.
Ekotizimni maksimallashtirish
,
ya’ni bugungi kunda tartibga soluvchi
tomonidan belgilab berilgan me’yoriy doiralar bilan cheklangan o‘qitishdagi
vazifalarni hal qilish uchun mavjud kompetensiyalarga ega bo‘lgan odamlarni
83
maksimal darajada jalb qilish.
Albatta, sanab o‘tilgan funksiyalar faqat ma’lum bir universitetlar guruhiga
ta’alluqli bo‘lishi mumkin bo‘lib, ekspertlar ular qatoriga global tadqiqot
universitetlarini ham kiritadi. Bu universitetlar tadqiqotlardan tashqari, loyiha
universitetlari sifatida, startaplarni rivojlantiradigan, o‘z bitiruvchilari uchun yangi
bizneslar, yangi ijtimoiy tashabbuslar, klublar va boshqalar uchun qulay muhit
yaratadigan zamonaviy universitetlar sifatida rivojlanadi.
Ta’lim muassasalarining yana bir muhim guruhga global fanda raqobat qila
olmaydigan, lekin mintaqalarda intellektual markazlashuv markazlari sifatida
ishtirok etishi zarur bo‘lgan universitetlar kiritiladi. Ulardabirinchi o‘ringa ijtimoiy
funksiya – mahalliy bizneslar va ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish hamda keng
madaniy shlelf yaratish ham qo‘yiladi. Bunda tayanch mintaqaviy OTMlarini
ajratish, ularga ekspertlar mutlaq aniq tayanch sifatida belgilagan kengaytirilgan
universitet funksiyalari taqdim etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Universitetlarning uchinchi turionlayn (masofaviy) o‘qitish jarayonlariga
hizmat ko‘rsatishga qaratiladi. Amalda buodamlarga ular o‘tgan ko‘p sonli qisqa
kurslardan ma’lum bir daraja olishiga yordam beradigan universitetlar. Ushbu
universitetlar funksiyasi – hozirgi kunda istalgan rivojlangan mamlakat aholisi
uchun ijtimoiy imperativ sanalgan oliy ta’lim maksimal darajada keng qamrovini
ta’minlashdan iborat.Korporatsiyalar va tarmoqlar uchun kadrlar tayyorlash va
qayta tayyorlashni amalga oshiradigan korporativ universitetlar alohida guruhni
tashkil qiladi.Universitetlarning yana bir turi – hozirgi kollejlardan yetishib
chiqishi lozim bo‘lgan universitetlar. Bu hozirda ko’pchilik mamlakatlarda amaliy
bakalavriat deb ataladi, lekin bu amaliy bakalavriatdan ko‘ra kengroqdir.
Bashoratlarga ko’ra, 2030 yillarga kelib, mehnat bozorida qo‘li bilan ishlaydigan
odamlar kasblari taqchil va yuqori nufuzli bo‘lib qoladi. Suni ham hisobga olish
kerakki, bir hilsohalarda faoliyat yuritayotgan universitetlarga ulkan raqobat
sektori yuzaga keladi. Yangi sektorniyirik kompaniyalarning o‘quv markazlari
ham, ixtisoslashgan firmalar ham, bozorda yuzaga keladigan ta’lim startaplari ham
tashkil qiladilar. Universitetlartez o‘zgaradigan, kuchli individuallashgan talablarni
84
qondirish uchun juda ham inert bo‘lib, bu albatta, ushbu sektorni yangi
tijoratlashtirish uchun katta imkoniyatlar taqdim etadi.
Hozirgi paytda ko’pchilik mamlakatlarning bir qator etakchi OTMlari, tashqi
cheklovlar va ichki to‘siqlarga qaramay, raqamli iqtisodiyot da’vatlariga mos
ravishda javob bera oladigan ta’lim muhitini shakllantirishga kirishdilar. Raqamli
iqtisodiyot sohasida ta’lim berish va kadrlar tayyorlash sohasida asosiy
o‘zgarishlardan biri - keng insonparvarlik tamoili hisoblanishi lozim ekanligi
sababli, birgalikdagi ta’lim dasturlari ishlab chiqish uchun gumanitarva texnik
OTM salohiyatini birlashtirish istiqbolli yo‘nalishga aylanashi mumkin.Hozirgi
kunda dunyoda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar hayotning barcha jabhalariga daxl
qilmoqda. Bu esa raqamlashtirish bo’yicha ta’lim olish usullarini tubdan
o‘zgartiradi, biroq taassufki, avvalgidek, ko‘plab muammolar saqlanib turibdi:
raqamli texnologiyalarga ulanishdagi tengsizlik, turli sabablarga ko‘ra ta’lim
sifatining pasayishi, uning merkantillashuvi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini ta’lim sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirishda
foydalanish mumkin bo‘lishi, ta’lim imkoniyatlarining teng bo‘lishiga hizmat
qilishi mumkin bo‘lishiga katta e’tibor qaratish lozim. Busizrespublika
hamjamiyati o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi. Inson raqamli
iqtisodiyotning asosiy elementiga aylangan sharoitlarda ta’lim nafaqat ijtimoiy
ne’mat va insoning asosiy huquqi ma’nosiga ega bo‘ladi, balki murakkab vazifa –
tubdan tamaddun o‘zgarishlari sharoitlarida «kelajakni ishga tushirish»
mexanizmini hal etishi lozim bo‘lgan srategik ustuvorlik mazmuniga ham ega
bo‘ladi. Hozirgi kunda dunyoda iqtisodiyot tuzilmasi tubdan o‘zgarmoqda–tobora
ko‘plab odamlar tovar ishlab chiqarish bilan emas, balki axborot olish va qayta
ishlash bilan shug‘ullanmoqdalar. Hamma uchun odatiy bo‘lgan an’anaviy
iqtisodiyot o‘rniga bir qator xususiyatlarga ega bo‘lgan raqamli iqtisodiyot
kelmoqda:
axborot tugab bo’lmaydigan asosiy aylanishi;
internetda savdo maydonlari cheklovlarga ega emasligi;
kompaniya o‘lchami uning raqobatbardoshligiga ta’sir etmaydi;
85
bitta moddiy resursning o‘zini turli hizmatlar taqdim etish uchun cheksiz marta
foydalanilishi mumkinligi;
operatsion faoliyat ko‘lami asosan Internet tizimi imkoniyatlari bilan
belgilanishi.
Axborot matematik nazariyasining miqdoriy o‘lchovlariga tayanib,
D.S.Robertson (AQSH), rivojlangan jarayonlarining bir-biri kuchaytirib berishidan
kelib chiqib, «tamaddun bu – axborot» formulasini ilgari surdi, ishlab
chiqariladigan axborot miqdori bo‘yicha tamaddunning rivojlanish darajalarini
quyidagi tarzda pog’nalarga ajratdi:
• 0-daraja – alohidaolingan bir odamning miyasi axborot sig‘imi – 107 bit;
• 1-daraja – jamoa, qishloq yoki qabila ichida og‘zaki muloqot –muomalada
bo‘ladigan axborot miqdori - 109 bit;
• 2-daraja – yozma madaniyat; jamiyatning axborotlashganlik o‘lchami bo‘lib
1011 bit axborot joylagan 532800 qog‘oz o‘ramiga ega bo‘lgan Aleksandriya
kutubxonasi hizmat qiladi;
• 3-daraja – kitob mabaniyati: yuzlab kutubxonalar mavjud bo’lib, ular o‘n
minglab kitoblar, gazeta va jurnallar saqlaydi, ularning umumiy sig‘im bir nahca
minglab terabaytlar deb baholanadi;
•4-daraja – hajmi bir necha ming zetabaytlarva petabaytlar bo‘lgan axborot
elektron qayta ishlanadigan axborotlashgan jamiyat.
Iqtisodiy nuqtai-nazardan aytish mumkinki, axborot mehnat unumdorligining
o‘sishiga hizmat qilishi hamda ijtimoiy boylik ishlab chiqarishning moddiy
tarkibiy qismida qo‘shilgan qiymat yaratishi lozim va bu axborotlashgan jamiyat
iqtisodiyotida uning birinchi iqtisodiy mazmuniga aylanadi. Axborot «xomashyo»
sifatida inson, tabiat va turli texnik qurilmalar tomonidan yaratiladi. Ular
tomonidan iste’mol ham qilinadi, qayta ishlash uchun axborotni uzatish, saqlash,
qidirish va yetkazish masalalarini hal qilish talab qilinadi, buning uchun
«transport» (magistral va lokal tarmoqlar, aloqa tizimlari), «omborlar»
(ma’lumotlar markazlari), «texnika» (kompyuterlar), «vositalar» (dasturiy
ta’minot) yaratiladi. Ya’ni iqtisodiyotda jamiyatning axborot ehtiyojlarini
86
qondirish uchun moddiy ishlab chiqarish va hizmatlar sohasining ma’lum bir
segmentlarii shakllantiriladi.
Raqamli iqtisodiyot yoki boshqacha qilib aytganda web-iqtisodiyot
zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tashkil qilinadigan
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlar tizimini ifodalaydi.Raqamli
iqtisodiyot zamonaviy jamiyatda kundalik voqelikka aylanadi, undan foydalanish
tufayli
barcha
tarmoqlar
samaradorligi
ortadi.
Zamonaviy
kompyuter
texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari sifat va son jihatidan ortadi -
kompyuter orqali deyarli barcha operatsiyalarni amalga oshirish: pul to‘lash,
chiptaga buyurtma berish, kerakli axborot qidirish mumkin.Raqamli iqtisodiyot
davrida axborot eng muhim rol o‘ynaydi va u ulkan qiymatga ega bo‘lgan asosiy
nomoddiy aktivga aylanadi. Hozirgi bosqichda axborot rivojlanishidagi bosh
tendensiya sun’iy intellekt va kommunikatsiya vositalari sohasidagi yutuqlar bilan
birgalikda kompyuter texnikasini takomillashtirishdan iborat. Hozirgi kunda
axborot dunyoda jamiyatning asosiy ijtimoiy qadriyatlaridan biriga aylanmoqda.
Axborot texnologiyalarijamiyat tomonidan axborot resurslaridan foydalanish
jarayonining muhim tarkibiy qismiga aylangan. Hozirgi kunda ular bir nechta
evolyusiya bosqichlaridan o‘tgan bo‘lib, ularning almashinuvi asosan axborot
izlash va qayta ishlash uchun yanada zamonaviy texnologik vositalar paydo
bo‘lishi bilan asoslanadi. Rivojlanishning hozirgi bosqichiaxborot texnologiyalari
segmenti yo‘nalishining texnik bazasini rivojlantirishdan strategik ustunlik yaratish
uchun ochiq vositalar qo‘llash tomon o‘zgarishi bilan tavsiflanadi. Vaqt
bosqichlariga bo‘lish ularga muvofiq amalga oshiriladigan ma’lumotlarni qayta
ishlashning har xil turlaridan foydalangan holda axborot texnologiyalarini
rivojlantirishga nisbatan bir nechta nuqtai-nazarlar mavjud.
2017 yil raqamli iqtisodiyot hal qiluvchi bosqichga kirdi – sayyoramiz
aholisining yarmi internetga ulandi. McKinsey (MGI) global institutining
baholariga ko‘ra, yaqin 20 yil ichida dunyo ish operatsiyalarining 50%gacha
bo‘lgan qismi avtomatlashtiriladi, bu jarayon ko‘lami bo‘yicha XVIII–XIX
asrlarda ro‘ybergan sanoat inqilobi bilan taqqoslanishi mumkin.Jamiyatni
87
axborotlashtirish axborot texnologiyalarining bir necha marta o‘sishi, axborot
resurslari iste’mol sur’atining ortishi va ijtimoiy ishlab chiqarish sektorida mehnat
unumdorligining sezilarli darajada oshirish zaruratiga javob reaksiyasi hisoblanadi.
AQSH, Yaponiya va Evropa Ittifoqi mamlakatlari kabi iqtisodiyoti rivojlangan
davlatlar amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, jamiyatni axborotlashtirish muammosining
yechimi rivojlanishning global maqsadi hisoblanadi va sayyoramizning tamaddun
rivojlanishi yangi darajasiga o‘tishi bilan bog‘lanadi.Yuqori tezlik raqamli
iqtisodiyot alomatlaridan biri hisoblanadi. Tezlikning o‘sishi hamma joyda, lekin
ayniqsa, buyurtmalar bajarish, axborot yaratish, olish, qayta ishlash va jo‘natishda
ro‘y bermoqda. Har qanday harakatdan zudlik bilan javob olish kutilmoqda.
Raqamli iqtisodiyot zamonaviy jamiyat faoliyatining barcha sohalarida ham
eskicha tartibni shiddat bilna siqib chiqarmoqda, kundalik takrorlanadigan zerikarli
operatsiyalarni avtomatik ravishda bajarishga va optimal qarorlar qabul qilish
uchun axborotni tez taqdim etishga imkon bermoqda. Raqamli iqtisodiyotda asosiy
rolni axborot tizimlari egallaydi. Aloqa operatori uchun bunday tizimlar, birinchi
navbatda, operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash tizimlari (OSS-operatsions support
systems) va biznesni qo‘llab-quvvatlash tizimlari (BSS-business support systems)
hisoblanadi. Ular ichki biznes-jarayonlarning amaliy ta’minot toifasini ifodalashi
sababli, ularni o‘zgartirish – biznes-jarayonlardagi o‘zgarishlarga javobdir.
Axborot texnologiyalarining qo‘llanishi bilan jamiyatning barcha
qatlamlarida, shaxsiy hayotda ham katta o‘zgarishlar ro‘ybermoqda, odamlarning
turmush tarzi tubdan o‘zgarmoqda. Yangi kasblar va o‘zaro aloqa vositalariga
ehtiyoj yuzaga kelmoqda. Axborot, axborot infratuzilmasi, axborot to‘plash,
shakllantirish, tarqatish va foydalanishni amalga oshiradigan sub’ektlar yig‘indisini
ifodalaydigan
elektron
resurlar,
shuningdek,
bunda
yuzaga
keladigan
munosabatlarni tartibga solish tizimining roli o‘smoqda.Albatta, mutaxassislarni
raqamli sektorga kiritish masalasi vujudga keladi. Masalan, raqamli iqtisodiyot
sohasida
Do'stlaringiz bilan baham: |