlari yaratadi …. 
AQSH mehnat resurslarining atigi 0,5%i asr boshida mavjud bo‘lmagan 
tarmoqlarda band; yangi ish o‘rinlarining 8%dan kami o‘tgan asrning 80-yillarida 
va yangi ish o‘rinlarining 4,5%i – to‘qsoninchi yillarda yaratilgan. Axborot va 
boshqa ilg‘or texnologiyalarga investitsiyalar jalb qilish uchun qo‘shimcha mehnat 
talab qiladigan ko‘plab mahsulotlar yaratish emas, mavjud ishchilarni almashtirish 


69 
yo‘li bilan unumdorlikni oshirishga hizmat qiladi»
6
.Texnologik innovatsiyalarning 
ishsizlikka ta’siri tadqiqotalriga havola qilib, K.Shvab ta’kidlaydi: «Mazkur 
tadqiqot natijalariga ko‘ra, AQSHda ish o‘rinlarining 47%ga yaqini, ehtimol, 
keyingi yigirma yil davomida avtomatlashtirish riskiga uchraydi, bu o‘tgan sanoat 
inqiloblari davomida ro‘y bergan mehnat bozoridagi o‘zgarishlar jarayonidan ko‘ra 
tezroq yakson qilinadigan kengroq doiradagi kasblar bilan tavsiflanadi. Bundan 
tashqari, mehnat bozorida qutblashuvning o‘sish tendensiyasi mavjud. Bandlik 
yuqori daromad keltiradigan kognitiv va ijodiy kasblarda, kam daromad 
keltiradigan qo‘l mehnatidan ortadi, lekin o‘rtacha daromad keltiradigan standart 
kasblarda talab esa pasayadi».
7
Yaqinda Jahon iqtisodiy forumida e’lon qilingan 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish